Savollar: "Etika" fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi nimalardan iborat?



Download 20,97 Kb.
Sana12.01.2022
Hajmi20,97 Kb.
#338999
Bog'liq
Mustaqil ish


Mustaqil ish “Etika” fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati

Savollar:



  1. “Etika” fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi nimalardan iborat?

  2. . XXI asrda global etosfera tasviri qanday?

  3. Etikaning kategoriyalari qanday?



  1. “Etika” fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi. Qadimgi yunon faylasufi Aristotel o‘z davrida mavjud fanlarni ta’riflarkan, ularni uchta guruhga ajratadi: nazariy fanlarga falsafa, matematika, fizikani; ijodiy fanlarga san’at, badiiy hunarmandchilikni; amaliy fanlarga esa etika va siyosatni kiritadi. SHu tariqa Etika falsafa doirasidan ajralib chiqadi va mustaqil fan sifatida shakllana boshlaydi. Hozirgi vaqtda «Etika» ijtimoiy-falsafiy fanlar tizimida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan fandir. «Etika» (axloqshunoslik)–axloqning kelib chiqishi, mohiyati, xususiyatlari, jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqidagi fandir. U boshqa ijtimoiy fanlar singari o‘z qonunlari va kategoriyalariga ega bo‘lib, ular orqali o‘z xulosalarini bayon qiladi. «Axloq» so‘zi aslida arabcha so‘z bo‘lib, xulq-atvor, yurish-turish, tarbiya degan ma’nolarni anglatadi. Hozirgi vaqtda bu tushuncha jamiyatning axloqiy hayotida yuz beradigan barcha jarayonlarning majmuini aks ettiradi. Jamiyatning axloqiy hayoti deb kishilarning ijtimoiy, siyosiy va xuquqiy faoliyatida, oilasida va kundalik turmushida yuzaga keladigan o‘ziga xos munosabatlari shakliga aytiladi. Axloq tushunchasini ikki xil ma’noda ko‘rish mumkin: axloq umumiy tushuncha sifatida etikaning tadqiqot ob’ektini anglatsa, yakka tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xattiharakatining o‘ziga xos ko‘rinishini anglatadi. Xususan «odob», «xulq-atvor» ma’nolarida ham ishlatiladi. Aslida «axloq» va «odob» tushunchalari bir-biridan mazmun jihatidan farq qiladi. A. Sher «Axloqshunoslik» kitobida ko‘rsatishicha, «Odob-inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otadigan, lekin jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi. Axloq esa–jamiyat, zamon insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan ijobiy xattiharakatlar yig‘indisidir».42 Axloq inson va jamiyat o‘rtasidagi ob’ektiv aloqadorlik tufayli kelib chiqadigan, har bir shaxsning hayoti va faoliyatini boshqaradigan, tartibga soladigan prinsip va normalar majmuidir. Axloq ijtimoiy xodisa sifatida insoniyat jamiyati vujudga kelishi bilan bir vaqtda jamoalar bilan shaxslar o‘rtasidagi ehtiyoj va manfaatlarga xizmat qiluvchi aloqa tarzida vujudga kelib, o‘zining tarixiy taraqqiyotida: - insonning tabiiy xislatlarini o‘zgartiruvchi, yaratuvchi faoliyati shaklida umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi; - jamiyatda yashovchi har bir shaxsni har tomonlama kamol toptiruvchi ma’naviy ijtioiy omil asoslaridan biri. - kishilarning ichki tuyg‘ularini, hissiyotlarini o‘stirib, umuminsoniy moddiy va ma’naviy qadriyatlarini anglab etish, ularni asrash va kelgusi avlodlarga etkazib berish yo‘llaridan eng afzali; - oila va kundalik turmushda mavjud bo‘lgan oilaviy burch, o‘zaro hurmat, sadoqat, ornomus kabi an’analarni nasldan-naslga, avloddan-avlodga o‘tkazish asosida davom ettirish vositasi; - adolatli jamiyat qurish va unda boy-badavlat, tinch-totuv, baxtli yashash g‘oyasi sifatida muntazam ravishda rivojlanib kelgan va rivojlanadi. Axloqning negizini jamiyatning tarkibiy tuzilishi, xususan, undagi mulkiy munosabatlar, mehnat taqsimoti, aholining yoshi va ularning ehtiyoj va manfaatlari belgilaydi. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asosini xilma-xil shakllardagi mulklar tashkil etayotgan bir vaqtda, uni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlarini: - umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; - xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; - insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; - vatanparvarlikni tashkil qiladi. SHubhasizki, ana shu negizlar asosida O‘zbekiston xalqlarining yangicha mazmundagi ma’naviy-axloqiy dunyosi shakllanadi va qaror topadi. Bu esa, o‘z navbatida xalqimiz axloqining negizini belgilab beradigan asosiy omillardan biri hisoblanadi. Axloqning jamiyat xayotida tutgan o‘rni u bajaradigan funksiyalar bilan belgilanadi. Regulyativ funksiyasi – axloqning asosiy funksiyasi hisoblanadi. Regulyativ funksiya shaxs, xizmat jamoasi, davlat va jamoat institutlari faoliyatini jamiyatda mavjud bo‘lgan axloqiy normalar asosida boshqarib turishni anglatadi. SHu maqsadda bir qancha vositalarga tayanadi: axloqiy prinsiplar, jamoatchilik fikri, axloqiy avtoritet, an’analar, urf-odatlar va hokazo. Axloq nafaqat alohida shaxs, balki butun jamiyatning ham hulq-atvorini boshqaradi. Aksiologik funksiyasi (baholash) – yuqorida ta’kidlaganimizdek, har qanday axloqiy xattiharakat u yoki bu qadriyatlar sistemasi orqali baholanadi. «Axloqiy-axloqsiz», «yaxshiyomon» nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda xatti-harakatlar, munosabatlar, motivlar, qarashlar, shaxsiy sifatlar baholanadi. Axloq inson tomonidan qadriyatlarni o‘zlashtirish, ularni rivojlantirishni ham nazorat qiladi. Informatsion (bilish) funksiyasi- axloqiy bilimlar hosil qilishga qaratilgan bo‘lib, axloqiy prinsiplar, normalar, kodekslar ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar haqidagi informatsiya manbai hisoblanadi. SHu bilan birga odatiy va ekstremal vaziyatlarda, konfliktli va tang holatlarda axloqiy tanlov masalasiga e’tibor qaratiladi. Demak, axloq olamni, insonni, uning mohiyatini, hayotining ma’nosini anglashga yordam beradi. Tarbiyaviy funksiyasi–har qanday tarbiya tizimi – bu eng avvalo axloqiy tarbiya tizimi hisoblanadi. Axloqiy tarbiya axloqiy norma, odat, an’ana, umumiy xulq-atvor namunalarini aniq tashkiliy tizim holiga keltiradi, axloqiy bilimlarni axloqiy ishonch-e’tiqodga aylantiradi, konkret vaziyatlarda axloqiy bilim va ishonch-e’tiqodni qo‘llashda ijodiy yondashuvga o‘rgatadi. Demak, axloq nafaqat norma va qoidalarga rioya qilishni, balki o‘z-o‘zini nazorat qilishga o‘rgatadi. SHu erda, axloqning alohida funksiyalarini ajratish shartli xarakterga ega ekanligini qayd qilish lozim. Chunki real hayotda ular bir-biri bilan uyg‘un holda namoyon bo‘ladi. Axloq bir vaqtning o‘zida boshqaradi, tarbiyalaydi, yo‘naltiradi va hokazo.



  1. XXI asrda global etosfera (axloqiy muhit)ni yaratishning zaruriyati. Axloqshunoslik hamma davrlarda ham yuksak ahamiyat kasb etib kelgan fan. Shu o‘rinda Respublikamiz Birinchi Prezidenti Islom Karimovning quyidari qimmat fikrlarini keltirish joiz: “Aslini. olganda, axloq - ma’naviyatning o‘zagi”, “Inson axloqi shunchaki salomaliq xushmuomalalikdagina iborat emas. Axloq - bu, avvalo, insof va adolat tuyg‘usi, iymon, halollik degani”. Bu fikrlar, bir tomondan, eski tuzumdan qolgan axloqsizlik ko‘rinishlariga loqayd qarovchilarga va axloqshunoslikni engil-elpi, ikkichi darajali fan sifatida tushunuvchilarga adolat zarba bulsa, ikkinchi tomondan, axloqning yangi jamiyatimizdagi ulkan mavqeini xamda axloqshunoslikning jiddiy nazariy tadqiqotlarga suyanishi kerakligini ta’kidlaydi. Ana shu yangilanish jarayonida aloqshunoslikning - o‘rni bor. Uning oldidagi demokratik va xukuqiy davlat barpo etishga kirishgan mamlakatimiz fuqarolarining, ayniqsa, yoshlarning axloqiy darajasiga mas’ullik va har tomonlama kamol tonran zamon kishisi tarbiyasini nazariy asoslashdek ulkan vazifalar turibdi. Ularni faqat qadimiy va hap doim zamonaviy bulib kelgan axloqqa yangicha yondoshuvlar asosidagina amalga oshirsa buladi. Ayni paytda, ularni axloqshunoslik fani oldida turran vazifalarning bir qismi, ta’bir joiz bulsa, milliy axloqshunoslik vazifalari deb atash mumkin. Zero fanimizning xozirgi kunda umumjahoniy global muammolarni hal qilishdek vazifasi xam borki, u haqda alohida to‘xtalmaslikning iloji yo‘q. Ulardan biri, eng muhimi sayyoramizda “etosfera” axloqiy davrini yaratish bilan bog‘liq Ma’lumki, yuzlab asrlar mobaynida inson kichik biologik olam sifatida katta biologik olam ichida, uning bir narchasi, jonli organizmlar podshosi, oqil va xukmron qismi sifatida yashab keldi. XX asrning oxiridan boshlab, ayniqsa XX asrdi u o‘z tafakkur quvvati bilan, ilmiytexnikaviy inqiloblar tufayli ana shu biosfra ichida noosferani-texnikaviy muhitni yaratdi. Mana, hozirgi kunda, karang ertalabdan kechgacha biz o‘z texnikaviy kashfiyotlarimiz ichida yashaymiz-eymiz, ichamiz, yuramiz, uxlaymiz, ularsiz xatimizni tasavvur qila olmaymiz. Bular metro, avtobusm, televozor, radio, telefon, eskalator, pleyr, kompyuter, poezd, tayyora, teploxod, gaz plitalari, elektr asboblari, zavrodlar, lokatorlar, kimyoviy dori darmonlar va h.k. Bugun video telefonda gaplashar ekanmiz, yuzlab chaqirim naridagi suhbatdoshimizni ko‘rish va u bilan gaplashish uchun ot-ulovda yoki piyoda boradigan bo‘lsak necha kunlab yo‘l bosishimiz kerakligi haqida o‘ylab o‘tirmaymiz, to‘g‘rirog‘i bu esmizga ham kelmaydi. CHunki texnika bizning yashash muhitimizga aylanib qolgan. Faqat bugina emas. Inson endilikda o‘zi yashayotgan butun boshli sayyoraga ta’sir ko‘rsata boshlaydi. Yer tarixida inson birinchi marta ulkan biologik kuch bo‘lib maydonga chiqdi. Insoniy tafakkur harakat biosferadagi o‘zgarishlarning asosiy sababiga aylandi. Bu haqda neosfera ta’limoti asoschilaridan biri buyuk rus olimi V.I.Vernadskiy shunday degan edi: “Bugun geologik davr mobaynida yaratilgan, o‘z muvozanatlarida barqarorlashgan biosfera inson ilmiy tafakkuri bosimi ostida tobora kuchliroq va teranroq o‘zgarishga kirishdi... Aftidan inson ilmiy tafakkuri harakatining bu tomoni tabiiy hodisa bulsa kerak.. Hozir biz biosferadagi yangi geologik evolyusion uzgaripsharni boshdan kechiryapmiz. Biz noosfraga kirib boryapmiz”. Ammo noosfera faqat ijobiy emas, balki salbiy hodisa sifatida ham namoyon bo‘lmoqda. Atom, vodorod, neytron bombalarining kashf etilishi, yadro kallakli ballistik raketalarning yaratilishi ana shunday salbiy hodisalardandir. Bundan tashqari, noosferaning vujudga kelishi atmosferani, olamiy okeanni, er osti va er usti suvlarini, nabototni, hayvonotni, xatto insonni ich-ichidan kimyoviy zaharlanishga olib keldi. Hozirgi kunda tirik organizmlarning, o‘simliklarning, hayvonlarning ko‘pgina turlar jisman yo‘q bo‘lib ketish arafasida turibdi. Ayniqsa joy topolmay okeanda, kemalarda suzib yurgan radioaktiv chiqindilarki ularning kimsasiz go‘zal orollarga ko‘mib tashlanishi, kislota yomg‘irlarini ko‘payib borishi singari hodisalar bag‘oyat xatarli. Afsuski, inson bila turib o‘zi o‘tirgan shoxga bolta urishni to‘xtatmayotir. Bu muammolarning hal etilishi faqat atrof-muhitni kimyoviy zahardan ekologik tozalanishigina emas, balki, eng avvalo, global ma’noda, XX asr kishisi ongini texnokratiya zaharidan forig‘lantirishni taqozo etadi. Ya’ni, ular insoniyat oldida endilikda ekologik hodisa emas, balki tom ma’nodagi axloqiy muammolar sifatida ko‘ndalang bo‘lib turibdi. Mashhur avstriyalik etolog olim, Nobel mukofoti laureati Konrad Lorens: “Yoppasiga va tez yoyilib borayotgan jonli tabiatga begonalashish hodisasining asosiy sababi sivilizatsiyamiz kishisidagi estetik va axloqiy to‘poslikdir”, degan suzlari shu nuqtai nazardan ayni haqiqat. Yuqorida aytilganlardan chiqadigan xulosa bitta: kelajakda inson o‘zini va o‘z sayyorasini muqarrar halokatdan kutqapaman desa - XX asrdan boshlab etosfera davriga o’tishi kerak; axloqiylik har birimiz uchun har qadamda bugungi texnikaviy muhit kabi zaruratga aylangandagina bunga erishish mumkin. Bunda axloqshunoslik fanining o‘rni g‘oyatda beqiyos.



  1. Etikaning kategoriyalari, tamoyillari, me’yorlarining shaxs va jamiyat munosabatlarida namoyon bo‘lishi Avval biz axloqiy hissiyotlarni axloqiy anglash uchun muayyan ma’noda material ekani to‘g‘risida birrov to‘xtalib o‘tgan edik. Bu xamda mumtoz faylasuflar xam e’tiborga sazovar fikr bildirganlar. Chunonchi, buyuk ingliz mutafakkiri Jon Lokk, tushunchada nimaiki bor ekan, u bundan avval hissiyotda mavjud bulgan, deb. ta’kidlaydi. “Tabiat qonuni borasidagi tajribalar” asarida u shunday deb yozadi “Agar hissiyotdan aqlga narsalar qiyofasi etkazib berilmasa, u xolda tafakkur uchun xech qanday material berilmagan buladi va aql bilishni tarakkiy ettirishi borasida tosh, yog‘och, kum va xokazo qurilish materiallarisiz me’mor bino kurishda qanchalik ish qila olsa, shunchagina ish bajara biladi”. Aqlni ideallashtirish, hissiyotni ikkinchi darajali omil sifatida talqin - etish, afsuski, Lokkga unga o‘xshash ba’zi mutafakkirlar, fikrlarini hisobga olmaslik keyingi davrlarda, ayniqsa, kuchaydi. Xegel singari faylasuflar esa bugun borliqni mantiqiylashtirish yo‘lidan bordilar. Lekin XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, Farb allomalari bu yo‘lning ko‘p jixatdan yanglash ekanini angladilar. XX asr mutafakkirlari, puhiy tahlil falsafasidagi yangi froydchilik oqimining atoqli namoyandalaridan biri Karl Yung shunday deb yozadi “g’arb kishisi” ruhiy (“psixologik”), so‘zini eshitganida, uning uchun “u shunchaki ruxiy” tarzida jaranglaydi. Uning uchun “psixe” - qalb qandaydir, achinarli darajada kichik, e’tiborga noloyiq, shaxsiy, sub’ektiv v.h.. SHu sababli “ruh” (qalb) o‘rniga “aql” so‘zini ishlatish ma’qul ko‘radi...” Boshqa bir o‘rinda “... barcha metafizik muloxazalar uchun ijodiy zamin aynan qalbning (ma’naviylikning) ko‘zga ko‘rinmas, etishib bo‘lmas tarzdagi inikosi hisoblangan ongdir...”, degan fikrni bildiradi. Darxaqiqat, “yurak va aql”, “hissiyot va ong” bahsida Farb, ayniqsa, bizning XX asrda, so‘zsiz, birinchilikni aqlga, ongga beradi. Yuqoridagi kabi fikrlar istisnoli xollardir. Shu bois axloqshunoslik nuqtai nazaridan muxabbat xaqida gap ketsa, uni xissiyot, deb yana buning ustiga, ta’riflash qiyin bulgan tuyg‘u, deb ataydilar va uni tushuncha tarzida olib qarashdan cho‘chiydilar. Vaholanki, muxabbat aynan axloqiy hissiyot va axloqshunoslikning bosh mezoniy tushunchasidir. 2. Muxabbat bosh mezoniy tushuncha sifatida deyarli barcha asosiy tushunchalarda va tamoyillarda o‘z “xissa”siga ega. Na ezgulikni, na yaxshilikni, na vataparvarlikni, na insonparvarlikni muxabbatsiz tasavvur etib bulmaydi. Qo‘shimcha qilib shuni aytish mumkinki, u-insonni tashqi va transsendentrat olam bilan bog‘lovchi, uni yolg‘izlikni olib chiqadgan buyuk kuch muxabbatning ob’ekti doimo go‘zallik, manfaatsiz go‘zallik. U - Olloxmi, Vatanmi, yormi - muxabbat egasiga undan-da go‘zalroq narsa yo‘q. Ayni paytda bir ob’ektni cevgan kishi boshqa ob’ektlarni xam sevmasligi mumkin emas. Deylik, yorga bulgan xaqiqiy muxabbat Vatanga, insoniyatga muxabbatni inkor etmaydi, aksincha, barqaror qiladi. Zero “o‘z-o‘zicha”, yakka, “xudbin” muxabbatning bulishi mumkin emas. Inson o‘zi-o‘zgaga aylanganida, o‘zgani o‘ziga aylantira olganida xaqiqiy muxabbat egasi hisoblanadi. Mana shu ob’ekt bilan sub’ekt orasidagi farqning yo‘qolishi eng buyuk, eng mukammal lazzatdir. Buni Mavlono Fuzuliy nihoyatda go‘zal qilib, bir baytda shunday ifodalaydi Ishqdir ul, nasha’i komilkim, andandir mudom Mayda tashviri harorat, nayda ta’siri sado. Komil nasha, komil lazzatga faqat komil insongina erisha oladi. Demak, muxabbat inson axloqiy xayotining cho‘qqisi, komillik belgisidir. Shu bois xaqiqiy muxabbat egalari yoshlar tomonidan doimo axloqiy ideal tarzida qabul qilinadi: Farxod va Shirin, Romeo va Juletta, Otabek va h. Shuni ta’kidlash lozimki, muxabbat - oliy tuyg‘u, shu ma’noda u oliy tushuncha. Lekin uni tuban, quyi narsa xodisalarga nisbatan xam qo‘llash hollari uchrab turadi. Chunonchi, Fromm singari g’arblik mutafakkirlar, ba’zi rus faylasuflari muxabbat tushunchasini o‘likka (nekrofil), mol-dunyoga, pulga nisbatan qo‘llaydilar. Ularga nisbatan “o‘chlik”, “ruju”, “hirs” singari tushunchalarni qo‘llash ma’kul emasmikan? Muxabbat ham axloqshunoslikdagi ko‘pgina tushunchalardek, “juftlik” xususiyatiga ega, uning ziddi - nafrat. Nafrat tushunchasi, albatta, muhabbat singari keng qamrovli emas. U aksil muhabbat tarzida namoyon bo‘lgan ob’ektdan chetlashish, undan begonalashishni taqozo etadi. Xazar, jirkanch hissi nafratning kundalik turmushidagi tor, “mayda” ko‘rinishidir. Nafratning ularga nisbtan “yirikligi” uning ijtimoiy hodisa sifatida namoyon bulishidir. Ayni paytda, bu tushuncha g‘azabdan, keskin. farq qiladi. U, g‘azabga o‘xshab, o‘z ob’ektini yo‘qotishga intilmaydi, undan faqat yuz buradi. Ko‘rinishdan, nafrat kishida yoqimsiz taassurot uyg‘otsa-da, aslida u asosan illat emas, axloqiy fazilat sifatida insonning vijdonliligidan, botiniy jasoratidan dalolatdir. Nafratdan tashqari yana rashk hisi borki, u –ijtimoiy hodisa emas, faqat jinsiy muhabbat bilan yonma-yon keladi. Ma’lumki, muxabbat egasi o‘z sevgisini va sevgilisini qizg‘anib, asrab qolishga harakat qiladi. Yana shu qizg‘anish hissi me’yoridan oshib-ketganda rashkka aylanadi. Rashk esa, uni qanchalik ta’rif tavsif qilmaylik - me’yorning bo‘zilishi, illat. Mezoniy tushunchalar orasidagi yana bir juftlik - ezgulik va yovuzlik, ezgulik axloqshunoslikdagi eng asosiy kategoriyalardan. U inson faoliyatining asl mohiyatini anglatadi. Tangri irodasining inson qalbidagi tajassumi sifatida namoyon buladi. Ezgu uy, ezgu so‘z, ezgu a’mol” uchligi “Avesto”dan toptib, barcha muqaddas kitoblarda etakchi o‘rinni egallashi ham shundan. Ezgulik - inson shaxsining komilikka, baxtga, jamiyatni esa yuksak tarqqiyotga yetkazuvchi vositadir. U insonning axloqiy faoliyati tufayli muayyanlashadi, yuzaga chiqadi. Uni sinfiylik yoxud partiyaviylik qobig‘iga o‘rash mumkin emas. Chunonchi, “sinfiy dushmanni”, ya’ni biror bir shaxsni yoki guruxni faqat boshqa sinfga mansub bo‘lgani uchun jisman yo‘qotish, qanchalik buyab-bejalmasin, ezgulik bulolmaydi. U tom ma’nodagi yovuzlikdir. SHu bois totalitar tuzumlarda ezgulikni bunday talqin etilishini noilmiyligini soxtaligi hozirgi kunda hammaga ayon. Ezgulik va uning ziddi yovo‘zlik odatiy, kundalik hayot mezonlari bilan ulchanmaydi, ular ham muhabbat singari, qamrovli va ijtimoiylik xususiyatiga ega. Ezgulikning axloqiy- ideal bilan bog‘liqligi ham shundan. Shu tufayli u amaliyotda qahramonlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, jasurlik singari tamoyillarni o‘z ichga oladi. Shuni ham aytish kerakki, muxabbat va nafrat juftlik tushunchasida nafrat muhabbatni inkor etmay, aksincha, uning barqarorligidan dalolat bersa, ezgulik va yovo‘zlik juftligida har ikkisi tushuncha bir-birini tamomila inkor etadi. Na faqat inkor etadi, balki ular orasida hayot-mamot kurashi ketadi va bu kurash abadiy kurash sifatida olamni hapakatga keltiruvchi kuch tarzida nomoyon buladi

Download 20,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish