1.2.Statistika menejerlar uchun
Bugungi kunda statistika biznes-menejerlar uchun yanada muhim rol o‘ynamoqda. Qarorlar qabul qiluvchi bu shaxslar statistik ma’lumotlardan quyidagilar uchun foydalanadilar:
Biznesga oid statistik ma’lumotlarni to‘g‘ri taqdim etish va tavsiflash;
Tanlama to‘plamlar asosida to‘plangan axborotlardan foydalanib, katta hajmdagi bosh to‘plamlar to‘g‘risida xulosalarni shakllantirish;
Biznes faoliyat to‘g‘risida ishonchli prognozlarni amalga oshirish;
Biznes faoliyatni yaxshilash.
“Statistika menejerlar uchun” degani, yuqorida ta’kidlangan vazifalarni bajarishdanda ko‘ra ko‘proq ma’lumotlarni bilish ma’nosini anglatadi. Menejerlar olingan ma’lumotlarning qarorlar qabul qilish uchun qanchalik to‘g‘ri va mos ekanligiga ishonch hosil qilish uchun, statistik tahlilning mohiyatini qanday konseptual prinsiplar tashkil etishini bilishi zarur.
Sizga eng muhim ko‘nikmalarni egallashga ko‘maklashish uchun, menejerlar uchun statistikaning har bir bobiga Microsoft Excel bo‘yicha statistikadan foydalanish ssenariylari kiritilgan. Senariylar o‘ylab topilgan bo‘lsada, ularda haqiqatga mos holatlar aks ettirlgan bo‘lib, sizdan Microsoft Exceldan foydalanib ma’lumotlar to‘plamini statistik ko‘rsatkichlar tizimiga aylantirish asosida qarorlar qabul qilish talab etiladi, masalan, boblarning birida sizdan supermarketda kola ichimligi eng ko‘p sotiladigan joyni tanlash bo‘yicha qaror qabul qilish talab etilsa, boshqa bobda esa kiyim do‘konidagi sotish hajmini prgnozlash so‘raladi.
Darslik nimalardan tashkil topgan
Menejerlarning yuqorida qayd etilgan to‘rt faoliyatga bo‘yicha statistik ma’lumotlarga asoslanib qarorlar qabul qilishida ko‘maklashuvchi Statistika menejerlar uchun (Microsoft Exceldan foydalangan holda) darsligining boblari tarkibiy tuzilishi 1.1-jadvalda aks ettirilgan.
Jadval-1.1
Darslikning takibiy tuzilishi
Axborotlarning taqdim etilishi va tasvirlanishi
|
Ma’lumotlarni to‘plash (1-bob)
Ma’lumotlarni jadval va grafiklarda tasvirlash (2-bob)
Miqdoriy tasviriy ko‘rsatkichlar (3-bob)
|
Tanlama to‘plamlar asosida to‘plangan axborotlardan foydalanib, katta hajmdagi bosh to‘plamlar to‘g‘risida xulosalarni shakllantirish
|
Ehtimollar nazariyasi asolari (4-bob)
Ba’zi muhim diskret taqsimotlar (5-bob)
Normal taqsimot va boshqa uzluksiz taqsimotlar (6-bob)
Tanlama to‘plam va tanlama taqsimoti (7-bob)
Ishonch intervallarini baholash (8-bob)
Gipotezalarni baholash (9-bob)
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |