Samdu pedagogika fakulteti psixologiya yo`nalishi 202-guruhning №1 yig`ilishi bayonnomasi



Download 30,65 Kb.
bet1/4
Sana14.05.2022
Hajmi30,65 Kb.
#603488
  1   2   3   4
Bog'liq
BAYONNOMA


SamDU Pedagogika fakulteti psixologiya yo`nalishi 202-guruhning
1 yig`ilishi


BAYONNOMASI
Samarqand 2016.09.04. Qatnashdilar: Guruhrahbari M .Kushanova, guruh talabalari


KUN TARTIBI:
1. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning porloq xotirasiga bag’ishlangan “Xotira darsi”
2. Universitetning axloq-odob qoidalarini ko`rib chiqish

1-MASALA: ESHITILDI: Guruh rahbari M.Kushanova talabalarga 2 sentabrda “Mustaqillik darsi” o’tkazilishi kerakligini, lekin xalqimiz, Vatanimiz boshiga og’ir musibat tushganligini, muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov 2016 yilning 2 sentyabr kuni vafot etganligini, shu sababli ma’ruzamizning nomini ulug’ rahbarimizning Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz oldidagi buyuk xizmatlarini yodga olish maqsadida “Xotira darsi”, deb ataganligini e’lon qildi. Islom Abdug’aniyevich Karimov mustaqil O’zbekiston davlatining asoschisi, yurtimizni sobiq mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, uni zamonaviy asosda taraqqiy ettirish strategiyasini, dunyoda “O’zbek modeli” degan nom bilan tan olingan rivojlanish yo’lini ishlab chiqqan, jahon miqyosida katta obro’-e’tibor qozongan, buyuk davlat va siyosat arbobi sifatida Vatanimiz tarixida o’chmas va yorqin iz qoldirganligini aytib o’tdi.


Xalqimiz o’zining qisqa muddat 25 yilda erishgan barcha yutuq va marralarini haqli ravishda aynan Prezident Islom Karimov nomi bilan bog’lashini, shu ulug’ insonning beqiyos xizmatlari ekanligini ta’kidladilar. Shundan so’ng guruh rahbari O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning tarjimai holi to’g’risida talabalarga quyidagi ma’lumotlarni berib o’tdi. Islom Abdug’aniyevich Karimov 1938 yil 30 yanvarda Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug’ilgan. Millati - o’zbek. Oliy ma’lumotli, O’rta Osiyo politexnika va Toshkent xalq xo’jaligi institutlarini tugatganligi, muhandis-mexanik va iqtisodchi mutaxassisliklariga ega ekanligi, iqtisod fanlari nomzodi, mehnat faoliyatini 1960 yilda Toshkent qishloq xo’jalik mashinasozligi zavodida boshlaganligini, 1961 yildan 1966 yilgacha V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviasiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor bo’lib ishlaganligi, 1966 yilda O’zbekiston SSR Davlat plan komitetiga ishga o’tib, bosh mutaxassislikdan Respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi o’rinbosarigacha bo’lgan yo’lni bosib o’tganligi, 1983 yilda Islom Karimov O’zbekiston SSR Moliya ministri, 1986 yilda O’zbekiston SSR Ministrlar Soveti Raisining o’rinbosari, Respublika Davlat plan komitetining raisi etib tayinlanganligi, 1986-1989 yillar mobaynida Qashqadaryo viloyati partiya komitetining birinchi kotibi, 1989 yilning iyunidan boshlab O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi lavozimlarida ishlaganligi, 1990 yil 24 mart kuni O’zbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida Islom Karimov O’zbekiston SSR Prezidenti etib saylanganligi, 1991 yil 31 avgust kuni Islom Karimov tarixiy voqyea — O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilganligi, 1991 yil 29 dekabrda muqobillik asosida o’tkazilgan umumxalq saylovida Islom Karimov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganligi, 1995 yil 26 martda bo’lib o’tgan umumxalq referendumi yakunlariga ko’ra Islom Karimovning Prezidentlik vakolati 2000 yilga qadar uzaytirilganligi, 2000 yili muqobillik asosida o’tgan saylov natijalariga ko’ra, Konstitusiyaga kiritilgan o’zgartishlarga muvofiq, Islom Karimov 7 yil muddatga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganligi, 2007 yili muqobillik asosida o’tkazilgan umumxalq saylovida Islom Karimov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganligi, 2015 yili muqobillik asosida o’tkazilgan umumxalq saylovida Islom Karimov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganligini, oilali, ikki farzandi, besh nafar nabirasi bor. Rafiqasi T.A.Karimova - mutaxassisligi bo’yicha iqtisodchi, iqtisod fanlari nomzodi, O’zbekiston Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot institutida katta ilmiy xodim bo’lib ishlagan, ayni paytda – pensiyada ekanligini ta’kidlab o’tdi. Islom Karimov suveren va mustaqil O’zbekistonni barpo etish, xalqparvar demokratik huquqiy davlat yaratish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni ta’minlash ishiga qo’shgan ulkan hissasi hamda bu borada matonat va jasorat ko’rsatganligi uchun «O’zbekiston Qahramoni» unvoni, «Mustaqillik» va Amir Temur ordenlari bilan taqdirlanganligini, shuningdek, u bir qancha xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlarning faxriy unvon, orden va medallari bilan ham mukofotlanganligini, Islom Karimov O’zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi ekanligini, ayni vaqtda u iqtisodiyot, ilm-fan, ta’lim-tarbiya sohalarini rivojlantirishga qo’shgan ulkan hissasi uchun ko’plab xorijiy mamlakatlar universitet va akademiyalarining faxriy fan doktori hamda akademigi etib saylanganligi to’g’risida talabalarga batafsil ma’lumot berib o’tdi.
2-MASALA: ESHITILDI: Guruh rahbari M Kushanova so`zga chiqib talabalarni o`tgan ikki yil davomida universitetni axlob-odob qoidalarini o`rganib ularga amal qilib kelinayotganligini va ikkinchi bosqichda ushbu qoidalarni yanada puxta o`zlashtirib ularga amal qilishlari lozimligi haqida to`xtalib o`tdi. Universitet tomonidan ishlab chiqilgan odob-axloq qoidalari guruh rahbari tomonidan qaytadan o`qib eshittirildi va talabalar bilan birgalikda muhokama qilindi.

Download 30,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish