Savollar va javobi 1. Xorazm qachon Axamoniylardan mustaqil davlat bo’lib ajralib chiqqan?
mil.avv.IV asrda
2. Xorazmda shaharsozlik qachondan boshlangan edi?
mil.avv.VII asrdan
3. Qal’aliqir shahri xarobalari qaysi asrlarga oid bo’lgan?
mil.avv.V-IV asr
4. Xorazmdagi qaysi yodgorlikda mahalliy hukmdorning ulkan qal’asi bunyod etilgan edi?
Qal’aliqir yodgorligi
5. Xorazmdagi qadimgi shaharlar Jonbosqal’a va Qo’yqirilganqal’a qaysi asrlarga oidligini
aniqlang?
mil.avv.III-II asrlar
6. Qaysi shahar xarobalari ostidan aylana shaklda qurilgan mustahkam ibodatxona qoldiqlari
topilgan edi?
Qo’yqirilganqal’a shahri
7. Tuproqqal’a shahrida qachon ulug’vor va muhtasham qurilish ishlari amalga oshirilgan edi?
milodiy II-III asrlar
8. Xorazmda kumush va mis tangalar qachondan zarb qilinib boshlangan?
mil.avv.I asr va milodiy asr boshlarida
9. Xorazmdagi qaysi yodgorlikdan O’rta Osiyo bo’yicha eng qadimgi yozuvlar topilgan?
Oybo’yirqal’a va Qo’yqirilganqal’a
10. Oybuyirqal’a yodgorligi qaysi asrga oidligini aniqlang?
mil.avv.V-IV asrlar
11. Xorazmdagi qaysi yodgorlikdan qadimgi xum sirtiga chekilgan yozuv topilganligini aniqlang?
Oybo’yirqal’a yodgorligi
12. Xorazmdagi qaysi yodgorlikdan qadimiy mahalliy yozuvlar topilgan edi?
Qo’yqirilganqal’a yodgorligi
13. Xorazmda I asrda ishlab chiqilgan mahalliy taqvimdan qachongacha foydalanilgan edi?
VIII asrgacha
14. Qang’ davlati Xitoy manabalarida qanday atalgan edi?
Qang’yuy
15. Saklar Qang’ davlatiga qachon asos solgan edilar?
mil.avv.III asrda
16. Qang’ davlati poytaxti qaysi shahar bo’lgan edi?
Qang’dez
17. Qang’dez shahri xarobalari hozirgi qaysi hududda bo’lganligini aniqlang?
Toshkent viloyati Oqqo’rg’on tumanida
18. Xitoy tarixchilari Qang’dez shahrini nima deb ataganlar?
Bityan
19. Qang’ qachon qabilalarning eng qudratli davlat birlashmasiga aylangan edi?
mil.avv.III asrda
20. Qang’ davlatining asosiy shaharlari qayerda joylashgan edi?
Sirdaryo sohillarida
21. Qang’ davlatidan Buyuk Ipak Yo’lining qaysi tarmog’i o’tgan edi?
shimoliy tarmog’i
22. Qang’ davlatining aholisi qanday atalgan edi?
qang’arlar
23. Qang’ davlati va Xitoy o’rtasida nima sababdan urushlar kelib chiqqan edi?
Buyuk ipak yo’lining shimoliy tarmog’i o’tganligi tufayli
24. Qang’ davlati qachon parchalanib ketganligini aniqlang?
III asrda
25. Qang’ davlati hozirgi qaysi hududda joylashganligini aniqlang?
hamma javoblar to’g’ri
26. Xitoy manbalarida Dovon deb nomlangan davlat boshqa manbalarda qanday atalgan edi?
Parkana
27. Dovon davlati qaysi asrda mavjud bo’lganligini aniqlang?
mil.avv.III-milodiy II asrlarda
28. Dovon davlati haqidagi Xitoy yilnomalari qaysi asrlarga oid bo’lgan?
I – II asrlarga
29. Xitoy tarixchilarining ma’lumotiga ko’ra qaysi davlat aholisi 70 dan ortiq shaharlarda
yashagan?
Dovon davlati
30. Dovon davlatida bo’lgan Xitoy sayyohi kimligini aniqlang?
Chjan Syan
31. Xon sulolasi davrida Dovon davlatining shimoliy hududlari qaysi dalat bilan chegaradosh
bo’lgan?
Qang’ davlati
32. Dovon davlati yuechjilar davlati(Kushon podsholigi) bilan qaysi tomondan chegeradosh
bo’lgan?
janub tomondan
33. Dovon davlatining poytaxtini aniqlang?
Ershi
34. Dovon davlatida Ershi shahrini qaysi davlat qo’shini qo’lga kiritgan edi?
Xitoy
35. Xitoy hukmdorlari qaysi davlatdagi otlarga «samoviy otlar» deb nom berganlar?
Dovon davlati
36. Farg’ona davlati qachon yuksak taraqqiy etgan edi?
mil.avv.II-I asrlarda
37. Sho’rabashat, Uchqo’rg’on shaharlari qadimgi qaysi davlat hududida bo’lganligini aniqlang?
Dovon davlati
38. Dovon davlati milodiy II asrda nima sababdan barham topganligini aniqlang?
ko’chmanchi qabilalar bosib olgan