Satr (string) nima?
Eslab qoling
Qoʻshimcha ma’lumot
String (satr)- xarflar va matnlarni saqlash uchun ishlatiluvchi, indexlangan ma`lumot turi.
Misol uchun
O`quvchilarning ismi satr (string)da saqlanadi, yoshi esa butun son bo`lganligi uchun integerda saqlanadi
Satrlarning yozilishi
Bilib oling
Stringlar uch xil ko`rinishda yozilishi mumkin:
Bitta qo`shtirnoq ichida
Ikkita qo`shtirnoq ichida
Uchta qo`shtirnoq ichida
Bilib oling
1ta va 2ta qo`shtirnoq ichida yozishning farqi yo`q.
Agar satr ichida o`zlashtirma gap ishlatishimizga to`g`ri kelsa ikkala qo`shtirnoqdan foydalanamiz.
Bilib oling
bir nechta qator matlarni saqlash uchun 3ta qo`shtirnoqli stringdan foydalanamiz.
Masalan she`r yozish uchun
String nomi ham boshqa o`zgaruvchilardek sonlar bilan boshlanishi mumkin emas.
String nomini yozishda A-z, 0-9 va "_" (underscore) dan boshqa belgilardan foydalanish mumkin emas
Mumkin emas
Mustaqil ish
3 xil usulda stringlar yarating va ularni ishlatilish farqlarini do`stingiz bilan muhokama qiling.
Ekranga o`zlashtirma gap ni qo`shtirnoq ichida chop eting.
Maxsus belgilar
Eslab qoling
Qoʻshimcha ma’lumot
Ing.:escape characters Backslash(\) belgisi bilan qo`lllaniluvchi bu belgilar satrda turli vazifalarni bajaradi. Masalan: yangi qatorga o`tish, joy tashlash kabi.
Bilib oling
Eng ko`p qollaniladigan belgilar:
\n new line-yangi qator
\t tab-indentlash
\\-backslash belgisini yozish uchun
\’ yoki \’’ qo`shtirnoq belgisini yozish uchun
\v vertikal-uzunasiga indentlash uchun
Mustaqil ish
Yuqorida o`rgangan belgilarimizni matn ichida ketma-ketlikda ishlatib ko`ring.
Satrlarni qirqib olish
(String Slicing)
Eslab qoling
Qoʻshimcha ma’lumot
Satrlar tartiblangan (indexlangan) bo`lganligi uchun ham ularni tartib raqamidan foydalanib bo`laklarini ajratib, qirqib olishimiz mumkin.
Bilib oling
Qanday index(tartib raqam) qo`yiladi?
Chapdan 0 dan boshlab sanaymiz
O`ngdan -1dan boshlab sanaymiz
Bilib oling
n-chi elementni olish uchun shu elementning indexini kiritish kifoya.
Bilib oling
Positiv index [::]-hammasi
[2:] -2dan boshlab hammasini: «LLO»
[:3]- boshidan 3-elementgacha (3-element kirmaydi): «HEL»
[2:4] 2dan 4-gacha (4 kirmaydi): «LL»
Bilib oling
Negativ index [-4:-1] orqadan boshlab «ELL»
[::-1]- teskarisiga chop etadi
Bilib oling
Qadam tashlash [::1] oxirgi raqam xar nechanchi belgini olishni bildiradi. Bir bo`lsa hammasini oladi.
[::2]- 2 bo`lsa xar ikkinchi belgini ol degan ma'noni bildiradi
Mustaqil ish
Biror bir satr yarating
boshidagi 5ta elementni
2-dan 4-gacha elementlarni
-4dan -2 elementgacha
Oxirgi elementini
satrning teskarisiga o`qilishi chop eting
«Men pythonman» guruxlararo o`yini
Kahoot
E’tiboringiz uchun raxmat