Sihatnoma



Download 7,53 Kb.
bet1/3
Sana23.07.2022
Hajmi7,53 Kb.
#844926
  1   2   3
Bog'liq
Kurs ishi



Kurs ishi

  1. “Shifo-info” – hech qachon eskirmaydigan sihatnoma. (“Shifo-info” gazetasi, 20, 14.05.2015) - bu gazetada turli kasalliklarga doir davo usullari, malakali shifokorlar tomonidan berilgan maslahatlar chop etiladi, shu bois xal orasida ushbu jurnal "sihatnoma" deb ham yuritiladi.

  2. Terimiz tashqi ta’sirlarga o’ta ta’sirchan. Ayniqsa, yuqori harorat teri tuzilishini shu qadar o’zgartiradiki, kuygan sohada chandiq yoki chuqurcha hosil bo’lishi mumkin. Avvallari bu kabi nuqsonlar jarrohlik yo’li bilan bartaraf etilgan. (“Shifo-info” gazetasi, 14.05.2015, 20, 2-bet)
    Jarrohlik yo’li - shifokor-mutaxassis tomonidan amalga oshiriladigan tibbiy amaliyot.

  3. AQShlik olimlar yaqinda maxsus gel yordamida teri jarohatini davolash yo’lini ishlab chiqdi. (“Shifo-info” gazetasi, 14.05.2015, 20, 2-bet)
    Davolash yo’li - shifokor tomonidan bemorlarga qo'yilgan tashxis bo'yicha davo choralarini ko'rish.

  4. Shunisi qiziqki, gelning tuzilishi bemor qoni tarkibidan topildi. (“Shifo-info” gazetasi, 14.05.2015, 20, 2-bet)
    Bemor qoni - kasallangan kishiga tegishli qon ma'nosini anglatuvchi birikma.

  5. Gel tarkibida qon plazmalari ko’p bo’lib, u zararlangan teri bilan ta’sirga kirishib, jarohatning tezroq bitishiga ko’mak beradi. (“Shifo-info” gazetasi, 14.05.2015, 20, 2-bet)
    Qon plazmalari - qonning suyuq qismi bo'lib, unda qonning shaklli elementlari: eritrositlar, leykositlar, trombositlar bo'ladi.

  6. Teridagi zararlangan teri to’qimalari gel yordamida tezroq yangilanadi. (“Shifo-info” gazetasi, 14.05.2015, 20, 2-bet)
    Teri to’qimalari - organizmni tashqi ta'sirdan himoya qiluvchi, moddalar almashinuvi, organizmdan keraksiz moddalarni chiqarish, termoregulyatsiya va boshqalarda qatnashuvchi tana a'zosi.

  7. Bolalarda kechadigan har qanday o’zgarish va shamollash alomatlari ularni tashvishlantirishi turgan gap. (“Shifo-info” gazetasi, 14.05.2015, 20, 2-bet)
    Shamollash alomatlari - kasallik belgilarini anglatuvchi birikma.

  8. Agar ko’nglingizda farzandingizning salomatligi borasida biror shubha bo’lsa, bunga oydinlik kiritish uchun 2015-yil 21-may kuni soat 10: 00 dan 12:00 ga qadar “Infarm-madad” salomatlik markazining oliy toifali pediatr shifokori Indira Nig’matovaga telefon orqali murojaat qilishingiz mumkin. (“Shifo-info” gazetasi, 14.05.2015, 20, 2-bet)
    Salomatlik markazi - shifo topish maskani, bemorlar dardiga davo topuvchi joy.

  9. Tibbiy ko’rikka kasallikka oid barcha ma’lumotlar (kasallik varaqasi, tibbiy tahlillar qog’ozlari)ni olib kelish yodingizdan chiqmasin. (“Shifo-info” gazetasi, 14.05.2015, 20, 2-bet)
    Tibbiy ko’rik - vaqti-vaqti bilan shifokor ko'rigidan o'tish.

  10. Tibbiy ko’rikka kasallikka oid barcha ma’lumotlar (kasallik varaqasi, tibbiy tahlillar qog’ozlari)ni olib kelish yodingizdan chiqmasin. (“Shifo-info” gazetasi, 14.05.2015, 20, 2-bet)
    Kasallik varaqasi - bemorga qo'yilgan tashxislar qayd etib boriluvchi qog'oz.

  11. Tibbiy ko’rikka kasallikka oid barcha ma’lumotlar (kasallik varaqasi, tibbiy tahlillar qog’ozlari)ni olib kelish yodingizdan chiqmasin. (“Shifo-info” gazetasi, 14.05.2015, 20, 2-bet)
    Tibbiy tahlillar qog’ozlari - bemor yoki sog'lom kishilar tomonidan topshirilgan tahlil natijalari qayd etilgan varoqlar.

  12. Yaqinda onamning ko’zlarida jarrohlik amaliyoti o’tkazilishi kerak edi. (“Shifo-info” gazetasi, 14.05.2015, 20, 3-bet)
    Jarrohlik amaliyoti - jarroh tomonidan inson tanasining qaysidir a'zosida amalga oshiriladigan tibbiy amaliyot.

  13. Ko’zlarda jarrohlik amaliyotini o’tkazish uchun tishlarning qay darajada sog’lomligini bilish juda muhim. Chunki og’iz bo’shlig’i va yuzdagi qon aylanish yo’llari bir-biri bilan bog’liq. (“Shifo-info” gazetasi, 14.05.2015, 20, 3-bet)
    Qon aylanish yo’llari - tanadagi qonning harakati ma'lum bir qonuniyat ila tana a'zosida harakatlanadi, shu harakat chizig'i shu nom bilan yuritiladi.

  14. Bundan tashqari, og’iz bo’shligi oshqozon-ichak tizimining avvali ham hisoblanadi. Ularda kechadigan xastaliklar alomatlari, asosan, og’iz bo’shlig’i orqali ishora beradi. (“Shifo-info” gazetasi, 14.05.2015, 20, 3-bet)
    Oshqozon-ichak tizimi - inson tanasining hazm qilish sistemasi tarkibiga kiruvchi asosiy qismi.

  15. Bundan tashqari, og’iz bo’shligi oshqozon-ichak tizimining avvali ham hisoblanadi. Ularda kechadigan xastaliklar alomatlari, asosan, og’iz bo’shlig’i orqali ishora beradi. (“Shifo-info” gazetasi, 14.05.2015, 20, 3-bet)
    Xastaliklar alomatlari - tananing nosog'lom holatga o'tishi jarayonida namoyon bo'luvchi ilk belgilar.

  16. Jarrohlikdan oldin stomatolog tish, tish to’qimalari va og’iz bo’shlig’idagi infeksiya o’chog’ini tozalash uchun sanatsiya muolajasini o’tkazadi. (“Shifo-info” gazetasi, 14.05.2015, 20, 3-bet)
    Infeksiya o’chog’i - tananing kasallik tekkan, yallig'langan bo'lagi.

  17. Muhimi, jarrohlik amaliyotidan oldin bemor tishlarida hech qanday karash (karies), tosh va tish atrofi to’qimalari yallig’lanishi (parodontit) kasalliklari kuzatilmasligi kerak. (“Shifo-info” gazetasi, 14.05.2015, 20, 3-bet)
    Karash (karies) - og'iz bo'shlig'i kasalliklarining eng ko'p tarqalgan turi bo'lib, oddiy til bilan aytganda, tish to'qimalariga zarar yetkazuvchi infeksiya.

  18. Muhimi, jarrohlik amaliyotidan oldin bemor tishlarida hech qanday karash (karies), tosh va tish atrofi to’qimalari yallig’lanishi (parodontit) kasalliklari kuzatilmasligi kerak. (“Shifo-info” gazetasi, 14.05.2015, 20, 3-bet)
    Tosh va tish atrofi to’qimalari yallig’lanishi (parodontit) kasalliklari - tish atrofidagi to'qimalarning surunkali yallig'lanishi, alveolyar o'simtalar kasallanadi, oqibatda tishlar qimirlab tushib ketadi.

  19. Eng yomoni, ko’pchilik hali ham stomotologiya qoidalari, ya’ni bir yilda 1-2 marta tekshiruvdan o’tishga amal qilmaydi. (“Shifo-info” gazetasi, 14.05.2015, 20, 3-bet)
    Stomotologiya qoidalari - og'iz bo'shlig'i va tishlarni parvarishlash, asrash bo'yicha yo'l-yo'riqlar.

  20. Belgilangan jarrohlik amaliyotidan oldin stomatolog-shifokor ko’rigidan o’tishni unutmang! (“Shifo-info” gazetasi, 14.05.2015, 20, 3-bet)
    Stomatolog-shifokor ko’rigi - og'iz bo'shlig'i va tishlarni davolovchi shifokor qabulida ko'rikdan o'tish.

  21. Ko’p hollarda bemorni tish olingandan so’ng qon ketishi, og’iz bo’shlig’i shishishi va ta’m bilish hissi yo’qolishi kabi muammolar bezovta qiladi. (“Shifo-info” gazetasi, 14.05.2015, 20, 3-bet)

  22. Albatta, olingan tishni shifobaxsh o’tlar bilan chayish yaxshi yordam beradi. Kerakli damlamalar orqali nafaqat olingan tish asoratini, stomatologik muammolarni ham bartaraf etsa bo’ladi. (“Shifo-info” gazetasi, 14.05.2015, 20, 3-bet)

  23. Baxt salomatlik samarasidir, binobarin, har bir odam o’z a’zolarini asrab-avaylamog’i zarur. (“Shifo-info” gazetasi, 14.05.2015, 20, 3-bet)

  24. Allergiya xurujlarida shifokorga borishdan oldin birlamchi yordam qanday ko’rsatiladi? (“Shifo-info” gazetasi, 14.05.2015, 20, 4-bet)

  25. Bemorning kasallik anamnezini yig’ing. (“Shifo-info” gazetasi, 14.05.2015, 20, 5-bet)

  26. Shukurki, anafilaktik shok (qon bosimi tushishi, tutqanoq, g’ayriixtiyoriy peshob chiqarish) holati juda kam kuzatiladi. (“Shifo-info” gazetasi, 14.05.2015, 20, 5-bet)

  27. O’t qopim shamollagan (xolestaz). Shu bois “Alloxol” dorisini ichib yuraman. (“Shifo-info” gazetasi, 14.05.2015, 20, 6-bet)

  28. O’t qopi shamollashi kasalligining gipomotor turida o’t shirasini ishlab chiqarishda muammolar kuzatiladi. (“Shifo-info” gazetasi, 14.05.2015, 20, 6-bet)

  29. Gipermotor turida esa o’tdan safro ko’p ajratiladi. Buning oldina olish uchun o’t safrosini erituvchi dorilar beriladi. (“Shifo-info” gazetasi, 14.05.2015, 20, 6-bet)

  30. Gipermotor xolestazda bemorni ko’proq ich ketishi, gipomotorda esa qabziyat muammosi qiynaydi. (“Shifo-info” gazetasi, 14.05.2015, 20, 6-bet)

  31. Kasallikning turiga qarab davolanilmasa, o’tda safroning turib qolishi va unda toshlar hosil bo’lishiga sharoit yaratiladi hamda o’t yo’llari yallig’lanishi (xolangit)ga ham sababchi bo’ladi. (“Shifo-info” gazetasi, 14.05.2015, 20, 6-bet)

  32. Oshqozon va o’n ikki barmoqli ichak kasalliklarini keltirib chiqaruvchi omillar to’rtga bo’linadi. Birinchisi noto’g’ri ovqatlanish bo’lsa, ikkinchi omil ko’p asabiylashishdir. Nasliy va ekologik omillar esa kam holatlarda bu kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo’ladi. (“Shifo-info” gazetasi, 14.05.2015, 20, 6-bet)

  33. Unutmangki, surunkali kasalliklarning zo’rayishiga, asosan, asab tizimi bezovtaligi turtki beradi. (“Shifo-info” gazetasi, 14.05.2015, 20, 6-bet)

  34. Oshqozon muammosi bilan shifokorga borganda, u ko’pincha ham pankreatit (oshqozonosti bezi yallig’lanishi), ham xolesistit (o’t pufagi yallig’lanishi) tashxisini qo’yadi. (“Shifo-info” gazetasi, 14.05.2015, 20, 7-bet)

  35. Men ikki yil oldin oshqozon va o’n ikki barmoq ichak yarasi tashxisi qo’yilgan edi. (“Shifo-info” gazetasi, 14.05.2015, 20, 7-bet)


  36. Download 7,53 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish