Shaxs psixologiyasining ahamiyati



Download 19,82 Kb.
Sana01.07.2022
Hajmi19,82 Kb.
#725771
Bog'liq
Abdullayeva Rayhon Ròzmatovna


SHAXS PSIXOLOGIYASINING AHAMIYATI
Abdullayeva Rayhon Ròzmatovna
Xorazm viloyati Yangiariq tuman XTBga qarashli 16-son maktab psixologi
Xudayberganova Samara Zokirjonovna
Xorazm viloyati Yangiariq tumani Mahmud az-Zamaxshariy nomli 11-son ixtisoslashtirilgan maktab internati psixologi


Annotatsiya: Mazkur maqolada jamiyat taraqqiyotida inson, shaxs psixologiyasi imkoniyatlari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Kalit so’zlar: jamiyat, taraqqiyot,psixologiya, sistema, individ.shaxs, sifat
Jamiyat taraqqiyotida inson bosh omil, shu jamiyatning rivojlantiruvchisi bo'lib hisoblanadi. Uning shakllanishi, o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lishi, tarbiyalanish ana shu jamiyatda yuz beradi. Insonning shaxs sifatida tarkib topishi, unga ta'sir etuvchi omillar, uning mexanizmlari haqida psixologiya fani aniq ma'lumotdariga ega. Inson dunyoga odam bo'lib keladi. Odamning shunchaki insoniyat vakili sifatida baholanishi termini bilan bog'liq. O'qituvchilarning topshiriqlarini odatga ko'ra tashqi ta'sir natijasida amalga oshirgan o'quvchigina o'quv faoliyatining haqiqiy sub'yekti bo'ladi.
Har bir individ takrorlanmas sotsial fazilatlarni o'zida mujassamlashtirgandagina u shaxs bo'lib yetishadi. Psixologiyada tomonidan amaliy faoliyat va munosabat jarayonida hosil qilinadigan hamda ijtimoiy munosabatlarning individga ta'sir o'tkazish darajasi va sifatini belgilaydigan sistemali tarzidagi sosial fazilat shaxs tushunchasi bilan ifoda etiladi. Psixologik jihatdan shaxs bo'lib hisoblanmagan individning mavjud bo'lishi va aksincha individning konkret shaxs sifatida mavjud bo'lishi mumkin? - degan, savol tug'iladi.
Shaxs sifatida kamolatga erishmagan individ bo'ladi. Buni hayvonlar orasida tarbiyalangan bolalar misolida olish mumkin. Lekin individni shaxsga aylanishida qanday omillar zarur? Umuman shaxs deb kimga aytamiz? Shaxs haqida ta'rif berilganda rus psixologi S.Rubinshteynning fikrlariga to'xtalmoq darkor. Olimning ta'kidlashishcha Odam o'zida takrorlanmas xususiyatlariga ko'ra individualdir. Odamning o'z atrofdagilarga, borliqqa bo'lgan ongli munosabati, uning biron bir faoliyat bilan shug'ullanishi esa uni shaxs ekanligidan dadolatdir. Shaxs odamning atrofga bo'lgan munosabatlarini va o'z-o'ziga bo'lgan munosabatini belgilaydi. Odamning atrof-muhitga bo'lgan munosabatlari uning dunyo qarashida, intilishlarida, qiziqishlarida ishonchlarida va boshqalarga bo'lgan munosabatlarida eng muhimi, uning faoliyatida ifodalanadi. Demak, shaxs bu ongga ega bo'lgan, ma'lum ijtimoiy iqtisodiy formasiyada yashaydigan, ma'lum bir faoliyat bilan shug'ullanadigan odam individdir.
Shaxsning tarkib topishi uzoq muddatli, murakkab va tarixiy jarayondir,shaxs ijtimoiy taraqqiyot maxsuli sifatida juda ko'p fanlarning o'rganish, ob'yekti hisoblanadi jumladan, falsafa. Sosiologiya pedagogika, psixologiya, etika, tibbiyot va boshqa fanlar uning turli tomonlarini o'ziga xos tarzda tadqiqi etadi. Shaxs shakllanish haqida gapirar ekanmiz, albatta u yashayotgan muhit, kishilar, jamiyatning roli juda kattadir.
Shaxsning strukturasini va uning yuzaga kelishi hamda rivojlanish qonuniyatlarini bilmasdan turib o'sib kelayotgan inson shaxsini prayektirlash va diognostika qilish, uning shakllanishi uchun eng qulay sharoit va samarali yo'llarini aniqlash mumkin emas. Ma'lumki, inson shaxsi o'zini o'raab turgan narsalar va sotsial olam bilan faol munosabat protsesida tarkib topadi, o'zini oshkor qiladi. Odamning «antogenetik» taraqqiyoti va shaxsning tarkib bo'lishi jarayonida biologik va ijtimoiy faktorlar o'zaro munosabatga kirishib, tashqi taa'ssurot effektini ta'minlovchi kuchli ichki sharoitni yuzaga keltiradilar.
Ana shunday sharoitlarda odamning anatomik fiziologik layoqatlari shunchaki o'zini oshkor qilib qolmay, balki shaxs faoliyati sifatida odamning psixik faoliyati va nisbatan mustahkam psixik xususiyatlari va ularning sistemalarini taminlab, neyrodinamik va sensor - persiptiv organlarning ma'lum funksional ahamiyatiga ega bo'lgan mexanizmlar tarzida taraqqiy etadi, o'zgaradi va tarkib topadi. Haqiqatdan ham yashash o'zining tabiy va madaniy extiyojlarini qondirish uchun, hamda atrof-muhitga alohida yondashish uchun ma'lum darajada imkoniyatlari bo'lishi kerak. Odam individ tug'ilishda nasliy yo'l bilan insonning hayoti uchun juda zarur bo'lgan faqat kurtak imkoniyatlariga ega bo'ladi. Bu imkoniyatning o'zi odamda o'zidan oldingi avlodning ijtimoiy tajribalarini o'zlashtirish jarayonida, kattalar bilan muommalarda ta'lim va tarbiya jarayonlarida tarkib topadi. Shuning uchun ham odamning bolaligidan, ya'ni ushbu tajribalarini o'zlashtirib olishi davrida, mustaqil hayot uchun o'z imkoniyatlarini tarkib toptiradi va rivojlantiradi. Buning uchun u juda ko'p shug'ullanishi hatto o'z hayotining 14 qismini ba'zan undan ham ko'proq vaqt talab qiladi.
Shaxsning shakllanishi haqida ikki oqimning fikrini keltirish mumkin. Biogenetik yo`nalish va sotsiogenetik yo`nalish. Biogenetik yo`nalish tarafdorlarining fikricha, inson shaxsi va shaxsiy xususiyatlar faqat bitta omil, nasliy xususiyatlarning ta`siri bilan yuzaga keladi. Ular tashqi muhit va ta`lim - tarbiyaning rolini tan olmaydilar. Sotsiogenetik yo`nalish tarafdorlari eksperimentlarning rivojlanishi bilan bog`liqdir. Ushbu yo`nalish asoschilaridan biri Jon Lokk yangi tug`ilgan bolaning miyasini toza taxtaga o`xshatadi. Go`yoki, uning miyasiga kattalar xohlagan narsasini yozishlari mumkin. Ular tajribani ikkiga ajratadilar: tashqi va ichki tajriba. Yo`nalish tarafdorlarining fikricha, tashqi tajriba - bu moddiy dunyoni narsalarning ta`siridan hosil bo`ladigan bizning sezgilarimizdir. Ichki tajriba esa ruxning mustaqil harakatidir. Buni refleksiya deb ataydilar. Ular tashqi tajriba - sezgilar ichki tajriba-refleksiya bir - biriga bog`liq emas, degan fikrga o`tib ketdilar. Ular shaxsning tarkib topishi faqat ta`lim - tarbiyaning ta`siriga bog`liq deb, tashqi muhit va biologik omillarning ta`sirini tan oladilar.
XIX asrning ikkinchi yarmida biogenetik qonun degan oqim kirib keldi. Biogenetik qonun biologiyaga xos bo`lgan ommaviy qonundir. Bu qonunga ko`ra, odam onaning qornidan to tug`ilguncha ko`p ming yillik evolyutsion taraqqiyotni bosib o`tadi, ya`ni uzoq evolyutsion taraqqiyot yo`lini qisqa muddatda takrorlaydi. Biologik qonun namoyondalaridan Myuler va Gekkellar odam tug`ilguncha butun evolyutsion taraqqiyotni qisqa muddatda takrorlar ekan, tug`ilgandan so`ng to shaxs bo`lib tarkib topguncha tarixiy taraqqiyotni takrorlaydi, degan fikrni bildirgan.
Odamni shaxs sifatida tevarak - atrofdagi kishilar va narsalar bilan bo`lgan aloqalari ularning ishlab chiqarish faoliyatlarida, odamlar o`rtasida yuzaga keladigan munosabatlarda namoyon bo`ladi. Odam boshqa kishilar bilan bo`lgan munosabatlardagina shaxs bo`lib shakllana boshlaydi. Demak, shaxs kishilik jamiyatida yashaydigan, faoliyatni biror turi bilan shug`ullanadigan, til orqali atrofdagilar bilan normal muloqotda bo`la oladigan, ongi yuksak rivojlangan komil insondir. Odam turli guruhlarga kirar ekan, har xil vazifalarni bir - biriga o`xshamagan rollarni bajaradi. Ba`zi bolalar oilada erkatoy, injiq bo`lsa, maktabda tengdoshlari o`rtasida kamtarin, odobli, xushchaqchaq bo`ladi.
Ishda juda jiddiy yuradigan odam biror sayohatga borganda hazilkash, qiziqchi bo`lib yurishi mumkin. Ko`pincha kishi turli vaziyatlarda o`xshash sifatlarni namoyon qiladi.Odamning psixik holatlarini o`zgarishi tashqi muhitga va ijtimoiy tarbiyaga bog`liqdir. Shaxsning nisbatan barqaror va nisbatan o`zgaruvchan xususiyatlari shaxs xislatlarining bir butunligi va o`zaro bog`liqligidan iborat bo`lgan murakkab birlikni, ya`ni dinamik tuzilishni hosil qiladi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:

1. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya asoslari. –T.: «O‘qituvchi», 1998.


2. G‘oziev E. Psixologiya. T.: O‘qituvchi, 1999.
3. Anikeeva N.P. Jamoada ruhiy muhit. T.: O‘qituvchi, 1997.
4. Андреева Г.М. Социальная психология. М.: 2000. 5. Andizova T.M. Boshqaruv muloqoti psixologiyasi.T.:2000.
Download 19,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish