MAVZU: MONGOLIYA DAVLATI.
Reja:
I. KIRISH: MONGOLIYA DAVLATI TUZUMI.
II. ASOSIY QISM:
a) MONGOLIYA DAVLATINING TARIXI;
b) DAVLATNING XÔJALIGI,SANOATI,TRANSPORTI
c) MONGOLIYA DAVLATIDA MADANIYAT.
III. XULOSA. MONGOLIYADA MILLIY BAYRAM VA FESTIVALLARNING NISHONLANISHI.
Mongoliya — parlamentli respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992 yil 13 yanvarda qabul qilingan va 12 fevralda kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — prezident (1997 yildan Nadagiyn Bagabandi), u umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylanadi, yana bir muddatga qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Buyuk davlat xurali (parlament) amalga oshiradi. Ijroiya hokimiyatni hukumat boshqaradi. Hukumat bosh vazirning taklifiga binoan, prezident bilan kelishilgan holda Buyuk davlat xurali tomonidan tuziladi. Vazirlar mahkamasi boshligʻining nomzodini prezident Buyuk davlat xurali muhrkamasiga taqdim etadi
Mo'g'uliston dengiz yo'li bilan ochilmagan mamlakatdir Xitoy va Rossiya. Bu yer bilan osmonni bog'laydigan bepoyon bo'shliq va ko'chmanchi hayot hali ham tirik an'anaga aylanib qolgan sayyoradagi so'nggi joylardan biridir. Mo'g'uliston turli geosiyosiy, madaniy va geografik ma'nolarga ega bo'lishi mumkin. Mo'g'uliston tarixiy Tashqi Mo'g'ulistondan iborat. Ichki Mo'g'uliston viloyati geografik va siyosiy jihatdan alohida bo'lib, Xitoyning shimoliy qismida joylashgan bo'lib, u Mo'g'uliston bilan chegaradosh.
Bir km² maydonga atigi 1.7 kishi to'g'ri keladigan Mo'g'uliston dunyodagi barcha mustaqil mamlakatlar orasida eng past aholi zichligiga ega va aynan shu ulkan va ulug'vor bo'shliq mamlakatning doimiy jozibasi bo'lib, sayohatchini xuddi tabiat bilan yaqin aloqada bo'lishiga olib keladi.
Mo'g'uliston "Moviy osmonlar mamlakati" deb nomlanadi va bu juda yaxshi sababdir: har yili taxminan 250 quyoshli kun bor, shuning uchun yaxshi quyoshdan saqlaydigan ko'zoynak zarur.
Mongoliya hududida odamlar quyi paleolit oxiridan yashab keladi. Ilk paleolit davrida matriarxal-urugʻchilik, jez davrida patriarxal-urugʻchilik tuzumlari shakllandi. Miloddan avvalgi 4— 3-asrlardan xususiy mulkchilik vujudga keldi, temir buyumlar yasala boshladi, qabilalar ittifoqi yuzaga keldi. Milodiy 4—10-asrlarda Jujan, Turk, Uygʻur, Qirgʻiz xoqonliklari vujudga keldi. 10—12-asrlarda Mongoliya hududi Kidonlar saltanati tarkibiga kirdi. 13-asr boshida koʻpgina moʻgʻul qabilalari birlashib, Temuchin hukmronligidagi moʻgʻul davlatini tashkil etdi. 1206 yil moʻgʻul noyonlarining qurultoyida Temuchin buyuk xon — Chingizxon deb eʼlon qilindi. 1211 yildan Chingizxon va vorislarining bosqinchilik urushlari boshlandi. 13-asr oʻrtalarida Shimoliy Xitoy, Tangut davlati, Oʻrta Osiyo, Zakavkazye, Eron, Rossiyaning bir kismi Chingizxon qoʻl ostiga oʻtdi. Natijada yirik Moʻgʻullar davlati tashkil topdi. Biroq yagona iqtisodiy bazasi boʻlmagan saltanat bosqinchilik urushlari natijasida vujudga kelgan ichki ziddiyatlar oqibatida parchalanib ketdi. 1368 yil Xitoy, 1380 yilda Rossiya, 14-asrning 2-yarmida Eron, Zakavkazye va Oʻrta Osiyo moʻgʻullar zulmidan ozod boʻldi. 14-asrning oxirgi choragida Moʻgʻullar davlati batamom barham topdi. 15-asrda Esonxon (1440—55 yillarda xonlik qilgan) va Dayanxon (1479—1543 yillarda xonlik qilgan) kabi hukmdorlar birlashgan Moʻgʻul davlatini tiklashga harakat qildilar. Dayanxonning oʻlimidan keyin mamlakat Janubiy Moʻgʻuliston va Shimoliy Moʻgʻulistonga boʻlinib ketdi. Shimoliy Moʻgʻuliston ham oʻz navbatida Gʻarbiy va Sharqiy qismlarga ajraldi. 16-asrda M.ning uchala qismida jami 200 xonlik boʻlgan. 16-asr oxiriga kelib M.da budda dinining lamaizm yoʻnalishi yoyildi va 17-asr boshida davlat diniga aylandi. 1616 yilda Shimol-Sharqiy Xitoy hududida vujudga kelgan Manjurlar davlati 1634 yil Janubiy Moʻgʻulistonni bosib oldi va uni Ichki Mongoliya deb atadi. 1688 yilda Sharqiy Moʻgʻuliston manjurlar asos solgan Sin sulolasi (1644— 1911) hokimiyatini tan oldi. Shundan keyin Sharqiy Moʻgʻuliston (hozirgi M. xududi) Tashqi Mongoliya deb atala boshladi.
Mongoliyada yagona mustaqil davlat — Oyrot xonligi ham 1758 yilda manjurlar tomonidan tugatildi va uning yarim milliondan ortiq aholisi qirib tashlandi. Oʻz hukmronligini abadiylashtirish maqsadida Sin sulolasi M.ni tashqi dunyodan ajratish choralarini koʻrdi. 20-asr boshlarida M. Osiyoning eng qoloq mamlakatlaridan biri edi. M.da 19-asr oxirida boshlangan milliy ozodlik harakati 20-asr boshlarida yanada kuchaydi. 1911 yil oyratlarning yirik qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtdi. 1911 yil noyabrda Urga (hozirgi Ulan-Bator)da Sin sulolasi hokimiyati agʻdarilib, mustaqil M. davlati tuzilganligi eʼlon qilindi. Mamlakatdagi lama ibodatxonasining oliy ruhoniysi — Boʻgʻdixon tuzgan hukumat M. suverenitetining davlatlar tomonidan tan olinishi uchun 3 yildan ortiqroq harakat qildi. 1915 yilda Rossiyaning Kyaxta shahrida chor Rossiyasi, Xitoy va M. vakillarining uch tomonlama konferensiyasi boʻldi, uning qarorlariga muvofiq, M.ning maqomi Xitoy suvereniteti ostidagi va Rossiya homiyligidagi keng muxtoriyat bilan cheklandi. 1919 yilda Xitoy M.ga qoʻshin kiritdi va uning hukmron yuqori tabaqasini muxtoriyat maqomidan voz kechishga majbur qildi. Ammo mongol xalqi mustaqillik uchun kurashni davom ettirdi.
1921 yil iyulda Urga shahrida M. mustaqilligi eʼlon qilindi. 1924 yil 26 noyabrda mamlakat parlamenti — Buyuk xalq kurali Mongoliya Xalq Respublikasi (MXR) tuzilganligini maʼlum qildi va birinchi konstitutsiyani qabul etdi. 1992 yilgacha mamlakat shu nom bilan yuritildi. Shu yili qabul qilingan konstitutsiya kuchga kirgach, M. deb atala boshladi. 1990 yillarning boshlaridan M. taraqqiyotning yangi bosqichiga oʻtdi — markazlashgan rejali iqtisodiyot oʻrniga bozor iqtisodiyoti joriy etila boshladi, bir partiyali siyosiy tizimdan koʻp parti-yali tizimga, totalitar davlatdan huquqiy davlatga aylana boshladi.
M. — 1961 yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi b-n diplomatiya munosabatlarini 1992 yil 25 yanvarda oʻrnatdi. Milliy bayrami — 11 iyul — Xalq Inqilobi kuni (1921).
Siyosiy partiya va tashkilotlari, kasaba uyushmalari M. xalq-inqilobiy partiyasi, 1921 yilda tuzilgan, 1999 yil martda M. xalq partiyasi uning tarkibiga kirgan; M. milliy demokratik partiyasi, 1992 i. oktabrda tashkil etilgan; M. birlashgan konservativ partiyasi, 1993 yilda asos solingan; M. demokratik uygʻonish partiyasi, 1994 yilda tuzilgan; M. "koʻkatparvarlar" partiyasi, 1990 yilda asos solingan; M. ishchi partiyasi, 1992 yilda tuzilgan; M. res-publikachilar partiyasi, 1992 yilda tashkil etilgan; M. sotsialdemokratik partiyasi, 1990 yilda tuzilgan; M. demokratik ittifoqi, partiyalar bloki, 1990 yilda asos solingan; "Vatan", koalitsiya, 1999 yilda tuzilgan, Yangi demokratik sotsialistik partiya bilan M. ishchi partiyasini birlashtiradi; Toʻrt ittifoq federatsiyasi, 1993 yilda tashkil etilgan (M. demokratik ittifoqi, Yangi taraqqiyparvar ittifoq, M. yoshlari ittifoqi va M. talabalari ittifoqidan iborat). M. erkin kasaba uyushmalari ittifoqi, 1990 yil tuzilgan; M. kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1927 yil tashkil etilgan.
M. — agrar-industrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 34%, qishloq xoʻjaligining ulushi 16%.
20-asrning 20-yillariga qadar iqtisodiyotning birdan bir tarmogʻi mavjud boʻlib, u ham boʻlsa koʻchmanchi yaylov chorvachiligi edi. Astasekin qishloq xoʻjaligining boshqa tarmoqlari, jumladan, dehqonchilik vujudga keltirildi. Bugʻdoy, kartoshka, sabzavot, yem-xashak yetishtirila boshladi. Chorvachilikda qoʻychilik yetakchi oʻrinda; qoramol, echki, tuya, yilqi, mamlakatning ayrim joylarida qoʻtos, bugu, shahar atrofida choʻchqa va parranda boqiladi. Aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan chorva mol jihatidan M. du-nyoda oldingi oʻrinlardan birini egallaydi. 1991—92 yillarda sobiq 255 qishloq xoʻjaligi birlashmasi (qishloq xoʻjaligi kooperativlari) ak-siyadorlik kompaniyalariga (salkam 400 ta) aylantirildi. Mamlakatda chorvani xususiylashtirish asosan tugallandi. Chorva mollarning 90% xususiylashtirildi. Ilgari dehqonchilik hamda sof zotli va duragay chorva mollari yetishtirish bilan shugʻullanib kelgan koʻp davlat xoʻjaliklari oʻrniga ham aksiyadorlik kompaniyalari tashkil etildi.
Sanoati
M.da dastlab yengil va oziqovqat sanoati, 20-asrning 40—60-yillarida ogʻir sanoat (konchilik, energetika, yogʻochsozlik, qurilish ashyolari, metallsozlik) rivojlandi. Ke-yingi yillarda konchilikka koʻproq eʼtibor qaratildi. M. yer ostida foydali qazilma xazinalari koʻp. Hozircha 30 dan koʻproq turdagi foydali kazilmalarning 500 dan ziyod koni aniqlangan, ular orasida toshkoʻmir, qoʻngʻir va kokslanuvchi kumir, uran, oltin, kumush, mis, molibden, kalay, flyuorit, temir rudasi, fosforit, qimmatbaho toshlar va boshqa konlar ochilgan. Turli qurilish ashyolari, keramzit va keramika gillari, ohaktosh, qum, shagʻal, kaolin, ganch, alebastr, marmar, granit va shahrik.ning katta zaxiralari topilgan. Neft konlari qidirilmoqda. 400 dan koʻproq issiq va sovuq maʼdanli suv manbalari topilgan va urganilgan. Ulardan foydalanish uchun koʻpgina qoʻshma korxona va birlashmalar barpo etilgan. Elektr energiyasi GESlarda hosil qilinadi. Yiliga oʻrtacha 2,2 mlrd. kVtsoat elektr energiya ishlab chiqariladi. Birlashgan energiya tizimi barpo etilgan. Mongoliya sanoatida gusht, un kombinatlari, non zavodi, gilam fabrikasi, poʻstin-moʻyna, oyna va chinni korxonalari, bosmaxonalar bor. Sement, gʻisht, uy bloklari, doridarmon, poyabzal, jun- gazlama ishlab chikariladi.
Transporti
Koʻp yuklar temir yoʻl va avtomobil transportida tashiladi. Transport yoʻli uzunligi — 1,8 ming, avtomobil yoʻllari uz. — 46 ming km. Xubsugul koʻli, Selenga va Orxon daryolarida kema qatnaydi. Havo floti 1956 yildan ishlaydi. Eng katta aeroporti Ulan-Batorda.
Maorifi, ilmiy va madaniy maʼrifiy muassasalari. 2000 yilda 660 umumiy taʼlim maktabida 381 ming bola, 47 oliy oʻquv yurti, jumladan, 27 ta davlat universiteti, institut va kollejlarda 60 ixtisoslik buyicha bakalavr, 32 ixtisoslik boʻyicha magistr unvonini olish uchun 26265 talaba taʼlim oldi. Ulan-Bator shahrida Mongoliya Fanlar akademiyasi ish olib boradi. M.da bir qancha ilmiy tadqiqot muassasalari ham mavjud. M.da 424 ta ku-tubxona (4,2 mln. asar) bor. Yiriklari: Davlat xalq kutubxonasi, Fanlar akademiyasi va universitet kutubxonalari. Muzeylari: Davlat markaziy muzeyi, Nafis sanʼat muzeyi, Din tarixi muzeyi va boshqalar.
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. M.da bir qancha gaz. va jurnallar nashr etiladi. Asosiylari: "Unen-uu?" ("Haqiqatmi?", haftada Z marta chiqadigan gaz., 1920 yildan; 1996 yil urtalarigacha "Unen" nomi bilan nashr etilgan; 1996 yil sentabrdan hozirgi nomda), "Zalgamjlagch" ("Oʻrinbosar", 2 oyda bir marta chiqadigan jurnal, 1926 yildan), "Xudulmur" ("Mehnat", haftada 3 marta chiqadigan gaz., 1928 yildan), "Xumuun" ("Inson", gaz., 1990 yildan), "Ardin tur" ("Xalq hokimiyati", yiliga 4 marta chiqadigan jurnal, 1950 yildan), "Mongolii duu xooloy" ("Mongoliya ovozi", gaz., 1992 yildan), "Mongolii xudoo" ("Mongol qishlogʻi", haftalik gaz., 1970 yildan), "Ardchilal tayme" ("Demokratiya vaqti", gaz., 1993 yildan), "Yertons" ("Koinot" gaz., 1990 yildan), "Sog" ("Mashʼala", 2 oyda bir marta chiqadigan jurnal, 1994 yildan). Mongol telegraf agentligi (MONSAME), qukumat agentligi, 1921 yilda tuzilgan; Mongoliya ovozi, axborot agentligi, 1992 yilda tashkil etilgan; San-press, axborot agentligi, 1992 yilda asos solingan. Mongol radioasi 1934 yilda, Mongol telekoʻrsatuvi 1967 yilda tashkil etilgan.
Adabiyoti. Mongol xalq ogʻzaki ijodiyotida qoʻshiq, doston, ertak, madhiya, pandnasihat, afsona, topishmoq, maqollar koʻp. Yozma adabiyoti 12— 13-asrlarda boshlangan. "Argasun xuurch qissasi", "Yetim bolaning toʻqqiz chingiziy baxrdir bilan suhbati", "Togontemurning yigʻisi" kabi asarlar keng tarqalgan. 17-asrda yilnomalar vujudga keldi. 19-asrda yaratilgan "Koʻk kitob" trilogiyasi (muallifi Injinash) va boshqa koʻpgina asarlar xalq orasida mashhur. 20-asrda M. adabiyoti folklorga, adabiy merosning eng yaxshi anʼanalariga tayanib, ilgʻor jahon adabiyoti bilan aloqani kuchaytirib, rivoj topa boshladi. 1929 yilda adiblar toʻgaragi tashkil topdi, u 1930 yilda M. yozuvchilari uyushmasiga aylantirildi. D. Na-sagdorj, S. Damdinsuren kabi yozuvchilar pyesalari, sheʼrlari bilan mongol adabiyoti rivojida muhim rol oʻynadilar. 40— 50-yillarda S. Dashdendev, D. Sevegmid, Ch. Lhamsuren, D. Tarva, B. Baast kabi adiblar tarixiy mavzularda, xalqlar doʻstligi va hamkorligi samaralari toʻgʻrisida asarlar yaratdilar. 50— 60-yillarda yirik polotnoromanlar ijod qilindi. D. Sengee xalq qahramoni haqida "Ayushi" qissasini (1947), B. Rinchen "Choʻl tongi" romanini (1955), Ch. Lodoydam "Oltoyda" romanini (1949) yaratdilar. Bu asarlarda mongol xalqining hayoti yorqin aks ettirildi. B. Basst, M. Gaadamba, S. Ud v a l kabi adiblarning hikoyalari axloq masalalariga, mongol ayollari qismatiga bagʻishlandi. Hozirgi davr adabiyotida S. Gaytav, B. Yavuxulan, Ch. Chimid, D. Purevdorj va boshqa shoirlarning sheʼrlari alohida ajralib turadi. Ja-hon adabiyotining eng yaxshi asarlarini tarjima qilishga alohida ahamiyat berildi. Hamza, Oybek, Gʻ. Gʻulom, Mir-muhsin, Rahmat Fayziy, Turob Toʻla va boshqa oʻzbek yozuvchilarining asarlari mongol tiliga, shuningdek, mongol yozuvchilarining bir qancha asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan (L. Tudevning "Suxe-Bator" qissasi, D. Na-sagdorjning "Tanlangan asarlari", "Mongol ertaklari" va boshqalar) hududidan jez davrining boshlariga oid qoyalarga oʻyib tushirilgan yoki boʻyoq bilan ishlangan hayvon (ot, qulon, yovvoyi echki, boʻri, ilon)larning tasvirlari topilgan. Xovd somoni (tumani)dagi qoya toshlariga ishlangan odamlar va toʻrtta ot qoʻshilgan toʻrt gʻildirakli arava tasviri ayniqsa diqqatga sazovor. 6—8-asrlarda hunarmandchilik rivojlanib, matolar, kigiz, kuchmanchi chorvadorlar va jangchilarning ot -abzallari va qurol-yarogʻlari oʻsimliksimon naqshlar bilan bezatila boshlagan. 6—9-asrlardagi shahar vayronalaridan toshga ishlangan boʻrtma va bosma usulda naqshlangan sopol idishlar topilgan. M.ning turli joylarida gʻisht va guvaladan tiklangan daxmalar tepasiga haykalchalar oʻrnatilgan. 10-asrdagi mamlakat poytaxti Oʻrda Baliq (key-inroq Hara Balgas) harobalari orasida mudofaa istehkomlari, uylar, ibodatxonalar koʻzgatashlanadi. 10—12-asrlarda shaharlar jadal qurildi. Odatda, shahar imoratlari yorugʻlik tushishiga qarab rejalangan, zovurlar va tepaliklar bilan oʻralgan, darvozalari va minoralari boʻlgan. Bir yoki bir necha koʻcha chetlaridagi maʼmuriy binolar, ibodatxonalar va turar joylar atrofi devor bilan oʻralgan. Imoratsiz joylarda aholi va jangchilarning oʻtov hamda chodirlari boʻlgan. Qadimgi Bars-Xot (10—12-asrlar) shahri kavlanganda budda ibodatxonasi va pagodalari qoldiqlari, maʼbuda va hayvonlarning loydan ishlangan haykalchalari, oʻyma yogʻoch bezaklar va meʼmoriy boʻlaklar chiqqan. 16-asrdan 20-asr boshlarigacha shahar va qishloqlardagi asosiy turar joylar yogʻoch sinchli, surma panjara devorli, eshikli oʻtovlardan iborat boʻlgan. Monastir va ibodatxonalar koʻplab qurilgan.
20-asrning 20-yillaridan eski shaharlar (Ulan-Bator) qayta qurilib, yangi shaharlar (Darxan, Nalayxa, SaynShand) barpo etildi. Binolar kurishda 20— 30-yillarda konstruktivizm taʼsiri koʻrindi. 40—50-yillarda binolarning old tomonlari hashamli — kolonnali, milliy bezakli qilib ishlandi (Ulan-Batordagi universitet). 50-yillarning oʻrtalaridan boshlab iqlim hisobga olingan holda binolarni keng va qulay qilib qurishga ahamiyat berildi. 60—90 yillarda qurilishda industrial va yigʻma uysozlik usullaridan keng foydalanildi. Keyingi davrlarda metallsozlik, yogʻoch oʻymakorligi, kashtachilik kabi anʼanaviy tarmoqlar bilan bir qatorda chinni pishirish, kulolchilik, gilamchilik, suyak oʻymakorligi rivoj topa boshladi.
Musiqasi qadimgi anʼanalarga boy. Qoʻshiqchi, sozanda, xalq dostonlarini kuylovchi baxshilar azaliy xalq ijodiy merosini saqlab qolganlar. Qahramonlar haqidagi rivoyatlarni qoʻshiq qilib aytish qadimdan odat boʻlgan. Xalq aytishuvlari (ikki xonanda basmabas aytadigan qoʻshiqlar) ayniqsa keng ommalashgan. M.da tomoqdan ikki xil tovush chiqarib qoʻshiq aytishning oʻziga xos usuli ham urf boʻlgan. Ishqiy, maishiy, inqilobiy, tarixiy, diniy qoʻshiqlar, safarga chiqqanda aytiladigan va hazil-mutoyiba qoʻshiklari koʻp. Xalq cholgʻu asboblari: limba (nayning bir turi), morinxur va xuchir (torli kamoncha), shanz (chertib chalinadigan asbob), yoochin (changning bir turi) va boshqa
Zamonaviy M. musiqasi 20-asrning 20—30-yillarida vujudga kelib, rivojlana boshladi. "Shive Kyaxta" deb atalgan birinchi partizanlar qoʻshigʻi 1921 yilda ijod qilindi. S. Gonchiksumla, U. Lubsanxurchi va M. Dugorjav kabi kompozitorlar tanilgan. Turli musiqiy janrlar (xor, opera, simfoniya) rivojlana boshladi. Ulan-Batorda Opera va balet teatri o"childi, unda mahalliy va chet el mualliflarining asarlari sahnalashtirildi. M. xalq ashula va raqs ansambli, simfonik orkestr, duxovoy orkestr, aymoq markazlarida musiqali drama teatrlari, Ulan-Batorda musiqalixoreografiya bilim yurti bor.
Teatrning kelib chiqish ildizlari qadim zamonlarga borib taqaladi. Xalq tomoshalarining shakllari xilma-xil boʻlgan. Xonandalarni xurch, baxshilarni uligerch deb ataganlar. Yaxshi niyat tilaguvchi yorolch va magtalchlar baland ovozda gapirayotganda raqs ijro etib turilgan. Biyeleg raqslarida teatr unsurlari koʻzga tashlanadi. Toʻylar, farzand tugʻilishiga bagʻishlangan marosimlar, hosil bayramlarida voqeiy tomoshalar koʻrsatilgan. 17-asrdabu joylarda buddaviylik yoyilishi munosabati bilan vujudga kelgan sam deb atalgan diniy teatrlarga va dunyoviy saroy teatrlariga ham ushbu teatr shakllari kirib keldi. Yangi yil bayrami kunlari koʻchalarda qoʻgʻirchoq spektakllari koʻrsatiladi. 20-asr boshlarida havaskorlik toʻgaraklari rivojlana boshladi. 20-yillarda Ulan-Batorda tashkil etilgan drama toʻgaraklari asosida professional teatrlar vujudga keldi. 1930 yil poytaxtda teatr studiyasi ochildi va oʻsha yiliyoq uning negizida Davlat musiqali drama teatri tashkil etildi. 1948 yildan Ulan-Batorda qoʻgʻir-choq teatri, 1950 yildan Markaziy bolalar teatri ishlaydi. Ularda mongol xalqining tarixi va hozirgi hayotini aks ettiruvchi pyesalar bilan bir qatorda jahon klassikasi durdonalari ham oʻrin olgan.
Mo'g'uliston "uchta erkaklar sporti" ning uyi: kurash, ot poygasi va kamondan o'q otish va bu uchta sport musobaqasi har yili festival festivalida bo'lib o'tadi.
Nafas - 11-13 iyul kunlari nishonlanadigan Mo'g'ulistonning milliy bayrami, shu kunlarda butun Mo'g'uliston poytaxt Ulan-Batorda bo'lib o'tadigan ushbu tadbirni Mo'g'uliston Milliy televidenie va radiosi orqali tomosha qiladi yoki tinglaydi. Iyul oyi davomida mamlakatning turli viloyatlarida (viloyatlarida) ko'plab boshqa kichik festivallar bo'lib o'tadi va ushbu festivallar ushbu aksiyani yaqindan ko'rib chiqishni ta'minlaydi.
Bayramlarni nishonlash Buyuk Mo'g'ullar imperiyasining paydo bo'lishi bilan Chinggis (Chingiz deb ham tanilgan) Xonning jangchilarini yaroqli holatga keltirish strategiyasi sifatida boshlangan deb ishoniladi. Imperiya qulaganidan so'ng, musobaqalar diniy bayramlar paytida o'tkazildi va kommunistik inqilobdan beri u o'zining yubileyida nishonlandi.
Afsonada aytilishicha, qadimgi paytlarda erkaklar kabi kiyingan ayol bir marta kurash musobaqasida g'olib chiqqan. Shuning uchun "zodog" deb nomlangan ochiq ko'krak va uzun yengli kurash liboslari har bir ishtirokchining erkaklar ekanligini ko'rsatishga qaratilgan. Kurashchilar kalta magistral, "shuudag" va mo'g'ulcha botinka, "gutal" kiyishadi. Kurashchilarning shlyapalari dumidagi sariq chiziqlar kurashchining festivalda necha marta chempion bo'lganligini ko'rsatadi.
Faqatgina festival kurashchilarga rasmiy unvonlarni beradi. Mo'g'uliston kurash musobaqalari o'sha yili musobaqada ro'yxatdan o'tgan (512 yoki 1024) kurashchilar soniga qarab to'qqiz yoki o'n turdan iborat. Agar kurashchi besh raundda g'alaba qozonsa, unga "Nachin" (qush), olti raund - Xartsaga (qirg'iy), etti raund - Zaan (fil), sakkiz raund - Garuda (burgut), to'qqiz raund - Arslon (sher) unvoni beriladi. ) va o'ntasi - Avarga (Titan).
Mo'g'uliston kurashi musobaqalarida vazn toifalari yo'q, lekin vaqt 30 minutga teng, agar polvonlar bir-birlarini yiqitolmasa, hakamlar vaziyatni tez-tez hal qilib turish uchun vaziyatlardan foydalanishadi. Yiqilgan yoki tanasi erga tekkan kishi gugurtni yo'qotadi.
Mo'g'uliston kurashlari bir necha soniya davomida qatnashadi, ularning vazifasi polvonlariga barcha masalalarda yordam berish va ularning bellariga qo'llarini tekkizib g'alaba qozonishga undashdan iborat. Beshinchi va ettinchi turlardan so'ng, ular ikkala qanotning g'arbiy va sharqiy peshqadamlari uchun maqtov qo'shiqlari va nomlarini kuylashadi. Hakamlar qoidalarni kuzatib boradilar, ammo odamlar va muxlislar yakuniy hakam. Ular kelgusi yilgacha kim kimligi haqida gapirishadi va og'zaki so'zlarni tarqatishadi.
Mo'g'ulistondagi festivallar
Oltin burgut festivali Olgiyda oktyabr oyining birinchi dam olish kunlari burgut ovchilari dunyosidagi eng yirik yig'ilishdir. Ushbu tadbirda odatda 60 dan 70 gacha qozog'istonlik burgut ovchilari o'z mahoratlarini namoyish etmoqda. Tadbirlarga o'zlarining burgutlarini buyrug'i bilan ularga uchib borish va yonidagi tog'dagi perchdan ot tomonidan tortib olingan tulki mo'ynasini tutish kiradi. Tadbirda, shuningdek, an'anaviy qozoq o'yinlari - Kokpar (otda ketayotganda echki tana go'shti bilan tortishish), Tiyn Teru (otda ketayotganda erdan tanga olish uchun belgilangan poyga) va Qiz Kuar ("qiz quvish") , ”- bu erkak va ayol o'rtasidagi musobaqa, u ayol erkakni ushlab turishga urinayotganda uni qamchilaydi). Shuningdek, festivalda qozoqlarning an'anaviy kontserti, tuya poygasi va qozoq san'ati namoyishlari mavjud. Kichikroq burgutlar festivali 22-sentabr kuni Sagsai qishlog'ida bo'lib o'tdi.
Navro'z bayrami, shuningdek, Olgi shahrida 22 mart kuni o'tkaziladigan qozoqlarning an'anaviy yangi yil bayrami. Bir necha kunlik bayram davomida parad, kontsert va ot poygalari mavjud. Bayramning aksariyat qismi do'stlari va qarindoshlariga tashrif buyurib, Наурыз Kojeni (sho'rva) va qaynatilgan qo'y va ot go'shtlarini iste'mol qilishni o'z ichiga oladi.
The tuya festivali Bu har yili Baqtriya tuyalarini himoya qilishga yordam beradigan mahalliy NNT tomonidan o'tkaziladigan Gobi shahrida va u mintaqadagi ko'chmanchi cho'ponlar hayotida muhim rol o'ynaydigan bayramdir. Tuy poygalari, tuya polosi musobaqalari va mo'g'ul musiqa va raqsining an'anaviy chiqishlari. Xohlaganlar festivalga o'zlarining mo'g'ulcha eng yaxshi kiygan, shu jumladan an'anaviy piyoz kiygan tuya bilan sayohat qilishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |