So`z birikmasini tahlil qilish tartibi:
1. berilgan gapdagi so`z birikmalari aniqlanadi
2. har bir so`z birikmasi alohida tahlil qilinadi:
a. hokim va tobe so`z aniqlanadi
b. hokim va tobe so`zning birikish turi aniqlanadi.
c. hokim va tobe so`zni bog`lovchi Grammatik vosita ko`rsatiladi.
d. tobe va hokim so`zning qaysi so`z turkumi bilan ifodalanganligini aniqlaydi.
Gap tarkibida bir so`z birkmasidagi hokim so`z boshqa bir so`zga tobelangan bir hokim so`z bir necha tobe so`z yoki bitta tobe so`z bir necha hokim so`zga aloqador bo`lgan so`z birikmalari
zanjiri deyiladi.
So`z birikmasi biror narsa, belgi, harakat yoki holat aniqlashtirgan holda anglatadi va atash ohangi bilan aytiladi. Gap fikr ifodalaydi va tugallangan ohang bilan aytiladi. Gapning markazi kesimdir.
Biror voqea – hodisa haqidagi xabarni, so`roqni yoki buyruqni ifodalovchi sintaktik butunlik gap deyiladi. Gap fikr ifodalaydi va shakllangan kesimga ega bo`ladi.
Gapning ifoda maqsadiga ko`ra turlari 4 xil:
darak gap
so`roq gap
buyruq gap
istak gap
Grammatik asosi bitta bo`lib, ma’lum bir fikrni ifodalovchi gaplar sodda gaplar deyiladi.
M: Shaxnoza shu kitobni
hayajon bilan o`qidi.
Ikki va undan ortiq Grammatik asosdan tashkil topib, murakkab fikr ifodalovchi gap qo`shma gap deyiladi.
M: Bilimli o`zar, bilimsiz to`zar
Odam borki, odamlarning naqshidir.
Sodda gaplar eganing ishtirok etish va etmasligiga ko`ra ikki xil:
egasi mavjud gaplar
egasiz gaplar
Sodda gaplar ikkinchi darajali bo`laklarning ishtirokiga ko`ra ikki xil:
sodda yig`iq gaplar
sodda yoyiq gaplar
Gapda so`roq qabul qiluvchi so`zlar gap bo`laklari deyiladi. Gap bo`laklari vazifasini mustaqil so`zlar bajaradi. Gap bo`laklari beshta:
ega
kesim
to`ldiruvchi
aniqlovchi
hol
Kesimlar tuzilishiga ko`ra ikki xil:
sodda kesim
murakkab kesim
Birgina so`z bilan ifodalangan kesim sodda kesim deyiladi.
M: Paxta va tilladan yurt bezanadi.
Ikki va undan ortiq so`zdan iborat kesim murakkab kesim deyiladi.
M: Ayozli kunlar sekin o`tib borayotir.
Kengaygan birikma va iboralar gapda yaxlit holda bitta gap bo`lagi bo`lib keladi va o`z ichida boshqa bo`laklarga ajratilmaydi.
M: Komil insonlardagi oliyjanob xislat – o`tmishni unutmaslik.
Sobirjon so`zining ustidan chiqdi.
Ot kesim va ega orasida quyidagi hollarda tire qo`yiladi:
- ot kesim kesimlik qo`shimchalarisiz yoki bog`lamasiz qo`llanganda.
- gapning egasi yoki kesimi harakat nomi bilan ifodalanib, kesim tarkibida kesimlik qo`shimchasi yoki bog`lama bo`lmaganda
-ega ko`rsatish olmoshi bilan ifodalanganda
-egasi ma`nosi ta`kiblar ko`rsatilganda
Sodda gaplar egali va egasiz bo`lishi mumkin. Egasi mavjud bo`lgan gaplar shaxsli gaplardir. M: Bugun Samarqandga jo`naymiz.
Egasi mavjud bo`lmagan gaplar shaxssiz gaplardir.
M: Bugun Samarqandga jo`naladi.
Ot, sifat, son, olmosh, ravish, taqlid so`z va harakat nomi bilan ifodalangan kesim ot kesim deyiladi. Ular quyidagicha ifodalanadi:
Ot bilan: Yaxshi ro`zg`or – jannat.
Sifat bilan: Usti yaltiroq, ichi qaltiroq.
Son bilan: Ikki marta ikki-to`rt.
Olmosh bilan: Maqsadim –shu.
Ravish bilan: Sizdan umidim ko`p.
Fe`lning turli shakllari bilan ifodalangan kesim fe`l kesim deyiladi.
Ular quyidagicha ifodalanadi.
Sof fe`l kesinlar: Men maktabga boraman.
Ravishdosh fe`l kesim: Ishning boshi boshlanguncha.
Sifatdosh fe`l kesim: It hurar – karvon o`tar.
Egasi yashiringan gaplar ikki xil:
Do'stlaringiz bilan baham: |