Sambo kurashining rivojlanish tarixi



Download 23,52 Kb.
Sana31.03.2022
Hajmi23,52 Kb.
#520552
Bog'liq
5 SAMBO KURASHINING RIVOJLANISH TARIXI


SAMBO KURASHINING RIVOJLANISH TARIXI
XX asrning 30-yillari boshlarida Rossiyada yangi kurash turi – sambo shakllana boshladi. Ushbu kurash turining paydo bo‘lishi va rivojlanishida V.A.Spiridonov, V.S.Oshchepkov va A.A.Xarlampievlar tashabbus ko‘rsatdilar. Sambo kurashi texnik-taktik tavsiflariga ko‘ra dzyudo kurashiga yaqin.
Sambo kurashining asoschilaridan biri V.Oshchepkov dzyudo kurashini Yaponiyadagi “Kadokan” maktabida o‘rgangan. Uning rahbarligi ostida 1931 yilda Moskva Davlat jismoniy tarbiya institutida yangi kurash turini o‘rganish boshlandi.
Yangi kurash turida V.Oshchepkov kurashchilar kiyimini o‘zgartirdi. U yaponcha kurashdagi an‘anaviy shim va kimonodan voz kechdi, ularni kurash kalta shimi hamda maxsus kurtka bilan o‘zgartirdi. V.Oshchepkov kurash oyoq kiyimini ham o‘zgatirib, yunon-rum kurashidagi kabi, lekin qirg‘og‘i yumshoq botinkalarni kiritdi. Texnik harakatlardan tashlashlar va oyoqlardan ushlab olib qoqish hamda oyoqlarga og‘riq beruvchi usullarni kiritdi. Shu bilan birga bo‘g‘ib ushlab olish usullarini bekor qildi.
Yangi kurash turi 1938 yilda tan olindi. Ushbu kurash turining nomi bir qator o‘zgartirishlardan so‘ng (“erkin usul”, “erkin kurash”) 1947 yilga kelib rasmiy ravishda “Sambo” deb nomlandi. U so‘zlarning qisqartimasidan hosil qilingan bo‘lib, “samozashita bez orujiya” – “qurolsiz o‘z-o‘zini himoya qilish” demakdir.
Sambo jahonning bir qator mamlakalarida keng tarqaldi. U bilan Mongoliya, Bolgariya, Yaponiya, Angliya, Ispaniya, AQSH, Fransiya, Italiya va boshqa davlatlarda qiziqib qoldilar. 1966 yilda Xalqaro havaskorlar kurash federastiyasi Kongressi sambo kurashini xalqaro kurash turi deb tan olish hamda yunon-rum, erkin kurash bo‘yicha chempionatlarning o‘tkazilish muddatlarida jahon va Yevropa chempionatlarini tashkil qilish to‘g‘risida qaror chiqardi.
Sambo bo‘yicha birinchi jahon chempionati 1973 yilda Tehronda bo‘lib o‘tdi. Hozirgi paytda musobaqalar ham erkaklar, ham ayollar o‘rtasida (1983 yildan) o‘tkazib kelinadi.
1979 yilda Xalqaro sambo kurashi federastiyasi tashkil qilingan.
Sambo kurashi o‘zbek milliy kurashiga (buxorocha usul) yaqin. Va, ehtimol, shuning uchun bizning kurashchilarimiz sambo kurashida yuqori natijalarga erishganlar. Sayfuddin Xodiev, Sobir Qurbonov, Bobomurod Fayziev, Vyacheslav Elistratovlar jahon chempionlari bo‘lishgan.
Samboning kurash (kurash) va jangovar turlari mavjud. Sambo kurashida kurashchilar maxsus belbog‘li kalta yaktak kiyadilar. Samboda raqibining qo‘l va oyoqlaridan olish, oyoqlar bilan oyoqlariga, qo‘liga va gavdasiga qarshi harakatlar qilish ruxsat etilgan. Samboda o‘z oyog‘ida tik turib raqib kuragini yerga tekkizsa yoki og‘rituvchi usul qo‘llanganda raqib o‘zini mag‘lubiyatga uchraganligini tan olsa, shuningdek, ballar bo‘yicha farq 12 taga yetsa, raqib man etilgan usulni qo‘llab jazolansa sof g‘alaba qayd qilinadi. Rakiblardan biri sof g‘alabaga erisha olmasa, olishuv natijasi kurashchilarning to‘plagan ballariga karab aniqlanadi.

Jangovar S.da kurashchilar boshga shlem, qo‘llariga barmoqlari ochiq qo‘lqop kiyib, og‘izga kapa (tishni himoya qilish uchun) solib musobaqalashadilar. Jangovar S.da tepish, urish, og‘rituvchi usullar ko‘llash va bo‘g‘ish mumkin. Kurash 10x 10 m dan 13x13 m gacha kattalikdagi gilamda o‘tkaziladi. Kurashchilarning olishuv maydoni 6x9 diametrli bo‘lishi kerak. Kurash tanaffussiz 4-5 min. davom etadi.

Samboning kurash turida: yoshlar (20 yoshgacha) va erkaklar: 52, 57, 62, 68, 78, 82, 90, 100, 100 kg dan ortiq: qizlar (20 yoshgacha) va ayollar: 48, 52, 56, 60, 64, 68, 72, 80, 80 kg dan ortiq; o‘smir o‘g‘il bolalar (16-18 yosh): 48, 52, 56, 60, 65, 70, 75, 81, 87, 87 kg dan ortiq; o‘smir qizlar (16-18 yosh): 40, 44, 48, 52, 56, 60, 65, 70, 75, 75 kg dan ortiq vaznlarda bellashadilar.
Faxriylar (35 yoshdan yuqori) va Samboning jangovar turida esa 62, 68, 74, 82, 90, 100, 100 kg dan yuqori vazn toifasida musobaqalashadilar. Sambo bo‘yicha Xalqaro havaskorlik federatsiyasi (FIAS; 1985 y. tashkil etilgan)ga 80 ga yaqin mamlakat a’zo.

1980 yildan Olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritilgan. 1973 yildan S.ning kurash turi bo‘yicha, 2001 yildan jangovar sambo bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi. O‘zbekiston sambo. federatsiyasi 1964 yil tuzilgan. Ayol sambochilarning federatsiyasi dunyoda faqat O‘zbekistonda tashkil etilgan (1996) va u ham Jahon hamda Osiyo federatsiyasiga a’zo bo‘lib kirgan.


1971 yil Toshkentda xalqaro turnir, 1972 yil I Yevropa chempionati, 1998, 2001 va 2002 yilda esa o‘smirlar, yoshlar va erkaklar o‘rtasida Osiyo chempionati, 2001 va 2003 yillarda ilk bor ayollar sambo yulduzlarining jahon chempionati musobaqalari o‘tkazilgan.

O‘zbekiston sambo terma jamoasi jahon chempionatida 1-o‘rinni egalladi (1993, Omsk), Osiyo chempionatida bir necha marta jamoa hisobida (ayollar va erkaklar, qizlar va o‘smirlar) g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Sambo bo‘yicha kurash ustasi J.Sharapatov Osiyo sambo federatsiyasining prezidenti (2001 yildan), xalqaro toifadagi kurash ustasi Fazliddin Po‘latov vitse prezidenti va Osiyoda sambo kurashini rivojlantirish qo‘mitasi raisi (2003 yildan) hisoblanadi.


Sobir Qurbonov, Sayfiddin Xodiyev, Bobomurod Fayziyev (2 martadan), Shuhrat Xo‘jayev, Akobir Qurbonov, faxriylar o‘rtasida esa Fazliddin Po‘latov, O‘rol Jumaniyozov, Oston Cho‘liyev (2 martadan) jahon chempioni bo‘lishgan. O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlarida bolalar va qizlar sambo bilan muntazam shug‘ullanadilar. Respublika oliy kurash mahorati maktabi, viloyatlar kurash mahorati maktablari, shuningdek, Olimpiya zaxiralari kollejlarida sambo kurashi bo‘limlari bor.
Download 23,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish