SPORT TA’LIMI TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH ORQALI OLIMPIYA
VA PARALIMPIYA SPORT TURLARI BO‘YICHA SPORTCHILAR ZAXIRASINI
SHAKLLANTIRISH SIFATINI YANADA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI
TO‘G‘RISIDA
Sport-ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish, iqtidorli yoshlarni
aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya)ning raqamlashtirilgan yangi tizimini joriy qilish, kuchli
olimpiya zaxirasini yaratish orqali sportchilarning Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo
o‘yinlarida, jahon chempionatlarida va boshqa yirik xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi hamda
yuqori natijalarga erishishini ta’minlash maqsadida:
1. Olimpiya zaxiralari kollejlari negizida Ta’limning xalqaro standart tasniflagichining 5-
darajasiga mos ta’lim muassasasi shaklidagi olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari tashkil
etilsin.
2. Belgilansinki, 2022/2023 o‘quv yilidan (2022-yil 1-sentabrdan) boshlab:
olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari kontingenti faqat olimpiya va paralimpiya
sport turlari bo‘yicha shakllantiriladi (bundan milliy kurash hamda alohida Hukumat qarorlari
bilan belgilangan sport turlari mustasno);
O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi tavsiyasiga asosan olimpiya va paralimpiya
zaxiralari kollejlarining tegishli paralimpiya sport turlari bo‘limlariga yuborilayotgan jismoniy
imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan sportchilar uchun 10 foizgacha qo‘shimcha kvotalar
ajratiladi;
olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlarida ta’lim jarayoni umumiy o‘rta ta’lim hamda
o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichlarida amalga oshiriladi;
olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlariga qabul kvotalari har bir sport turining
xususiyatidan (vazn toifasi, sportchilar soni, shu jumladan sportchi-ayollar soni, jamoaviy sport
turlari bo‘yicha tegishli sport turida ishtirok etadigan sportchilar soni va boshqalar) kelib chiqib
shakllantiriladi;
olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari, shuningdek, bolalar-o‘smirlar sport
maktablari hamda ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablarida qabul kvotalari erkaklar
va ayollar uchun 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab teng ravishda belgilanadi (2022/2023 o‘quv
yilida ayollar ulushi 30 foiz, 2023/2024 o‘quv yilida — 40 foiz, 2024/2025 o‘quv yilida — 50
foizni tashkil qiladi);
olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari mavjud moddiy-texnik bazasidan kelib
chiqib hududlarda rivojlangan olimpiya va paralimpiya sport turlariga ixtisoslashtiriladi;
olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari o‘quvchilarini tekin (imtiyozli)
ovqatlantirish xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to‘lovi bekor qilinadi hamda
o‘quvchilar to‘liq Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan oziq-ovqat bilan ta’minlanadi;
olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari direktorlari xalq deputatlari tuman (shahar)
Kengashlari va jamoatchilik vakillariga ushbu qarorda belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan
har yil yakuni bo‘yicha hisobot beradi va uning natijasiga ko‘ra ular faoliyatiga xalq deputatlari
tuman (shahar) Kengashlari tomonidan baho berib boriladi. Bunda, baho natijalari kollejlar
direktorlarini rag‘batlantirish (shu jumladan boshqa lavozimlarga ko‘tarish) va ularga nisbatan
tegishli choralar ko‘rish (shu jumladan lavozimidan ozod qilish) uchun asos bo‘lib xizmat qiladi;
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, sport
federatsiya (assotsiatsiya)lari olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlariga joylardan iqtidorli
yoshlarni aniqlash, tanlash va saralashga (seleksiya) yaqindan ko‘maklashadi, ushbu ishlarni
amalga oshirish uchun boshqa sport-ta’lim muassasalari bilan doimiy aloqa o‘rnatiladi;
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi,
olimpiya sport turlari bo‘yicha sport federatsiya (assotsiatsiya)lari hududlarda seleksioner
lavozimini joriy etadi.
Turizm va sport vazirligi (A.Abduxakimov):
Moliya vazirligi va sport federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan birgalikda uch oy muddatda
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlariga qabul
parametrlarini tegishli hududlardagi aholi, sport bilan shug‘ullanuvchilar, sport-ta’lim
muassasalari soni va boshqa muhim ko‘rsatkichlardan kelib chiqib oshirish orqali shakllantirish,
olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlarida olimpiya va paralimpiya sport turlarini
ko‘paytirishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
ikki oy muddatda olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlarida ajratilgan mablag‘lar
doirasida xo‘jalik xizmatlarini autsorsing asosida amalga oshirishni yo‘lga qo‘ysin;
olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlaridagi noolimpiya sport turlari bo‘yicha
yo‘nalishlarda tahsil olayotgan o‘quvchilar ushbu kollejlarni to‘liq tamomlagunga qadar
o‘qitilishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat
komissiyasi (A. Aripov) mazkur qarorga muvofiq, 2022-yil 1-iyunga qadar olimpiya va
paralimpiya zaxiralari kollejlariga 2022/2023 o‘quv yili uchun qabul parametrlarini tasdiqlasin.
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
2022-yildan boshlab tuman (shahar)da olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha
rasmiy sport musobaqalarini o‘tkazishni moliyalashtirish uchun 110 milliard so‘m mablag‘
ajratiladi (respublika budjetidan — 55 milliard so‘m, mahalliy budjetlardan — 55 milliard so‘m)
hamda ushbu maqsadlar uchun har yili har bir tuman (shahar)ga 300 million so‘mdan 1 mlrd
so‘mgacha beriladi. Bunda, ushbu mablag‘larning ajratilganligi va uning xarajatlari “Ochiq
budjet” axborot portaliga joylashtirib boriladi;
har bir mahalla, umumiy o‘rta ta’lim maktabi, o‘rta maxsus professional ta’lim
muassasasida jamoaviy sport turlari (basketbol, voleybol, gandbol, futbol va boshqalar) bo‘yicha
jamoalar tuziladi. Bunda, mahalladagi jamoalarga — sport-ta’lim muassasalari trenerlari, umumiy
o‘rta ta’lim maktablari va o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalaridagi jamoalarga —
jismoniy tarbiya o‘qituvchilari mas’ul etib belgilanadi;
oliy ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya va sport faoliyati yo‘nalishlarining 3-4-
kurslarida tahsil olayotgan talabalarga maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya
yo‘riqchisi, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, sport-ta’lim
muassasalarida trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat beriladi hamda ularga o‘rta-maxsus
ma’lumotli pedagogning bazaviy tarif stavkalari bo‘yicha har oyda ish haqi to‘lab boriladi;
Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga maqsadli tayyorgarlik ko‘rayotgan sportchi,
trenerlar va boshqa mutaxassislarga, shu jumladan xorijiy sport mutaxassislariga Davlat
budjetidan to‘lanadigan oylik ish haqlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab berilgan
mezonlar asosida to‘lab beriladi.
4.
Ma’lumot
uchun
qabul
qilinsinki,
“Jismoniy
tarbiya
va
sport
to‘g‘risida”gi
Qonunga
muvofiq respublikada xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi yoki
xalqaro grossmeyster, O‘zbekiston sport ustasi yoki O‘zbekiston grossmeysteri sport unvonlari,
shuningdek, O‘zbekiston sport ustaligiga yoki O‘zbekiston grossmeysterligiga nomzod, birinchi,
ikkinchi va uchinchi sport razryadlari, o‘smirlar uchun birinchi, ikkinchi va uchinchi sport
razryadlari belgilangan.
Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston Milliy
paralimpiya qo‘mitasining bolalar-o‘smirlar sport maktablari, ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar
sport maktablari, olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari,
olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari hamda respublika oliy sport mahorati maktablarida
2022-yil 1-yanvardan boshlab unvonli va razryadli sportchilarni davlat buyurtmasi asosida
tayyorlash tizimini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Belgilansinki:
davlat buyurtmasi asosida tayyorlash tizimi sport-ta’lim muassasalarining o‘quv yili
boshidan boshlab rejali ishlashini tashkil etish, ular rahbariyati va trenerlar tarkibining
mas’uliyatini oshirish, sport obyektlari va inshootlaridan samarali foydalanish, budjet
mablag‘larini to‘g‘ri ishlatish maqsadida joriy qilinadi;
davlat buyurtmasi asosida tayyorlash tizimi sport-ta’lim muassasalarining moddiy-texnik
bazasi, trenerlarning sifat tarkibi, shug‘ullanuvchilarning soni va boshqa muhim ko‘rsatkichlardan
kelib chiqib shakllantiriladi;
davlat buyurtmasi asosida unvonli va razryadli sportchilar sport turlari reyestriga
kiritilgan hamda yagona sport tasnifi mavjud bo‘lgan sport turlari bo‘yicha tayyorlanadi;
sport unvonlari va razryadlari sportchilarga umrbod beriladi;
Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlariga litsenziyalarni qo‘lga kiritish
uchun saralash musobaqalari, jahon chempionatlari va boshqa yirik xalqaro musobaqalarda
ishtirok etish uchun nomzodlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalari
tarkiblari birinchi navbatda unvonli va razryadli sportchilar orasidan tanlab olinadi.
Turizm va sport vazirligi (A. Abduxakimov):
har yili tegishincha 1-avgust va 1-yanvarga qadar sport-ta’lim muassasalari tomonidan
tayyorlanadigan unvonli va razryadli sportchilarning davlat buyurtmasini tasdiqlasin;
ikki oy muddatda 2024-yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi
Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlari dasturlariga kiritilgan sport turlaridan kelib chiqib sport
turlari reyestrini qayta tasdiqlasin.
5. Belgilansinki, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab:
bolalar-o‘smirlar sport maktablari, ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari
hamda olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlariga
o‘quvchilarni qabul qilishda ularning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimi bo‘yicha
sport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirganligi muhim mezon hisoblanadi;
bolalar-o‘smirlar sport maktablari va ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport
maktablari faoliyatiga sportga keng jalb qilingan bolalar va o‘smirlar, davlat buyurtmasiga asosan
tayyorlangan unvonli va razryadli sportchilar, respublika va xalqaro sport musobaqalarida g‘olib
va sovrindor bo‘lgan sportchilar, olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlariga qabul qilingan
o‘quvchilar soniga qarab baho beriladi;
olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari, olimpiya va milliy sport turlariga
ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari hamda respublika oliy sport mahorati maktablari
faoliyatiga davlat buyurtmasiga asosan tayyorlangan unvonli va razryadli sportchilar, sport turlari
bo‘yicha milliy terma jamoalarning asosiy va zaxira tarkibiga kiritilgan sportchilar, Olimpiya va
Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo, O‘zbekiston chempionatlari (kuboklari)
g‘oliblari va sovrindorlari soniga qarab baho beriladi;
bolalar-o‘smirlar sport maktablari, ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari,
olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari, olimpiya va
paralimpiya zaxiralari kollejlari rahbarlarining sport bo‘yicha o‘rinbosarlari va trenerlari har yarim
yilda kamida bir marta umumiy o‘rta ta’lim maktablariga bevosita tashrif buyurib, iqtidorli
yoshlarni tegishli sport-ta’lim muassasalariga jalb qilish bo‘yicha seleksiya ishlarini amalga
oshiradi;
oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlar qabul qilish boshlanguniga
qadar kattalar va yoshlar o‘rtasida Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari dasturlariga kiritilgan
sportning olimpiya va paralimpiya turlari bo‘yicha Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo
o‘yinlarida oxirgi to‘rt yilda, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi bir yilda g‘olib va sovrindor
(1 — 3 o‘rin) bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus professional ta’lim
muassasalarining bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi
ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha davlat granti asosida kunduzgi, sirtqi, kechki ta’lim shakllariga
imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi;
olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlarining o‘rta maxsus professional ta’lim
bosqichining maxsus sport fanlarini muvaffaqiyatli (a’lo bahoda) tamomlagan bitiruvchilar
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va uning filiallariga hamda oliy ta’lim
muassasalarining jismoniy tarbiya va sport faoliyati yo‘nalishlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ikkinchi
bosqichga yakka tartibdagi suhbat orqali davlat granti asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi;
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va uning filiallarida 3-4-
kurslarda tahsil olayotgan talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti ularning yashash bo‘yicha
ro‘yxatga olingan joyidan qat’i nazar tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ustuvor ravishda davlat sport-
ta’lim muassasalarida tashkil etiladi;
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va uning filiallari
bitiruvchilariga yashash bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan qat’i nazar davlat granti asosida
maqsadli qabul parametrlarida ko‘rsatilgan tuman (shahar)da joylashgan davlat sport-ta’lim
muassasalarida 4 yil ishlab berish majburiyati yuklatiladi.
6. Respublika olimpiya zaxiralari kolleji bazasida uch yillik “spetsialitet” dasturni amalga
oshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasi shaklidagi ixtisoslashtirilgan Oliy sport mahorati
instituti tashkil qilinsin.
Belgilansinki, Oliy sport mahorati institutiga faqat olimpiya va paralimpiya zaxiralari
kollejlarini bitirib olimpiya sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoa a’zolari bo‘lgan yoshlarning
sport natijalariga qarab hamda seleksiya bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Turizm va sport vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, boshqa manfaatdor
vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvarga qadar ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan
holda Oliy sport mahorati instituti faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritsin.
7. Turizm va sport vazirligi (A. Abduxakimov):
uch oy muddatda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya
qo‘mitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining
kalendar rejasini tubdan qayta ko‘rib chiqib, yangi takomillashtirilgan tizimni joriy etishni nazarda
tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
uch oy muddatda tuman (shahar) markazlarida joylashgan sport-ta’lim muassasalari
faoliyati samaradorligini oshirish evaziga 2022 — 2025-yillarda ularni saqlash bilan bog‘liq
xarajatlarning budjetdan tashqari tushadigan tushumlari hisobiga qoplanadigan ulushini
bosqichma-bosqich oshirib borish bo‘yicha reja-jadvalini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
2022-yil 1-martga qadar barcha davlat sport-ta’lim muassasalari rahbarlari, ularning
o‘rinbosarlari hamda trenerlarini attestatsiyadan o‘tkazsin hamda uning natijasi asosida chuqur
bilim, tajriba va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish
choralarini ko‘rsin;
2022-yil 1-aprelga qadar Moliya vazirligi bilan birgalikda sport-ta’lim muassasalari
xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibini tubdan qayta ko‘rib chiqib, yangi takomillashtirilgan
tizimni joriy etishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. Belgilansinki, 2022-yil 1-avgustdan boshlab hududlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash,
tanlash va saralash (seleksiya) maxsus sport tizimini boshqarish platformasi (keyingi o‘rinlarda —
Platforma) orqali amalga oshiriladi.
Bunda:
Platforma Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
tomonidan IT-park direksiyasi rezidentlari bilan birgalikda ishlab chiqiladi va doimiy ravishda
texnik qo‘llab-quvvatlanadi;
Platformani ishlab chiqish va ishga tushirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston sport
delegatsiyasining 2021-yilda Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tgan yozgi XXXII Olimpiya
o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishi va ishtirok etishi xarajatlari smetasi doirasida iqtisod qilingan
mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi;
Platforma o‘tkaziladigan O‘zbekiston chempionatlari (kuboklari)ning barcha bosqichlari
bilan bog‘liq hujjatlarni raqamlashtirish, barcha sport-ta’lim muassasalariga o‘quvchilarni qabul
qilish, Davlat budjetidan sport sohasi, shuningdek, sport va ommaviy jismoniy tarbiya
tadbirlarining respublika va hududiy kalendar rejalari uchun ajratiladigan mablag‘lar taqsimlanishi
va ishlatilishining to‘liq nazoratini amalga oshirish, ular bo‘yicha hisobotlarni shakllantirish,
sport-ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lar tushumlarini nazorat qilish va
ishlatilishi shaffofligini ta’minlaydi;
Platforma sport sinovlarining platformasi (www.jtdss.uz) bilan integratsiya qilinadi;
sportchi yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) maqsadida Platformada
videoxosting joylashtiriladi;
Platformada joylashtirilgan eng yaxshi qisqa metrajli videoroliklar sport sohasining
malakali mutaxassislari xulosalariga asosan tanlab olinadi, eng yaxshi qisqa metrajli videorolikni
joylashtirgan shaxslar Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan
pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi;
Platformani ishlab chiqish va unga xizmat ko‘rsatish hamda keyinchalik
modernizatsiyalash bo‘yicha buyurtmachining funksiyalari Turizm va sport vazirligiga
yuklatiladi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Turizm
va sport vazirligi mazkur banddagi vazifalarni to‘liq amalga oshirsin hamda Platformaning 2022-
yil 1-iyulga qadar ishga tushirilishini ta’minlasin.
9. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra sport turlari bo‘yicha:
a) O‘zbekiston chempionatlari (kuboklari):
1-bosqich — mahalla (muassasa) miqyosida;
2-bosqich — tuman (shahar) miqyosida;
3-bosqich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar miqyosida;
4-bosqich — respublika miqyosida amalga oshiriladi;
b) O‘zbekiston chempionatlari (kuboklari)ning final bosqichlarida faqat mazkur
musobaqalarning quyi bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va tegishli hujjatlarni Platformaga
joylashtirgan jamoalar (yakka sportchilar) ishtirok etadi. Bunda, ushbu talablarga rioya qilinmasa
jamoalar (yakka sportchilar) ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
v) O‘zbekiston chempionatlari (kuboklari) bilan ketma-ketlikda mavjud paralimpiya
sport turlari bo‘yicha ham shu tartibda musobaqalar o‘tkaziladi.
10. Sport-ta’lim muassasalariga yosh o‘quvchi-sportchilar bilan ishlash tajribasiga ega va
faoliyatida yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan xorijiy mutaxassislar (trener, o‘qituvchi va
boshqalar)ni jalb qilishning quyidagi tizimi joriy qilinsin:
Turizm va sport vazirligi sport federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan birgalikda 2022/2023
o‘quv yilidan boshlab har bir olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejida kamida bitta sport
turidan xorijiy mutaxassis (trener va o‘qituvchilar)ni jalb qiladi va xorijiy mutaxassis ishtirokida
mahalliy sportchilarni tayyorlash metodikasi takomillashtiriladi;
Turizm va sport vazirligi sport federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan birgalikda xorijiy
mutaxassislarga 3 — 5 nafar malakali mahalliy mutaxassislar hamda talabalarni biriktirgan holda
tajriba almashish yo‘lga qo‘yiladi hamda trenerlar “Oltin fondi” yaratiladi;
xorijiy hamda mahalliy mutaxassislar va o‘quvchi-sportchilar ishtirokida Turizm va sport
vazirligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq mahorat saboqlari, seminar, konferensiya
va davra suhbatlari o‘tkaziladi;
olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalarning bosh (katta)
trenerlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish, shu jumladan xorijiy sport
mutaxassislarini ishga qabul qilish Turizm va sport vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
Tashqi ishlar vazirligi Turizm va sport vazirligi buyurtmanomalariga ko‘ra olimpiya va
paralimpiya zaxiralari kollejlari va boshqa sport-ta’lim muassasalariga jalb qilingan xorijiy
mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila a’zolariga kirish vizalarining konsullik yig‘imlari va
boshqa yig‘imlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlaydi;
Ichki ishlar vazirligi Turizm va sport vazirligi buyurtmanomalariga ko‘ra olimpiya va
paralimpiya zaxiralari kollejlari va boshqa sport-ta’lim muassasalariga jalb qilingan xorijiy
mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila a’zolariga davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik
vizalar berilishini va ko‘p martalik vizalar muddati uzaytirilishini hamda ular O‘zbekiston
Respublikasida yashash joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga olinishi va muddati uzaytirilishini
ta’minlaydi.
11. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
ajratilgan mablag‘lar doirasida:
mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid brifinglar,
press-konferensiyalar, tematik teleko‘rsatuvlar tashkil etsin;
Kinematografiya agentligi bilan birgalikda yoshlarning sportga kirib kelishidan boshlab
ularning yuqori natijalarga erishish yo‘li, nufuzli musobaqalardagi ishtiroki va bugungi kundagi
hayoti to‘g‘risida qisqa metrajli badiiy va hujjatli filmlar, videoroliklar, maxsus ko‘rsatuvlar
tayyorlanishini va ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan
birgalikda O‘zbekiston chempionati (kubogi), mamlakatimizda o‘tkaziladigan nufuzli xalqaro
musobaqalar (turnirlar)ning ular o‘tkazilishidan kamida ikki oy oldin tasdiqlangan media-reja
asosida ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ibot qilinishini amaliyotga joriy etsin.
12. Turizm va sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy
muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib
Bosh vazir o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi R.M.
Shaabduraxmanov, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi M.M. Tashxodjayev hamda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari
belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va
nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har yarim yilda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 5-noyabr,
PQ-5279-son
Do'stlaringiz bilan baham: |