Surxon adiblari-bizning faxrimiz



Download 30,5 Kb.
Sana24.06.2021
Hajmi30,5 Kb.
#100382
Bog'liq
24-m Jovliyeva Samiya Surxon adiblari-bizning faxrimiz


"Surxon adiblari-bizning faxrimiz"

Reja:


I.Kirish.

II.Asosiy qism:

1.Surxon yurti adiblari.

2.Tog'ay Murod ijodiga nazar.

3.Shukur Xolmirzayev el suygan adib.

III.Xulosa

Surxon elidan ham ko'plab yozuvchi va shoirlar yetishib chiqqan. O'zbek milliy adabiyotining noyob vakili bo'lgan Tog'ay Murod 1948-yilda Surxondaryo viloyatining Denov tumaniga qarashli Xo'jasoat qishlog'ida tug'ilgan. Adib o'z ijodini "Yulduzlar mangu yonadi" qissasi bilan boshlagan bo'lib, uning birinchi romani "Otamdan qolgan dalalar"(1993, bu asardagi Aqrab (Chayon) XX asrning 20-yillarida milliy istiqlol yo'lida Shahid bo'lgan bobolarimiz timsolidir) asaridir. Bu asardagi haqida muallif "Men O'zbek xalqiga haykal qo'yaman!" degan. Asar ramziy bo'lib, unda butun umr ketmon chopib, mustamlaka yurtda kosasi oqarmay kelgan o'zbek xalqi siymosi Dehqonqul obrazi timsolida tasvir etiladi. Ushbu asardagi o'zbek xalqining 100 yildan ortiqroq tarixi aks ettirilgan bo'lib, birthday oilaning uch avlodi hayoti misolida butun millatning taqdiri o'ta ta'sirchan bo'yoqlarda ifoda etilgan.

Zamonaviy o'zbek nasrining zabardast vakillaridan biri Shukur Xolmirzayev 1940-yil 24-martda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida dunyoga keladi. Otasi asli Bulung'urlik bo'lib, 1937-1938- yillarda Boysunga ketishga majbur bo'lgan. Shukur Boysundagi o'rta maktabni tugatib, 1963-yilda ToshDUning filologiya(jurnalistika) fakultetini tugatgan. Shundan so'ng u Toshkentdagi bir qator nashriyot, gazeta va jurnallarda mehnat qiladi.

Shukur Xolmirzayev yozuvchilar uyushmasining "Oybek" mukofoti, O'zbekiston Davlat mukofoti sovrindori, "O'zbekiston xalq yozuvchisi"dir.

Adibning birinchi qissasi "Oq otli" deb, birinchi hikoyasi "Xatarli so'qmoqda" deb nomlangan.

Hikoyalari: "Yovvoyi gul", "Bahor o'tdi", "Bitiktosh", "Yashil Niva", "Ozodlik", "O'zbeklar", "Hayot abadiy", Og'ir tosh ko'chsa", "Ustoz", "Xumor" (hikoyada bir millat, bir mamlakatning ma'lum bir bosqichdagi fojiasi kichik bir qahramon timsolida o'z xarakterini o'zi ochish yo'sinida yoritilgan), "Qariya" (but hikoyada bozor kunlarida jarchilik qilib mol egasidan cho'tal oladigan, sholi yetishtiruvchi koreyslarga qish kunlarida laqqa cho'g' yetkazib beradigan, pishiqchilik mahalida bozordagi qovun-tarvuz po'choqlarini chelakka yig'ib yuradigan" Qo'ziboy chol obrazi berilgan. Unda hech kimi yo'q bu cholning omonatiga xiyonat qilgan qassob obrazi ham bor).

"Ot egasi"(1971-yilda yozilgan bu hikoyada Inodning achinarli hayoti tasvirlangan. Inod otasidan juda erta ayriladi, xotini va bolalari esa yong'in tufayli fojiali ravishda vafot etishadi, uning yakka suyanchig'i, otasidan yodgorlik - qorabayir otini ham kichik leytenant Egamberdi Xudoyberdiyev olib ketishga kelganda o'z qo'li bilan otib tashlaydi), "Omon ovchining o'limi" (bu hikoya Omon ovchining fojiali qismati tasvirlangan. Hikoyada Omonning ovga mukkasidan ketganligi tasvirlangan.



Bu adiblarning asarlarini katta qiziqish bilan o'qiymiz. Jumladan Tog'ay Murodning "Otamdan qolgan dalalar" asarini o'qiganimizda ajdodlarimizning mustamlakachilik davrida tortgan azob-uqubatlarini yaqqol tasavvur qilishimiz mumkin.

Bu kabi adiblar asarlarini ko'proq o'qishlarini yoshlarga tavsiya qilaman. Roman, hikoya va qissalarni o'qir ekansiz juda katta taassurot olasiz. Tarixda bo'lib o'tgan va hayotda bo'lishi mumkin bo'lgan voqealar tasvirlanganiga guvoh bo'lasiz. Surxondaryo eliga xos urf-odatlar, yashash tarzi yaqqol ko'zga tashlanadi. Biz surxondaryolik yozuvchi va shoirlar bilan doimo faxrlanamiz.
Download 30,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish