Samarqand viloyati Past darg’om tuman xtbga qarashli 99-ummumiy o’rta ta’lim maktabining kimyo fan o’qituvchisi Hakimov Muhriddin Komiljonovich



Download 314,88 Kb.
Sana20.09.2021
Hajmi314,88 Kb.
#180647
Bog'liq
Asoslar

Samarqand viloyati Past darg’om tuman XTBga qarashli 99-ummumiy o’rta ta’lim maktabining kimyo fan o’qituvchisi Hakimov Muhriddin Komiljonovich

Mavzu: ASOSLAR

Reja:

ASOSLARNING TARKIBI, TUZILISHI VA NOMLANISHI

  • Asoslar deb metall atomi va bir yoki bir necha gidroksoguruhlardan tashkil topgan murakkab moddalarga aytiladi (ammoniy gidroksid NH4OH ham shu moddalar guruhiga kiradi).
  • Asoslar tarkibidagi gidroksoguruhlar soni metall atomining va lentligiga son jihatdan teng bo‘ladi, chunki gidroksoguruh shartli ravishda bir valentli.
  • Asoslar funksional guruhli moddalar toifasiga mansubdir. Asoslarning umumiy formulasi M(OH)n tarzida ifodalanadi: bu yerda M – metall atomi; n – metall atomining valentligi.

Nomlanishi

  • Asoslarning nomio‘zgarmas valentli metallar uchun «metall atomi nomi + gidroksid» shaklida yasaladi: kaliy gidroksid – KOH, bariy gidroksid – Ba(OH), aluminiy gidroksid – Al(OH)3.
  • Agar metall atomi o‘zgaruvchan valentli bo‘lsa va bir necha xil gidroksidlar hosil qilsa, metall atomi nomidan so‘ng uning valentligi qavs ichida rim raqami bilan ko‘rsatiladi va qavsdan keyin chiziqcha qo‘yiladi hamda gidroksid so‘zi yoziladi: vismut (III)-gidroksid – Bi(OH)3, mis (II)gidroksid – Cu(OH)2.
  • Metall atomi nomiga gidroksoguruh sonining yunoncha sonlarda ifodalan ishini qo‘shib ham gidroksidlarni nomlash mumkin: Ca(OH)2 – kalsiy digidroksid; Bi(OH)3– vismut trigidroksid

ASOSLARNING TOIFALANISHI

  • Suvda eruvchi asoslar ishqorlar deb ataladi (NaOH, KOH...). Suvda erimaydigan asoslarga qolgan barcha asoslar kiradi (Cu(OH)2, Fe(OH)2, Mg(OH)2, Fe(OH)3, ..).
  • Amfoter asoslar esa ham kislota, ham asos xossalarini namoyon qiladi (Zn(OH)2, Cr(OH)3, Al(OH)3)...)

Toifalanishi

Olinishi

XOSSALARI


Asoslar – turli ranglarga ega bo‘lgan qattiq moddalardir: KOH, NaOH, Ca(OH)2 – oq rangli, Ni(OH)2 – yashil rangli, Fe(OH)3 – qo‘ng‘ir rangli moddalar va h.k. Ishqoriy va ishqoriy-yer metallar (berilliy va magniydan boshqa) gidroksidlari suvda eriydi. Qolgan asoslar suvda erimaydi yoki juda yomon eriydi. Ular ning kristall panja ralari tugunlarida metall ionlari va gidroksid ionlari turadi. Kimyoviy xossalari. 1. Suvda eriydigan asoslar indikatorlar rangini o‘zgartiradi. Masalan, fenolftaleinning suv-spirtli eritmasi har qanday suvda eruvchi asos ta’sirida pushti rangga kiradi:

Kimyoviy xossalari

ENG MUHIM ASOSLARNING ISHLATILISHI

  • Natriy gidroksid (o‘yuvchi natriy) – NaOH.
  • Oq tusli, suvda juda yaxshi eriydigan, hatto havodagi suv bug‘larini ham tortib olib suyuqlanadigan (gigroskopik) qattiq modda. Natriy gidroksidning suvdagi kuchsiz eritmasi qo‘l bilan ushlab ko‘rilganda sovundek tuyuladi va terini o‘yib yuboradi. Shuning uchun u texnik maqsadlarda «kaustik soda» deb ham nomlanadi. O‘yuvchi natriy bilan ishlaganda juda ehtiyot bo‘lish kerak. Uni teri va kiyimlarga tegishidan saqlanish lozim. Natriy gidroksid sanoat miqyosida ko‘p ishlab chiqariladi. Sanoatda uni osh tuzi (natriy xlorid tuzi) eritmasidan elektroliz (elektr toki yordamida parchalash) yo‘li bilan olinadi. Natriy gidroksid – kimyo sanoati uchun eng muhim xomashyolardan biridir: neftni qayta ishlash mahsulotlarini tozalashda; sovun, qog‘oz ishlab chiqarishda; to‘qimachilik va sun’iy tola ishlab chiqarish hamda sanoatning boshqa ko‘plab sohalarida qo‘llaniladi.

Kaliy gidroksid (o‘yuvchi kaliy) – KOH.

  • Oq tusli, suvda juda yaxshi eriydigan qattiq modda. Xossalari jihatidan o‘yuvchi natriyga juda o‘xshab ketadi. Sanoatda o‘yuvchi natriy kabi kaliy xlorid tuzi eritmasidan elektroliz qilib olinadi. Uning ta’sir kuchi o‘yuvchi natriynikiga o‘xshasa-da, tannarxi qimmatligi tufayli kamroq ishlatiladi.

Kalsiy gidroksid (so‘ndirilgan ohak) – Ca(OH)2.

E’tiboringiz uchun raxmat!

  • E’tiboringiz uchun raxmat!

Download 314,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish