STATIK ANIQMAS FERMALARNI HISOBLASH
Reja:
Statik aniqmas fermalar va ularning turlari.
Statik aniqmas fermalarni hisoblash.
Tayanch iboralar: statik aniqmas fermalar va ularning turlari: ichki va tashqi statik aniqmas fermalar, statik aniqmas fermalarni hisoblash.
Qurilish amaliyotida statik aniq fermalardan tashqari ko‘pchilik hollarda statik aniqmas fermalar ham uchrab turadi. Bunday fermalarni hisoblash uchun statika tenglamalari etarli bo‘lmaydi. SHu sababli statik
aniqmas fermalarni echishda noma’lumlar soniga teng bo‘lgan qo‘shimcha deformatsiya tenglamalari tuziladi.
Statik aniqmas fermalarni hisoblashda ham statik aniq fermalar singari fermalarning bikr tugunlari sharnirlar bilan almashtirilib, tashqi qo‘zg‘almas yuklar tugunlarga qo‘yilgan deb qabul qilinadi.
Statik aniqmas fermalar kuchlar usuli bilan hisoblanadi va statik aniqmaslik darajasi SA quyidagicha aniqlanadi:
-
bu erda S - ferma sterjenlarining soni; ST – ferma tayanch sterjenlari soni; T – ferma tugunlari soni.
Statik aniqmas fermalar tuzilishiga ko‘ra t a sh q i v a i ch k i statik aniqmas
fermalarga bo‘linadi.
Agarda, fermaning tayanch sterjenlari soni uchtadan ortiq bo‘lsa, bunday
fermalar tashqi statik aniqmas ferma deyiladi. (20.1-rasm, a)
Agarda ferma tayanchlarining soni uchta bo‘lib, sterjenlariga ko‘ra statik
Do'stlaringiz bilan baham: |