Samarqand yengil sanoat va iqtisodiyot kolleji bitiruv malakaviy ish



Download 225,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana08.01.2020
Hajmi225,09 Kb.
#32497
  1   2   3
Bog'liq
asosij vositalar hisobi


 

 



 

 

SAMARQAND YENGIL SANOAT VA IQTISODIYOT KOLLEJI 



 

 

 



 

BITIRUV MALAKAVIY ISH

 

 



 

MAVZU:


 Asosiy vositalar hisobi 

 

 



 

BAJARDI: MAMEDOV M. 

TEKSHIRDI: RAFIVEVA Z. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



SAMARQAND 

 

 



 

Asosiy vositalar hisobi 

 

KIRISH                                                                                                                        2 



                                                      

1.BOB.  Asosiy  vositalarning  turkumlanishi  va  ularning  harakatini  hujjatlarda 

rasmiylashtirish.                                                                                                         

1.1 Asosiy vositalarning uchyotining vazifalari, ularni turkumlash va baholash.        3-5  

1.2 Asosiy vositalarning harakatini hujjatlarda rasmiylashtirish.                                 5-7   

1.3 Foydalanishga qabul qilingan asosiy vositalarni hisobga olish.                             7-10   



2.BOB. Asosiy vositalarning inventarizasiyasi. 

2.1 Asosiy vositalarni eskirish va yoyilishini amortizatsiyasini hisobga olish.         10-13  

2.2 Asosiy vositalarning taomirlanishini hisobga olish                                              13-16  

2.3 Asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishini hisobga olish                                  16-17 

2.4 Asosiy vositalarning inventarizatsiyasi va ularni qayta baholash.                        17-19 

3.BOB. Ijaraga olingan va nomoddiy aktivlarni hisobga olish.                             

3.1 Ijaraga olingan asosiy vositalarni hisobga olish.                                                   19-22    

3.2 Nomoddiy aktivlarni hisobga olish                                                                        22-24 

3.3 Asosoiy vositalarning analitik va sintetik hisobi                                                   24-30  



XULOSA                                                                                                                      31 

Foydalanilgan adabiyotlar                                                                                         32 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


 



                                                      KIRISH 

         Bugungi  kunning  eng  dolzarb  muammosi  -  bu  2008  yil  AQSHda  boshlangan  jahon 

moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi,  uning  ta’siri  va  salbiy  oqibatlari,  yuzaga  kelayotgan  vaziyatdan 

chiqish yo’llarini izlashdir. 

         O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tishning qabul qilingan 5 tamoyili (iqtisodiyotning 

siyosatdan  ustunligi,  davlat  -  bosh  islohotchi,  kuchli  ijtimoiy  siyosat  yurgizish,  qonun 

ustuvorligi,  bozor  iqtisodiyotiga  bosqichma-bochkich  o’tish),  o’ziga  hos  islohot  va 

modernizasiya  modeli  orqali  o’z  oldimizga  uzoq  va  davomli  milliy  manfaatlarimizni  amalga 

oshirish vazifasini qo’yilishi, "shok terapiyasi" kabi usullardan voz kechilishi. 

"Yangi  uy  qurmasdan  turib,  eskisini  buzmang"  degan  hayotiy  tamoyilga  tayangan  holda,         

islohotlarni izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirilishini tanlanishi. O’tish davrida muhimi, 

davlat  -  bosh  islohotchi  sifatida  mas’uliyatni  o’z  zimmasiga  olishi  va  bunday  yondashuvning 

ohir  oqibatda  o’zini  to’la  oqlashi.  Shu  o’rinda  O’zbekistonda  moliyaviy-  iqtisodiy,  byudjet, 

bank-kredit  tizimi  shuningdek,  iqtisodiyotning  real  sektori  korhonalari  va  tarmoklarining 

barqaror  hamda  o’zluksiz  ishlashini  ta’minlash  uchun  etarli  darajada  zahiralar  yaratilganligi  va   

zarur resurslar bazasining mavjud ekanligi. 

            Amerikada  boshlangan  inqirozning  bunday  tez  muddatda  tarqalishiga  bir  tomondan 

dunyo davlatlarining ishlab chiqarishi ko’p jixatdan okean orti davlati bilan chambarchas bog’liq 

ekani  sabab  bo’ldi.  Ikkinchi  tomondan  ,  sayyoramizdagi  deyarli  barcha  davlatlarning  Amerika 

dolariga muqobil valyuta zaxirasiga ega ekani muammoni yanada chuqurlashtirdi. 

Har  bir  korxonaning  ishlab  chiqarish  jarayoni  nafaqat  material,mehnat  va  moliyaviy 

resurslaridan  foydalanish  hisobiga  balki  asosiy  vositalardan  foydalanish  hisobiga  ham 

ta’minlanadi. 

         Asosiy vositalar mehnat qurollari bo’lib ularga quyidagilar kiradi: 

-stanoklar; 

-ish mashinalari; 

-uzatuvchi moslamalar; 

-instrument va shu kabilar; 

Shuningdek 

mehnat 

jarayonini 



moddiy 

sharoitlari-ishlab 

chiqarish 

binolari,inshootlar,transport vositalari va boshqalardir. 

Asosiy  vositalardan  samarali  foydalanishning  asosiy  ko’rsatkichlaridan  biri  bo’lib  bekor 

turishlarni  qisqartirish,smenalik  koeffisiyentini,yangi  texnika  va  texnologiyani  qo’llash 

asosida unumdorligini,fond qaytimini oshirish bo;lib hisoblanadi,ya’ni asosiy vositaning har 

bir so’miga to’g’ri keladigan mahsulotlar bajarilgan ishlar hajmini ko’paytirish. 



 

 

 



1.BOB.  Asosiy  vositalarning  turkumlanishi  va  ularning 



harakatini hujjatlarda rasmiylashtirish. 

1.1 

ASOSIY 

VOSITALARNING 

UCHYOTINING 

VAZIFALARI,ULARNI 

TURKUMLASH VA BAHOLASH. 

Asosiy vositalar deb, uzoq muddat o`zining tabiiy-ko`rinishini saqlab turadigan, asta-sekin 

eskiradigan va ishlab chiqarilayotgan mahsulot qiymatiga o`z qiymatini asta-sekin o`tkazadigan 

mehnat vositalariga aytiladi. Asosiy vositalarga qiymati eng kam oylik ish xaqishing 15 barobari 

miqdorida  va  undan  ortiq  bo`lgan,  bir  yildan  ortiq  muddat  foydalanishda  bo`ladigan,  natural 

ko`rinishini  o`zgartirmay  ishlab  chiqarish  jarayonida  uzoq  muddat  foidalanishda  bo`ladigan 

vositalar  kiradi.  Ularga  binolar,  inshootlar,  mashina,  uskuna,  xo`jalik  inventarlari,  asbob-

uskunalar va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. 

Asosiy vositalar bo`yicha buxgalteriya uchyotining vazifalari quyidagilardan iborat: 

1)  asosiy  vositalar  harakati  bilan  bog`liq,  hamma  operatsiyalarni  to`gri  va  o`z  vaqtida 

hujjatlarda rasmiylashtirish hamda tegishli hisob registrlarida umumlashtirish; 

2) asosiy vositalarning eskirishi va amortizatsiyasini to`g`ri hisoblash; 

3) asosiy vositalarning taomir mablag`laridan to`g`ri va oqilona foydalanishni nazorat qilish; 

4) asosiy vositalardan samarali foydalanishni nazorat qilish; 

5) asosiy vositalar xavfsizligini saqlashni nazorat qilish; 

6)  ishlab  chiqarish  quvvatlaridan  to`la  foydalanish  uchyotiga  mahsulot  ishlab  chiqarishni 

oshirishning ichki rezervlarini aniqlash. 

Hisob hamda rejalashtirishda asosiy vositalar maolum guruhlarga bo`linib hisobga olinadi va 

rejalashtiriladi.  Chunki  asosiy  vositalarni  hisobga  olish,  rejalashtirishni  to`g`ri  tashkil 

qilishishning  muhim  sharti  ularni  ilmiy  jihatdan  turkumlash  va  baholash  hisoblanadi.  Asosiy 

vositalar ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga qarab ishlab chiqarishning asosiy vositalariga 

va ishlab chiqarishga taalluqli bo`lmagan oboektlarga bo`linadi. 

Ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan va unga xizmat qiladigan mehnat vositalari ishlab 

chiqarishning  asosiy  fondlari  deb  ataladi.  Ularning  ishlab  chiqarish  jarayonida  qatnashishdagi 

roli  har  xil,  baozilari,  masalan,  mashinalar,  asbob-uskunalar  ishlab  chiqarishda  mehnat  quroli 

sifatida  qatnashadi,  ayrimlari  esa  ishlab  chiqarish  jarayonining  to`xtovsiz  ishlab  turishini 

taominlaydi (masalan, inshootlar), yana boshqalari ishlab chiqarish uchun sharoit yaratib beradi. 

Jumladan, ishlab chiqarish binolari, yo`llar va boshqalar. 

Ishlab  chiqarish  jarayonida  to`g`ridan-to`g`ri  qatnashmaydigan  oboektlarga  uy-joy-

kommunal  xo`jaligi  vositalari,  sog`liqni  saqlash  muassasalari  (kasalxona,  ambulatoriya, 

poliklinika), madaniyat va maorif muassasalari (klublar, teatrlar, kutubxona, bolalar bogchalari) 

va boshqalar kiradi. 

Xalq xo`jaliga tarmoqlarining turkumlanishiga muvofik, asosiy vositalar quyidagi tarmoqlar 


 

va  faoliyat  turlariga  bo`linadi:  sanoat,  kishlok,  xo`jaligi,  transport,  aloka,  qurilish,  savdo  va 



boshqalar.  Masalan,  sanoat  korxonalarida  mahsulot  ishlab  chiqarish  jarayoni  bilan  bevosita 

bog`liq,  bo`lgan  hamda  korxonaning  transport  moddiy-texnika  taominoti,  ombor  xo`jaligi  va 

boshqa  bo`limlarining  asosiy  vositalari  kiradi.  Sanoat  korxonalari  balansida  aks  ettiriladigan 

yordamchi  qishloq,  xo`jalik  bo`limiga  qarashli  oboektlar  «Qishloq  xo`jalik  tarmog`i»,  uy-joy-

kommunal  xo`jaligiga  qarashli  oboektlar  «Axoliga  maishiy  xizmat  ko`rsatish»  va  «Uy-joy-

kommunal xo`jaligi» tarmog`ig`a kiradi. 

Demak,  sanoat  korxonalaridan  tashqari,  boshqa  xalq,  xo`jaliga  tarmoqlariga  qarashli 

oboektlar  ham  foydalanishda  bo`lishi  mumkin,  Shu  nuqtai  nazardan  sanoat  korxonalarining 

asosiy  vositalarini  sanoat  ishlab  chiqarishi  va  boshqa  xalq  xo`jaligi  tarmoqlarining  ishlab 

chiqarish  fondlariga  bo`lish  mumkin.  Xalq  xo`jaligi  tarmoqlarining  asosiy  vositalari  o`z 

foydalanish nuqtai-nazaridan quyidagi guruhlarga bo`linadi: 

1. Bino. 

2. Inshoot, 

3. O`tkazuvchi qurilmalar. 

4. Mashina va uskunalar: 

a) kuch mashinalari va uskunalari; 

b) ishchi mashina va uskunalari; 

v) o`lchov va tartibga soluvchi asboblar, qurilmalar va 

laboratoriya uskunalari; 

g) hisoblash texnikasi; 

d) boshqa mashina va uskunalar. 

5. Transport vositalari, 

6. Asbob-uskunalar. 

7. Ishlab chiqarish inventarlari va jixozlari. 

8. Xo`jalik inventarlari. 

9. Ishchi va mahsuldor mollar. 

10. Ko`p yillik daraxtlar. 

11. Yerni yaxshilash bo`yicha kapital harajatlar (inshootlarsiz). 

12. Boshqa asosiy vositalar. 

Foydalanilishi 

nuqtai 

nazaridan 



asosiy 

vositalar 

harakatdagi, 

zapasdagi 

va 

foydalanilmaydigan oboektlarga, u yoki bu korxonaga qarashliligi nuqtai-nazaridan korxonaning 



o`ziga  qarashli  va  ijaraga  olingan  obbektlarga  bo`linadi,  Asosiy  vositalar  dastlabki  qiymati 

bo`yicha hisobga olinadi. 

Oboektning  dastlabki  qiymati  -  bu  asosiy  vositalarni  qurish  yoki  sotib  olish  bo`yicha 

qilingan  xaqikiy  harajatlar  yigindisidir,  bunga  to`langan  soliqdar  hamda  to`lovlar,  keltirish  va 



 

montaj  qilish,  o`rnatish,  foydalanishga  topshirish,  undan  maqsadli  foydalanish  uchun  ishchi 



xolatiga keltirish bilan to`g`ridan-to`g`ri bog`liq, bo`lgan boshqa hamma harajatlar kiradi, 

Tiklash  qiymati  asosiy  fondlarni  qayti  ishlab  chiqarish  qiymatidan,  yaoni  ularni  maolum 

muddatga harakatdagi bozor baxolari bo`yicha qurish yoki sotib olishdan iborat, 

Asosiy  vositalarning  qoldiq  qiymati  ularning  dastlabki  qiymatidan  eskirish  summasining 

ayrilganiga teng. 

Asosiy  vositalarning  eskirishi  -  bu  asosiy  vosita  oboektlarining  dastlabki  imkoniyatlarini 

yo`qotganliklarini tavsiflovchi jarayondir (fizik va mahnaviy). 

Eskirish  meoyori  asosiy  vositalarning  dastlabki  (tiklash)  qiymatiga  foiz  uchyotida 

ifodalangan eskirish miqdoridir. 

Amortizatsiya eskirishning qiymatdagi ifodasi bo`lib, asosiy vosita aktivining butun xizmati 

davomida mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga va davr harajatlariga qshshiladigan amortizatsiya 

qiymatini sistematik ko`rinishda taqsimlashdir. 

Foydali  xizmat  muddati  -  bu  shunday  muddatki  uning  davomida,  asosiy  vositadan 

foydalanishdan olinadigan iqtisodiy samaradir. 

Normativ  xizmat  muddati  -  bu  shunday  davrki,  uning  davomida  korxona  belgilangan 

meoyorlarga muvofiq, asosiy vositalar bo`yicha eskirish hisoblaydi. 

Dastlabki qiymat korxonada oboekt foydalanishga topshirilgan muddatda vujudga keladi va 

unga  asosiy  vositani  qurish  yoki  sotib  olish  bo`yicha  qilingan  xaqikiy  harajatlar  qiymati 

to`langan  soliqlar  va  to`lovlar,  keltirish  va  montaj  bo`yicha  harajatlar,  o`rnatish,  foydalanishga 

topshirish,  maqsadli  foydalanish  uchun,  uni  ishchi  xolatiga  keltirish  bilan  to`g`ridan-to`g`ri 

bog`liq,  bo`lgan  boshqa  hamma  harajatlar  kiradi.  Asosiy  vositalar  dastlabki  qiymatining  tarkib 

topish manbalari quyidagilardan iborat: 

1) korxona ustav kapitaliga taosischilar ko`shgan ulushi, asosiy vositalar qiymati - tomonlar 

kelishuvi bo`yicha; 

2) korxonashshg o`zida tayerlangan asosiy vositalar hamda boshqa korxona va shaxslardan 

sotib olingan vositalar qiymati - keltirish, montaj va o`rnatish bo`yicha harajatlar bilan xaqikiy 

harajatlar summasida; 

3)  bepul  olingan  asosiy  vositalar  qiymati  hamda  yordam  sifatida  olingan  vositalar  qiymati 

tekshirish yo`li bilan yoki qabul-topshirish hujjatlari maolumotlari asosida aniqlanadi. 

Asosiy  vositalar  ayrim  oboektlarining  dastlabki  qiymati  ular  tiklanganda  yoki 

takomillashtirilganda  ko`payishi  va  oboekt  qisman  tugatilganda  hamda  qismlarga  ajratilganda 

kamayishi mumkin, Quyidagilar asosiy vositalarning dastlabki qiymati bo`lib hisoblanadi: 

1)  1995  yil  1  yanvar  xolati  bo`yicha  qayti  baholangan,  korxona  balansida  hisobda  bo`lgan 

asosiy vositalar uchun - ularning hisobda aks ettirilgan tiklash qiymati; 

2) kapital ko`yilmalar uchyotidan qurilgan yoki sotib olingan asosiy vositalar uchun inventar 


 

qiymat quyidagilardan iborat bo`ladi: 



a)  bino  va  inshootlar  uchun  -  oboektni  qurish  bo`yicha  qurilish  va  montaj  ishlari 

harajatlaridan,  proyekt-qidiruv  ishlari  va  obhekt  inventar  qiymatiga  ko`shilishi  lozim  bo`lgan 

boshqa harajatlardan; 

b)  montaj  talab  qiluvchi  uskunalar  uchun  -  suyanch  yoki  asosni  qurish,  montaj 

harajatlaridan  va  proyekt-qidiruv  ishlari  hamda  oboekt  inventar  qiymatiga  qo`shilishi  lozim 

bo`lgan boshqa harajatlardan; 

v)  montaj  talab  qilinmaydigan  uskunalar  uchun  -  keltirish  hamda  sotib  olish  bo`yicha 

harajatlardan; 

g)  korxonaga  bepul  qabul  qilingan  oboektlar  uchun  -  asosiy  vosita  oboektini  qabul-

topshirish hujjatida ko`rsatilgan qiymati bo`yicha; 

d)  korxona  sotib  olgan,  avval  foydalanishda  bo`lgan  oboektlar  uchun  -  sotish  xaqidagi 

hujjatda ko`rsatilgan obhektni sotib olish bo`yicha eskirish summasi qo`shilgan xolda sotib olish, 

keltirish bo`yicha va oboektni sotib olish bilan bog`liq boshqa harajatlar. 

Tiklash  qiymati  deganda,  asosiy  fondlarni  takror  ishlab  chiqarish  qiymati,  yaoni  maolum 

muddatga harakatdagi bozor baxosi bo`yicha ularni qurish  yoki sotib olish qiymati tushuniladi. 

Yana  Respublika  xukumati  qaroriga  ko`ra  olib  boriladigan  asosiy  vosita  oboektlarini  qayti 

baholash natijasida aniqdangan qiymat ham tiklash qiymati deb hisoblanadi. 

Asosiy  vositalarning  hisob  qiymati  deganda,  ularni  hisobotda  va  balansda  aks  ettiriladigan, 

yaoni balans qiymati tushuniladi. 

 

1.2 ASOSIY VOSITALAR HARAKATINI  XUJJATLARDA  

RASMIYLASHTIRISH TARTIBI 

 

Sanoat  ishlab  chiqarishining  to`xtovsiz  o`sib  borishi  korxonalarda  asosiy  vositalarning 



ko`payishi va ulardan foydalanishni yanada yaxshilash bilan bog`liqdir. Bu ko`p jixatdan asosiy 

vositalar  harakatini  hujjatlarda  rasmiylashtirish  tartibiga  qattiq,  rioya  qilinishini  talab  etadi. 

Asosiy vositalar harakatini hisobga olishda quyidagi shakllardan foydalaniladi: 

OS-1  shakli.  Asosiy  vositalarni  qabul-topshirish  akti.  Akt  har  bir  oboekt  uchun  yozilib, 

buxgalteriyaga  beriladi  va  asosiy  vositani  hisobga  olish  inventar  kartochkalariga  yozish  uchun 

asos bo`lib xizmat qiladi. 

OS-2  shakli.  Taomir  qilingan,  tiklangan  va  takomillashtirilgan  oboektlarni  qabul-topshirish 

akti. 


OS-3 shakli, Asosiy vositalarni tugatish to`g`risidagi akti. 

OS-4 shakli. Avtotransport vositalarini hisobdan chiqarish akti. 

OS-6 shakli. Asosiy vositalarni hisobga olish inventar kartochkasi, Asosiy vositalarni qabul-

 

topshirish aktlari va ushbu oboekt texnik hujjatlari asosida har bir oboektga inventar kartochkasi 



ochiladi. 

OS-7 shakli, Asosiy vositalarni hisobga olish bo`yicha inventar kartochkalar ro`yxati. 

OS-8  shakli.  Asosiy  vositalar  harakatini  hisobga  olish  kartochkasi.  Turkum  guruhdari 

bo`yicha  asosiy  vositalar  harakatini  hisobga  olish  uchun  ko`llaniladi.  Kartochka  maolumotlari 

asosida asosiy vositalar harakati xaqidagi hisobot to`lgaziladi. 

OS-9 shakli. Asosiy vositalar inventar ro`yxati. 

 

1.3 FOYDALANISHGA QABUL QILINGAN ASOSIY 

VOSITALARNI HISOBGA OLISH 

 

Foydalanishga  qabul  qilingan  har  bir  oboekt  uchun  OS-1  raqamli  tipik  shakldagi  asosiy 

vositalarni  qabul  qilish-topshirish  akti  yoziladi,  Unda  oboektning  dastlabki  qiymati  va  boshqa 

texnik-iqtisodiy  maolumotlar  ko`rsatiladi.  Aktga  ushbu  oboektga  taalluqli  bo`lgan  jami  texnik 

hujjatlar  qo`shib  qshyiladi,  Asosiy  vositalar  uchyoti  korxona  buxgalteriyasida  belgilangan 

nomenklaturada har bir inventar oboekti bo`yicha yuritiladi. 

Inventar  oboekti  deyilganda  ayrim  vosita  yoki  maolum  ishlab  chiqarish  funksiyasini 

bajarishga mo`ljallangan buyumlar (hamma moslamalari bilan) jami tushuniladi. Hisobga qabul 

qilingan har bir asosiy vosita oboektiga, masalan binolarga 001 dan 099 gacha, inshootlarga 100 

dan  199  gacha,  o`tkazgich  qurilmalariga  200  dan  299  gacha  va  xokazo  inventar  rakami 

biriktiriladi. 

Buxgalteriya  akt  asosida  OS-6  shaklidagi  inventar  kartochkasini  ochadi  va  unga  oboekt 

xaqidagi hamma maolumotlarni yozadi. So`ngra inventar kartochkalari OS-7 shaklidagi mahsus 

ro`yxatda,  asosiy  vositalar  turkum  guruhlari  bo`yicha  ro`yxat  qilinadi.  Ro`yxat  qilingan 

kartochkalar  asosiy  vositalar  kartotekalariga  joylashtiriladi,  bunda  ular  tarmoq,  turkum 

guruhdari,  gurux  ichida  esa  joylanish,  foydalanish  joylari  va  turlari  bo`yicha  guruhlanadi. 

Harakatda bo`lmagan asosiy vosita oboektlarining kartochkalari aloxida guruhlanadi. 

Asosiy  vositalar  uchyoti  foydalanish  joylarida  (sexlar,  uchastkalar,  korxona  bo`limlari) 

asosiy vositalar inventar kartochkalari bo`yicha amalga oshiriladi (OS-9 shakli). Hamma moddiy 

javobgar  shaxslar  bilan  belgilangan  namunada  2  nushada  shartnoma  tuziladi,  bittasi 

buxgalteriyada,  har  bir  moddiy  javobgar  shaxsga  ochilgan  deloda,  boshqasi  esa  o`sha  xodimda 

sakdanadi. 

Qabul  qilingan,  tugatilgan  va  korxona  ichida  ko`chirilgan  asosiy  vositalarning  inventar 

kartochkalari  tegishli  yozuvdan  so`ng  oy  oxirigacha  aloxida  saqlanadi,  Ular  asosida  har  oyda 

asosiy  vositalar  amortizatsiyasi  hisob-kitobi  tuzilatsi,  ularning  har  biri  bo`yicha  qabul  qilish, 

hisobdan  chiqarish  bo`iicha  oborotlar  qo`shiladi  va  asosiy  vositalar  harakatini  hisobga  oliy 



 

kartochkasi  to`lg`aziladi.  Asosiy  vositalar  harakatini  hisobga  olish  kartochkasi  (OS-8  shakli) 



joriy  yilning  boshida  ochiladi.  Unda  1  yanvarga  va  har  bir  keyingi  oyning  1-kuniga  asosiy 

vositalarning  xolati  turlari  bo`yicha  ko`rsatiladi.  Bu  maolumotlardan  asosiy  vositalar  harakati 

oborot  vedomosti  tuzishda  foydalaniladi  va  u  o`z  navbatida  korxona  asosiy  vositalar  harakati 

hamda xolati xususida hisobot tuzish uchun asos bo`lib xizmat qiladi. 

Foydalanishdagi,  zaxiradagi  yoki  ijaraga  berilgan  korxonaga  qarashli  asosiy  vositalarning 

xolati  va  harakatini  hisobga  olish  01-«Asosiy  vositalar»,  07-«O`rnatiladigan  asbob-uskunalar», 

08-«Kapital  ko`yilmalar»  schyotlarida  yuritiladi.  Asosiy  vositalarni  sotib  olish  bo`yicha 

schetlarni to`lashga rozilik berilishi va to`lanishi schetlarda quyidagicha aks ettiriladi: 

 

D- 60-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» 



K - 51-«Hisob-kitob scheti» 

D - 07-«O`rnatiladigan asbob-uskunapar»  

K - 60-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar» 

 

Montajga topshirilgan uskunalar qiymati va montaj harajatlari summasiga: 



D- 08-«Kapital qo`yilmalar» 

K-07-«O`rnatiladigan asbob-uskunalar»  

D-08-«Kapital qo`yilmalar» 

K-10,70,60,69-schyotlar 

 

Qabul qilingan asosiy vositalarning montaj, o`rnatish va foydalanishga topshirish harajatlari 



hisobga olingan xoldagi qiymatiga: 

 

D- 01-«Asosiy vositalar» 



K- 08-«Kapital quyilmalar»  

 

Shrnatish va mantaj talab qilinmaydigan asosiy vositalar oboektlari bshyicha quyidagicha 



buxgalteriya provodkasi tuziladi. 

D-60-“Mol yetkazib beruvchilar bilan hisob kitoblar” 

K-51-“Hisob kitoblar scheti 

D-08-«Kapital ko`yilmalar» 

K-60-“Mol yetkazib beruvchilar bilan hisob kitoblar” 

D-01-«Asosiy vositalar» 

K- 08-«Kapital quyilmalar 

 


 

10 


Taosischilar  tomonidan  korxona  mulkiga  qshshilgan  asosiy  vositalar  qiymatiga 

kelishilgan narxda quyidagicha provodka tuziladi: 

D-01-«Asosiy vositalar»  

K-75-«Taosischilar bilan hisob-kitoblar scheti» 

Nodavlat  sektoridagi  korxonalar  bepul  olingan  asosiy  vositalar  qiymatini  hisobda 

quyidagicha aks ettiriladi. 

D-01-«Asosiy vositalar»  

K-80-«Foyda va zararlar» 

Eskirish summasiga  

D-01-«Asosiy vositalar»  

K-02-«Asosiy vositalarning eskirishi» 

Korxona bepul olingan asosiy vosita oboektlarini realizatsiya qilganda debetli qoldiq (zarar) 

yoki  kreditli  qoldiq  (47-«Asosiy  vositalarning  realizatsiyasi  va  boshqa  ko`rinishdagi  hisobdan 

chiqarishlar»  scheti  bo`yicha  daromad)  joriy  davrda  80-«Foyda  va  zararlar»  schetiga  yoziladi. 

Amaldagi  nizomga  muvofiq  47-schet  bo`yicha  debetli  salhdo,  foydadan  (daromaddan)  soliq, 

hisob-kitob qilishda soliqka tortiladigan bazani kamaytirmaydi. 

Soliqka  tortiladigan  baza  47-«Asosiy  vositalarning  realizatsiyasi  va  boshqa  ko`rinishdagi 

hisobdan chiqarishlar» schetining kreditli salhdo summasiga ko`payadi. 

Asosiy vositalarni bepul topshiradigan korxonalar, ularni o`zining uchyotida quyidagicha aks 

ettiradi: 

D – 47 - «Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqa kurinishidagi hisobdan chiqarishlar» 

K - 01 - «Asosiy vositalar» 

Eskirish summasiga  

D- 02-«Asosiy vositalarning eskirishi» 

K-  47-«Asosiy  vositalarning  realizatsiyasi  va  boshqa  kshrinishidagi  hisobdan 

chiqarishlar»   

Debetli  salhdo  asosiy  vositalar  qoldiq,  qiymatini  ko`rsatadi  va  ustav  kapitalining 

kamayishiga yoziladi. 

 D- 85-«Ustav kapitali» 

K-47-«Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqa kshrinishdagi hisobdan chiqarishlar» 

 

Bepul qabul qilingan asosiy vositalarni montaj qilish, o`rnatish bo`yicha  harajatlar korxona 



uchyotidan  olib  boriladi  va  08-«Kapital  qo`yilmalar»  schetida  hisob  qilinadi.  Bepul  olingan 

asosiy  vositalarni  keltirish  bo`yicha  harajatlar  20-«Asosiy  ishlab  chiqarish»,  25-«Umumishlab 

chiqarish harajatlari» yoki 26-«Davr harajatlari» schyotida hisob qilinadi. 

 

 



 

11 


Download 225,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish