1-MAVZU. STATISTIKAGA KIRISH VA MA’LUMOTLARNI TO’PLASH
Statistika nima uchun o’rganiladi?
Statistika menejerlar uchun
Darslik nimalardan tashkil topgan
Statistikaning asosiy atamalari
Ma’lumotlarni to’plash
Ko’rsatkichlar turlari
Baholash darajalari va baholash shkalalari
MICROSOFT EXCEL ishchi sahifalarini
Ishchi sahifalar kataklari
Ishchi sahifalarni samarali loyihalash
1-bob bo’yicha EXCELdan foydalanish yo’riqnomasi
O’qitish maqsadlari
Ushbu bob quyidagilarni organishga yordam beradi:
Biznesda statistikadan qanday foydalniladi
Biznesda foydalaniladigan ma’lumotlar manbai
Foydalaniladigan ma’lumotlar turlari
Microsoft EXCEL asoslari
1.1. Statistika nima uchun o’rganiladi
AQShda namoyish etilgan The App-entice televizion serialida bosh rol ko‘chmas mulkni rivojlantiruvchi Donald Trampga berildi. Bir necha yil avval bu serialning premerasi namoyish etilganda, Tramp ikki komanda ishtirokchilariga limonad stendini o‘rnatish va sotib tugatish topshirig‘ini berdi. O‘sha davrda bir guruh biznesmenlar mazkur topshiriqni amalga oshirib bo‘lmaydigan topshiriq sifatida e’tirof etishdi. Ular limonad sotish topshirig‘ini sotuvchining xaridorlarni ishontirish qobiliyatidan tashqari hech qanday qobiliyatni namoyon etmaydigan oddiy sotish qobiliyati faoliyati sifatida qarashdi.
Agar siz yoshligingizda qachondir limonad sotgan bo‘lsangiz, yoki shirinliklar sotish, kunlik gazetani yetkazish kabi boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanib ko‘rgan bo‘lsangiz, sizning vazifangiz juda oddiy bo‘lganligini bilasiz. Masalan, gazeta manzilga yetkazish uchun siz manzillar ro‘yxatiga e’tibor berishingiz, ehtimol, har haftalik yoki har oylik to‘lovlarni yozib borishingiz kerak bo‘ladi. Bundan farqli o‘laroq, gazetaning sotish va marketing ishlari bo‘yicha menejerlari savdo hajmi va reklama beruvchilar sonini ko‘paytirish to‘g‘risidagi qarorlarni qabul qilishda, bundandan ko‘proq ma’lumotlar to‘g‘risidagi axborotlarni kuzatib borishlari kerak, xususan, abotentlarning nimani ma’qul ko‘rishlari, ularning daromadi, ma’lumot darajasi, hayot tarzi va boshqalar. Biroq bundan farqli o‘laroq, gazeta kichik hajmli tirajga ega bo‘lsa, ehtimol uning menejerlari ma’lumotlarga bevosita qarashmaydi. Buning o‘rniga ular jamlovchi ma’lumotlarga – hech bo‘lmasa kollejlarga qatnashgan abonentlarning ulushi kabi jamlanma ma’lumotlarga ko‘proq e’tibor berishlari, yoki qimmatbaho avtomobillar sotiladigan hududlarda istiqomat qiluvchi abonentlar ko‘proqmi kabi foydali shablonlarni ochishga harakat qilishadi. Xulosa qilib aytganda gazetalarning menejerlari ushbu darslikning predmeti bo‘lgan statistikadan foydalanishadi.
Statistika matematikaning bir tarmog‘i bo‘lib, qarorlar qabul qiluvchi shaxslarga ma’lumotlarni foydali axborotlarga aylantirib beradi. Bunday o‘zgartirishlar ko‘p xollarda kompyuterlardagina bajarilishi mumkin bo‘lgan murakkab hisoblarni talab etadi. Shuning uchun statistikani qo‘llash, kompyuterni qo‘llash ma’nosini anglatadi. Ayniqsa bu holat biznesmen tomonidan to‘planadigan katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlashda dolzarblik kasb etadi. Bunday hajmdagi ma’lumotlarni statistik qayta ishlash uchun qo‘lda bajariladigan hisoblardan foydalanish biznesda foydaga erishishda juda katta vaqt yo‘qotilishi deb qaralishi mumkin.
Siz statistikani o‘rganayotganingizda, statistik metodlarni va holatlarni o‘rganasiz, ya’ni sizning foydalanishingiz uchun mos keladigan metodlarni anglab borasiz. Ko‘p statistik metodlar kompyuter foydalangan holda amaliy tus kasb etadi, demak statistikani o‘rganish statistik tahlilni amalga oshiruvchi kompyuter dasturlarini ham o‘rganish zaruriyatini tug‘diradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |