Tabiiy geografik o‘rin, asosan, okean, dengiz, daryo, tog‘, cho‘l, o‘rmon, adir singari yirik tabiiy obyektlarga nisbatan joylashgan o‘rniga ko‘ra belgilansa, iqtisodiy geografik o‘rin jahonning erkin iqtisodiy mintaqalari, jahon savdo



Download 280,02 Kb.
Sana22.03.2023
Hajmi280,02 Kb.
#920564
Bog'liq
O`ZBEKISTON MA`MURIY HUDUDIY TUZILISHI


Tabiiy geografik o‘rin, asosan, okean, dengiz, daryo, tog‘, cho‘l, o‘rmon, adir singari yirik tabiiy obyektlarga nisbatan joylashgan o‘rniga ko‘ra belgilansa, iqtisodiy geografik o‘rin jahonning erkin iqtisodiy mintaqalari, jahon savdo yo‘llari, yirik savdo-sanoat markazlari va tabiiy boyliklardan foydalanish imkoniyatlari bilan belgilanadi
3- Mavzu: O‘zbekistonning ma’muriy-hududiy tuzilishi.
 
O‘zbekistonning ma’muriy-hududiy tuzilishi, hudud sarhadlarining qi- yofasi uni boshqarish va yuksaltirishda muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston Respublikasining hududi 448,9 ming kv.km bo‘lib, dunyoning eng rivojlangan davlatlari hisoblangan Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya kabi davlatlar hududidan katta. Poytaxti Toshkent shahri.
O‘zbekiston ma’muriy-hududiy tuzilishi 3 pog‘onadan tashkil topgan. Birinchi pog‘onada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent shahri joylashgan. O‘z navbatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar ularga bo‘ysunuvchi tuman va shaharlardan tashkil topgan. Toshkent shahri esa shahar ichidagi tumanlardan iborat.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining chegarasi faqat uning roziligi bilan Jo‘qorg‘i Kenges qaroriga asosan Oliy Majlis tomonidan o‘zgartirilishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tumanlarni tuzish va tugatish Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining.
Qishloqlar, ovullarni tuzish va tugatish, chegarasini o‘zgartirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat kengashlari tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa - Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Mamlakatimizdagi shaharlar ham bo‘ysunuviga ko‘ra 3 toifaga:
1. O‘zbekiston Respublikasi bo‘ysunuvidagi;
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘ysunuvidagi;
3. Tuman bo‘ysunuvidagi shaharlarga bo‘linadi.
Mamlakatimiz poytaxti - Toshkent shahri O‘zbekiston Respublikasi bo‘ysunuvidagi yagona shahar hisoblanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida 30 ming aholisi bo‘lgan, muhim ma’muriy ahamiyat kasb etadigan, istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar deb hisoblangan shaharlar kiritilishi mumkin.
Xiva va Shahrisabz shaharlari viloyat bo‘ysunuviga o‘tkazilgan eng yangi shaharlar hisoblanadi (2017-yil). Bu choralar O‘zbekiston hududida joylashgan ushbu qadimgi shaharlarga sayyohlar oqimini sezilarli oshirish imkonini beradi.
Tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida 7 ming aholisi bo‘lgan, sanoat korxonalari va rivojlangan infrastrukturasi mavjud aholi punktlari kiritilishi mumkin.
Shaharchalarni, qishloq aholi punktlarini tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish, ularni qayta tuzish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa - tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Shaharchalar turkumiga sanoat korxonalari, qurilishlar, temiryo‘l stansiyalari va boshqa muhim obyektlar yaqinida joylashgan hamda qoida tariqasida kamida 2 ming aholisi bo‘lgan aholi punktlari kiritilishi mumkin.
Download 280,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish