Sinf Sana: Dars mavzusi



Download 115,5 Kb.
Sana28.06.2017
Hajmi115,5 Kb.
#18723
Sinf

Sana:

Dars mavzusi: Farg’ona tabiiy geografik o’lkasining iqlimi , ichki suvlari , tuproqlari , o’simlik va hayvonot dunyosi .

Darsning maqsadi:

  1. Ta’limiy: Dars davomida o’quvchilarga Farg’ona tabiiy geografik o’lkasining iqlimi , o’simlik va hayvonot dunyosi ularning tarqalish qonunyatlari haqida tushuncha berish .

  2. Tarbiyaviy: O’zbekiston tabiatini va tabiiy boyliklarini asrash ruhida tarbiyalash.

  3. Rivojlantiruvchi: Mustaqil fikirlashga o’rgatish , hozirjavoblik va topqirlik xususiyatlirini shakillantirish .Darslar davomida olgan bilimlarini hayotda qo’llay olish ko’nikmalarini rivojlantirish .

Dars turi: Yangi bilim berish

Dars usuli: Zanjir , aqliy hujum, taqqoslash .

Dars jihozi: Darslik, O’zbekiston tabiiy xaritasi, atlaslar, kadaskop .

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism 3 d

  2. Yangi mavzu bayoni 25 d

  3. O’tilgan mavzu 10 d

  4. Mhustahkamlash 3 d

  5. Baholash 2 d

  6. Uyga vazifa 2 d

Tashkiliy qism: salomlashish, navbatchi hisoboti, dunyoviy yangiliklar

Dars bayoni:

1. Iqlimi .

2. Ichki suvlari .

3. Tuproqlari , o’simlik va hayvonot dunyosi .



Farg'ona tabiiy geografik o'lkasi Farg'ona vodiysida joylashgan bo'lib, atrofi tog'lar bilan o'ralgan. Vodiy tabiati go'zal va maftunkor, noz-ne'matlarga boy, jannatmakon olka bo’lib, foydali qazilma konlari ham bor. Shuning uchun ham uni «O'zbekiston durdonasi» deb atashadi.

Iqlimi. Farg'ona tabiiy geografik o’lkasi turli tomondan tog’lar bilan o'ralganligi tufayli shimoldan, shimoli-sharqdan esuvchi sovuq va g'arbdan esuvchi nam havo massalarini bevosita o'tishiga to'siq bo'ladi. Shu sababli uning iqlimi issiq, quruq, davomli yoz hamda mo’tadil qish bilan tavsiflanadi.

Qishda tabiiy o’lkaning atrofini o’rab olgan tog’lardan esadigan sovuq havo Farg'ona botig’ining markaziy qismida to'planib qoladi. Natijada yanvarning o'rtacha harorati -3°C atrofida bo’ladi.

O’lkada qishin-yozin havo harorati g'arbdan sharqqa tomon hamda markaziy qismidan adirlar tomon pasavib boradi: Qo'qonda yanvarning o'rtacha harorati -2,2°C, iyulniki +27,5°C bo’lsa, Kampirrovotda yanvarniki -4,8°C, iyulniki +24,9°C ni tashkil etadi. Buning asosiy sababi relyefning balandlashib borishidir.

Ba'zi yillari shimol va shimoli-sharqdan sovuq havo massalari esib, tog’lardan oshib o'tadi, natijada tabiiy o’lka haroratini pasavtirib yuboradi. Ana shunday paytda eng sovuq harorat -26-30°C ga tushadi.

O’lkada yoz issiq va quruq bo’lib, iyul oyining o'rtacha harorati +26, +27°C, eng issiq harorat esa +43, +44°C ga yetadi. O’lkada o'simliklarning barq urib rivojlanish davri (vegetatsiva) 230-240 kun davom etib, haroratning yig’indisi 4400 -4500°C ga yetadi.

Farg'ona tabiiy geografik o’lkasida yog'in miqdori 98-226 mm.

Tabiiy o’lkaning sharqidagi tog' oldi va adirlar qismiga yiliga 300-400 mm yogin tushadi. O’lkada yog’inning asosiy qismi bahor va qish oylariga to'g'ri keladi. Yog’inning bir qismi qor holida yog’ib, u bir yilda 30-38 kun erimay turishi mumkin. Bahor oylarida ba'zan jala yog'adi va bu selni vujudga keltirib, xo'jalikka zarar keltiradi.

O’lkada qishda kuchli Bekobod shamoli vodiydan Mirzacho’l tomon essa, bahor va kuzda Mirzacho’ldan vodiy tomon Qo'qon shamoli esib turadi. Bulardan tashqari tog’-vodiy va fyoon shamollari ham tez-tez sodir bo’lib turadi.

Suvlari. O’lkadagi eng katta va sersuv daryolar -Norin, Qoradaryo va Sirdaryo.

Norin daryosining uzunligi 578 km bo’lib, qor-muz suvlaridan to'yinadi. Uning o'rtacha yillik suv sarfi Uchqo'rg'on yaqinida sekundiga 427 m3. Suv sarfining 80 foizi mart-sentabr oylariga to'g'ri keladi.

Qoradaryo Farg'ona va Oloy tizmalaridan boshlanuvchi Tor va Qora G'ulja daryolarining qo'shilishidan vujudga kelib, Baliqchi qishlog’ida Norin bilan tutashadi. Uning uzunligi 180 km bo’lib, qor-muz suvlaridan to'yinadi. Yillik o'rtacha suv sarfi Baliqchi qishlog’i yonida sekundiga 123 m3 bo’lib, suv sarfining 46,4 foizi mart-iyun oylariga to'g'ri keladi.

Tabiiy geografik o’lkaning sharqidagi Farg'ona tizmasidan Yassi, Ko'gart, Qorao'ngur, Moylisuv kabi daryo va soylar boshlanadi. Ular qorlarning erishidan to'yinadi, eng ko'p suv oqimi bahorda sodir bo’ladi.

O’lkani shimol va g'arb tomonidan o'rab olgan Chotqol va Qurama tog’laridan Chadaqsov, Koson, Namangansoy, Chortoqsoy, Pochchaota, Qorasuv kabi daryolar boshlanadi. Ularning suvi may-iyun oylarida ko'payadi.

O’lkaning janubidagi Oloy va Turkiston tog’laridan Xo'jabaqirg'on, Isfara, So'x (uzunligi 130 km, suv sarfi sekundiga 42 m3), Shohimardon (uzunligi 77 km), Isfayramsoy, Aravansoy, Oqbura, Qurshab kabi daryolar boshlanadi. Bu daryo va soylar qor-muzlardan suv oladi, yillik oqimining 60 foizga yaqini iyul-sentabr oylariga to'g'ri keladi.

Farg'ona o'lkasidagi daryo va soylarning bir yillik o'rtacha oqim miqdori 21,498 km3 bo'lib, uning faqat 194,4 mln. m3 qismi O'zbekiston hududida, qolgan qismi esa Qirg'iziston va Tojikiston hududida vujudga keladi. O'sha bir yillik 21,498 km3 suvni 100 % desak, uning 57 foizi Norin daryosi, 17 foizi Qoradaryo, qolgan 26 foizi vodiyning atrofidagi tog'lardan boshlanuvchi daryo va soylar zimmasiga to'g'ri keladi.

Tuproqlari. Farg'ona okrugining geologik va yer yuzasining tuzilishi, iqlimi, yerosti suvlarining xususiyatlari bir xil bo'lmaganligi sababli uning tuproqlari ham xilma-xil. Uning markaziy past qismida, Sirdaryo qayirlarida o'tloq, o'tloq-botqoq, grunt suvi yuza joylarda botqoq-sho'rxok, sho'rxok, Yozyovon va Qoraqalpoq cho'lida qumoq, qumli tuproqlar hosil bo’lgan. O'lkaning yerosti suvlari chuqur bo’lgan tekislik qismida va adirlarda och tusli, oddiy (tipik) va to'q tusli bo'z tuproqlar tarqalgan.

O’lkaning 300 -500 m balandliklarida och tusli bo'z tuproqlar (chirindi miqdori 1-1,5 foiz), 500-800 m balandliklarda oddiy bo'z tuproq (chirindi miqdori 1,5-2,5 foiz) tarqalgan. Okean sathidan 800-1400 m balandliklarda to'q tusli bo'z tuproqlar (chirindi miqdori 3,5-4 foiz) tarqalgan.

O'simliklari va hayvonot dunyosi. O’lkaning markaziy qismidagi sho'rxok yerlarda pashmak, baliqko’z seta, sho'ra, yulg'un, qumli yerlarida esa juzg'un, quyonsuyak, saksovul o'sadi.

Sirdaryo qayirlarida yantoq, yulg'un, qamish, jing'al, tol, yovvoyi jiyda uchraydi. Adirlarda bahorda rang, qo'ng'irbosh, shaytonkovush o'sadi, ular yozda qurib qoladi, so'ngra oq kavrak, oq shuvoq, qizil burgan, chalov o'sishni davom ettiradi.

O'lkaga tutashgan tog' yonbag'irlarida archa, terak kabi daraxtlar ham o'sadi.

O'lkaning markaziy qismidagi qumli yerlarda kaltakesak, yumronqoziq, qo'shoyoq, ilonlar; har xil hasharotlar yashaydi. To'qaylarida chiyabo'ri, qirg'ovul, g'oz, o'rdak uchraydi.

Adirlarda toshbaqa, ilon, sichqon, yumronqoziq uchrasa, tog'larida bo'rsiq, bo'ri, tulki kabi hayvonlar yashaydi. Suv havzalarida zog'orabaliq, laqqabaliq, cho'rtanbaliq, daryolarning tog’li qismida qorabaliq (oybaliq) uchraydi.

Mustahkamlash: Mavzuni mustahkamlashda taqoslash usulida foydalaniladi va savol javoblar o’tqaziladi .

1.”Xo’jand” darvozasi qayerlarni bog’laydi?

2. Peneplen nima?

3. O’lka qaysi viloyatlarni o’z ichiga oladi?



Uyga vazifa : O’tilgan mavzuni o’qib kelish va mavzu asosida test tuzish.

Navoiy shahar 2- son umumiy o’rta ta’lim maktabi

Geografiya fani o’qituvchisi Qo’ziyeva Hurriyatning

“ Farg’ona tabiiy geogrfik o’lkasining iqlimi, ichki

suvlari , tuproqlari , o’simlik va hayvonot dunyosi “

mavzusida















Download 115,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish