Aim.uz
Soliq ishini tashkil etish asoslari
Reja
1. Soliq xizmati va bojxona organlari faoliyatining huquqiy asoslari.
2. O’zbekiston Respublikasi soliq xizmati organlarining tarkibiy tuzilishi.
3. Davlat soliq qo’mitasining vazifalari va funktsiyalari.
4. Soliq xizmati organlarining boshqa organlar va tashkilotlar, moliya-kredit
muassasalari bilan o’zaro hamkorligi.
1. Soliq xizmati va bojxona organlari faoliyatining huquqiy asoslari
O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi va bozor iqtisodiyotiga
o’tilishi iqtisodiy rivojlanishning yangicha shart-sharoitlari soliqqa tortishning
mutlaqo yangi tizimini joriy qilishni talab qildi va bunday tizimning birmuncha
optimal darajada amal qilishini ta’minlaydigan mexanizmning yangi tuzilmasini
yaratishni taqozo etdi.
Respublikamizda hozirda amal qilayotgan soliq va bojxona idoralari tizimi
o’zining muayyan tarixiga ega. Soliq idoralari sobiq Ittifoqda 60-yillarda ham mavjud
edi va ularning tuzilmasi, tabiiyki, O’zbekiston hududida ham amal qilardi.
Keyinchalik ular faoliyati to’xtatib qo’yildi va faqat 1990 yil 12 mayda qabul
qilingan «Davlat soliq inspektsiyalarining huquqlari, vazifalari va mas’uliyati
to’g’risida»gi Qonunga muvofiq, 1990 yilning 1 iyulidan boshlab qayta tiklandi.
Biroq bu tuzilmalar moliya organlari tizimida amal qilar edi.
Respublikamizda soliq idoralari faoliyati 1990 yilning oxirida O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
qoshida Davlat moliya-soliq bosh boshqarmasini tashkil qilish to’g’risida»gi Qarori
(1990 yil 17 dekabrdagi 383-sonli) qabul qilinganidan so’ng faollasha boshladi va
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining «O’zbekiston Respublikasining davlat
soliq idoralari to’g’risida»gi 1991 yil 14 iyundagi Nizomi va O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasining davlat soliq
idoralari to’g’risida»gi 1991 yil 12 avgustdagi 217-sonli Qarori qabul qilinganidan
keyin davlat nazorati va boshqaruvining mustaqil tuzilmasi sifatidagi soliq
idoralarining shakllanishi va faoliyat ko’rsatishiga asos solindi. Respublika davlat
boshqaruvining mazkur tuzilmasi 1994 yilgacha, ya’ni O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat bosh soliq
boshqarmasi O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasiga aylantirilgunga
qadar faoliyat ko’rsatdi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining maqomi, asosiy
vazifalari, funkktsiyalari vakolat doirasi va faoliyatining tashkiliy asoslari
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi qoshidagi Davlat bosh soliq boshqarmasini O’zbekiston Respublikasi
Davlat soliq qo’mitasiga aylantirish to’g’risida»gi 1994 yil 18 yanvardagi Farmoniga
muvofiq va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston
Respublikasi Davlat soliq qo’mitasini tashkil etish va faoliyat ko’rsatishi masalalari
to’g’risida»gi 1994 yil 18 martda qabul qilgan Qarori bilan tasdiqlangan «O’zbe-
121
kiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi to’g’risida»gi Nizomga binoan belgilandi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ushbu qaroriga binoan Davlat
soliq qo’mitasi soliq va bojxona siyosatini amalga oshirish, shuningdek davlatning
iqtisodiy manfaatlari va mulkiy xuquqlari himoyasini ta’minlash sohasida davlat
nazorati organi ekanligi belgilab qo’yildi.
1997 yil bojxona ishini tashkil etishni takomillashtirish, yagona bojxona
siyosatini olib borish, respublika bojxona organlari faoliyatining tezkorligi va
ta’sirchanligini oshirish, ularning mamlakat iqtisodiy xavfsizligini
mustahkamlashdagi rolini kuchaytirish, shuningdek, bojxona ishi sohasida xalqaro
hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
«O’zbekison Respublikasi Davlat Bojxona Qo’mitasini tashkil etish to’g’risida»gi
1997 yil 8 iyuldagi PF-1815-son Farmoniga va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi faoliyatini
tashkil etish to’g’risida»gi 1997 yil 30 iyuldagi 374-son Qaroriga muvofiq Davlat
Bojxona Qo’mitasi tashkil etildi, ya’ni soliq va bojxona faoliyatining funktsiyalari bir
biridan ajratildi. Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasining «Davlat soliq
xizmati to’g’risida»gi 1997 yil 29 avgustdagi Qonuni va O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi
faoliyatini tashkil etish masalalari to’g’risida»gi 1998 yil 12 yanvardagi Qaroriga
muvofiq soliq organlarining asosiy funktsiya va vazifalari belgilandi.
O’zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to’g’risida»gi Qonuniga
muvofiq Davlat soliq qo’mitasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi va Toshkent
shahrining davlat soliq boshqarmalari, viloyat davlat soliq boshqarmalari,
shuningdek, tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlar davlat soliq
inspektsiyalari davlat soliq xizmatining quyi organlari hisoblanadi.
Davlat soliq xizmati organlari o’z faoliyatlarida O’zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi, «Davlat soliq xizmati to’g’risida»gi Qonun va boshqa qonun
xujjatlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Prezident farmonlari va boshqa
me’yoriy hujjatlar, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining xalqaro
shartnomalariga amal qiladi.
Davlat soliq xizmati organlari o’z faoliyatini davlat hokimiyati va boshqaruvi
mahalliy organlaridan mustaqil ravishda, qonun hujjatlariga muvofiq amalga
oshiradi. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan o’z vakolatlari doirasida qabul
qilinadigan qarorlar barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.
122
2. O’zbeksiton Respublikasi soliq xizmati organlarining tarkibiy tuzilishi
Davlat boshqaruvi organining tashkiliy tuzilishi (ichki tuzilmasi) deganda
uning huquqiy va tashkiliy jihatdan nisbatan mustaqil va alohida tusdagi bir-biriga
o’zaro bog’langan bo’linmalarining uyushmasi tushuniladi, ularning har biri alohida
tarzda va barchasi birgalikda davlat vakolatlarining amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Organning tuzilishi unga yuklangan vakolatlarning samarali tarzda
bajarilishini, har bir tarkibiy bulinmaning vakolatlari va mas’uliyatining aniq
chegaralab qo’yilishini, hammaning yagona bir butun mexanizmning unsurlari
sifatida kelishilgan holda ish olib borishini ta’minlashi lozim. Davlat soliq qo’mitasi
tuzilmasi va faoliyatini tashkil etish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi faoliyatini tashkil
etish masalalari to’g’risida»gi 1998 yil 12 yanvardagi 14-son Qarori bilan
tasdiqlangan «Davlat soliq qo’mitasi to’g’risida»gi Nizomga va unga kiritilgan
o’zgarishlarga asosan belgilangan.
Respublika soliq idoralarining tuzilishi bu uch darajali ierarxiya bulib, u
markaziy idora, ya’ni Davlat soliq qo’mitasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi,
Toshkent shahri, viloyatlar soliq boshqarmalarini hamda tumanlar va shaharlardagi
soliq inspekpiyalarini o’z ichiga oladi.
Viloyat davlat soliq boshqarmasi soliq qonunlariga rioya qilinishini ta’minlash,
davlatning iqtisodiy va mulkiy xukuklarini himoya qilish sohasidagi davlat
nazoratining hududiy organi xisoblanadi.
Viloyat davlat soliq boshkarmasi O’zbekiston Respublikasining Davlat soliq
qo’mitasi to’g’risidagi Nizomning bajarilishini ta’minlashda mahalliy bojxona
idoralari bilan bahamjihat harakat qilinishini amalga oshiradi.
Tumanlardagi, shaharlardagi va shaharlar tumanlaridagi davlat soliq
inspekpiyalari davlat soliq boshqarmasi tasarrufida bo’lgan va u bilan birgadikda
soliq idoralarining bir yagona tizimini tashkil etadigan idoralar hisoblanadi.
Davlat soliq boshkarmasi o’zining faoliyati to’g’risida faqat O’zbekiston
Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi oldida javob beradi. Soliq inspekpiyasi esa
o’zining bevosita rahbari bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi,
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq
boshqarmalari oldida javob beradi.
Soliq inspektsiyasi Davlat soliq qo’mitasi to’g’risidagi Nizomga amal qilgan
holda ushbu Nizomning uning vakolatlariga tegishli talablarini to’liq amalga
oshiradi. Tuman (shahar) soliq inspektsiyasi idorasining tuzilishi va xodimlar soni
Qoraqalpog’iston Respublikasining Davlat soliq bosh boshkarmasi, viloyatlar va
Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari tomonidan Davlat soliq qo’mitasi
belgilagan ish xaqi fondi va xodimlar soni doirasida tasdiqlanadi.
Davlat soliq qo’mitasining tuzilmaviy bo’linmalari, odatda, funktsional asosda
tashkil etiladiki, uning mohiyati rahbarlikning mustakil funktsiyalarga taqsimlanishi
va har bir ana shunday funktsiyani maxsus tuzilmaviy bo’linmaning (boshqarma,
bo’lim, sektor) amalga oshirishidan iboratdir.
123
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tuzilishining negizini
quyidagicha uchta tamoyil tashkil etadi.
Nazorat-muvofiqlashtiruvchi - tarmoqli tamoyil (savdo, xizmat ko’rsatish
sohasi korxonalarini nazorat qilish, umumiy ovqatlanish korxonalarini nazorat qilish
bo’limlarini o’z ichiga oladigan savdo va xizmat ko’rsatish sohasi korxonalarini
nazorat qilish boshqarmasi; dexkonchilik - sanoat majmui korxonalarini taftish qilish
bo’limi) nazorat-muvofiqlashtiruvchi - funktsional tamoyili (jismoniy shaxslarni,
yuridik shaxslarni soliqqa tor-tish boshqarmalari) bilan birga qo’shib olib boriladi.
Nihoyat, tuzilmaviy bo’linmalar funktsional bo’linmalar (ular orasida mablag’
bilan ta’minlash, buxgalterlik hisobi va hisoboti bo’limi va shu kabilar bor) va
markaziy idoraga xizmat ko’rsatadigan bo’linmalar kotibiyati, rais huzuridagi
inspektsiya va shu kabilar bilan to’ldiriladi.
Davlat soliq qo’mitasining tuzilmaviy bo’linmalari ushbu boshqaruv
organining ishchi idorasi hisoblanadi. Ularning faoliyati rang-barang bo’lib, mazkur
organ funktsiyalarining o’ziga xos xususiyatlariga bog’lik bo’ladi. Bu bo’linmalar
turli materiallarni tayyorlaydi, Davlat soliq qo’mitasining boshqaruviga taalluqli
o’zga faoliyatni bajaradi, shu jumladan muvofiqlashtirish tusidagi funktsiyalarni
bajaradi, maslahatlar beradi, fikr-mulohaza va xulosalar taqdim etadi, loyihalarning
ekspertizasini o’tkazadi, xujjatlarning loyihalarini, yuqori hokimiyat va boshqaruv
organlariga takliflarni tayyorlaydi.
Boshqaruv organlarining butun faoliyati, barcha tashkiliy munosabatlari va
huquqiy munosabatlari organning o’z vakolat-larini amalga oshirishining natijasi
hisoblanadi. Idoraning vakolatida boshqaruvning irodaviy mazmuni hammadan
ko’prok na-moyon buladi. Davlat xuquqiy normalarni chiqarish yo’li bilan boshqaruv
idorasining vakolatini belgilar ekan ushbu organning har qanday sohadagi hatti-
harakatlarining chegaralarini belgilab beradi.
124
3. Davlat soliq qo’mitasining vazifalari va funktsiyalari
Davlat soliq qo’mitasining huquqlari uning boshqaruv faoliyati to’g’risida
tasavvur beradi. Davlat idorasining huquqlari – biron bir vazifani amalga oshirish
mumkinligi me’yoridir, uning burchi esa - mazkur vazifani tegishlicha amalga
oshirish me’yoridir. Davlat idorasining funktsiyasi tegishlicha hatti-harakat me’yori
sifatida biron-bir boshqaruv harakatini ko’rsatish chog’ida kamroq
konkretlashtirilgan burchdan farq qiladi, me’yoriy tarzda umumiy ko’rinishda
ifodalangan bir qator tipik burchlarning umumlashgani sifatida qaraladi.
Huquqlar bilan majburiyatlar o’rtasidagi farq ularni amalga oshirishning o’ziga
xos xususiyatlarida namoyon bo’ladi. Huquqlar davlat organiga u yoki boshqa
masalalarni hal etishda tanlash erkinligini beradi. Majburiyatlar organning faoliyat
yuritishini qat’iy tartibga solib turadi, ularni amalga oshirish shart-sharoitlari esa
qonunda aniq ifodalangan bo’lishi lozim.
Davlat soliq xizmati organining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat
- soliq qonun xujjatlariga rioya etilishi, soliqlarning to’g’ri xisoblanishi,
soliqlar to’liq va o’z vaqtida to’lanishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
- soliq qonun hujjatlariga rioya etishda zarur shart-sharoitlarni ta’minlash, soliq
majburiyatlarini bajarishda soliq to’lovchilarga yordam ko’rsatish;
- soliq siyosatini amalga oshirishda bevosita ishtirok etish;
- soliq solish sub’ektlari va ob’ektlarini to’liq va o’z vaqtida hisobga olishni
ta’minlash;
- soliqqa doir xuquqbuzarliklarni aniqlash, oldini olish va bartaraf qilish;
- nazorat qiluvchi organlar tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-
xujalik faoliyatini tekshirish va taftish qilishlarni muvofiqlashtirish.
O’ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq Davlat soliq qo’mitasi quyidagi
funktsiyalarni bajaradi
1. Qonun hujjatlariga rioya qilinishi, soliqlar to’g’ri hisoblangani, to’liq va o’z
vaqtida to’lanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi, ana shu maqsadda
- soliq solish ob’ektlari va sub’ektlarini hisoblangan va to’langan soliqlarni
to’liq hamda o’z vaqtida hisobga olishni, jismoniy shaxslar tadbirkorlik faoliyati
bilan shug’ullanishining qonun hujjatlarida belgilangan tartibga rioya qilinishi
ustidan nazoratni ta’minlashga doir;
- soliq qonun hujjatlarini buzish faktlarini to’plash, tahlil qilish va baholashga
hamda soliqqa oid huquqbuzarliklarga imkon beruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf
etish buyicha takliflar kiritishga doir;
- yuridik va jismoniy shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularni
ro’yxatga olish (identifikatsiya) raqamlarini bergan holda soliq to’lovchilar sifatida
ularni hisobga qo’yish haqida hujjatlarni berishga doir;
- soliqlar tushimini ta’minlash ishida topshiriqlarni bajarish natijalarini tahlil
qilishga doir;
- jismoniy shaxslar daromadlarini yalpi deklaratsiyalash tizimini bosqichma-
bosqich joriy etishga doir;
- xorijiy investorlarning investitsiya faoliyatini soliqlar yordamida tartibga
solish choralarini ishlab chiqishga, hukumatlararo bitimlar va shartnomalarni
125
tayyorlash va tuzishga, soliq siyosatini, shuningdek ikki tomonlama soliq solishni
bartaraf etish bo’yicha bitimlarni muvofiqlashtirishga doir;
- muddatida to’lanmagan soliqlarni undirishga, musodara qilingan, egasiz
mol-mulk, xazinalarni, shuningdek, meros qoldirish huquqi buyicha davlatga yoki
fuqarolarning o’zini- o’zi boshqarish organlariga o’tgan mol-mulkni hisobga olish,
baholash va sotish ustidan nazorat qilishga doir ishlarni tashkil etadi.
2. Yagona umumdavlat soliq siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi, ana
shu maqsadda
- soliq qonun hujjatlarini takomillashtirish bo’yicha uslubiy ishlarni olib
boradi;
- O’zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi va O’zbekistan
Respublikasining boshqa vazirlik hamda idoralari bilan hamkorlikda O’zbekistan
Respublikasi hududida ijro etish uchun majburiy bo’lgan soliq qonun hujjatlarini
qo’llash masalalari buyicha yo’riqnoma va boshqa me’yoriy hujjatlarni belgilangan
tartibda e’lon qiladi;
- byudjetga soliqlar tushishi prognozini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
- soliqlarni hisoblab yozish va to’lash bilan bog’liq hisob-kitoblar,
deklaratsiyalar va boshqa hujjatlar shakllarini ishlab chiqadi;
- soliq qonun hujjatlari buyicha me’yoriy hujjatlar to’plamlarini tayyorlaydi va
nashr etadi. O’z qo’l ostidagi organlarni qonun va yo’riqnomaviy materiallar, soliq
to’lovchilarni hisobga olish shakllari bilan ta’minlash bo’yicha choralar ko’radi.
3 . Yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonunlarda
muhofazalanadigan manfaatlarini himoya qiladi, soliq solish masalalari va soliq
qonun hujjatlarini buzishlar bo’yicha shikoyat va arizalarni belgilangan tartibda
ko’rib chiqadi, ana shu maqsadda
- soliq qonun xujjatlari masalalari buyicha me’yoriy hujjatlarni soliq
to’lovchilarga o’z vaqtida etkazilishini ta’minlaydi;
- soliq qonun hujjatlari to’g’risidagi axborotni nashr etish, ko’paytirish va qo’l
ostidagi tashkilotlarga etkazish uchun servis markazlar faoliyatini, soliq to’lovchilarni
soliqlarni to’g’ri hisoblash, hisobot va deklaratsiyalarni taqdim etishga o’rgatishni,
shuningdek, maslahat xizmatlari ko’rsatishni tashkil etadi.
4. O’zbekiston Respublikasini iqtisodiy rivojlantirish yo’nalishlaridan kelib
chiqib va davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq qonun hujjatlari qo’llanishi
amaliyotini hisobga olib, davlat soliq xizmati organlari ishining ustun yunalishlarini
belgilaydi, ular faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks dasturlarni ishlab
chiqadi va amalga oshiradi, davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tartibga soluvchi
qonun hujjatlari va boshqa me’yoriy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi hamda
belgilangan tartibda kiritadi.
5. Xuquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda soliqqa doir
huquqbuzarliklarga qarshi kurashning uzoq muddatli va joriy dasturlarini ishlab
chiqadi va amalga oshiradi.
6. Soliq qonun hujjatlarini buzishlar to’g’risidagi arizalar, xabarlar va boshqa
ma’lumotlarni tekshiradi.
7. Xizmat vazifalarini bajarayotganida davlat soliq xizmati organlari
mansabdor shaxslari faoliyatining xavfsizligini ta’minlaydi.
126
8. Qonun hujjatlariga muvofiq soliq to’lovchi to’g’risidagi ma’lumotlar sir
saqlanishiga doir ishlarni tashkil etadi.
9. Qo’l ostidagi bo’linmalar faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi.
10. Davlat soliq xizmati hududiy organlarining kadrlarni tanlash va joy-joyiga
qo’yish bo’yicha ishini tashkil etadi, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ular
malakasini oshirishni yo’lga qo’yadi, ana shu maqsadda davlat soliq xizmati organlari
idoralarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish bo’yicha
markazlar tashkil etadi.
11. Davlat soliq xizmati organlari xodimlari lavozimlarining tavsifnomalarini
ishlab chiqadi, rahbarlar va mutaxassislarni attestatsiyalashni, ularga belgilangan
tartibda maxsus unvonlar berilishini amalga oshiradi.
12. Davlat soliq xizmati organlari ishining samarali bo’lishini ko’zlab
- soliq axborotini qabul qilish, qayta ishlash, uzatish va saqlashning eng
sermehnat jarayonlarini avtomatlashtirish maqsadida soliq, tushumlari, barcha soliq
to’lovchi yuridik va jismoniy shaxslar to’g’risidagi ma’lumotlarga ishlov berishning
yagona kompyuter tizimini yaratadi va undan foydalanadi, soliq to’lovchi yuridik va
jismoniy shaxslarning yagona reestrini shakllantiradi va yuritadi;
- davlat soliq xizmati organlarining moddiy-texnika ta’minotini, materiallar va
uskunalarga ajratilgan fondlardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
- davlat soliq xizmati organlarining ijtimoiy rivojlanish va moddiy-texnika
ta’minoti maxsus fondini to’g’ri shakllantirish, taqsimlash va ishlatish ustidan nazorat
qiladi;
- soliqlar va soliq to’lovchilarni hisobga olishning yagona kompyuter tizimini
yaratish, davlat soliq xizmati organlarini moddiy-texnikaviy ta’minlash, kadrlar
malakasini oshirish va qayta tayyorlash maqsadida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga
oshiradi va xorijiy soliq organlari bilan hamkorlikni rivojlantiradi.
13. Yuridik va jismoniy shaxslarning moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirish
hamda taftish qilishni belgilangan tartibda muvofiqlashtiradi, nazorat qiluvchi
organlar tomonidan xo’jalik sub’ektlari moliya-xo’jalik faoliyati tekshirilishi va
taftish qilishini to’xtatish to’g’risida takliflar kiritadi. Qonun xujjatlariga muvofiq
boshqa funktsiyalarni ham bajaradi.
127
4. Soliq xizmati organlarining boshqa organlar va tashkilotlar, moliya-kredit muassasalari bilan o’zaro hamkorligi
Davlat soliq idoralari o’z oldilariga qo’yilgan vazifalarni bajarish va o’z
funktsiyalarini amalga oshirish davomida davlatning boshqa idoralari bilan doimiy
hamkorlik qiladilar. Davlatning boshqa idoralari bilan o’zaro munosabatlarda aniq
soliq idoralarining mazkur vazifa va funktsiyalarni qanday darajada bajarishini ham
belgilab beradi.
Davlat idoralari tizimi umumiy vakolatli, funktsional va tarmoq idoralarining
bir butun holda o’zaro hamkorlik qiluvchi tizimini ifodalaydi. Shu sababli davlat
soliq idoralari davlatning boshqa tashkilotlari bilan o’zaro aloqalari xarakterini
o’rganish mustaqil tahlil va doimiy takomillashish ob’ekti sifatida qaralishi kerak.
Soliq idoralarining respublika iqtisodiyotiga huquqiy ta’sirining ko’lami kengligini,
mazkur idoralar ish shakllari va faoliyat mazmunining o’ziga xosligini hisobga olsak,
ushbu muammoga katta e’tibor berish juda muhimligi to’g’risida xulosa kelib
chiqadi.
Soliq qonunlari so’zsiz ravishda o’zgartirishlarga muhtoj bo’lgan bir sharoitda
davlatning soliq tizimi soliqlarning to’g’ri hisoblanishi va ularning byudjetga to’liq
miqdorda kiritilishi, soliq idoralarini tashkil etish paytida ular oldiga qo’yilgan
maqsadlarga erishishi, soliq to’lovchilarning munosabatlari, soliq qonunlariga rioya
qilinishi ko’p jihatdan respublikadagi coliq, huquqni muhofaza qilish, davlat
hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlarining muvofiqlashtirilgan tarzdagi
amaliy, operativ ravishdagi bahamjihat harakatiga bog’liqdir. O’zbekiston
Respublikasining Davlat soliq qo’mitasi davlat organlari bilan birgalikda soliq
qonunlarining ko’llanilish amaliyotini muntazam tarzda tahlil etadi va
umumlashtiradi, ular asosida amaldagi me’yoriy xujjatlarga respublikadagi iqtisodiy
vaziyatning rivojlanishini talab qiladigan o’zgartirishlar va qo’shimchalarni kiritish
yuzasidan tegishli takliflarni beradi.
Davlat soliq qo’mitasining ishtirokida amalga oshiriladigan ma’muriy-xuquqiy
munosabatlarni ko’rib chiqarkanmiz, ularning ichida Davlat soliq qo’mitasi davlat
boshqaruvining mustaqil sub’ekti sifatida namoyon bo’ladigan munosabatlarni ajratib
ko’rsatish mumkin.
Davlat soliq qo’mitasi bilan ijrochilik hokimiyatining rahbari O’zbekiston
Respublikasining Prezidenti, shuningdek hokimiyatning oliy vakillik organi -
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va respublika ijrochilik xokimiyati organi -
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o’rtasida vujudga keladigan
munosabatlardir. Davlat soliq qo’mitasining respublikadagi davlat va ijrochilik
hokimiyati rahbari Respublika Prezidenti bilan munosabatlari O’zbekiston Respub-
likasining Konstitutsiyasi normalarida belgilab berilgan.
Konstitutsiyaning 89-moddasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi, bunda u o’ziga yuklangan
vakolatlarga muvofiq ravishda ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga
rahbarlik qiladi, respublika oliy hokimiyati va boshqaruv organlarining bahamjihat
ishlashini ta’minlaydi, O’zbekiston Respublikasi vazirliklarini, davlat ko’mitalarini
128
hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzadi va tugatadi, shu masalalarga
doir farmonlarni Oliy Majlis tasdig’iga kiritadi.
Prezident, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
a’zolarini lavozimlarga tayinlaydi va bo’shatadi, respublika boshqaruv organlarining
qabul qilgan hujjatlarini to’xtatadi va bekor qiladi, O’zbekiston Respublikasining
qonunlarini imzolaydi. Prezidentning respublika Konstitutsiyasi va qonunlari asosida
va ularni ijro etish yuzasidan chiqaradigan farmonlari ko’pincha direktivalar va aniq
vazifalardan iborat buladiki, bunda hukumatning va Davlat soliq qo’mitasining
harakatlarining uyg’unligi ta’minlangan bo’ladi.
O’zbekiston Resnublikasi Oliy Majlisi bilan O’zbekiston Respublikasi Davlat
soliq qo’mitasining o’zaro munosabatlari masalasiga kelganda quyidagilarni ajratib
ko’rsatish mumkin.
Bunday xuquqiy munosabatlar uchun quyidagilar asosiy omil hisoblanadi
birinchidan, Oliy Majlis O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq
uning vakolatlariga kiritilgan har qanday masalani, shu jumladan, soliqlar va boshqa
majburiy to’lovlarni joriy qilishga doir masalani o’zining ko’rib chiqishi uchun qabul
qilishga haqlidir.
Ikkinchidan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasi 19-
bandiga va «O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi to’g’risida»gi Qonunga
muvofiq Oliy Majlis Prezidentning vazirliklar, davlat qo’mitalari va davlat
boshqaruvining boshqa organlarini tashkil etish va tugatish to’g’risidagi farmonlarini
tasdiqlaydi. Bundan tashqari, O’zbekiston Reslublikasining ijro etuvchi hokimiyat
organlarining tizimini va vakolatlarini belgilash Oliy Majlisning favqulodda
vakolatlariga kiradi.
Agar respublika Prezidenti davlat boshqaruvi organlarining hujjatlariga
nisbatan ularni bekor qilish huquqiga ega bo’lsa, Oliy Majlis bunday yuridik vako-
latlarga ega emas. Oliy Majlis o’zining doimiy amal qiluvchi qo’mitalari va
komissiyalari orqali Davlat Soliq Qo’mitasiining faoliyatiga jiddiy ta’sir ko’rsatib
turadi.
Shunday qilib, Davlat soliq qo’mitasibilan Oliy Majlisning bahamjihat harakati
avvalo uning qonunchilik funktsiyalarini amalga oshirishi jarayonida namoyon
bo’ladi.
Davlat soliq qo’mitasi bilan respublika hukumati, Vazirlar Mahkamasi
o’rtasida juda mustahkam o’zaro munosabatlar mavjud. Vazirlar Mahkamasi -
O’zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi va butun
davlat boshqaruv organlari tizimiga ularning kelishilgan tarzdagi faoliyatini
ta’minlagan holda rahbarlik qiladi. O’zbekiston Respublikasining «O’zbekiston
Respublikasining Vazirlar Mahkamasi to’g’risida»gi Qonuniga muvofiq
respublikaning faoliyat doirasiga tegishli bo’lgan O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasiga va u to’g’risidagi Qonunga binoan Mahkamasining vakolatlariga
kiradigan davlat va xo’jalik boshqaruvining hamma masalalarini hal etishga haqlidir.
Aynan Vazirlar Mahkamasi vazirliklar va davlat qo’mitalarining, idoralar va
davlat boshqaruvining boshqa organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib turadi va
yo’naltiradi, shuningdek, vazirliklar, davlat qo’mitalari to’g’risidagi tegishli
Nizomlarni tasdiqlaydi, ya’ni davlat organining tuzilishini va uning vakolatlarini
129
belgilaydi. Qonunning ushbu normalari boshqa barcha davlat boshqaruvi organlari
singari Davlat soliq qo’mitasini ham Vazirlar Mahkamasiga bo’ysunishini va uning
oldida mas’uliyatli ekanligini bildiradi.
Vazirlar Mahkamasining Davlat soliq qo’mitasiga bevosita rahbarlik qilishi
Davlat soliq qo’mitasi amal qiladigan me’yoriy hujjatlar, umumiy direktivalar yoki
aniq (yakka tartibdagi) ko’rsatmalar chiqarish shakli orqali ham namoyon bo’ladi
Davlat soliq qo’mitasining hujjatlari xususida shuni aytish mumkinki, agar ular
amaldagi qonunlarga zid bo’ladigan bo’lsa, Vazirlar Mahkamasi ularni bekor qilishi
mumkin. Davlat soliq qo’mitasi soliq qonunlarini takomillashtirishga doir takliflarni
belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish
bo’yicha to’lik huquqga ega.
Davlat soliq qo’mitasi o’ziga yuklatilgan asosiy vazifalarga muvofiq ravishda,
shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi, vi-loyatlar va Toshkent shahar
byudjetlariga soliqlar va boshqa to’lovlarning kelib tushishiga doir toshpiriqlarning
bajarilishi natijalarini tahlil etish va keyinchalik bu borada Vazirlar Mahkamasiga
axborot berish vazifasini ham bajaradi.
Davlat soliq qo’mitasi xorijiy investorlarning investitsiya faoliyatini soliqlar
orqali tartibga solish yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda, soliq siyosatini
muvofiqlashtirish masalalari bo’yicha xorijiy davlatlar bilan hukumatlararo bitimlar
va shartnomalarni tayyorlash va imzolashda, ikkiyoqlama soliq solinishini bartaraf
qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining topshirig’iga binoan hukumatlararo
bitimlarni tasdiqdash va imzolashda ishtirok etadi.
Vakillik hokimiyatining mahalliy organlari davlat boshqaruvi organlari bilan
turli yo’nalishlar bo’yicha bahamjihat hamkorlik qiladilar.
Davlat soliq organlarining mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorlikdagi
harakati ularning O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan yagona soliq
siyosatini amalga oshirishda, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar
byudjetlariga soliqlar va boshqa to’lovlarning kelib tushishini ta’minlash borasidagi
topshiriqlarning bajarilishi natijalarini tahlil etishda qatnashishida namoyon bo’ladi.
Davlat soliq inspektsiyalarining tegishli ma’muriy-hududiy birlikda
markazlashtirilgan idora usuli va qonunchilik rejimida ish olib borishi ham ko’rib
chiqilayotgan organlarning munosabatlarini tavsiflash uchun muhim ahamiyatga ega.
Hamkorlikdagi harakatning ayni shunday darajasida umumdavlat va hududiy
manfaatlarning qo’shib olib borishning mahalliy hokimiyat organlari hududlarini
kompleks tarzda rivojlantirishning turli xildagi muammolari vujudga keladi. Ularning
muvaffaqiyatli tarzda hal etilishi, hamkorlik masalalarining birgalikda muhokama
qilinishi, vakillik hokimiyati mahalliy organlari vakillarining ishtirokini taqozo etadi.
Davlat soliq qo’mitasi kundalik faoliyat jarayonida davlat boshqaruvining
boshqa organlari bilan tez-tez munosabatlarga kirishadiki, bunday munosabatlar
davlat nazoratining ushbu markaziy organi faoliyati tusini aniq-ravshan ajratib
ko’rsatadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliqlar uning asosiy tartibga soluvchi omili
bo’ladi. Hokimiyat va boshqaruvning deyarli barcha organlari bu jihatni u yoki bu
darajada hisobga olishi kerak bo’ladi va aynan shu holat Davlat soliq qo’mitasining
ushbu organlar bilan ko’p turdagi munosabatlarining ob’ektiv zarurligini belgilaydi.
130
Shu jihatdan olganda davlat boshqaruvining Davlat soliq qo’mitasi va Moliya
vazirligi singari organlar tizimining hamkorlikdagi harakati birmuncha muhim
ahamiyat kasb etadi. Avvalo mazkur organlar oldida turgan vazifa va maqsadlarning
umumiyligini ta’kidlab o’tish kerak bo’ladi. Moliya vazirligi moliya tizimi tarkibiga
kiradigan organlarni boshqarish jarayonida O’zbekiston Respublikasi moliya tizimi
mexanizmining yaxlitligini, bozor munosabatlarining shakllanishi va aholini ijtimoiy
himoyalash sharoitida narxlarni tartibga solishning iqtisodiy usullarining ahamiyatini
kuchaytirishni ta’minlay borib davlatning moliyaviy, valyuta, narx-navo,
monopoliyaga qarshi siyosatiga muvofiq keladigan soliq siyosatini belgilaydi.
O’zbekiston Respublikasining soliq va moliya organlari korxonalarning
xorijiy valyutadagi mablag’larini majburiy tartibda sotilishi lozim bo’lgan
summalarini, shuningdek korxonalarning to’laydigan soliqlarining to’g’riligi va o’z
vaqtida amalga oshirilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Davlat soliq qo’mitasi bilan respublikaning bank tizimi o’rtasida g’oyat
mustahkam hamkorlik qaror topgan. Ular o’tkaziladigan valyuta operatsiyalarining
amaldagi qonunlarga muvofiqligini va buning uchun zarur ruxsatnomalarning
mavjuddigini, rezidentlarning byudjetga soliqlar va boshqa to’lovlarni to’lashga oid
majburiyatlarini, shuningdek, xorijiy valyutani O’zbekiston Respublikasining
Markaziy bankiga sotishiga doir majburiyatlarini bajarishlarini, valyuta
mablag’laridan maqsadli va samarali foydalanilishni, xorijiy valyutadagi
to’lovlarning asosliligini, nihoyat, valyuta operatsiyalari bo’yicha hisob va
hisobotning to’liqligini va ob’ektivligini birgalikda tekshiradi.
O’zbekiston Respublikasining barcha bank muassasalariga soliq
boshqarmalari va inspektsiyalarining taqdimnomalariga binoan korxonalar,
muassasalar va tashkilotlarning hisobvaraqlaridan soliqlar va boshqa majburiy
to’lovlarga oid qarzlar summasini muddati o’tkazib yuborilgan har bir kun uchun
0,07 foiz miqdoridagi penyani hisoblagan holda undirib olish huquqi berilgan.
Bank yoki kredit muassasasining aybiga ko’ra soliq to’lovchining to’lov
topshiriqnomasi ijro qilinmagan hollarda esa ushbu bank yoki kredit muassasasidan
soliq to’lovchining yoki soliq idorasining topshiriqnomasi kelib tushgan kundan
keyingi uchinchi kundan boshlab to’lov muddati o’tkazib yuborilgan har bir kun
uchun soliqning to’lanmagan summasidan belgilangan tartibda penya undirib olinadi.
Penyaning undirilishi bank yoki kredit muassasasini soliqqa oid topshiriqlarni
bajarishdan ozod qilmaydi.
Davlat soliq qo’mitasi asosiy faoliyatini O’zbekiston Respublikasining
amaldagi soliqlarga oid qonunlariga rioya qilinishi, soliqlar, yig’imlar va boshqa
majburiy to’lovlarning to’g’ri hisoblanishi, to’liq hamda o’z vaqtida to’lanishi
ustidan nazoratni amalga oshirish jarayonida respublika huquqni muhofaza qilish
organlari tizimi bilan hamkorlikda faoliyat ko’rsatish zarurati paydo bo’ladi.
Davlat soliq qo’mitasining O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi,
O’zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi, O’zbekiston Respublikasi Milliy
xavfsizlik xizmati va va ularning joylardagi bo’linmalari bilan amaliy hamkorligi
ularda davlatning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan qator umumiy
vazifalarning mavjudligi bilan bog’liqdir. Ularning har biri o’z vakolatlari doirasida
tegishli vosita va usullar orqali iqtisodiyotdagi jinoiy vaziyat xususida zarur
131
axborotlarni yig’ishni amalga oshiradi, ularni tahlil qiladi va aniqlangan
huquqbuzarliklarga nisbatan choralar ko’radi.
Bunday chora-tadbirlar orasida O’zbekiston Respublikasi Prokuraturasi
bajaradigan chora-tadbirlarga katta ahamiyat beriladi, bu organ soliq va bojxona
idoralaridan huquqni muhofaza qilish organlariga beriladigan materiallarni ko’rib
chiqilishi ustidan amaliy nazorat yuritilishini ta’minlashi va ushbu materiallar
yuzasidan qo’zg’atiladigan jinoiy ishlar bo’yicha tekshiruvlarning borishi, to’liqligi,
sifati va muddatlari ustidan kat’iy nazorat yuritishi, sudlarning bunday ishlarni ko’rib
chiqishida prokurorlarning albatga ishtirok etishlarini ta’minlashlari lozim bo’ladi.
Soliq idoralarining rahbarlari o’z xizmatlari va bo’linmalarining O’zbekiston
Respublikasining soliqqa oid qonunlari buzishlarini o’z vaqtida aniqlash va ularga
barham berishga, shuningdek o’zaro manfaatli bo’lgan boshqa masalalarni hal etishga
oid harakatlarini doimiy ravishda muvofiqlashtirib turishlari shart. Shu maqsadlarda
ishchi guruhlari tashkil etilishi, kelishilgan harakatlar uchun manfaatdor bo’linmalar
vakillarining muntazam tarzdagi uchrashuvlar o’tkazilishi, eng muhim muammolar
esa hay’atlarning birgalikdagi yig’ilishlarida ko’rib chiqilishi mumkin.
Birgalikdagi ishlar buyicha yagona dalolatnoma tuziladi va uni bir tomondan,
ushbu tekshirishni o’tkazgan xodimlar, ikkinchi tomondan esa, tekshirilgan korxona,
muassasa, tashkilotning rahbari va bosh hisobchisi yoki tadbirkorlik faoliyati bilan
shug’ullanadigan fuqaro imzolaydi.
Xulosa qilib aytganda respublikamizda soliq xizmati organlari o’z oldiga
qo’yilgan vazifa va funktsiyalarga muvofiq bir qancha organlar va tashkilotlar,
moliya-kredit muassasalari bilan o’zaro hamkorlikda faoliyat ko’rsatadi. Bunday
hamkorlik respublikaning barcha hokimiyat idoralari, jumladan, respublika
prezidenti, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi, sud organlari bilan birgalikda amalga
oshiriladi. Davlat soliq qo’mitasining ushbu idoralar bilan hamkorligi ko’pincha
qonuniy aktlarni ishlab chiqish, ijrosini ta’minlash kabi masalalarda ifodalansa, uning
moliya-kredit muassasalari bilan hamkorligi bevosita soliqlarni undirib olishga
qaratilgan vazifalarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi
Do'stlaringiz bilan baham: |