Shaxsiy kompyuterning dastur vositalari necha turga bo’linadi, ularning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan iborat. Bular apparat ta’minot (hardware) va dasturiy ta’minot (software) lardir. Apparat ta’minoti ─ bu, birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik qismlari va qo’shimcha qurilmalaridir. Dasturiy ta’minot kompyuterning ikkinchi muhim qisimi bo’lib, u ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni o’z ichiga oladi.
Dasturiy ta‘minot deganda nimani tushunasiz?
Dasturiy ta’minot kompyuterning ikkinchi muhim qisimi bo’lib, u ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni o’z ichiga oladi. Dasturiy ta’minotsiz har qanday kompyuter bamisoli bir parcha temirga aylanib qoladi.
Operatsion qobiqlar deb nimaga aytiladi?
Foydalanuvchi bilan kompyuter orasidagi munosabatni operatsion sistema ta’minlaydi. Operatsion sistemaning interfeysi qancha qulay bo‘lsa, foydalanuvchining kompyuter bilan ishlashi shuncha yengil bo‘ladi. Shu maqsadda operatsion sistemaning qobiq dasturlari yaratildi. Bunday qobiq dasturlardan biri Norton Commander (NC) dasturi bo ‘lib u MS DOS operatsion sistemasi buyruqlari bazasida ishlaydi.. Norton Commander qobiq dasturi Piter Norton Computing firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Dunyoda ko‘plab firmalar tomonidan bunday qobiq dasturlar ishlab chiqarilgandir. Masalan QDOS, Path Minder, Xtree, Pic Commander, Victoria, hattoki MicroSoft firmasi raqobat tarzida o‘zining dastur qobig‘i Shell 4.0 va 5.0 versiyalarini yaratdi. Biroq bu qobiq dasturlar Norton Commander o‘rnini bosa olmadi.
Tizimli dasturlar va ularning turlarini aytib bering.
Tizimli dasturiy ta'minot, bu o'z ichiga oladi operatsion tizim, til tarjimonlari va yordam dasturlari, qo'shimcha qurilmalarga kirishni boshqaradi. Dasturlash tillari va turli xil foydalanuvchi dasturlari kabi amaliy dasturiy ta'minot tizimli dasturiy ta'minot qatlami orqali apparat bilan ishlaydi. O'z navbatida, foydalanuvchilar dasturiy ta'minot bilan o'zaro aloqada bo'lishadi. Tizim dasturiy ta'minot (System software) - kompyuter va kompyuter tarmoqlarining ishlashini ta'minlash uchun mo'ljallangan dasturlar va dasturiy tizimlarning to'plami. Tizim dasturiy ta'minot quyidagi vazifalarni bajaradi:
1) boshqa dasturlarning ishlashi uchun ish muhitini yaratish;
2) kompyuterning o'zi va kompyuter tarmog'ining ishonchli va samarali ishlashinita'minlash;
3) diagnostika, nosozliklar, xatolar va nosozliklarni lokalizatsiya qilish va kompyuter uskunalari va kompyuter tarmoqlarining profilaktikasi;
4) yordamchi texnologik jarayonlarni amalga oshirish (nusxalash, arxivlash, dastur va ma'lumotlar bazasi fayllarini tiklash va hk).
Amaliy dasturlar va ularning turlarini aytib bering.
Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program package) ─ bu aniq bir predmet sohasi bo’yicha ma’lum bir masalalar sinfini mo’ljallangan dasturlar majmuasidir. Komyuterning dasturiy ta’minoti orasida eng ko’p qo’llaniladigani amaliy dasturiy ta’minot (АДТ) dir. Bunga asosiy sabab ─ kompyuterlardan inson faoliyatining barcha sohalarida keng foydalanishi, turli predmet sohalarida avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va qo’llanilishidir.
─ kompyuterlarda ma’lumotlar bazasini tashkil etish va saqlashni ta’minlovchi ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (МББТ);
─ matnli hujjatlarni avtomatik ravishda bichimlashtiruvchi, ularni tegishli holatda rasmiylashtiruvchi va chop etuvchi matn muxarrirlari;
─ grafik muxarrirlar;
─ hisoblashlar uchun qulay muhitni ta’minlovchi elektron jadvallar;
─ taqdimot qilish vositalari, ayni tasvirlar hosil qilish, ularni ekranda namoyish etish, slaydlar, animatsiya, filmlar tayyorlashga mo’ljallangan maxsus dasturlar. YUNUSOVA MUNIA 53-20 MT
Do'stlaringiz bilan baham: |