Ekin maydonlari tarkibi va almashlab ekishni tashkil etish



Download 73 Kb.
Sana27.01.2017
Hajmi73 Kb.
#1204

Aim.uz

Ekin maydonlari tarkibi va almashlab ekishni tashkil etish

Ekin maydonlarining tarkibi deyilganda jami ekish maydonida ayrim turdagi ekinlar maydonining tutgan salmog`i tushuniladi. Ekin maydonlari tarkibi faqat agrotexnik tadbir bo`lib qolmay, balki yirik tashkiliy-iqtisodiy tadbir hamdir. Ekin maydonlari tuzilishi tuproq unumdorligini oshirish talabi bilan birga mahsulot turlari bo`yicha davlat reja-topshiriqlarini so`zsiz bajarish, tarmoqlarni o`zaro maqsadga muvofiq uyg`unlashtirish talablaridan ham kelib chiqadi. Shuning uchun ekin maydonlari ratsional tuzilishining asosiy vazifasi ekinzorlarning yuqori unumdorligiga erishish, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini sotish bo`yicha reja topshiriqlarini bajarish, xo`jalik ichki ehtiyojlarini qondirish uchun zarur miqdorda mahsulot yetishtirish va uning yuksak rentabelligini ta’minlashdan iborat. Qishloq xo`jaligi korxonalarida ekin maydonlari talabiga ko`ra almashlab ekish tizimi belgilanadi.

Almashlab ekish deyilganda ekinlarning yillar davomida ma’lum dalalarda rejali tartibda navbati bilan almashib turilishi tushuniladi. Bu ta’rif almashlab ekishning tor ma’nodagi tushunchasi bo`lib, unda agrotexnikaning mohiyati aniq ifoda etilgan. Lekin almashlab ekish keng ma’noga ega bo`lib, dehqonchilik tizimi yoki boshqacha qilib aytganda, dehqonchilik madaniyatining asosini tashkil etadi. U ham agrotexnik, ham tashkiliy-iqtisodiy tadbirlarni o`z ichiga oladi. Tashkiliy-iqtisodiy jihatdan almashlab ekish yerdan, ishlab chiqarish vositalari va ish kuchlaridan maqsadga muvofiq foydalanishining eng asosiy sharti, korxona faoliyati rentabel bo`lishining negizidir.

Agronomik nuqtai nazardan ekinlarni rejali tartibda navbat bilan almashtirib turishning zarurligi quyidagi sabablardan kelib chiqadi. Turli xil o`simliklarda ildiz tizimi turlicha chuqurlikda taraladi, shuning uchun ildizlarning tuproq har xil gorizontidagi ozuqa moddalardan foydalanishi ham turlicha bo`ladi. Hamma ekinlar tuproqdagi moddalarga ta’siri jihatdan 2 guruhga bo`linadi. Bir guruh ekinlar tuproqdan moddalarni hosil bilan olib chiqib ketadi. Boshqa guruh ekinlar havodan moddalarni olib, uni ildizida tuproqda to`playdi.

Shuning uchun bu ikki guruhga taalluqli ekinlarni o`zaro almashtirib turish tuproq unumdorligini saqlash va oshirish imkonini beradi. Ma’lum yer maydoniga bir necha yil bir xil ekin ekilaversa, yer kuchsizlanib qoladi, dalani begona o`tlar bosadi, har xil kasallik va zararkunandalar ko`payadi, nihoyat, tuproqda mikrobiologik jarayon yomonlashadi. Turli xil o`simliklar tuproq unumdorligining oshishiga turlicha ta’sir ko`rsatadi. Chunki hosil yig`ishtirib olingandan so`ng tuproqda turli miqdorda ildiz massasi qoladi. Bular tuproqda ozuqa moddalari to`plab, chirigandan so`ng, qimmatli organik o`g`itga aylanadi. Demak, ular tuproqni ozuqa moddalari bilan boyitishdan tashqari uning mexanik va fizik xossasini ham yaxshilaydi. Qishloq xo`jalik korxonalarida almashlab ekish ma’lum tizimda loyihalashtiriladi va qo`llaniladi.

Almashlab ekish asosan dalachilik, yem-xashak (ferma oldi) va maxsus almashlab ekishdan iborat uchta turga bo`linadi. Dalachilik almashlab ekishi almashlab ekishning eng ko`p tarqalgan turi bo`lib, don ekinlari, kartoshka, lavlagi, texnik va boshqa dala ekinlari yetishtirishda qo`llaniladi. Bu turdan mamlakatimiz ekinzorlarining yarmidan ko`prog`ida foydalaniladi.

Asosiy ekinga ko`ra, dala almashlab ekishi don, lavlagi, paxta beda va hokazo almashlab ekish turlariga bo`linadi. Yem-xashak chorvachilikning zarur ozuqaa talabini qondirishga yo`naltirilgan bo`lib, har xil ozuqa ekinlarini yetishtirish uchun mo`ljallanadi. Yem-xashak almashlab ekishda ozuqabop ekinlar jami ekinzorning yarmidan ko`prog`ini tashkil qiladi. Ferma oldi yem-xashak almashlab ekishida ko`k o`tlar, shirali ozuqalar etishtirilishi asosiy o`rinni egallaydi va chorvachilikda yil davomida «yashil konveyer»ni tashkil qilishning asosi hisoblanadi.

Maxsus almashlab ekish maxsus sharoit va agrotexnikani talab qiladigan ekinlarda qo`llaniladi. Masalan, sho`rlangan yerlarni melioratsiyalashda qo`llaniladigan almashlab ekish, sholichilik almashlab ekishi va hokazo.

O`rta Osiyoning sug`oriladigan yerlarida g`o`za asosiy ekin hisoblanadi. Shuning uchun sug`oriladigan umumiy maydonning kamida 50-60 foizini g`o`za, qolgan 40-50 foizini g`alla, yem-xashak, ozuqa-ovqat ekinlari tashkil etishi kerak. Beda em-xashak ekinlari orasida yetakchi o`rinni egallaydi.

Qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtirish turli hududlarda va hatto bir korxonada turli tuproq sharoitlarida olib borilganligi tufayli surunkasiga mo`l va arzon mahsulot yetishtirishni ta’minlash uchun hatto bir korxonada almashlab ekishning turli sxemalari qo`llanilishi mumkin. Paxtakor xo`jaliklar uchun 10 dalali (3:6:1) va 12 dalali (3:6:3) almashlab ekish sxemalari tavsiya etilishi mumkin. Bunda bo`luv nisbati bilan berilgan raqamlar ekinlar turini, ekilish navbatini va necha dalani egallashni bildiradi (3:6) sxemada birinchi raqam bedani, ikkinchi raqam g`o`zani (paxtani), uchinchi raqam g`allani bildiradi, ya’ni bu sxemada paxta-beda-g`alla almashlab ekiladi. Bu almashlab ekish sxemasida uch dalani beda, olti dalani paxta va uch dalani g`alla egallaydi. Bir dalaga 3 yil davomida beda ekilgandan keyin 6 yil paxta va uch yil g`alla yetishtiriladi. Beda birinchi yili makkajo`xori, oq jo`xori, raygras yoki sudan o`tiga, ko`k ozuqa yoki don uchun esa arpaga qo`shib ekilishi mumkin.

Yerdan yanada samaraliroq foydalanish uchun beda sepiladigan birinchi dalaga don uchun kuzgi boshoqli ekin, uning o`rniga silos uchun makkajo`xori ekishi, hosilni yig`ishtirib olish bilanoq sentabr, oktabr oylarida uchinchi asosiy ekin sifatida beda sepish ham mumkin. Almashlab ekishning 2:5:3, va 2:6:4 sxemalarida beda yolg`iz o`zi, ko`k ozuqa uchun makkajo`xori, oq jo`xori, raygras yoki sudan o`ti bilan almashtirib ekiladi, ikki yildan keyin surunkasiga 5 yil paxta ekiladi. Shundan keyin dalaga bahorgi boshoqli don, so`ngra makkajo`xori silos yoki ko`k ozuqa olish uchun ekilib, hosil yig`ishtirib olinganidan keyin oraliq sifatida ko`k ozuqa uchun javdar yoki raps ekilishi mumkin, keyin 3-4 yil yana paxta yetishtiriladi. Aniq sharoitlarni hisobga olgan holda almashlab ekishning 1:3:5, 1:3:6 sxemalari qo`llanilishi mumkin.

Keyingi 2 sxema kuchli sho`rlangan yerlar uchun mo`ljallangan bo`lib, bunda 1 dala meliorativ dala hisoblanadi. Bu dalada yerni tekislash, sho`rini yuvish ishlari olib borilib, so`ngra asosiy ekinlar belgilangan tartibda ekiladi.

12-jadval

Ekinlarni almashlab ekish chizmasi



Chizma

Paxta, beda, makkajo`xori 1:2:7, 150 ga

Dala raqami

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Dala maydoni, ga

18

16

13

14

15

12

17

15

15

15

2000-yil

M/b1

B2

B3

P1

P2

P3

P4

P5

P6

P7

2001-yil

B2

B3

P1

P2

P3

P4

P5

P6

P7

M/b1

2002-yil

B3

P1

P2

P3

P4

P5

P6

P7

M/b1

B2

2003-yil

P1

P2

P3

P4

P5

P6

P7

M/b1

B2

B3

2004-yil

P2

P3

P4

P5

P6

P7

M/b1

B2

B3

P1

2005-yil

P3

P4

P5

P6

P7

M/b1

B2

B3

P1

P2

2006-yil

P4

P5

P6

P7

M/b1

B2

B3

P1

P2

P3

2007-yil

P5

P6

P7

M/b1

B2

B3

P1

P2

P3

P4

2008-yil

P6

P7

M/b1

B2

B3

P1

P2

P3

P4

P5

2009-yil

P7

M/b1

B2

B3

P1

P2

P3

P4

P5

P6

Bir korxonada bir almashlab ekish turi yoki xili qo`llanib qolmay, balki tuproq xususiyatlariga ko`ra bir necha turi yoki xili o`zaro kombinatsiyalashgan holda joriy qilinadi. Almashlab ekishda dalalarni to`g`ri ajratishga, ularning hajmi texnikadan va ish kuchlaridan unumli foydalanishni ta’minlaydigan bo`lishiga e’tibor beriladi. Chunki mayda dalalarda murakkab va yuqori unumli mashinalardan foydalanish qiyin bo`ladi.

Dalalarning tashqi chegaralari iloji boricha tabiiy zovurlar, suv shaxobchalari yo`llar, ixota daraxtzorlari bilan ajralib turgani ma’qul. Dalalar o`rtasida traktor agregatlari ishini qiyinlashtiruvchi bunday to`siqlar bo`lmasligi kerak. Dalaning eng kichik hajmi traktor agregatining bir kunda bajaradigan ishi hajmida, tomonlari 1:3, 1:5 nisbatda, ekinga ishlov berish yo`nalishi ekin qator oralariga eng ko`p quyosh nuri tushadigan yo`nalishda belgilanadi.

Har bir qishloq xo`jaligi korxonasida almashlab ekish ma’lum tizimda qo`llaniladi. Ekinlar dalalarda sxemada belgilangan tartibda to`la joylashib bo`lgandagina almashlab ekish o`zlashtirilgan hisoblanadi. Ekinlarning almashlab ekish dalalarida belgilangan tartibda bir marta almashib chiqish davri rotatsiya davri deyiladi. 10, 12 dalali almashlab ekish sxemasida bir rotatsiya davri 10-12 yilga teng bo`ladi.

Ko`rinib turibdiki, ekin maydonlari tuzilishi va almashlab ekish nisbatan uzoq muddatga mo`ljallanadi. Shuning uchun bu yirik tadbirga tashkiliy va iqtisodiy jihatdan baho berish talab qilinadi.

Ekin maydonlarini rejalashtirishdan asosiy maqsad, ekin maydonlarining ilmiy moslangan tarkibini belgilash, yerning iqtisodiy unumdorligini doimo oshirib borish, davlat buyurtmasi topshiriqlari va korxonaning ichki ehtiyojlarini to`la qondirish hamda o`simlikchilik mahsulotlari yetishtirishning iqtisodiy samaradorligini oshirishdan iborat. Ekin maydonlarini rejalashtirish korxonalarda ikki usulda olib borilishi mumkin.

Birinchi usul, korxonada almashlab ekish rejasi ishlab chiqilib, joriy etilgan bo`lsa, qo`llaniladi. Bu usulda ekin maydonlarining hajmi almashlab ekish rejasiga ko`ra shu yili ekinlar qaysi dalalarda joylashishiga qarab aniqlanadi. Agar reja 2005-yilga tuzilayotgan bo`lsa, u holda almashlab ekish rejasida ekinlarni shu yili dalalarda qanday joylashishini olamiz. 2005-yil paxta 1:2:3:4:5:9:10 sonli dalalarda, beda esa 7:8 sonli dalalarda, beda aralash makkajo`xori - 6 sonli dalada joylashgan. Xuddi shu tartibda boshqa almashlab ekish massivlari bo`yicha ham ekin maydonlari hajmi aniqlanadi.

Ekin maydonlarini rejalashtirishning ikkinchi usuli almashlab ekish rejasi joriy etilmagan taqdirda qo`llaniladi. Buning uchun korxona qishloq xo`jaligi (o`simlikchilik) mahsulotlariga bo`lgan talabi aniqlanadi. Korxonaning o`simlikchilik mahsulotlariga bo`lgan talabi davlatga buyurtma asosida sotish topshirig`i, ichki xo`jalik ehtiyoji va shartnoma asosidagi boshqa talablardan iborat bo`ladi.

Korxonaning o`simlikchilik mahsulotlari ayrim turlari bo`yicha talabi aniqlangandan keyin shu talab rejalashtirilgan hosildorlikka bo`lish orqali ekin maydonlarining hajmini aniqlash mumkin. Bu quyidagi formulada ko`rsatilgan:



,

bunda:


T - jami talab,

Xr - rejalashtirilgan hosildorlik.
Korxonaning o`zida rejalashtiriladigan yilda yetishtiriladigan hosildan kelasi yil uchun urug`lik fondi tashkil etish kerak bo`lgan taqdirda shu urug`lik fondini ham ta’min etadigan hajmda ekin maydonini aniqlash uchun shu mahsulotning umumiy talabini (urug`dan tashqari) rejalashtirilgan hosildorlikni bir gektar yerga ekiladigan urug` me’yorining kamaytirilgan hajmiga bo`lish orqali aniqlanadi. Bu quyidagi formulada ko`rsatilgan:

,

bunda: Nu - urug`lik me’yori;

Masalan: korxona rejalashtirayotgan yili davlatga buyurtma bo`yicha 5000 s, yem-xashak uchun 2000 s boshoqli don ajratishi va kelgusi yil uchun ma’lum miqdorda urug`lik fondini ham qo`shib hisoblangan donni yetishtirish uchun talab qilingan ekin maydoniga (175 ga) teng bo`ladi.

Bu usulda ekin maydonlarining ilmiy asoslangan bo`lishini ta’minlash uchun turli qishloq xo`jaligi ekinlariga iqtisodiy baho berish talab qilinadi. Buning uchun quyidagi ko`rsatkichlardan foydalaniladi: 1 gektardan olingan hosil (jismoniy va ozuqa birligi hamda oqsil moddasida) bir gektarga sarf qilingan mehnat va moddiy pul xarajatlari, 1 s mahsulotning tannarxi (jismoniy va ozuqaa birligi hamda oqsil moddasida) bir gektardan olinadigan yalpi mahsulot, yalpi daromad va sof daromad.



Tashkiliy jihatdan ekin maydonlari tuzilishi va almashlab ekish davlatga mahsulot sotish buyurtmalari va tuzilgan shartnomalar bajarilishini so`zsiz ta’minlashga, maqsadga muvofiq ixtisoslashuv va tarmoqlar uyg`unlashuviga to`g`ri kelishi, texnika vositalari va ish kuchlarini ish joylariga olib borish va keltirishga, ishlab chiqarishi uchun zarur moddiy resurslarni va tayyor mahsulotlarni transportda tashishiga qullaylik tug`dirishi kerak. Iqtisodiy jihatdan baho berishda quyidagi ko`rsatkichlardan foydalaniladi:

  • almashlab ekish joriy etilgan maydonning har bir gektaridan olingan mahsulot miqdori (natura va qiymat shaklida).

  • mehnat unumdorligi darajasi.

  • mahsulot tannarxi va rentabellik darajasi.

  • almashlab ekishning biror-bir tizimini o`zlashtirish va qo`llanilishi bilan bog`liq kapital sarflar va ularni qoplash muddatlari.



Aim.uz


Download 73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish