Buxgalteriya hisobining boshqa hisob turlaridan farq qiladigan jihatlaridan biri shundaki, yuz bergan operatsiyaning summasi unda ikki marta, ya’ni bir schetning debetiga, boshqa bir schetning kreditiga yoziladi. Bunday yozuvga ikki yoqlama yozuv usuli deb ataladi.

Schyotlarga ikki yoqlama yozuvni, boshqachasiga, buxgalteriya yozuvi, buxgalteriya o‘tqazmasi deb ham ataydilar.

Buxgalteriya o‘tqazmalari oddiy va murakkab turlarga bo‘linadi.
Oddiy buxgalteriya o‘tqazmasi deganda ikkita schet qatnashgan, shundan biri debetlangan va boshqasi kreditlangan o‘tqazmaga aytiladi.

Oddiy o‘tqazmada
Debet 1010 1000000
Kredit 6010 1000000
Murakkab o‘tqazmalar – bu uch va undan ko‘p schetlar qatnashib tuzilgan o‘tqazmalarga aytiladi. Bunday o‘tqazmalarda bitta schet debetlanib, ikki va undan ko‘p boshqa schetlar kreditlanadi yoki shuning teskarisi bo‘ladi.

Murakkab o‘tqazmada
Debet 1010 1800000 Kredit 6010 1000000
Kredit 2810 500000
Kredit 4610 300000
Ta’minotchidan 1000000 sumlik materiallar kelib tushgan, operatsiyada 1010 «Materiallar» va 6010 «Ta’minotchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schetlar» schetlari qatnashadi. 1010- schet aktiv, unda ko‘payish yuz berayapti. Demak, ushbu schet debetlanadi. 6010 –schet passiv schet hisoblanadi, unda ham ko‘payish yuz berayapti. Demak ushbu schet kreditlanadi.

Ta’sischilardan ularning hissasi sifatida 300000 sumlik materiallar kelib tushdi. Operatsiyada1010 «Materiallar» va 4610 «Ta’sischilarning ustav kapitaliga badallari bo‘yicha qarzlari» schetlari qatnashadi. 1010- schet aktiv, unda ko‘payish yuz berayapti. Demak, ushbu schet debetlanadi. 4610 –schet ham aktiv schet hisoblanadi, unda kamayish yuz berayapti. Demak ushbu schet kreditlanadi.

Sintetik schyotlar – bu ma’lumotlarni faqat pul ifodasida qayd etib va jamlab beruvchi schyotlar.

Ular asosida yuritiladigan hisob sintetik hisob deb ataladi. 21- son BHMSda ko‘rsatilgan barcha schyotlar sintetik schyotlar hisoblanadi. Demak, davlat tomonidan faqat sintetik schyotlar reglamentlash-tiriladi.
Analitik schyotlar – bu ma’lumotlarni turli batafsilliklarda va turli o‘lchov birliklarida qayd etib va jamlab beruvchi schyotlar. Ushbu schyotlar asosida yuritiladigan hisob analitik hisob deb ataladi.

Analitik schyotlar korxonalar tomonidan mustaqil ravishda ochiladi va yuritiladi. Analitik schyotlar summalarining yig‘indisi sintetik schet summasiga teng bo‘lishi lozim. Masalan, korxonaning № 6010 «Ta’minotchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» sintetik schyotida aks ettirilgan jami qarzlarining summasi ushbu schyotga ochilgan analitik schyotlar (ushbu holda alohida ta’minotchilar) ning qarzlari summasining yig‘indisidan iborat bo‘lishi kerak.