Sana ___ ______”______-yil DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI fani Sinf: 10_____
Mavzu: 1-§. KIRISH-HUQUQ
Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma'lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta'minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma'naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqyea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
I. Darsning maqsadi:
«Davlat va huquq asoslari» o‘quv fanining o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadi o‘quvchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishdan iboratdir
a) Ta’limiy: O`quvchilarga – fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.
b) Tarbiyaviy: O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini tashkil toptirish
v) Rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish.
II. Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
IV. Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran.
VII. Dars uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa:
Darsning texnik chizmasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Tashkiliy qism.
|
daqiqa
|
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
daqiqa
|
Yangi mavzuni yoritish
|
daqiqa
|
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
daqiqa
|
Darsni yakunlash
|
daqiqa
|
Uyga beriladigan topshiriqlar
|
daqiqa
|
VIII. Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash
c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi.
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX. O’tilgan mavzuni takrorlash
X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni:
Fuqarolar bilan davlat o‘zaro huquqlar va majburiyatlar orqali uzviy bog‘liqdir. Shaxs, jamiyat va davlat — bu uchala asosiy qadriyat Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan.Konstitutsiya fuqaro, jamiyat va davlat hokimiyati o‘rtasidagi munosabatlarni belgilovchi o‘ziga xos ijtimoiy shartnomadir. Konstitutsiya fuqarolarning umumiy teng huquqliligi, fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda o‘zaro mas’ulligi g‘oyasiga asoslanadi. Davlat faoliyatining asosiy maqsadi xalqqa xizmat qilishdir.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi davlatimiz mustaqilligining huquqiy zamini, xalq xohish-irodasining oliy ifodasi. Har bir davlat Asosiy qonunida birinchi o‘rinda o‘zining boshqaruv shaklini ifoda etishi lozim. Chunki davlatning siyosiy-huquqiy maqomi belgilanmay turib, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va madaniy hayotining ustuvor yo‘nalishlariga oid qoidalarni aniqlashtirish mantiqsiz bo‘lar edi.
Davlat mustaqillikka erishgani, BMTga va boshqa xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lgani O‘zbekistonga mustaqil tashqi siyosat yuritish, xalqaro munosabatlar yo‘nalishlari va muhim tomonlarini belgilash imkonini berdi.Konstitutsiyaning 1-moddasida mamlakatimiz suvereniteti xalqaro demokratik qadriyatlarga uzviy bog‘liqligi namoyon etildi va shuning uchun O‘zbekiston nafaqat suveren, shu bilan birga demokratik respublika deb e’lon qilindi.
Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi e’lon qilindi.Strategiyaning ikkinchi yo‘nalishi «Qonun ustuvorligini ta’minlash va sudhuquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari» deb nomlanadi.
XI.Yangi mavzuni mustahkamlash:
1. Fanning metodologik poydevorini, nima tashkil etadi?
2. Fanning maqsadini ta’riflab bering.
XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish
XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: huquq 10-sinf darsligi, qo`shmcha adabiyotlar.
O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _____ __________.
Sana ___ ______”______-yil DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI fani Sinf: 10_____
Mavzu: 2-§. HUQUQ — SHAXS VA DAVLAT MUNOSABATLARINING
MUSTAHKAM ASOSI
Do'stlaringiz bilan baham: |