Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm



Download 237.15 Kb.
Sana11.07.2021
Hajmi237.15 Kb.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS


TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI

“SHARQ MAMLAKATLARI IQTISODIYOTI, SIYOSATI VA TURIZM” FAKULTETI


“SHARQ MAMALAKATLARI IQTISODIYOTI” KAFEDRASI
“IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: “XALQARO RAQOBAT VA UNING MILLIY IQTISODIYOTGA TA’SIRI”

5231000 - “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik”
Bajardi: 3-kurs Koreys-ingliz Ismotullayev.R

Ilmiy rahbari:

Topshirgan sanasi:

Himoya qilgan sanasi:

Baho:


Toshkent – 2020
MUNDARIJA
KIRISH.......................................................................................................3

1-BOB. MILLIY IQTISODIYOT RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHNING NAZARIY JIHATLARI..........................................................5



    1. Raqobat tushunchasining mazmuni, vazifalari va turlari......................5

    2. Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini ta’minlash masalasining mohiyati va rivojlanish bosqichlari.........................................................................12

2-BOB. XALQARO RAQOBATBARDOSHLIKNI MAMLAKAT IQTISODI RIVOJLANISHIDAGI O’RNI…………………………………23

2.1.Jahon amaliyotida mamlakat raqobatbardoshligini baholash uslubiyati………………………………………………………………………….23

2.2.Rivojlangan mamlakatlarda xalqaro raqobatbardoshlik ko’rsatkichlari tahlili (Koreya, Faransiya, Kanada misolida)…………………………………....29

XULOSA......................................................................................................40

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR....................................................43

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi globallashuv jarayonlari tezlashgan vaqtda milliy iqtisodiyotni raqobatbardoshligini ta’minlashdagi asosiy yo’nalishlarni belgilab olish zarur1.



Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini ta’minlash uchun bugundan boshlab inqirozdan keyingi davrdagi rivojlanish haqida o‘ylashimiz, yurtimizni yangi marralarga olib chiqishga kuchli turtki beradigan, jahon bozorida mamlakatimiz raqobatbardoshligini ta’minlay oladigan, milliy iqtisodiyotimizning ustuvor tarmoqlarini texnik yangilash va modernizatsiya qilish bo‘yicha puxta ishlangan, uzoqqa mo‘ljallangan maqsadli dasturlarni ishlab chiqishimiz lozim.2

Shunga ko’ra, jahon bozorlaridagi beqarorlik sharoitida mamlakatimizni barqaror rivojlantirish vazifasini hal etishda iqtisodiyotning raqobatdoshligini ta’minlash masalasi ustuvor ahamiyat kasb etadi.

Ma’lumki, iqtisodiyotning raqobatbardoshligi turli shakl va darajalarda namoyon bo’ladi.Bugungi kunda barqaror rivojlanishga erishish va milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish ilg’or innovatsion iqtisodiyotga ega bo’lishni talab etadi.PrezindentimizI.A.Karimov tashabbuslari bilan ishlab chiqilgan va uzoq muddatga mo‘ljallangan milliy iqtisodiyotimizning raqobatbardoshligini oshirishning innovatsiya dasturi kuch-imkoniyatlar va resurslarni ishga solishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. U kishining ma’ruzalarida ta’kidlaganidek “Jahon bozorlarida raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi sharoitda iqtisodiyotimizning raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, fermer xo‘jaliklari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatidagi ishtirokini har tomonlama rag‘batlantirish ustuvor ahamiyat kasb etadi.”3

Respublikamizada o’tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar eng qisqa davrlarda O’zbekistonning jahon xo’jaligi tizimiga samarali kirib borishini va uning barcha mamlakatlar bilan teng huquqli hamkorligini ta’minlashga qaratilgan.

O’zbekiston iqtisodiyoti sifatga asoslangan taraqqiyot yo’lidan bormoqda. Yalpi ichki mahsulot, sanoat, qishloq xo’jaligi hamda qurilish sohalarining o’sishiga profitsitli byudjet, mo’tadil inflyatsiya darajasi, ijobiy savdo saldosi va to’lov balansi ta’minlangani holda erishildi. Bu taraqqiyotning “o’zbek modeli”dagi asosiy ustunliklardan biri hisoblanadi.“Shu bilan bir qatorda bizning o’z oldimizga qo’ygan asosiy maqsadimiz – boshlagan islohotlarimiz, iqtisodiyotimizni yangilash va modernizatsiya qilish jarayonlarini davom ettirish va chuqurlashtirish, hayotimiz darajasi va sifatini izchil oshirib borishni ta’minlash, tenglar ichida teng bo’lib, jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallashdan iboratdir.”4

Mavzuning o’rganilganlik darajasi.Jahon xo’jaligida mamlakatimiz iqtisodiyotini raqobatbardoshligini oshirish usullari va xalqaro raqobatning ta’siri yo’nalishlari o’rganib, tahlil qilib kelinmoqda.

Bu mavzu Porter M., Smit A., Kantilon R.,Xeksher E., Olin B.,Tyurgo A., Sey J.B., Xizrich R., Shumpeter Y. kabi taniqli iqtisodchi olimlar asarlarida o’rganilgan, Adams U., Gross G., Filips J., Xoyer V. kabi iqtisodchi olimlar raqobat strategiyasi va taktikasini shakllantirishga o’z hissalarini qo’shganlar.MDH mamlakatlari olimlaridan Kireev A., PaxomovaL., LomakinV., XeyfetsB.A., BulatovA.S., Avdokushin A.F., ProkushevE.F., PotapovM.A., SalitskiyA.I., ShaxmatovA.V.larning5 raqobatning ayrim muammolariga bag’ishlangan ilmiy ishlar nashr ettirganlar. Shu qatorda o’zbek professor va olimlari Sirojiddinov N., Bekmurodov A., Rasulev A.,Nazarova G., Alimov A., Vaxobov A.,Mirxanova D., Bedrinsev A. va boashqalar o’z ilmiy ishlarida tadqiq etilgan.

Kurs ishining maqsad va vazifalari. Ushbu kurs ishining maqsadi jahon mamlakatlari iqtisodiyoti raqobatbardoshligini oshirishga ta’sir qilgan omillarni o’rganish, unnig milliy iqtisodiyotga tasirini belgilab berishdan iborat.

Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:

  • milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligining mazmuni va uning asosiy omillarini yoritish;

  • milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini tavsiflovchi ko’rsatkichlar tahlilini amalga oshirish;

  • milliy iqtisodiyot raqobat muhitini shakllantirishga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash;

  • Jahon mamlakatlarining xalqaro raqobatbardoshlik indeksi tahlil qilib uni o’rganish;

Kurs ish obyekti sifatida jahon mamlakatlari iqtisodiyoti varaqobatbardoshlikni oshiruvchi omillar olindi.

Kurs ishning predmeti jahon mamlakatlari iqtisodiyotining jahon xo’jaligi tizimida raqobatbardoshligini oshirishda tashqi savdoni takomillashtirish hisoblanadi.

Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi. Kurs ishning tarkibi kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Kurs ishning birinchi bobida milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishning nazariy jihatlari,rivojlanish bosqichlari o’rganilgan. Ikkinchi bobida xalqaro raqobatbardoshlikni mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishidagi o’rnikeltirilgan.

1-BOB. MILLIY IQTISODIYOTRAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHNINGNAZARIYJIHATLARI




    1. Raqobat tushunchasining mazmuni, vazifalari va turlari

Raqobat – umumijtimoiytoifabo’lib, ijtimoiyjarayonlarqatnashchilario’rtasidagiko’proqfoydagaerishishiuchunbo’ladigankurashnianglatadi. Raqobatkurashiharqandayjamiyatdaamalqiladi. Кishilarningiqtisodiyfaoliyatiboshqafaoliyatlarningasosinitashkilqilganiuchunkishilikjamiyatihayotidaraqobatkurashimuhimrolo’ynaydi.

Raqobat- bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo’jaligining eng muhim belgisi, rivojlantirish usuli hisoblanadi. Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan yondoshishni talab qiladi.Raqobat ko’p qirrali iqtisodiy hodisa bo’lib, u bozorning barcha sub’ektlari o’rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Raqobat - bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to’qnashuvidan iborat bo’lib, ular o’rtasidagi yuqori foyda va ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun kurashni anglatadi. Raqobat-bozor iqtisodiyotining asosidir.Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov raqobatning bozor iqtisodiyotidagi ahamiyatini ko’rsatib, «Raqobat bo’lmasa, bozor iqtisodiyotini barpo etib bo’lmaydi. Raqobat - bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir»6, deb ta’kidlaydi.

Raqobat hayot uchun kurashning qonuniy shakli sifatida tan olingan.Raqobat tor ma’noda, ma’lum sohada aniq maqsadga erishish uchun shaxslar yoki xo’jalik yurituvchi subyektlar oʻrtasidagi musobaqadir. Raqobat inson faoliyatining barcha sohalarini oʻzida qamrab olib, oila, jamoa, sport va san’atda namoyon boʻladi. Xoʻjalik yuritish sohalarida raqobat muhim oʻrin egallaydi.Iqtisodchi olim F.Xayek fikri bo'yicha, raqobat iqtisodiy o‘sish imkoniyatini qo’ldan boy bergan davlatlar uchun zarur7.

Raqobatning asosiy sohasi bozor, chunki unda erkin iqtisodiy sub'еktlarning alohidalashgan manfaatlari to`qnashadi.

Raqobat bozor mexanizmini asosiy qismini tashkil etadi. Uning funksiyalari:

- u ishlab chiqarishni, iqtisodiy ijtimoiy zaruriy sharoitlarga ega bo’lishni ta’minlaydi;

- raqobat iqtisodiy resurslarini iqtisodiy jihatdan samarali taqsimotini, kerakli yo’nalishga taqsimlashni ifodalaydi;

- raqobat iqtisodiy resurslardan samarali va tejamkorlik asosida foydalanishni ta’minlaydi;

- raqobat daromadlarni taqsimotini ishlab chiqarish tarmoqlarini ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda taqsimlashni ta’minlaydi;

- raqobat bozor iqtisodiyoti talablariga zid bo’lgan va iqtisodiy jihatdan nosamarador bo’lgan ishlab chiqarish sub’ektlaridan iqtisodiy rivojlanishni tozalashni ta’minlaydi.

Raqobatning mazmuni uning vazifalarini ko’rib chiqish orqali yanada kengroq namoyon bo’ladi.

Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib ko’rsatish mumkin:

1) tartibga solish vazifasi;

2) resurslarni joylashtirish vazifasi;

3) innovatsion vazifasi;

4) moslashtirish vazifasi;

5) taqsimlash vazifasi;

6) nazorat qilish vazifasi.

Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (iste’mol)ga muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta’sir o’tkazishdan iborat. Aynan shu vazifa yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi, ya’ni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi.

Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng ko’p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi.

Raqobatning innovatsion vazifasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli ko’rinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi.

Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo’naltarilgan bo’lib, ularning shunchaki o’zini-o’zi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xo’jalik faoliyati sohalarining ekspansiyasi (kengayishi)ga o’tishini bildiradi.

Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan ne’matlar yalpi hajmi (Yalpi ichki mahsulot)ning iste’molchilar o’rtasida taqsimlakishiga bevosita va bilvosita ta’sir o’tkazadi.

Nihoyat, raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi ba’zi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o’rnatishiga yo’l qo’ymaslikka yo’naltiriladi.

Raqobatning xususiyatidan kelib chiqib quyidagi turlarga bo’lish mumkin:

I. Raqobat kurashi xarakteriga ko’ra turlari:

1. Moddiy texnika sohasida sifatli xom ashyo, yangi texnologiya, takomillashgan ishlab chiqarish vositalari uchun bo’ladigan raqobat kurashi.

2. Transport-geografik sohaga ega bo’lish uchun olib boriladigan raqobat kurashi, jumladan firmaning bozorga, transport tarmoqlariga, resurslariga, yaxshi joyga ega bo’lishi uchun olib boriladigan raqobat kurashi.

3.Кadrlar sohasida malakali mutaxassislarga ega bo’lish uchun olib boriladigan raqobat kurashi.

4. Yangi tovarlarni ishlab chiqarish uchun bo’ladigan raqobat kurashi.

5. Pirovard soha – mahsulotni sotish uchun, iste’molchi uchun bo’ladigan raqobat kurashi.

II. Raqobat kurashi amal qilish doirasiga qarab:

1.Tarmoq ichidagi raqobat kurashi. Bunda bir xil tovarlarni yaxshi sharoitda sotish va bozorning katta qismiga ega bo’lish maqsadida kurash olib boriladi.

Bu turdagi raqobat tovarlarning ijtimoiy qiymatini, boshqacha aytganda, bozor qiymatini aniqlaydi va bеlgilaydi. Bu qiymat odatda, o`rtacha sharoitda ishlab chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining anchagina qismini tashkil etadigan tovarlarning qiymatiga mos kеladi.

2.Tarmoqlararo raqobat kurashi. Birinchidan kapitalni kerakli tarmoqlarga sarflash maqsadida olib boriladigan raqobat kurashi bo’lsa, ikkinchidan har xil tarmoqlarda ishlab chiqarish, bir xil mahsulotni sotish uchun olib boriladigan raqobat kurashi hisoblanadi.

Tarmoqlar ichidagi raqobat natijasida tеxnikaviy darajasi va mеhnat unumdorligi yuqori bo`lgan korxonalar qo`shimcha foyda oladilar va aksincha, tеxnika jihatdan nochor korxonalar esa, o`zlarida ishlab chiqarilgan tovar qiymatining bir qismini yo`qotadilar va zarar ko`radilar.

Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o`rtasida eng yuqori foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Bunday raqobat foyda normasi kam bo`lgan tarmoqlardan foyda normasi yuqori tarmoqlarga kapitallarning oqib o`tishiga sabab bo`ladi. Yangi kapitallar ko`proq foyda kеltiruvchi sohalarga intilib, ishlab chiqarishning kеngayishiga, taklif ko`payishiga olib kеladi. Shu asosda, narxlar pasaya boshlaydi. Shuningdеk, foyda normasi ham pasayadi. Kam foyda kеltiruvchi tarmoqlardan kapitalning chiqib kеtishi tеskari natijaga olib kеladi: bu yеrda ishlab chiqarish hajmi o`zgaradi, tovarlarga bo`lgan talab ular taklif qilishidan oshib kеtadi, buning oqibatida narxlar ko`tariladi, shu bilan birga foyda normasi oshadi. Natijada tarmoqlararo raqobat ob'еktiv ravishda qandaydir dinamik muvozanatni kеltirib chiqaradi. Bu muvozanat kapital qaеrga sarflanganligidan qat'iy nazar, tеng kapital uchun tеng foyda olinishiga intilishni ta'minlaydi. Dеmak, tarmoqlararo raqobat kapital qaysi tarmoqqa solinmasin, xuddi shu tarmoq foyda normalarini o`rtacha foyda normasiga «baravarlashtiradi».

III. Raqobat kurashi usullariga qarab:

1. Narx vositasida olib boriladigan raqobat.

2. Narxsiz bo’ladigan raqobat kurashlariga ajratiladi.

Narx vositasida raqobatlashuvda kurashning asosiy usuli ishlab chiqaruvchilarning o`z tovarlari narxlarini boshqa ishlab chiqaruvchilarining shunday mahsulotlarinikiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi.

Uning asosiy va eng ko`p qullaniladigan ko`rinishi - “narxlar jangi” dеb ataladi, bunda yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan siqib chiqarish uchun narxni vaqti-vaqti bilan yoki uzoq muddat pasaytirib turadi. Bu usulni qo`llash uchun ishlab chiqaruvchi boshqa raqiblariga qaraganda unumliroq tеxnologiyani kiritishi, malakaliroq ishchilarni yollashi va ishlab chiqarishni yaxshiroq tashkil qilishi kеrak bo`ladi. Faqat shundagina uning tovarining individual qiymati bozor qiymatidan past bo`lib, mazkur tovar narxini tushurish imkoniyatini bеradi.

Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri - dеmping narxlarni qo`llashdir. Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o`zlarining tovarlarini boshqa mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim xollarda tannarxidan ham past bo`lgan narxlar bo`yicha chiqaradi.

Shu orqali ular ichki bozorda narxlarning barqarorligiga erishish mamlakatdagi ortiqcha mahsulotni yo`qotish, yangi bozorlarga kirib olish va unda o`zlarining iqtisodiy mavqеini mustahkamlashga xarakat qiladi.

Ayrim hollarda narx yordamida raqobatlashishning bеlgilangan narxlardan chеgirma qilish, asosiy xarid qilingan tovarlarga boshqa tovarlarini qo`shib bеrish, muayyan hollarda imtiyozli narxlarni bеlgilash kabi usullaridan ham foydalaniladi.

Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda baho yordamida raqobat qilish o`z o`rniga ega emas, chunki ishlab chiqaruvchilardan birining o`z mahsulotiga narxni pasaytirishi uning raqobatchilarining ham shunday haraqat qilishini taqozo qiladi. Bu bozorda firmalarning mavqеini o`zgartirmaydi, faqat tarmoq bo`yicha foydani kamaytiradi.

Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat kurashining asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, sеrvis xizmat ko`rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obro`-e'tibori hisoblanadi.

Narxsiz raqobat bilan bir vaqtda yashirin narx yordamidagi raqobat ham bo`lishi mumkin. Buning uchun yangi tovarlarning sifati oshishi va istе'mol xususiyatlarining yaxshilanishi ular narxlarining oshishiga qaraganda tеz ro`y bеrishi kеrak. Hozirgi davrda bir turdagi mahsulotlarning ko`payishi ularning sotishni rag`batlantiruvchi rеklama, tovar bеlgilari va fabrika muhrlaridan foydalanishni kеltirib chiqarmoqda. Istе'molchilik bozorida qo`shimcha xizmat ko`rsatish orqali xaridorlarni o`ziga jalb qilish kеng tarqalmoqda.

Narxsiz raqobatning tovar sifatini tabaqalashtirish kabi usuli ham mavjud, bunda tovarlar bir xildagi ehtiyojni qondirishi va bir turga mansub bo`lishi, lеkin turli-tuman istе'mol xossalariga ega bo`lishi mumkin.

Tovarlar talabga nisbatan ortiqcha bo`lgan sharoitda ishlab chiqaruvchilar tovarlarini krеditga sotish usulidan foydalanib raqiblaridan ustun kеlishlari mumkin. Bunda dastlab tovar narxining faqat bir qismi to`lanadi, uning qolgan qismi esa shartnomada kеlishilgan aniq muddatlarda to`lanadi.

Fan-tеxnika taraqqiyoti avj olgan hozirgi sharoitda, tеxnika va tеxnologiyaning eng yangi yutuqlari ustidan nazorat qilish uchun kurash raqobatning asosiy usullaridan biriga aylanib bormoqda. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchi korxonalar xaridorlarni jalb qilish maqsadida uzoq muddat foydalaniladigan istе'molchilik tovarlariga kafolatli va kafolatdan kеyingi xizmat ko`rsatishni amalga oshirmoqdalar. Masalan, kompyutеr ishlab chiqaruvchi firma, o`z mahsulotini sotibgina qolmasdan, balki uni o`rnatadi, korxona xodimlarini ulardan foydalanishga o`rgatadi, kafolatlangan muddatda va undan kеyingi davrda ta'mir ishlarini bajaradi, tеxnikaviy xizmatni amalga oshiradi; maxsulotlari o`lchamlarini buyurtmachi ehtiyojlariga yaqinlashtiradi.

Narxsizraqobatusullariichidamarkеtingmuhimahamiyatgaegabo`lib, umahsulotishlabchiqarishvasotishjarayoninitalabgamoslashtiruvchitadbirlartizimidaniborat. Bozor iqtisodiyoti sharoitida talabni yaxshi o`rgangan va istе'molchilar ehtiyojlarini to`laroq qondira oladigan korxonalar har doim raqobat kurashida yutib chiqadi.

Yirik ishlab chiqaruvchilar bozordagi vaziyatni o`zgartirish uchun o`zlarining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni kamaytirib tovar taklifini qisqartiradilar. Shu sababli iqtisodiy bеqarorlik davrlarida ham narx barqorligicha qolavеradi.

Shunday qilib, monopoliyalar hukmron bo`lgan sharoitda narxsiz raqobat muhim o`rin tutadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, monopoliyalar tovar sifatini oshirish, istе'molchilarga xizmat ko`rsatishni yaxshilash yo`li bilan sotiladigan tovar hajmini ko`paytirishi mumkin. Ikkinchidan, ular moliyaviy jihatdan kuchli bo`lganligi sababli masulotini yangilash, ishlab chiqarishni qayta jihozlash va rеklamaga zarur bo`lgan mablag`ni sarflay oladilar.


    1. Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini ta’minlash masalasining mohiyati va rivojlanish bosqichlari

Dunyomamlakatlariiqtisodiyrivojlanishningqaysimodelinitanlamasinmamlakatiqtisodiyotiningjahonxo’jaligidagimavqeivao’rniuningraqobatbardoshlikdarajasibilanbelgilanadi. Xalqaroiqtisodiyraqobattexniktaraqqiyotningengmuhimomilihisoblanadivauningta’siridaishlabchiqarish, boshqaruvtexnologiyalariningdoimiyyangilanibborishjarayonidavometadi, ishlabchiqarilayotganmahsulotturlariyangilanadivasifatiortibboradi.

Harbirmamlakatningasosiyiqtisodiymuammosikorxonalarko’proqraqobatustunliklarigaegabo’lishlariuchuniqtisodiyotniyuqoridarajadarivojlantirishdir. Bozorsharoitidamilliydarajadagikabijahonmiqyosidagiraqobatbardoshlikhambirxo’jaliksubyektiningboshqasiganisbatanturliko’rinishdagiustunliklariyig’indisisifatidaifodalanadi. Mamlakatiqtisodiyotinirivojlantirishningasosiuningjahonbozoridatutgano’rniniiqtisodiyotningtarmoqvasegmentlaridayuqoriroqraqobatbardoshlikdarajasigaerishishvayangitarmoqlarnirivojlantirishorqalimustahkamlashdir.

Raqobatbardoshlikdegandaodatdatovarishlabchiqaruvchilarningminimalrentabelliknita’minlovchinarxdatashqibozordasotishuchunishlabchiqarishgabo’lganqobiliyatitushuniladi. Ta’kidlashlozimki, raqobatbardoshliktovarlarbozoribilancheklanibqolmay, makroiqtisodiytavsifgaegahisoblanadi.

O’zbekistonRespublikasiPrezidentiI.A.Karimovta’kidlaganlaridek, ―o’z-o’zidanayonki, raqobatbardoshiqtisodiyotnishakllantirmasdan, pirovardnatijadaesaraqobatbardoshmamlakatnibarpoetmasdanturib, bizqabulqilganmamlakatimizdademokratikislohotlarniyanadachuqurlashtirishvafuqarolikjamiyatinirivojlantirishkontseptsiyasidako’zdatutilganmaqsadlivazifalarniamalgaoshirmasdanturib, buhaqdajiddiyso’zyuritishmumkinemas.8

Jahonbozorlaridagibeqarorliksharoitidamamlakatimiznibarqarorrivojlantirishvazifasinihaletishdaiqtisodiyotningraqobatbardoshliginita’minlashmasalasiustuvorahamiyatkasbetadi.

Milliyiqtisodiyotningraqobatbardoshligi – buiqtisodiyotningmuhimko’rsatkichlariholatinitashqiparamеtrlarganisbatanyalpibaholashnio’zidamujassametganqiyosiytavsifhisoblanadi, shusabablimilliyiqtisodiyotningraqobatbardoshligixalqaroraqobatdanamoyonbo’ladi.

Ma’lumki, iqtisodiyotningraqobatbardoshligiturlishaklvadarajalardanamoyonbo’ladi.

• tovarningraqobatbardoshligi;

• xodimningraqobatbardoshligi;

• tovarishlabchiqaruvchisiningraqobatbardoshligi;

• tarmoqningraqobatbardoshligi;

• mamlakatningraqobatbardoshligi (yokimilliyiqtisodiyotningraqobatbardoshligi).



Bundaraqobatbardoshlikningbarchadarajalario’rtasidajipsichkivatashqio’zarobog’liqlikmavjud. Mamlakatvatarmoqningraqobatbardoshligipirovardidamuayyantovarishlabchiqaruvchiningraqobatbardoshtovarishlabchiqarishqobiliyatigabog’liq (1.2.1-rasm).

1.2.1-rasm. Iqtisodiyotning raqobatbardoshligi shakllari9





Bugungikundamamlakatningraqobatbardoshligimilliybozorningundajahonbozoriningtalablariniqondiruvchi, bundamamlakatfuqarolariningrealdaromadlarinishakllantiruvchivaoshiruvchimahalliytovarlarvaxizmatlarishlabchiqariladiganerkinvaadolatlishart-sharoitlarnuqtainazardantalqinetiladi. Ushbuta’rifdauchtaasosiytalabajratiladi:

  1. mamlakatningxalqarosifatstandartlarigamoskeladiganvanarxibo’yicharaqobatbardoshtovarlarvaxizmatlarishlabchiqarishqobiliyati;

  2. bozordadavlatmilliykompaniyalarganisbatanproteksionistiksiyosatniamalgaoshirmaydiganvaxorijiykompaniyalarfaoliyatinicheklamaydiganerkinvaadolatlishart-sharoitlariningmavjudligi;

  3. mamlakatning raqobatbardoshligi, fuqarolar real daromadlarining o’sishini nazarda tutadi. Ushbu holat bizga asosiydek tuyuladi, chunki har qanday davlat rivojlanishining maqsadini belgilab beradi-bu aholining turmush darajasini oshirish (hukumatimiz strategiyasi unga erishishga yo’naltirilgan) – O’zbekistonda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishdan iborat.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda sog’lom raqobat muhiti o’ta muhim masalalardan biri hisoblanadi.

Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi masalasi doimo iqtisodchi olimlarning diqqat markazida bo’lib kelgan. Ushbu masaladagi zamonaviy nazariyalarning ko’piga asos bo’lgan fikrlar M.Porterning izlanishlarida yoritilgan.

M. Porter mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligi uning resurslar bilan yaxshi taminlanganligiga bog’liq emasligini, raqobat ustunligini shakllantirish, ta’minlab turish mumkinligini ko’rsatib berdi va unga mamlakat firmalarining raqobatbardoshligini ta’minlash orqali erishiladi10, degan fikrni ilgari surdi.

Raqobatbardoshlikni shakllantirish va rivojlantirishning M.Porter konsepsiyasiga ko’ra, mamlakatning raqobat jihatdan ustunliklari “milliy romb”ni tashkil etuvchi to’rtta determinantdan iborat (1.2.2-rasm).

1. Mehnat, material, bilim, pul, infratuzilma resurslari bilan ta’minlanish mamlakatning raqobatbardoshligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bu resurslarning ba’zilari oldindan mavjud bo’lsa, ayrimlari yaratiladi va rivojlantiriladi.

2. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga ichki va tashqibozorlardagi talabning hajmi, tarkibi va ularning o’zgarishi milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Bu mahsulotlarga talab hajmining oshishi milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshliligini oshiradi va aksincha.

3. Raqobatbardosh hamkor tarmoqlarning mavjudligi murakkab mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, qimmat resurslarni mamlakat ichidan topish, mahsulot yetkazib beruvchilar faoliyatini muvofiqlashtirish, yangiliklarni joriy qilishga ko’maklashish imkonini beradi. Minglab butlovchi qismlarni talab etuvchi avtomobillarni ishlab chiqarishda raqobatbardosh bo’lish shu qismlarning aksariyatining mamlakatda ishlab chiqarilishini yo’lga qo’ymasdan mumkin bo’lmaganidek, kimyoviy tolalar, tugmalar va sifatli bo’yoqlar ishlab chiqaruvchi korxonalar mamlakatda mavjud bo’lmasa, birgina paxta xomashyosining mo’l-ko’lligi ko’ylak ishlab chiqarishda raqobatbardoshlikni ta’minlash uchun etarli bo’lmaydi.

1.2.2-rasm. Mamlakatning raqobat jihatdan ustunligini tashkil etuvchi dеtеrminantlari ( M.Porterning raqobat ustunliklari rombi)11



Firmalar strategiyasi, tarkibi va raqobatchilik muhiti









Omillar bilan ta’minlanganlik

Talab parametrlari









O’zaro bog’liq va bir-birini to’ldiruvchi tarmoqlarmuhiti


4.Firmani boshqarishda raqobatning xususiyatlari e’tiborga olinadi. Bunda turlicha strategiya va maqsadlar ishlab chiqiladi. Ichki bozorda keskin raqobatning mavjudligi firmalarni o’z faoliyatini takomillashtirishga, ishlab chiqarishni kengaytirish uchun tashqi bozorlarga chiqishga undaydi. Kuchliichki raqobat muhitida toblangan firmalar tashqi bozorlarda ham osonroq muvaffaqiyatga erishadi. Shu sababli hukumatning mamlakat ichida erkin raqobat muhitini yaratish, monopollashuvga qarshi kurashish kabi chora-tadbirlari muhim ahamiyatga ega.

Mamlakat raqobat ustunliklariga erishishi uchun barcha ushbu dеtеrminantlar o’zaro hamkorlik qilishi lozim (M.Portеrning ta'riflashicha - milliy romb). Faqatgina o’zaro hamkorlik qiluvchi va bir-birini kuchaytiruvchi dеtеrminantlarning butun tizimi bo’yicha ustunlik milliy iqtisodiyotda milliy ishlab chiqaruvchilarning muvaffaqiyati uchun zamin hisoblangan va undan xorijiy raqobatchilar nusxa ko’chirishi yoki uni yo’q qilishi qiyin bo’lgan (yoxud hatto mumkin bo’lmagan) muhitni shakllantiradi.

Ushbu to’rt determinantga hukumatning faoliyati va tasodifiy holatlar ta’sir ko’rsatadi.

Tasodiflar jumlasiga mamlakatni rivojlantirishning umumiy shart-sharoitlari bilan bog’liq bo’lmagan, yuzaga kelishiga firma ham, davlat ham ta’sir ko’rsata olmaydigan hodisalar kiradi. Ularga ixtirochilik, yirik texnologik yutuqlar, resurslar narxining keskin ko’tarilishi, jahon moliyaviy bozorlari konyukturasi va almashinuv kurslarining, tashqi talabning keskin o’zgarishi, chet el hukumatlarining siyosiy qarorlari, urushlar va tabiiy ofatlarni kiritish mumkin.Hukumat milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini har to’rt determinantga ta’sir ko’rsatish orqali shakllantiradi va o’zgartiradi

Demak, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshlik darajasi uning tabiiy resurs salohiyati, mehnat resurslarining soni va sifati, ishlab chiqarishning texnik-texnologik modernizatsiyalashganlik darajasi, iqtisodiyot tarkibiy tuzilishining takomillashuvi va diversifikatsiyalashuvi, biznes yuritish uchun yaratilgan shart-sharoitlarning qulayligi, mamlakat korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlarga bo’lgan talab hajmi, davlatning iqtisodiy rivojlanish hamda islohotlar strategiyasi qay darajada ilmiy asoslangani va o’zgarishlar jarayonlarini hisobga olgani hamda boshqa bir qancha omillarga bog’liq, deb xulosa qilish mumkin.

Bugungi kunda milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi tushunchasi bilan bir qatorda mamlakatning raqobatbardoshligi atamasi ham qo’llanmoqda.

Ayrim mutaxassislar raqobatbardoshlikning bu ikki shaklini birlashtirib ta’riflaydi hamda bu tasnifga xodimlarning raqobatbardoshligini ham qo’shadilar.

IMD (Lozannadagi Menejmentni rivojlantish instituti) tomonidan berilgan

ta’rifga ko’ra mamlakatning raqobatbardoshliligi millatning raqobatbardosh biznes yuzaga keladigan muhitni yaratish va ta’minlab turishiga qodirligidir.

Menejmentni rivojlantirish instituti bergan ushbu ta’rif keng qamrovli bo’lib, unda davlatning raqobatbardoshlikni ta’minlashdagi roli kattaligi va faol bo’lishi zarurligi o’z aksini topgan. Chunki siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, faol monetar va fiskal siyosat olib borish, iqtisodiyot va moliya sohasini tartibga soluvchi qonunlarni takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, uni modernizatsiya qilish, infratuzilma tarmoqlarini rivojlantirish, ta’lim sohasini isloh etish raqobatbardosh biznes yuzaga kelishining hal qiluvchi omillaridir.

“Zamonaviy raqobat kurashida so’z, birinchi navbatda, resurslar, moddiy boyliklarga egalik to’g’risida emas, balki yangiliklarni joriy eta olish qobiliyati to’g’risida boradi”.12



Yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishni o’zlashtirish, zamonaviy texnologik uskuna va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishning ilg’or usullarini amaliyotga kiritish, yangi bozorlarga kirib borish orqaligina global o’zgarishlar sharoitida raqobatbardoshlikni ta’minlab turish mumkin.

Milliy iqtisodiyotning «Barqaror stratеgiya, tuzilma va raqobatchilik» sifatida bеlgilangan raqobat jihatdan ustunligini shakllantirishning eng muhim omilini ko’rib chiqamiz. Dеmak, mamlakatda kompaniyani tashkil etish va boshqarish tеndеntsiyalariga ta'sir ko’rsatuvchi ma'lum sharoitlarning mavjudligi ham ichki raqobatning xususiyatini bеlgilab bеradi.

Agar, jahon tajribasidan kеlib chiqadigan bo’lsak, (so’nggi o’n yil mobaynida boshqaruvning yaponcha usulidan kеng foydalanilayotgan bo’lsada) kompaniyani boshqarishning univеrsal tizimi mavjud emas. Mazkur holatda tarmoqning raqobatbardoshligi aynan ushbu mamlakat uchun va raqobat jihatdan ustunliklardan kеlib chiqib ishlab chiqarishning ma'lum tarmog’i uchun yuzaga kеlgan boshqaruv amaliyoti hamda tashkil etish modеllarini uyg’unlashtirishning natijasi sifatida ishtirok etadi.

Ta'kidlash joizki, raqobat jihatdan ustunliklarni shakllantirish uchun mеhnatga va xodimlarning kasbiy ko’nikmalarini oshirishga shaxsiy qiziqtirish ham muhim rol o’ynaydi. So’nggi o’n yilliklar iqtisodiy amaliyoti shuni isbotlamoqdaki, buyuk iqtidor va qobiliyat sohiblari millat uchun eng katta va ahamiyatli rеsurshisoblanadi, chunki mamlakat erishayotgan yutuqlar ko’p jihatdan ushbu iqtidorsohiblari tanlaydigan ta'limning darajasi va xiliga, qayеrda ishlashni afzal ko’rishiga, ularning ishlashiga va harakat qilishiga bog’liq. Shuning uchun mamlakatlar insonlar nuqtai nazaridan nufuzli yoki undan milliy qahramonlar yеtishib chiqadigan iqtisodiy faoliyatni raqobatbardosh qilishga intiladi.

Shunday qilib, sanoatning muayyan tarmoqlarining raqobatbardoshligiga ta'sir etish maqsadida davlat sanoatning ma'lum tarmoqlarini nufuz doirasi bilan ajratib olishi hamda boyliklarni alohida fuqarolar va kompaniyalarga taklif etishi maqsadga muvofiq, bu o’z navbatida sarmoya va inson rеsurslarini harakatga kеltiradi. Misol uchun, xalqaro darajadagi muvaffaqiyat sanoatning muayyan tarmog’ini nufuzli qilishi va uning raqobat jihatdan ustunliklarini kuchaytirishi mumkin.

Kuchli mahalliy raqobat raqobat ustunliklarini shakllantirish va qo’llab-quvvatlashga undovchi muhim omil hisoblanadi. mamlakatning barcha raqobat ustunliklari ichida ichki bozordagi raqobat eng muhim hisoblanadi, chunki u yuqorida kеltirilgan rombning qolgan elеmеntlariga kuchli rag’batlantiruvchi ta'sirga ega.

Ichki raqobat ishlab chiqarishning dinamik takomillashuvini rag’batlantiradi, chunki u kompaniyani tеxnika yangiliklarini kiritishga va takomillashishga majbur qiladi. Aynan mamlakatdagi raqobatchilar narxlarni pasaytiradi, sifatni va xizmat ko’rsatishni yaxshilaydi va yangi mahsulotni barpo etadi. Xorijiy kompaniyalar bilan raqobatlashish mamlakat kompaniyalari uchun unchalik samarali va amaliy emas, chunki ko’pincha har qanday mamlakat iqtisodiyotida chеt el kompaniyalari uchun «alohida» sharoitlar yaratiladi. U holda mamlakat kompaniyalarining raqobati nafaqat bozorni bo’lish uchun, balki insonlar va tеxnik takomillashuv uchun ham kurashishga olib kеladi, shuningdеk mamlakat kompaniyalaridan birining yutuqlari boshqalariga mazkur sohadagi muvaffaqiyat haqiqat ekanligini isbotlaydi, bu hol sanoatning ushbu tarmog’iga yangi ishtirokchilarning jalb etilishiga olib kеladi.

Shuni ta'kidlash lozimki, mamlakat kompaniyalarini jug’rofiy nuqtai nazardan jamlash faqat ichki raqobatni kuchaytiradi, ya'ni mahalliy raqobatchilar doirasi qanchalik tor bo’lsa ular o’rtasidagi raqobat shunchalik kеskin bo’ladi, bu esa o’z navbatida ishlab chiqarish uchun ijobiy holat hisoblanadi.

Mamlakat kompaniyalari mamlakatning raqobat jihatdan ustunliklari manbaalarini doimiy ravishda takomillashtirish uchun asos yaratadi, chunki mahalliy kompaniyalar uchun xorijiy raqobatchilar ega bo’lgan ustunliklar: omiliy xarajatlar, mahalliy bozorga kirib borish yoki mahalliy bozorga import qiluvchi xorijiy ishlab chiqaruvchilar uchun xarajatlar mavjud emas. Natijada ushbu holat ko’proq barqaror ustunliklarga ega bo’ladigan va hukumatdan tashqi bozorni o’zlashtirishdagi ko’mak, ma'lum ta'lim tuzilmalariga invеstitsiyalar yoki boshqa maxsus omillar kabi yordamni olishga katta mas'uliyat bilan yondashuvchi kompaniyaga ijobiy ta'sir ko’rsatadi.

Shunday qilib, aynan juda kuchli ichki raqobat mamlakat kompaniyalarini jahon bozoriga chiqish va uni o’zlashtirishga undaydi, madomiki, mahalliy raqobat kompaniyani o’z e'tiborini tashqi bozorga qaratish hamda o’z faoliyatining samaradorligini va ishlab chiqarish rеntabеlligini oshirishga majbur etadi. Aynan qat'iy ichki raqobat mamlakat kompaniyalarining kuchli va chеt el bozorlarida muvaffaqiyatga erishishga qodir bo’lishiga olib kеladi.

Milliy iqtisodiyotning raqobat jihatdan ustunliklarining navbatdagi muhim dеtеrminanti bo’lib mamlakatda jahon iqtisodiyoti darajasida raqobatbardosh bo’lgan turdosh va qo’llab-quvvatlovchi tarmoqlarning mavjud bo’lishi hisoblanadi. Asosiy ishlab chiqarish uchun matеrial va mahsulot yеtkazib bеruvchi kompaniyalar xalqaro miqyosda raqobatbardosh bo’lishi kеrak, shunda ular, birinchidan, xarajatlar nuqtai nazaridan yanada samarali ishlab chiqarish omillarini ta'minlagan holda ustunliklarni hosil qiladi. Ikkinchidan, turdosh va qo’llab-quvvatlovchi tarmoqlar innovatsiya va ishlab chiqarishni modеrnizatsiyalashni ta'minlaydi, chunki mazkur ustunlik kompaniyalar o’rtasida axborotning tеz va doimiy oqimini ta'minlash, g’oyalar va innovatsiyalar bilan almashish, tеxnik takomillashuv yo’nalishlariga ta'sir ko’rsatish imkoniyatlariga asoslanadi.

Shuni ta'kidlash kеrakki, yеtkazib bеruvchi kompaniyalar mamlakat sanoatiga to’liq bog’liq bo’lishi va xorijiy raqobatchilarga xizmat ko’rsatmasligi maqsadga muvofiq. Ushbu holatda raqobat jihatdan ustunliklarni qo’lga kiritish uchun mamlakat sanoatning barcha yеtkazib bеruvchi tarmoqlarida raqobatbardosh bo’lmasligi mumkin, ya'ni kompaniyalar innovatsiyalar yoki tarmoq mahsulotini tayyorlashga salbiy oqibatlarsiz xorijiy matеriallar yoki tеxnologiyalardan foydalanishi mumkin.

Shunday qilib, sanoatning turdosh tarmoqlari guruhi har biri jahon darajasida raqobatbardosh bo’lgan o’zaro bog’liq tarmoqlar uchun raqobat jihatdan ustunliklarni yaratadi. Tabiiyki, bunday hamkorlik o’zaro foydali bo’ladi, chunki bunga joylashuvdagi jug’rofiy yaqinlik ham yordam bеradi, shuningdеk ishlab chiqaruvchi kompaniyalar va yеtkazib bеruvchi kompaniyalar o’zaro bog’langan. Bundan tashqari turdosh tarmoqlar ichidagi raqobat axborot hamda innovatsiyalarni joriy etish va ishlab chiqarishni modеrnizatsiyalashni jadallashtiruvchi tеxnik almashuvdagi ustunlikni ta'minlaydi.

«Talab holati» dеtеrminantiga kеlsak, shuni ta'kidlash joizki, raqobatni globallashtirish jarayoni milliy iqtisodiyot ichki talabining muhimligi roli va darajasini oshirdi. Biroq ushbu holatda ularning ichki talabi kompaniyalarga xaridorlar ehtiyojlarining yuzaga kеlishi haqidagi aniq yoki ilgarigi axborotni ta'minlovchi tarmoqlarda raqobat jihatdan ustunlikka ega bo’lishi mumkin. Shunday qilib, istе'molchilar kompaniyani innovatsiyani joriy etishga va raqobat jihatdan ustunliklarni xorijiy raqobatchilarga qaraganda tеzroq qo’lga kiritishga majbur qiladi. Bunda asosiysi ichki talabning hajmi emas, balki uning xususiyati muhim hisoblanadi.

Ta'kidlash joizki, ichki talabning holati tarmoqning muayyan sеgmеnti ichki bozorda tashqi bozorlardagiga qaraganda ko’zga ko’rinarli bo’lgan sharoitda raqobat jihatdan ustunliklarni yaratishning asosi bo’lishi mumkin, madomiki ichki bozorning yirik sеgmеnti kompaniya uchun ancha ustuvorli. Bundan tashqari, ichki bozor istе'molchilarining mohiyati ham muhim hisoblanadi, chunki rivojlangan va talabchan xaridorlar kompaniyalarni yuqori standartni ushlab turish, takomillashish va yangiliklarni joriy etishga majbur etgan holda ular uchun buyurtmachilar ehtijlarini oldindan ko’ra olishni ta'minlaydi. Shunday qilib, ishlab chiqarish omillari uchun shart-sharoitlar kabi talabning holati ham raqobat jihatdan ustunliklarni ta'minlaydi, chunki u kompaniyalarga ishlab chiqarishni yaxshilash, xarajatlarni pasaytirish va mahsulot sifatini oshirish uchun turtki bеradi.

AQShning Garvard universiteti professori M. Porter fikricha, mamlakatning raqobatbardoshligi darajasini uning milliy kompaniyalari ishlab chiqarayotgan mahsulotlar, firmalar, tarmoqlar raqobatbardoshligi ta’minlab beradi. Shuning uchun dastlab mamlakat raqobatbardoshligini emas, balki milliy kompaniyalar raqobatbardoshligini tahlil etish lozim.13 U mamlakat kompaniyalarining muvaffaqiyatini ta’minlab beradigan qulay muhitni yaratish quyidagi to’rtta muhim ko’rsatkichga bog’liqligini ta’kidlaydi:

  • ishlab chiqarish omillari bilan ta’minlanganlik;

  • talab ko’rsatkichlari;

  • yaqin va xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlar;

  • raqobat muhiti va firma strategiyasi;

Ushbu muhit doirasidagi milliy kompaniyalarning samarali faoliyati mamlakatning raqobatbardoshlik reytingini belgilab beradi.
2-BOB. XALQARO RAQOBATBARDOSHLIKNI MAMLAKAT IQTISODI RIVOJLANISHIDAGI O’RNI

2.1. Jahon amaliyotida mamlakat raqobatbardoshligini baholash uslubiyati



Mamlakat raqobatbardoshligini baholash ko’p sonli ma’lumotlarni yig’ish asosida raqobatbardoshlik ko’rsatkichlarini asosiy omillar bo’yicha hisoblashni nazarda tutadi.

Jahon amaliyotida mutaxassislar milliy iqtisodiyotni raqobatbardoshligini aniqlash uchun 340 dan ortiq ko’rsatkichlar va 100 dan ortiq usullardan foydalanishadi.

Shveytsariyaning Lozanna shahrida joylashgan Menejmentni rivojlantirish xalqaro institute (International Institute of Management Development, IMD) har yili dunyoning yetakchi 47 mamlakatiga raqobatbardoshlik nuqtai nazaridan baho beradi va tahlillar 287 mezon bo’yicha guruhlangan 8 ta omil bo’yicha amalga oshiriladi(2.1.1-rasm).

2.1.1-rasm. Shveytsariyaning menejmentni rivojlantirish xalqaro instituti uslubiyatiga ko’ra milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligi omillari14





Mamlakatlar raqobatbardoshligini tahlil etuvchi xalqaro tadqiqotlardan biri – bu Jahon iqtisodiy forumining metodikasi hisoblanadi. Tadqiqot jarayonidamamlakatning iqtisodiy o’sishini baholashda o’rta va uzoq muddatli rivojlanish dinamikasini tavsiflovchi muhim makro va mikroiqtisodiy ko’rsatkichlar asosida raqobatbardoshlikning agregat indekslari hisoblanadi. Ushbu metodika 30 yildan buyon qo’llaniladi va uning natijalari Jahon iqtisodiy forumining Global raqobatbardoshlik to’g’risidagi ma’ruzasida chop etiladi.

Hozirgi zamon iqtisodiyotida raqobatbardoshlik darajasini oshirish masalasiga innovatsion yondashish talab etiladi. Innovatsion texnologiyalarni, zamonaviy ilmiy yutuqlarni sanoat tarmoqlariga jadal joriy qilish orqali jahon xo’jaligi tizimida milliy iqtisodiyotning ixtisoslashuvini kengaytirish va sanoat ishlab chiqarishi tarkibini diversifikatsiya qilish imkonini beradigan yangi raqobat ustunliklarini yaratish zarur.

Zamonaviy milliy iqtisodiyotni raqobatbardoshligini aniqlash metodikasida 12 ta asosiy omil ajratiladi (2.1.2-rasm).

Mamlakat miqyosida raqobatbardoshlikni aniqlashda asosiy e’tibor yaratilgan makroiqtisodiy muhitga, ya’ni inflyatsiyaning belgilangan me’yori, soliq og’irligi, kredit resurslarini olish imkoniyati, milliy valyuta kursining dinamikasini bilish va uning eksportga mo’ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar manfaatlariga mos kelishi, davlat institutlarining sifati, infratuzilmaning rivojlanish darajasi, inson kapitali va ta’lim tizimining sifati, tadbirkorlik muhiti, tovar, moliya va mexnat bozorlarining rivojlanishiga qaratiladi

Qayd etib o’tilgan omillar uch guruhga ajratiladi.

Birinchi guruh bazaviy talablarni, ikkinchi guruh biznes muhit samaradorligini oshiruvchi omillarni, uchinchi guruh esa biznesni takomillashtirish omillarini birlashtiradi.

2.1.2-rasm. Raqobatbardoshlik ko’rsatkichlarining guruhlanishi15











Har bir guruh muayyan subindekslar bilan tavsiflanadi. Subindekslarni hisoblayotgan vaqtda har bir guruhning vazni quyidagicha belgilanadi: birinchi guruh – 25 foiz, ikkinchi guruh – 17 foiz, uchinchi guruh – 50 foiz (1.3.1-jadval).

Bunda har bir subindeksning aniq mamlakat uchun hisoblangan natijaviy Global raqobatbardoshlik indeksiga (GCI) qo’shgan hissasidan kelib chiqib, ushbu mamlakatning iqtisodiy rivojlanishning qaysi bosqichida ekanligini aniqlash mumkin bo’ladi. Ushbu yondashuv iqtisodiy rivojlanish jihatdan turli darajadagi mamlkatlarning raqobatbardoshligini taqqoslash imkonini beradi. Misol uchun, Qirg’iziston va Yaponiya. Agar Qirg’iziston uchun eng muhim vazifa bazaviy talablarga (ishlab chiqarishni mavjud resurslarni maksimal jalb etgan holda rivojlantirish) erishish bo’lsa, Yaponiyada esa allaqachon innovatsion omillarga e’tibor qaratilgan.

2.1.1-jadval

Rivojlanishning har bir bosqichida asosiy uch guruh ko’rsatkichlarining ulushi, foiz hisobida16



Subindekslar




Resurslarga yo’naltirilgan bosqich

Samaradorlikka yo’naltirilgan bosqich

Innovatsiyaga yo’naltirilgan bosqich


Bazaviy talablar


60


40


20

Samaradorlik ko’rsatkichlari


35


50


50

Innovatsion salohiyat va

rivojlanish omillari


5


10


30



IMDmetodikasibo`yichamilliyraqobatbardoshliknibaholashasosiy 4 guruhgavaularningharbiri 5 omilgabo`linadi (2.1.3-rasm).

2.1.3-rasm.Raqobatbardoshliknibaholashguruhvaomillari17



Shuningdek, milliyraqobatbardoshlikindikatorlariEaseofDoingBusiness Report metodi bo’yicha ham tahlil qilinadi(2.1.4-rasm).
2.1.4-rasm. Milliy raqobatbardoshlikni aniqlash bo’yicha Ease of Doing Business Report metodi18


Bu uchta metod bo’yicha tahlil qilingandan keyin mamlakatlarning ko’rsatkichlar 2.1.2-jadvalda berilgan. Bir mamlakatning 3 ta metod bo`yicha natijalari har xil chunki asos qilib olinayotgan faktor va mamlakatlar soni ham farqli ya`ni WEF 142 ta IFC 189 ta IMD 60 ta mamlakat uchun hisoblaydi.

2.1.2-jadval

3 ta metod bo`yicha milliy raqobatbardoshlikkabaho berish




Global Competitiveness

Report 2014-2015 (WEF)



World Competitiveness

Report 2014 (IMD)



Ease of Doing Business

Report (IFC) 2014



Mamlakatlar

O`rin

Hisob

O`rin

Hisob

O’rin

Shveytsariya

1

5,70

2

92,423

29

Xitoy

28

4,90

21

73,258

96

Janubiy Koreya

26

5,00

26

69,649

7

Rossiya

53

4,4

38

57,997

92

Yaponiya

6

5,5

21

73,761

27

Braziliya

57

4,3

54

46,778

116

Turkiya

45

4,5

40

57,863

69

AQSh

3

5,5

1

100.000

4

Qozog’iston

50

4,4

32

62,508

50

Misr

119

3,6

-

-

128

Filippin

52

4,4

42

54,952

108

Manba:www.imd.org, www.reports.weforum.org, www.doingbusiness.org ma’lumotlari asosida tuzildi

Iqtisodiyot raqobatbardoshligi barcha bo’g’inlari makrodarajada bir-biri bilan bog’liq. Ulardan birining rivojlanmaganligi boshqalariga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Masalan, innovatsion salohiyatni yuqori texnologiyalarni foydalanishga moslashtiruvchi yaxshi rivojlanmagan oliy ta’lim tizimisiz va hamda ishlanma va tadqiqotlarni moliyalashtiruvchi samarali amal qiluvchi moliya tizimisiz amalga oshirib bo’lmaydi. Adolatli raqobat shart-sharoitlarining mavjud emasligi va rivojlanmagan tovarlar bozori innovatsion mahsulotga bo’lgan barqaror talabni va ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirishga rag’batlarni ta’minlamaydi.

2.2. Rivojlangan mamlakatlarda xalqaro raqobatbardoshlik ko’rsatkichlari tahlili (Koreya Respublikasi, Faransiya, Kanada misolida)



Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini tavsiflovchi ko’rsatkichlar sifatida biz yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek mamlakatning tabiiy resurs salohiyati, mehnat resurslarining soni va sifati, ishlab chiqarishning texnik-texnologik modernizatsiyalashganlik darajasi, mamlakat korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlarga bo’lgan talab hajmi, davlatning iqtisodiy rivojlanish darajasi va boshqa shu kabilar qatnashadi.

Mamlakat miqyosida raqobatbardoshlikni aniqlashda asosiy e’tibor yaratilgan makroiqtisodiy muhitga, ya’ni inflyatsiyaning belgilangan me’yori, soliq og’irligi, kredit resurslarini olish imkoniyati, milliy valyuta kursining dinamikasini bilish va uning eksportga mo’ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar manfaatlariga mos kelishi, davlat institutlarining sifati, infratuzilmaning rivojlanish darajasi, inson kapitali va ta’lim tizimining sifati, tadbirkorlik muhiti, tovar, moliya va mexnat bozorlarining rivojlanishiga qaratiladi.

Qulay makroiqtisodiy muhit bilan mahsulotni raqobatbardoshligi o’rtasida barqaror o’zaro bog’liqlikning mavjudligi zamonaviy iqtisodiy nazariyani asosiy qoidalariga mos keladi va ko’p sonli amaliy tadqiqotlar tomonidan isbotlangan. Masalan, inflyatsiyaning yuqori darajasi iqtisodiyotni investitsiyalashning mavjud manbalarini so’ndiradi, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash sur’atlarini ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatgan holda cheklaydi, ishlab chiqaruvchilar xarajatlarini ko’paytiradi va baho raqobatbardoshligini pasaytiradi. Tovarlarning raqobatbardoshligiga yuqori byudjet defitsiti va soliq yuki, valyuta kursining beqarorligi, ishlab chiqarishning yuqori material sig’imkorligi va iqtisodiy o’sishning kapital sig’imkorligi darajasi ham salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Bu ko’rsatkichlarni tahlil qilish orqali biz Koreya Respublikasi, Fransiya, Kanada iqtisodiyotining raqobatbardoshligiga baho berish imkoniyatiga ega bo’lamiz.

Mamlakat raqobatbardoshligining muhim ko’rsatkichlaridan biri – barqaror iqtisodiy o’sish va makroiqtisodiy balanslashuvning ta’minlanishidir.Bizga ma’lumki, mamlakat milliy iqtisodiyotining holatini ifoda etuvchi ko’rsatkichlardan biri bu yalpi ichki mahsulotdir.

2.2.1-diagramma

Koreya Respublikasi YaIMning yillar bo’yicha ko’rsatkichi. (mlrd AQSh doll.)

Manba:www.statista.com ma’lumotlari asosida tuzildi

Yuqoridagi diagramma(2.2.1-diagramma)da Koreya Respublikasining YaIMning yillar bo’yicha ko’rsatkichlari ko’rsatilgan. Natijalardan ko’rinib turibdiki, 2010 yilda YaIMning qiymati 1trln 94 mlrd AQSh doll.ni tashkil qilgan. Undan keying yilda esa YaIM 2010 yilga nisbatan 9,5 % ga o’sgan(1trln 202 mlrd AQSh doll.). 2012 yilda yana 20 mlrd AQSh doll.ga ko’paydi (1trln 222 mlrd AQSh doll.). 2013 yilga nazar solsak, iqtisodiy rivojlanish bir maromda ekanligiga guvoh bo’lamiz. Bu yilda YaIM 1 trln 305 mlrd AQSh doll.ni tashkil qildi. 2012 yilga nisabatan 6 % ga oshdi. Oxirgi o’tgan yilda esa 2014 yilga nisbatan kamaygan. 2015 yilda YaIM miqdori 1 trln 376 mlrd AQSh doll.ni, 2014 yilda esa 1 trln 410 mlrd AQSh doll.ni tashkil qilgan edi. Inflyatsiya darajasini ko’radigan bo’lsak oxirgi 6 yil ichida 2011 yilda yuqori bo’lgan.
Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshlikni baholashni Ease of Doing Business Report (IFC) metodologiyasi bo’yicha Koreya Respublikasi iqtisodiyotini tahlil qib chiqamiz.

Koreya Respublikasi IFC 2013-2014 yil natijalari bo’yicha jahon mamlakatlari (189 ta) orasida 5-o’rini egalladi.

2.2.2-jadval

KoreyaRespublikasida biznes boshlashning tahlili(2013-2014 y)

Biznes boshlash (o’rni)

17

Biznes boshlashning chegara masofasi hisobi (0-100)

94.36

Ish tartibi (soni)

3

Vaqt (kun)

4

Narx ( aholi jon boshiga daromadning %)

14.5

Eng kam kapital (aholi jon boshiga daromadning %)

0.0

Manba:www.doingbusiness.org ma’lumotlari asosida tuzildi

2.2.2-jadvaldagi natijalarga nazar solsak, Koreyada biznes boshlash darajasi 189 ta mamlakat ichida 17-o’rinda, biznes boshlashning tartibi 3 bosqichda amalga oshirilar ekan. 4 kun ichida o’z biznesingizni boshlashingiz mumkin.
Kredit olish bo’yicha natijalarni tahlil qilar ekanmiz, 189 ta dunyo mamlakatlari ichida 36-o’rini egallagan. Kredit olishning masofa chegarasi hisobi 65.00 ni tashkil qilgan (2.2.3-jadval).
2.2.3-jadval

KoreyaRespublikasida kredit olish tahlili(2013-2014 y)



Kredit olish (o’rni)

36

Kredit olishning masofa chegarasi hisobi (0-100)

65.00

Huquqiy qoidalar indeks kuchi (0-12)

5

Kredit axboroti indeks chuqurligi (0-8)

8

Kredit byuro qamrovi (kattalar%)

100.0

Kredit ro’yhati qamrovi (kattalar%)

0.0

Manba:www.doingbusiness.org ma’lumotlari asosida tuzildi

Koreyada mahsulotni eksport qilish uchun 8 kun ichida amalga oshirish mumkin. Importi uchun esa 7 kun vaqt sarflanadi (2.2.4-jadval).

2.2.4-jadval

KoreyaRespublikasi chegaralar ichida savdo qilish tahlili(2013-2014 y)

Chegaralarorqali savdo qilish (o’rni)

3

Chegaralar ichida savdo qilishning masofa chegarasi hisobi (0-100)

93.45

Eksport uchun hujjatlar (soni)

3

Eksport uchun vaqt (kun)

8

Eksport narxi (har konteyner AQSh doll.)

670

Import uchun hujjatlar (soni)

3

Import uchun vaqt (kun)

7

Import narxi (har konteyner AQSh doll.)

695

Manba:www.doingbusiness.org ma’lumotlari asosida tuzildi.

Eksport hujjatlarini rasmiylashtirish harajatlari har bir konteyner uchun 670 AQSh doll.ni tashkil qiladi hamda import uchun esa 695 AQSh doll.ni to’lash kifoya qiladi.Endi Global Competitiveness Report metodi bo’yicha natijalarni ko’rib chiqamiza.
2.2.5-jadval

KoreyaRespublikasi bazaviy talablar ko’rsatkichlari(2014-2015)






O’rin (144 ta mamlakat)

Indeks

Bazaviy talablar

20

5.5

Tashkil qilish

82

3.7

Infratuzilma

14

5.7

Makroiqtisodiy muhit

7

6.4

Sog’liq va boshlang’ich ta’lim

27

6.3

Manba: www.doingbusiness.org ma’lumotlari asosida tuzildi

Bazaviy talablar GRI 5.5 ga teng bo’lib, jahon mamlakatlari ichida 20 o’rini egallab turibdi (2.2.5-jadval).

2.2.2-diagramma

Koreya Respublikasiningglobal raqobatbardoshlik indeksi (GRI) yillar bo’yicha.



Manba: www.doingbusiness.org ma’lumotlari asosida tuzildi
Bu metod bo’yicha tahlil natijalari shuni ko’rsatdiki, 2014- 2015 yilda GRI 5 (max=7) ga teng hamda 144 ta mamlakatlar ichida 26-o’rini egalladi (2.2.2-diagramma).

2.2.6-jadval

KoreyaRespublikasi samaradorlik ko’rsatkichlari (2014-2015)




O’rin (144 ta mamlakat)

Indeks

Samaradorlik ko’rsatkichi

25

4.8

Oliy ta’lim va o’qitish

23

5.4

Tovar bozori samaradorligi

33

4.7

Mehnat bozori samaradorligi

86

4.1

Moliyaviy bozorni rivojlanishi

80

3.8

Texnologik tayyorlik

25

5.4

Bozor hajmi

11

5.6

Manba: www.doingbusiness.org ma’lumotlari asosida tuzildi
Ushbu 2.2.6-jadvaldagi Koreyaning samaradorlik ko’rsatkichlar natijasi bu mamlakatni 25-o’ringa joylashtirdi hamda 4.8 indeks bilan baholadi. Mamlakatning texnologik tayyorlik darajasi ham yomon natija kasb etmadi. 144 ta mamlakat ichida 25-o’rini egalladi.
2.2.7-jadval

KoreyaRespublikasi innovatsion salohiyat ko’rsatkichlari (2014-2015)






O’rin (144 ta mamlakat)

Indeks

Innovatsion salohiyat va

rivojlanish omillari



22

4.8

Biznes rivojlanishi

27

4.7

Innovatsiya

17

4.8

Manba: www.doingbusiness.org ma’lumotlari asosida tuzildi
Koreya Respublikasining GCR metodi bo’yicha raqobatbardoshlik indeksi tahlili innovatsion salohiyat ko’rsatkichlari natijasida mamlakatni 22-o’ringa ko’tardi (2.2.7-jadval).

Iqtisodiyot raqobatbardoshligi barcha bo’g’inlari makrodarajada bir-biri bilan bog’liq. Ulardan birining rivojlanmaganligi boshqalariga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Masalan, innovatsion salohiyatni yuqori texnologiyalarni foydalanishga moslashtiruvchi yaxshi rivojlanmagan oliy ta’lim tizimisiz va hamda ishlanma va tadqiqotlarni moliyalashtiruvchi samarali amal qiluvchi moliya tizimisiz amalga oshirib bo’lmaydi. Adolatli raqobat shart-sharoitlarining mavjud emasligi va rivojlanmagan tovarlar bozori innovatsion mahsulotga bo’lgan barqaror talabni va ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirishga rag’batlarni ta’minlamaydi.

Fransiya iqtisodiyoti raqobatbardoshligi. 2015 - yil yakunlariga ko'ra Fransiya Xalqaro Raqobat Indeksida 138 ta mamlakat orasida 21 - o'rinni egalladi. Aholisi 63.4 mln. kishi. YaIMi 2421.6 mln AQSh dollarini tashkil etadi. Aholi jon boshiga to'g'ri keladigan YaIMi 37 675 AQSh dollari. Fransiyaning YaIMi jahon YaIMining 2.33 % ini tashkil etgan.



Xalqaro Raqobat Indeksi davlatlarni 12 ta ko'rsatkich bo'yicha tadqiq etadi va har bir ko'rsatkich 1 balldan 7 ballgacha baholanadi hamda har bitta ko'rsatkich bo'yicha mamlakatning dunyodagi o'rni belgilanadi. Yakunda barcha 12 ta ko'rsatkich bo'yicha umumiy xulosalar chiqariladi hamda mamlakatning xalqaro raqobat indeksidagi o'rni belgilanadi.

Birinchi ko'rsatkich - institutlar ko'rsatkichida 4.9 ball bilan 29 - o'rinda qayd etilgan. Institutlar o'z ichiga 21 ta ko'rsatkichni jamlagan. Mamlakatning intelektual mulk himoyasi, investorlarning himoyalanganlik darajasi hamda korporativ ijara samaradorligi bo'yicha yuqori ko'rsatkichlarni qayd etgan.

Ikkinchi ko'rsatkich - infrastruktura bo'yicha 6.1ball bilan 7 - o'rinda qayd etilgan. Mamlakat aralash telefon liniyalari bo'yicha dunyoda 1 - o'rinda e'tirof etilgan. Ammo, mobil telefonga obuna bo'lish bo'yicha 96 - o'rinni egallagan.

Mamlakatdagi makroiqtisodiy muhit maqtarli darajada emas. ushbu ko'rsatkich bo'yicha 4.7 ball bilan 67 - o'rinni egallagan.

Fransiyaning sog'liqni saqlash va boshlang'ich ta'limi 6.4 ball bilan 19-o'rinni egallaydi. Ayniqsa, Fransiyaliklarda yashash umidi ko'rsatkichi yuqori: 7-o'rinda qayd etilgan.

Xalqaro raqobat indeksida Fransiyaning tovarlar bozori samaradorligi ko'rsatkichi 5.8 ball bilan 31-o'rinda qayd etilgan. Mamlakat savdo tariflari ko'rsatkichi bo'yicha kuchli beshtalikka kiritilgan.

Mehnat bozori samaradorligi ko'rsatkichi esa 4.4 ball bilan 51-o'rinda qayd etilgan. Albatta bu ko'rsatkich bilan mamlakat faxrlana olmaydi. Mamlakatda mehnat bozori samaradorligini kuchaytirishga qaratilgan chora - tadbirlar ko'rish maqsadga muvofiq bo'lar edi.

Mamlakatning moliya bozori samaradorligi ko'rsatkichi esa 4.6 ball bilan 31-o'rinni egallagan.

Mamlakatning iqtisodiyotiga mos ravishda bozor hajmi ham ulkandir. Mamlakatning bozor hajmi indeksda 5.7 balla bilan 7-o'ringa munosib ko'rilgan. Faqat mamlakat eksportning YaIMidagi ulushini oshirishga jiddiy e'tibor qaratishi kerak. aynan shu ko'rsatkich bo'yicha mamlakat indeksda 80-o'ringa munosib ko'ringan. Bu albatta Fransiyadek mamlakatga xos ko'rsatkich emas.

Fransiya biznes jozibadorligi bo'yicha indeksda 5.2 ball bilan 14-o'ringa munosib ko'rilgan. Mamlakat ayniqsa biznes davomiyligi ko'rsatkichi bo'yicha yaxshi natijalarni qayd etgan: 6-o'ringa munosib ko'rilgan.

Indeksning so'nggi ko'rsatkichi bo'lmish innovatsiya sohasida han Fransiya yetakchilar qatorida: 4.9 ball bilan 17-o'ringa munosib ko'rilgan. Ma'lumotlarga qaraganda bugungi kunda patentlashtirilayotgan eng ko'p ixtirolar aynan fransuzlarga tegishli.

Shuningdek, mazkur indeksda mamlakatda biznes tashkil qilishdagi asosiy muammolar ham berib o'tilgan. Mamlakatdagi soliqlar stavkasining yuqoriligi, ishchi kuchini tartibga solishdagi to'siqlar mavjudligi shular jumlasidandir. Indeks bergan ma'lumotlarga ko'ra mamlakatda korrupsiya ko'tsatkichi 0 ga teng. Bu esa iqtisodiyot, biznes rivoji uchun juda muhim hisoblanadi.

Kanada milliy iqtisodiyotining raqobatbardoshligi.2005 - yildan beri har yili Jahon Iqtisodiy Forumi Xavier Salai - Martin tomonidan tuzib chiqilgan Xalqaro Raqobat Indeksini e'lon qiladi. Unda 138 ta mamlakatning Xalqaro Raqobat Indeksi e'lon qilinadi. Indeksda 114 ta ko'rsatkich inobatga olingan. Har bir ko'rsatkich bo'yicha mamlakat balli tizimda baholanadi va dunyo mamlakatlari orasida o'rin beriladi. Yakunda barcha ko'rsatkichlar inobatga olinib, umumiy natija ya'ni mamlakatning raqobat indeksi e'lon qilinadi.



2015- yilgi Xalqaro Raqobat Indeksida Kanada 15 - o'rinni qayd etgan. Yetti ballik sistemadan 5.27 ball olgan. Oldingi yili 13 - o'rinni olganini hisobga olsak, bu yil 2 pog'ona pastlash kuzatilgan. Mos ravishda to'plagan bali 5.31 dan 5.27 ga tushgan. Yangi Zellandiya (13-o'rin) va Taivan (14-o'rin) bu yil Kanadadan ilgarilab ketishga erishgan.

Indeksni tuzishda 114 ta mayda ko'rsatkichlar 12 ta yirik ko'rsatkichlarga jamlanadi: institutlar, infrastruktura, makroiqtisodiy muhit, sog'liqni saqlash va boshlang'ich ta'lim, yuqori ta'lim, tovarlar bozori samaradorligi, mehnat bozori samaradorligi, moliya bozori rivojlanganligi, texnologiyalar, bozor hajmi, biznes sferasi va innovatsiyalar.

Kanada dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kiradi. 2015 - yil ma'lumotlariga ko'ra mamlakat aholisi 35.8mln. kishini, YaIMi 1552.4 AQSh mlrd dollarini tashkil etib jami dunyo YaIMini 1.44 foizini tashkil etadi. YaIM aholi jon boshiga hisoblaganda 43332 AQSh dollarni tashkil etmoqda.

Kanada mazkur indeksda quyidagi12 ta ko'rsatkich ichida eng yaxshi natijalarni moliya bozori rivojlanganligi 7 - o'rin va mehnat bozori samaradorligi 8 - o'rinni band qilgan. Eng yomon ko'rsatkichni esa mamlakatdagi makroiqtisodiy muhit bo'yicha dunyoda 41-o'rinni band etgan.

1-ko'rsatkich mamlakatdagi institutlarning faoliyati (18-o'rin, 5.8 ball)ga nazar tashlaydigan bo'lsak, terrorizmga qarshi kurash (67 - o'rin, 5.3 ball) va mamlakat boshqaruviga qo'shimcha yuk (40-o'rin, 3.8 ball) ko'rsatkichlari bo'yicha yomon natijalarni qayd etmoqda. Lekin shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, investor himoyasi (6-o'rin, 7.7 ball) va auditorlik himoyasi (8-o'rin, 6.2 ball) bo'yicha kuchli 10 talikka kirgan.

Mamlakat infrastrukturasi(15-o'rin, 5.7 ball)ga e'tibor qaratsak, har 100 ta odamga to'g'ri keladigan mobil telefonlar (119-o'rin) ko'rsatkichi bo'yicha oqsamoqda. Boshqa 8ta ko'rsatkichlar bo'yicha ijobiy samara qayd etgan.

Mamlakatdagi makroiqtisodiy muhit (41- o'rin, 5.2 ball) 12 ta ko'rsatkich ichida eng yomon natija qayd etib turibdi. YaIMga nisbatan davlat qarzi bo'yicha dunyoda 120 - o'rinni zabt etgan.

Mamlakatdagi sog'liqni saqlash va boshlang'ich ta'lim ko'rsatkichi bo'yicha kuchli o'ntalikka kirgan bo'lib, 9-o'rinni egallagan (6.6 ball). Ayniqsa mamlakatda tubrkulyoz hastaligining kamligi va boshlang'ich ta'limga qamrab olish bo'yicha yuqori natijalarni qayd etgan.

Keyingi ko'rsatkich mamlakatdagi yuqori ta'lim bo'yicha 19 - o'rinni egallagan.

Tovarlar bozori samaradorligi bo'yicha 19 - o'rinda qayd etilgan. Biznes boshlovchilar soni hamda biznes boshlash vaqti bo'yicha Kanada 3 - o'rinni band etganligini alohida ta'kidlash lozim deb hisoblayman.

Mehnat bozori samaradorligi bo'yicha 8- o'rinda e'tirof etiladi. Ish haqi va samaradorlik bo'yicha 13-o'rinni egallagan. Bu mehnat samaradorligi samaradorligini aniqlovchi 10 ta ko'rsatkich ichida eng yaxshisi hisoblanadi.

Mamlakat moliya bozori samaradorligi bo'yicha ham yuqori ko'rsatkichni qayd etgan (7 - o'rin). Bamklar maxfiyligi bo'yicha 3-o'rinni qayd etgan bo'lsa, moliyaviy harajatlarning biznes talablariga mos kelishi bo'yicha 26-o'rinni qayd etgan.

Mazkur Indeksda bozor hajmi bo'yicha Kanada 15-o'rinda e'tirof etilgan. Ushbu ko'rsatkichka eng katta salbiy ta'sir etuvchi omil sifatida exportning YaIMidagi ulushini e'tirof etishimiz mumkin (79-o'rin).

Biznes sferasi bo'yicha esa mamlakat 4.9 ball bilan 24 - o'rinni egallagan.

Kanada innovatsiyalar ko'rsatkichi bo'yicha ham 24 - o'rinni qayd etgan. Mamlakatdagi olimlar va muhandislar mavjudligi bo'yicha 6 - o'rinni qayd etgani innovatsion ko'rsatkichlar ichida eng yuqorisidir.

Har bitta mamlakat iqtisodiyotida bo'lgani kabi Kanada iqtisodiyoti ham muammmolardan holi emas. Mazkur Indeksda iqtisodiy muammolarga alohida urg'u berilgan. Innovatsiya hajmining yetarli emasligi, mavjud byurakratiya, soliqlar nisbati va soliqlarni tartibga solish tizimi, infrastrukturaning talabga javob bermasligi mamlakatning asosiy iqtisodiy muammolari sifatida e'tirof etilgan.

Bir so’z bilan aytganda, Kanada milliy iqtisodiyoti jahon bozorida har qanday raqobatga tayyor. Davlat iqtisodiyoti barqaror, YaIM yildan-yilga oshib bormoqda. Dunyodagi har qanday mamlakat ham Kanada bilan iqtisodiy hamkorlikni yo'lga qo'yishni va bu hamkorlikni samarali amal qilishni ta'minlashni xohlaydi. Mamlakat aksariyat sohalarda ijobiy ko'rsatkichlarga ega bo'lishiga qaramay, ayrim soha va tarmoqlar jiddiy e'tiborga muhtoj. Mamlakat investitsiya kiritish uchun juda qulay. Qolaversa, mamlakat iqtisodiyotiga investitsiyalar yetishmasligi alohida ta'kidlab o'tilgan.

XULOSA
Jahon mamlakatlariiqtisodiyotiningxalqaroraqobatbardoshliginioshirishdatashqiiqtisodiyfaoliyatnirivojlantirish, bundatovarlarraqobatbardoshliginioshirish, investitsiyalarnijalbqilishengdolzarbvazifalardanbiridir.So’nggiyillardaRespublikamizhukumatitomonidantashqisavdofaoliyatiniyanadakengaytirish, mamlakateksportsalohiyatiniyuksatirishgaqaratilganstrategiksiyosatningamalgaoshirilishi, respublikatashqisavdobalansidaijobiysaldonita’minlashvamuddatiuzaytirilgantashqiqarzdorlikningkamaytirishimkoniniberdi. O’zbekistonRespublikasikreditmajburiyatlarinio’zvaqtidabajarish, mamlakatoltin-valyutazaxiralarinikengaytirish, ichkivalyutabozorinierkinlashtirishgaqaratilganchora –tadbirlarnimuvaffaqiyatliamalgaoshirishimkoniyatitug’ildi.



Jahon mamlakatlari jumladan KoreyaRespublikasi, Kanada, Fransiyatajribasinio’rganishshuniko’rsatdiki, agardatashqiiqtisodiyfaoliyatsohasidagiislohotlarbarqarorlikkaerishishningqisqamuddatlimasalalaryechimigaemas, balkiuzoqmuddatlistrategikvazifalarnihaletishgaqaratilganbo’lsa, shak-shubhasiz, buiqtisodsamaradorliginiko’tarilishigaimkonberadi.

Xalqaro mamlakatlareksportinirivojlantirishvaqo’llab-quvvatlashningholatiniko’ribchiqqanholdavabuboradaamalgaoshirilayotganchoratadbirlarningsamaradorliginianiqlashhamdaKoreyaRespublikasi, Kanada, Fransiyatajribasidankelibchiqibyandatakomillashtirishyo’llarinifoydalanibquyidagi masalalarbo’yichaxulosalarnibayonetishmumkin:

  • birinchidan, eksportni rag’batlasntirish uchun, avvalo, barqaror makroiqtisodiy sharoit yaratish lozim;

  • ikkinchidan, inson omilini rivojlantirish eksport salohiyatini rivojlantirishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Buning uchun ishchilarning bilimlari va kasb malakalarini takomillashtirish, ishchilarni tayyorlash zamonaviy texnika va texnologiyalarda amalga oshirilishi kerak;

  • uchinchidan, eksport salohiyatini rag’batlantirsh maqsadida turli usullardan foydalanish zarur. Birinchi navbatda, uncha uzoq bo’lmagan muddatga eksport subsidiyalari kiritish lozim. Eksportni rag’batlantirishning eng qulay shakli erkin iqtisodiy zonalar hisoblanadi;

  • to’rtinchidan, qulay iqlim sharoitlari va aholining an’anaviy malakalaridan mamlakat eksport salohiyatini rivojlantirishda keng foydalanish zarur;

  • beshinchidan, eksport mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish, fan-texnika yutuqlaridan keng foydalanish zarur;

Mamlakatimiz iqtsiodining raqobatbardoshlik ustunliklari eksportgs yo’naltirilganmuvaffaqiyatli rivojlanishning asosini tashkil qiladi. O’zbekiston quyidagi nisbiy ustunlikka ega:

  • tashqi bozorda raqobatbardosh bo’lgan ayrim mineral xom-ashyo turlari (oltin, uran, mis, kumush, tabiiy gaz va boshqalar)ning boy sanoat zahiralari;

  • ko’pgina qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, shuningdek issiqlik va elektr energiyasini tejash imkoniyatini beruvchi qulay tabiiy-iqlim sharoitlari;

  • 400 dan ortiq tarixiy va me’morchilik obidalariga ega dunyoga mashhur boy madaniy-tarixiy meros. Bu turizm industriyasi va unga yo’ldosh biznes sihalarini rivojlantirish uchun shubhasiz ustunliklarni yaratadi.

Ko’pgina rivojlanayotgan davlatlar raqobatbardoshlik indeksini ko’tarishdaquyidagiustunliklari soslanishi kerak:

  • Nisbatan yuqori malakali va intizomli kadrlar hamda arzon ishchi kuchi;

  • Infratuzilmaning yetarli darajada rivojlanganligi ( telekommunikatsiya aloqalari, transport vositalari, elektr energiya bilan ta’minlash, ko’chmas mulk va boshqalarning mavjudligi);

  • Hukumat siyosatining iqtisodiyotni rivojlantirishda olib borilayotganligi, qabul qilinayotgan normativlar, qonun-xujjatlar va boshqalar;

Ko’pgina rivojlangan mamlakatlar o’z tarqqiyoti jarayonida milliy ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, innovatsion mahsulot ishlab chiqaradigan eksportga yo’naltirilgan strategiyani ishlab chqish masalalariga butunlay yangicha yondashishni namoyon qildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI



  1. O’zbekiston Respublikasining Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari

  1. O’zbekiston Respublikasining «Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida»gi Qonuni (yangi tahrir), 2000 y, 26 may.

  2. O’zbekiston Respublikasining «Chet el investitsiyalari to’g’risida»gi Qonuni, 30.04.1998 y.

  3. O’zbekiston Respublikasining «Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va himoya choralari to’g’risida»gi Qonuni, 30.04.1998 y

  4. O’zbekiston Respublikasining«Raqobat to’grisida»gi Qonuni 6 yanvar 2012 y.

  5. 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻg‘risida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

  6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 5 iyundagi «Eksport mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risidagi» Qarori.

  7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi iqtisodiy va savdo aloqalri, xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi Qarori.

  8. Karimov I.A. 2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi. -Toshkent.: “O’zbekiston”, 2012.

  9. KarimovI. A. Jahonmoliyaviy-iqtisodiyinqirozi, O’zbekistonsharoitidaunibartarafetishningyo’llarivachoralari/ I.A.Karimov. – T: O’zbekiston, 2009.

  10. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi.

  11. I.Karimovning “Bosh maqsadimiz – keng ko’lamli islohotlar va modernizatsiya yo’lini qat’iyat bilan davom ettirish” ma’ruzasi T.-2013




  1. Ilmiy adabiyotlar

    1. O’zbek va rus tillaridagi adabiyotlar

  1. Alimov A., Xamedov I. O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliya asoslari. Darslik.- T.: O’zAJBNT,2004.

  2. JongVongLi. Успехи и неудачи экономики Кореи и ее перспективы. Уроки развивающегося государства. Ташкент, 2006. – 408с.

  3. Nazarova G.G., Maxmudov N.M., Xalilov X.X. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar, T.: TDIU, 2006.

  4. Shodiyev R.X., Maxmudov E.R. Jahon iqtisodiyoti, T.: G’.G’ulom nomidagi nashriyot matbaa uyi, 2005.

  5. Авдокушин Е.Ф. Международные экономические отношения. : Учебное пособие. - Москва, 2007 г.

  6. Волгина Н.А. Международная экономика: Учебное пособие. – М.: Эксмо, 2006.

  7. Гурова И.П. Мировая экономика-Москва: Омега-Л, 2007

  8. Международные экономические отношения. Под ред. В.Рыбалкина. М.2009

  9. Потапов М.А., Салицкий А.И., Шахматов А.В. Экономика современной Азии: Учебник. – М.: Международные отношения, 2008.

  10. Спиридонов И.А. Мировая экономика: М.:ИНФРА-М, 2006.

  11. Суслина С. Государственное регулирование экономики: опыт Республики Корея. М., 2009.

  12. Трушин Э.Ф., Абдусалямов М.А. Уроки развития Восточной Азии. – Алматы – 1999. – 183 с.

  13. Porter M. Konkurentsiya.-M,: Izdatelskiy dom “Vilyams”, 2002

  14. Ломакин В. Мировая экономика. М:Юнти-Дана-2004.- С.50-6

  15. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” nomli asarini o’rganish bo’yicha O’quv-uslubiy qo’llanma.-Toshkent: Iqtisodiyot.-2009




    1. Ingliz va koreys tillardagi adabiyotlar

  1. Myung Oak Kim The New Korea: An Inside Look at South Korea’s Economic Rise. Amacom , 2010.

  2. Uk Heo South Korea’s Rise: Economic Development, Power and Foreign Relations USA. 2014.

  3. Kim S.S. Korea's globalization. Cambridge, 2010.

  4. Byung-Nak Song. The rise of the Korean economy. Hong Kong, 1990.

  5. 윤석범 «한국경제론강의» 2006

  6. 짐콜린스 “위대한기업을위한경영전략” 위즈덤하우스, 2007.

  7. 11. 김안호 “한국경제의이해” 도서두남출판, 2008.




  1. Internet saytlari va axborot portallari

  1. Статистическийинформационныйпорталwww.mfer-stat.uz.

  2. Ўзбекистон бизнес информацион порталиwww.mfer.uz.

  3. http://www.worldbank.org

  4. http://www.imd.org/wcc/research-methodology/

  5. http://www.press-service.uz

  6. www.wikipedia.org

  7. www.uza.uz

  8. www.aseansec.org

  9. http://www.kita.org

  10. www.worldstopexports.com

  11. http://globaledge.msu.edu

1


2Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari T: O’zbekiston, 2009.http://www.press-service.uz


3KarimovI.A. Mamlakatimizni 2015-yildaijtimoiy-iqtisodiyrivojlantirishyakunlariva 2016-yilgamo’ljallanganiqtisodiydasturningengmuhimustuvoryo’nalishlarigabag’ishlanganVazirlarMahkamasiningkengaytirilganmajlisidagima’ruzasi.16-yanvar 2016-yilhttp://www.press-service.uz

4KarimovI.A. 2013-yilningasosiyyakunlariva 2014-yildaO’zbekistonniijtimoiy-iqtisodiyrivojlantirishningustuvoryo’nalishlarigabag’ishlanganVazirlarMahkamasiningmajlisidagima’ruzasi 2014-yil 18-yanvar. http://www.press-service.uz

5Портер М. Международная конкуренция. Пер. с англ. / Под ред. и с предисловием В. Д. Щетинина. - М.: Международные отношения, 1993. - С.56-63, Э.Хекшер, Б.Олин. Теория международной торговли/ классичуская теория международной торговли. - М.: Международные отношения, 1995. - С.22-29., Киреев А. Международная экономика. Часть 1.М., 2004, Киреев А. Международная экономика. Часть 2 - М., 2004. - С.73-76., Пахомова Л.: Модели процветания (Сингапур, Малайзия, Таиланд, Индонейзия). - М., 2000. - С.23-28., Ломакин В. Мировая экономика. Учебник. - М., 1998, 2002, 2004. - C.23,45-47,55., Хейфец Б.А. Мировой опыт успешных модернизаций. //Международная экономика,№6, 2011.-С.23.,Булатов А.С. «Мировая экономика и МЭО» Учебник. - М.: Издательско-торговая корпорация “Дашковик и К” , 2008. - С.45., Авдокушин А.Ф. Международные экономические отношения. Учебное пособие - М.: 2008. - С.67., Прокушев Е.Ф. Внешнеэкономическая деятельность, Учебник. М.: Издательско-торговая корпорация “Дашковик и К”, 2006. - С.104., Потапов М.А., Салицкий А.И., Шахматов А.В. Экономика Соврепенной Азии: Учебник. - М.: Международные отношения, 2008. - С.89.

6Karimov I.A. 2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi. -T.: “O’zbekiston”, 2012. 20-b.

7Евгения К. "Международная экономика и международные отношения", 1989, N 12, с. 6-14.

8Karimov I.A. 2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi. -T.: “O’zbekiston”, 2012. 20-b.

9KarimovningI.A 2012 yil “Vatanimiztaraqqiyotiniyangibosqichgako’taradiganyilbo’ladi” ma’ruzasinio’rganishbo’yichao’quvqo’llanmama’lumotlariasosidatuzilgan

10The Five Competitive Forces that Shape Strategy», Harvard Business Review, January, 2008, p.86

11Портер М. Конкуренция.-M,: Вилямс, 2002. s.162

12A.F.RasulevO’zbekiston: jahonmoliyaviy-iqtisodiyinqirozi, innovatsiontaraqqiyotvamilliyiqtisodiyotraqobatbardoshliginioshirish. T.: Konsauditinform -nashr, 2011. 6 b.

13Портер М.Е. Конкурентная стратегия: Методика анализа отраслей и конкурентов: Пер. с англ2е изд. М., 2006.

14KarimovI.Boshmaqsadimiz – kengko’lamliislohotlarvamodernizatsiyayo’liniqat’iyatbilandavomettirishma’ruzasibo’yichao’quvqo’llanma. T.-2013, 36 b.

15The Global Competetiveness Report 2013-2014 .Geneva:World Economic Forum, 2013, p. 8., 237

16The Global Competetiveness Report 2013-2014 .Geneva : World Economic Forum, 2013, p. 8.

17www.imd.orgma’lumotlari asosida tuzildi.

18www.doingbusiness.org ma’lumotlari asosida tuzildi.

Download 237.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat