Savollar: Davlat tushunchasining mazmun mohiyati nimada?



Download 155,29 Kb.
Sana25.07.2021
Hajmi155,29 Kb.
#128372
Bog'liq
2-nazorat savollari


Bajardi: Kamilov Abrorbek

O`zbek tarix

2-nazorat savollari

Savollar:

1.  Davlat tushunchasining mazmun mohiyati nimada?

2.  Davlatning shakllanishi va paydo boʻlishidagi asosiy omillarni koʻrsating.

3.  Oʻrta Osiyodagi ilk davlatlarning boshqaruv tizimi qanday boʻlgan?

4.  Katta Xorazmning geografik oʻrnini toping.

5.  Qadimgi Baqtriya va Soʻgʻd hoqimligining davlat boshqaruv tizimi qanday boʻlgan?

6.  Oʻrta Osiyoga ajnabiy bosqinchilarning hujumi qanday oqibatlarga olib keldi?

7. Salavkiylar qachon va qanday qilib hokimiyat tepasiga keldi?

8.  Yunon-Baqtriya davlati Salavkiylar davlatidan qachon, qanday ajralib chiqqan?

9.  Oʻrta Osiyoda mahalliy davlatchilik qanday rivojlandi?

10. Qadimgi Dovon va Qangʻ davlatlarining boshqaruv tizimi qanday boʻlgan?

11. Kushon saltanatining geografik oʻrnini aniqlang.

12. Kushon podshohligidagi ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning rivojlanish jarayoni qanday kechgan?

Javoblar:


  1. «Davlatchilik bugungi kunda o‘ta siyosiy masala bo'lib turibdi. Nega deganda, O'zbekistonda davlatchilik bo'lmagan, deb orqavarotdan tashviqot yuritayotgan, shu fikrni ongimizga singdirmoqchi bo‘layotgan, kerak bo‘lsa, xalqaro jamoatchilikni shunga ishontirishga urinayotgan kuchlar hali bor. O'zbek tarixchilarining bugungi kundagi asosiy vazifasi mana shu da'voning puch ekanligini isbotlash, davlatchiligimizning ilmiy nuqtayi nazardan asoslangan tarixini yaratishdir»

  2. Mehnat qurollarining takomillashishi natijasida yerga ishlov berish yaxshilanib, ekin maydonlari kengayib, odamlarning mehnati unumliroq bo'lib bordi. Temirning kashf etilishi, undan yasalgan mehnat qurollari qishloq xo'jaligi va hunarmandchilikning tez o'sishiga olib keldi. Odamlarning daryolarni bo'g'ib, to'g'onlar qurib, kanallar qazib yerlarga suv chiqarish imkoniyati kengaydi. O'rgatilgan ishchi hayvonlari qo'shilgan temir tishli omochlar bilan yer haydashning o'zlashtirilishi hosildorlik oshishini, ko'proq mahsulotlar yetishtirishni ta’minladi. Bu odamlar turmushini ancha yaxshiladi, umrini uzaytirdi, aholi son jihatdan ko‘payib bordi. Urug‘chilik munosabatlari ham o‘zgarib boradi. Ikki urug* a'zolaridan tashkil topgan er-xotin - juft oilalar vujudga keladi. Katta patriarxal oilalar urug' jamoalaridan ajralib chiqadi, ularga urug* jamoalariga qarashli yerlardan chek yerlari ajratib beriladi. Shu tariqa urug'jamoasining umumiy xo'jaligi oilalar jamoasiga bo'linadi. Bunday oilalar jamoasi ishlab chiqarish jamoalari deb ham ataladi. Katta oila jamoasining oqsoqoli bir vaqtning o'zida oila jamoasi uchun diniy va dunyoviy boshliq, piru ustod va murabbiy bo'lgan. Urug' - qishloq oqsoqoli esa butun qishloq ahlining boshlig'i hisoblangan

« Avesto »da jamiyat tarkibining bo`linishi: «Nmana» - katta patriarxal oila

«Vis» - «nmana»lar birikuvidan hosil bo'lgan urug‘ jamoasi

«Varzana» - «Vis»lar birikuvidan vujudga kelgan yirik qo'shni jamoa

«Zantu» - qabilalar uyushmasi



«Daxyu» - qabilalar ittifoqi

  1. O'rta Osiyo hududidagi ilk davlat tuzilmalari to'g'risida qadimgi yozma tariximizning eng noyob manbasi hisoblangan «Avesto» kitobi, shuningdek, qadimshunos olimlarning o'lkamizning turli hududlarida olib borgan arxeologik - qidiruv ishlari, ularning natijalari muhim manba hisoblanadi. Shuningdek, qadimgi Yunon, Rim va Eron manbalari asosida ham bu masalani oydinlashtirish, yetarli, asosli fikrlarni aytish mumkin bo‘ladi. Bu o ‘rinda Yunon, Rim mualliflaridan Gerodot, Ktesiy, Strabon, Arrian va boshqalarning asarlari, yodnomalari, forsiy mixxat yozuvlari, qolaversa, o'lkamizda keng ko'lamli arxeologik tadqiqotlar olib borgan Ya.G'ulomov, S.Tolstov, V.Masson, A.Asqarov, E.Rtvaladze, A.Sagdullayevlarning ilmiy tadqiqotlari alohida ahamiyatga molik. Arxeolog olimlarimizning so'nggi tadqiqotlari asosida fikr yuritadigan bo'lsak, 0 ‘zbekiston hududida bronza davridayoq, 2- ming yillik o‘rtalarida kichik shahar davlatlari shakllangan.

  2. Katta Xorazmning geografik oʻrni- Amudaryo quyi havzasidan Turkmaniston janubiga qadar; Shuningdek, O'rta Osiyoning Markaziy tumaniarini o'ziga birlashtirgan O'rta Osiyoning keng hududlarini o'z nazoratida I tutgan qabilalar konfederatsiyasi.

  3. Xorazm va Baqtriya davlatlari dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, shahar sozlik, mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish qurollarining takomillashib borishi ulug‘ bobokalonlarimiz o‘lmas dahosi, salohi yatining yorqin ifo da si dir. Bular O‘zbekiston hududidagi dastlabki davlatchilik tarixiy tajribasining muhim jihatlari, namunalari sifatida alohida qimmatga ega.

  4. «Avesto» 21 kitobdan iborat bo'lgan. Abu Rayhon Beruniyning «O'tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar» kitobida ta'kidlanishicha, Eron podshohi Doro davrida «Avesto» to'liq holda 12 ming qora mol terisiga zarhal xarflar bilan bitilgan. Makedoniyalik Iskandarning Sharqqa istilosi davrida uning buyrug'i bilan zardushliylik ibodatxonalari vayron qilinganidek, muqaddas «Avesto»ning 5 dan 3 qismi ham kuydirib yuborilgan. Kcyinroq Parfiya podshohlari Vologez I va Vologez V davrida (1- II asrlarda) «Avesto»ning qolganqutgan qismlari to'plangan. Sosoniylar davrida (III- IV asrlarda) «Avesto» qismlari jamlanib, pahlaviy tilida yangidan kitobot holiga keltirilgan. Hozirgacha «Avesto»ning jami 21 qismidan «Gotlar», «Yasna», «Vandidot», «Yashtlar», «Vispirad», «Kichik Avesto» nomli kitoblari yetib kelgan.

  5. Antik dunyo tarixida makedoniyalik Iskandar Zulqamayn (Aleksandriya, Makedoniya podshosi Filipp II ning o'g'li) olamga dovrug' taratgan jahongir hukmdorlardandir. Yunoniston, Kichik Osiyo. Arabiston hududlarini qudratli harbiy kuch bilan egallab, o'sha joylarda o'z hukmronligini o'rnatgan Iskandar mil. av. 331 — yil oktabrida Gavgamela yonida (shimoli-sharqiy Mesopotamiya) bo'lgan jangda Eron qo'shinlarini yengadi. Eron podshohi Doro III lskandardan uzil-kesil yengilib, mamlakat sharqiga, Baqtriyaga qochadi. U yerda esa, Baqtriya satrapi Bess tomonidan o'ldiriladi. Tcz orada Iskandar qo'shini ortiqcha qarshiliksiz Baqtriya poytaxti - Baqtra (hozirgi Balx) shahrini hamda Aorn, Drapsak singari mustahkam qal'alami egallaydi. Ko'p o'tmay, Bess qo'lga olinib, qatl etiladi. Mil. av. 328—yilda Xorazm shohi Farasman Baqtradagi Iskandar qarorgohiga o'z elchisini jo'natadi va ittifoqchilik bitimi imzolanadi. Shu boisdan Iskandar Xorazmga yurish qilmaydi. Mil. av. 329—yilda Oks (Amu) daryosi sohiliga yetib kelgan Yunon qo'shinlari daryodan o'tib Navtaka (hozirgi Qashqadaryoning KeshShahrisabz vohasi)ga kirib boradi. Endigi harakat yo'nalishi So’g'diyona poytaxti - Marokanda (Samarqand)ga qaratiladi.

  6. Mil. av. 329—yil kuzida So‘g‘diyonada boshlanib, O'rta Osiyo mintaqasining boshqa hududlarida keng aks sado bergan xalq qo'zg'oloni yurtimiz ozodligi tarixida chinakam yangi sahifa yozgan. Iskandar tajovuzi va zulmiga qarshi ko'tarilgan bu ommaviy harakatga so'g'd xalqining mard o'g'loni Spitamen boshchilik qildi. So'g'diyona va Baqtriyada mahalliy xalqlarning chuqur ishonchini qozongan, katta harbiy salohiyat sohibi Spitamen xalqdan lashkar tuzib, dastlab Iskandarning Marokandada qoldirib ketgan harbiy garnizoniga hujum qilib uni yanchib tashlaydi. Bu xabar yerli aholiga katta ruhiy quwat bag'ishlab, ajnabiylarga qarshi faol kurashga turtki beradi. Iskandar o'z qo'shinining bir qismini sarkarda Menedem boshchiligida qo'zg'olonchilarga qarshi Marokandaga yo'llaydi. Bu davrda Iskandarning o'zi Yaksart (Sirdaryo)ning chap sohilidagi shaharlar va aholi turarjoylarini bo'ysundirish uchun og'ir janglar olib borayotgan edi. Ajoyib jang taktikasini qo'llagan Spitamen Iskandar lashkari Marokandaga yaqinlashib kelayotganini eshitgach, darhol shaharni -tark etib, Politimet (Zarafshon) daryosining quyi oqimi tomon jang qilib chekinadi. So'ngra bu yerdagi dashtli ko'chmanchilarning otliq askarlari bilan qo'shilib, kutilmaganda qarshi hujumga o'tadi. Bundan sarosimaga tushgan yunon qo'shini katta talofatga uchrab, qolgan-qutgan jangchilari bilan shaharga chekinadi. Spitamen Marokandani qamal qiladi.

  7. bilan shug'ullangan. Daryo va soylarga tutash vohalarda dehqonchilik madaniyati rivojlangan. Shaharlarda savdo-sotiq, hunarmandchilik rivoj topgan. Mahalliy hunarmandlar tayyorlagan urush qurollari (qilich, xanjar, oybolta, o'tkir uchli nayzalar va b.), xo'jalik asbob-uskunalariga talab - ehtiyoj katta bo'lgan.

  8. Kushonlar davrini shartli ravishda ikkiga bo`lish mumkin: 1)ilk kushonlar davri (Katfiz I ва Katfiz II), bu davrda siyosiy markaz O`zbekistonning janubida va shimoliy Afg`onistonda bo`lgan; 2) Kanishka va uning vorislar davri, bu davrda siyosiy markaz shimoliy-g`arbiy Hindistonga ko`chadi;

  9. Kushonlar saltanatining kuchayishi Kanishka (78-123— yil) davriga to’g'ri keladi. Bu paytga kelib Hindistonning Peshovar, Panjob, Kashmir va boshqa markaziy hududlari, shuningdek, Farg'ona, Sharqiy Turkistonning ancha qismi uning davlati tarkibiga kirgan edi. Bu davrda mamlakat poytaxti ham Peshovarga ko'chirilgan. Kanishka mamlakat ichki hayotida muhim ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy o'zgarishlarni amalga oshirish barobarida tashqi siyosatda ham g'oyatda uddaburonlik bilan faoliyat yuritadi. Uning din sohasida o'tkazgan islohoti muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Uning davrida diniy tenglik va bag'rikenglikka alohida e’tibor berilgan. Garchand bu vaqtda ma’budalar ichida xudo Nana alohida ulug‘lansa-da, biroq mamlakatning turli hududlarida mahalliy aholi oldindan e ’tiqod qilib kelgan boshqa dinlar erkinligi va daxlsizligi saqlanib qoldi. Hatto zarb etilgan oltin va kumush tanga pullarda Budda xudosi bilan bir qatorda mahalliy xalqlar e’tiqod qo'yib kelgan xudolar - Anaxita, Mitra, Veretragna, Vaxsh va boshqalarning ham tasvirlari tushirilganligi bunga yorqin dalildir.

  10. Xitoy hududidan boshlanib g'arb tomonga minglab kilometr masofaga cho'zilgan (12 ming km), Sharq bilan G'arbni tutashtirgan bu noyob savdo yo'li ulug‘ ajdodlarimiz sa’y-harakatlari samarasi o'laroq umumbashariyat tadrijiy taraqqiyotida yorqin iz qoldirgan. Buyuk Ipak yo'li Sharq-u G'arbni bog'lovchi, turli mamlakatlarning savdo-sotiq, tijorat aloqalarining eng asosiy vositasi bo'lganidan, bu yo'nalishda joylashgan davlatlar undan o'z manfaatlari yo'lida foydalanishga, yoxud bu borada o'z mavqeyini mustahkamlashga intilganlar va Hindistondan ip gazlama, ziravor va dorivor mahsulotlar, guruch, mushk-anbar va shu kabi narsalar keltirilgan. Ayni chog'da, o'zbek diyoridan bu mamlakatlarga qishloq xo'jalik mahsulotlari, mevalar, chorva mollari, otlar, gilamlar, zargarlik mahsulotlari, nafis junli matolar chiqarilgan. Buyuk Ipak yo'lining shuhrati XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrda, ya'ni Amir Temur va temuriylar davrida yanada ortdi. Sohibqiron mamlakatning yuksak rivojida xalqaro savdoning nechog'iik ulkan ahamiyat kasb etishini bilganligidan, bu sohani jadal rivojlanishiga alohida e’tibor bergan. Bunda yurt tinchligi, ulus farovonligi masalalari hardoim uning diqqat markazida turgan


Download 155,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish