Samarqand shahar xtmfmtte bo’limi tasarrufidagi 64-umumiy o’rta ta’lim maktab mehnat ta’limi o’qituvchi dusiyorova vaziraning



Download 20,93 Kb.
Sana25.06.2017
Hajmi20,93 Kb.
#15760
SAMARQAND SHAHAR

XTMFMTTE BO’LIMI TASARRUFIDAGI

64-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTAB

MEHNAT TA’LIMI O’QITUVCHI

DUSIYOROVA VAZIRANING

YILNING ENG YAXSHI FAN O’QITUVCHISI”



KO’RIK TANLOVI UCHUN TAYYORLAGAN

INNOVATSION PEDAGOGIK LOYIHASI

SAMARQAND- 2016 YIL.

Mehnat darslarini tashkil etish o’quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni, mehnat ko’nikmalarini o’zlashtirish, ijodiy fikrlashni, atrof- muhitga ongli munosabatni tarbiyalash va kasb tanlashni shakllantirish tizimining ajralmas qismidir. Shu maqsadda mehnat darslari uch bosqichli tashkil etilib, ulardan ko’zlangan maqsad – o’quvchilarni jismoniy tomondan to’g’ri rivojlantirish, mehnat olami va kishilari, mehnat qurollari va amallari, asosiy ishlab chiqarish sohalari va kasblar bilan tanishtirish, ish qurollaridan foydalanish, oddiy buyumlarni yasashga oid mehnat malakalarini hosil qilish, ongli ravishda kasb tanlashga yo’naltirishdan iborat.

1-4 sinf o’quvchilariga o’tilgan mehnat darslarida oddiy mehnat amallari bajarilib, asosan qog’oz, yelim, gazlama,ip, plastilin kabi materiallardan foydalaniladi.

5-7 sinfda texnologiya va dizayn, servis xizmati va qishloq xo’jalik asoslari yo’nalishlarida tashkil etiladi. Bunda yog’och metal, gazlamalarga ishlov berish va taom tayyorlash, elektro texnik ishlar va ta’mirlashga katta e’tibor beriladi.

8-9 sinfda o’quvchilarga kengroq tushunchalar beriladi. Kasb tanlashda nimalarga e’tibor berish zarurligi haqida ma’lumotlar beriladi.moddiy ne’matlar ishlab chiqarishda aqliy va jismoniy harakatlar jarayonini tashkil etishga katta e’tibor qaratiladi.

Yuqorida keltirilgan 5-9 sinf mehnat ta’limi fanidan dars o’tish jarayonida o’quvchilarda quyidagi muammolarning mavjudligi kuzatiladi:



  • Mehnat ta’limidan dars jarayonini tashkil etishda maktab moddiy texnik bazasining kamligi, sharoitlarning talab darajasida bo’lmaganligi

  • Mehnat ta’limi darslarida nazariy va amaliy jarayonlar uyg’unligini ta’minlash;

  • O’quvchilar tasavvurini kengaytirish, kasb ko’nikmalarini shakllantirish;

  • Mustaqil fikrlash, amaliy jarayonlarga muqsaqli kirishish ko’nikmalarining pastligidir.

Biz muammo deb keltirgan yuqoridagi ko’rsatkichlarni bartaraf etish uchun o’qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish, mehnat darslarida qo’llash mumkin bo’lgan pedagogik usullarda ko’proq foydalanish zarur. Ammo aynan mehnat darslarida qo’llash mumkin bo’lgan pedagogik usullar haqida ma’lumotlarimiz boshqa fan o’qituvchilariga nisbatan kam.

Mehnat ta’limi darslarida o’quvchilar tasavvurlarini kengaytirsh, ularning kasbiy ko’nikmlarini oshirish maqsadida men, yangi pedagogik usullarni ko’proq dars jarayonlariga tadbiq etishni taklif etaman.

Maktablarda darslarni yoritishda o’quvchilar maxsulotni ishlab chiqarish, uni tarkibini shakllantirish boshqacha aytganda ular doim iste’mol qiladigan maxsulotlarning qanday jarayonlardan o’tishini aniq tasavvur qila olmaydi. O’qituvchi o’z pedagogik mahorati orqali o’quvchilar nazariy ma’lumotlarini boyitib amaliy jarayonlar bilan bog’lashi zarur. Men bu muammoning yechini yengillashtirish uchun quyidagi pedagogik usulni taklif qilaman.

“Bu nimadan yasalgan?” usuli

QO’LLANILISHI: ushbu pedagogik usul nazariy va amaliy mashg’ulotlar uyg’unlashgan mehnat darsining ko’proq mustahkamlash qismida yoki darsga kirishish qismida ushbu mahsulot yoki jihoz haqida birlamchi ma’lumotga ega , ega emasligini bilishda qo’llanilishi mumkin. Masalan turli xildagi taomlarni tayyorlashda; tikiladigan kiyimlar yoki yasaladigan jixozlarni tayyorlashda qo’llaniladi.

PEDAGOGIK USULNING VAZIFASI:

Kasbiy malakani oshirishga xizmat qiluvchi ushbu usul orqali tayyorlanadigan har bir jihoz yoki buyumning nimadan yasalganligi o’rganish, taomlar tayyorlashda me’yorni shakllantirishdan iborat. Bu usulni qo’llash orqali o’quvchilarda arzon va sifatli mahsulot ishlab chiqarish ko’nikmasini shakllantirish, ularni mustaqil tadbirkorlik qilish uchun g’oyalar yaratishga o’rgatish , o’z imkoniyatlarini o’rinli baholay olish imkoniyati yaratiladi.

PEDAGOGIK USULNING MAQSADI: dars vazifasidan kelib chiqib, o’quvchilarga tanlash imkoniyatlarini yaratish, imkoniyatlardan o’rinli foydalanish, to’g’ri qaror qabul uchun sharoit yaratish. Kasbiy bilim va ko’nikma yaratish

QO’LLANISH BOSQICHI:



  1. Bosqich: O’quvchilarga berilgan vazufani bajarish uchun jihozlar va masalliqlar to’planadi. Ularga oldindan belgilangan narx qo’yiladi.

  2. Bosqich: O’quvchilar imkoniyatlardan foydalanib mahsulot tayyorlanishidagi zarur jihozlar va masalliqlar to’planadi. Ular imkoniyatlari belgilangan mablag’ doirasida o’lchanadi.

  3. Bosqich: jihozlar toplangandan so’ng, o’qituvchi ularning imkoniyatdan qay darajada foydalanganini, to’g’ri yoki noto’g’ri qaror qabul qilganini tekshiradi.

USULNI QO’LLASHNING AFZALLIGI:

Usul sodda bo’lib, o’quvchilarda mahsulot yoki taom tayyorlashda zarur jihozlarni bilishda, estetik didni shakllantirishda qulaydir. Ushbu usulni darsni faollashtirish, o’quvchilarni mustaqil ishlashga va mustaqil qaror qabul qilishda o’rgatishda qulaydir. Bu usuldan barcha yoshdagi o’quvchilar bilan o’tkaziladigan darslarda foydalanish mumkin.

USUL QO’LLANILISHIDAGI KAMCHILIKLAR:

Guruh bo’lib ishlashda o’quvchilar qarorlarining bir xil bo’lishi yoki ularning tanlovlarida bir xillik kuzatilishi mumkinligi. O’qituvchiga natijani baholashda qaysi bir guruhning to’g’ri qaror qabul qilganligini, ustunligining asoslanishi qiyinligi bo’lishi mumkin.

BAHOLASH TARTIBI:

REJA

AMALGA OSHIRILGAN QAROR

TANLANISHI ZARUR IMKONIYATLAR

MIQDORI

MABLAG’

TANLANGAN IMKONIYATLAR

MIQDORI

MABLAG’













































































































JAMI




00000







00000

Mavzu: “Qiyiqchaga gul bosish” 5-sinf

O’quvchilar 10 000 so’mga tayyor bo’ladigan qiyiqcha tayyorlashlari shart. Kerakli jihozlar

Mato 90x 90 sm2

Igna

Qaychi


Santimetr lentasi

Angishvona

Chizg’ich

Turli rangdagi mulina iplari

Ko’zmunchoq

Har birguruh o’quvchilari tikayotgan qiyiqchasi uchun kerakli bo’lgan ish quroli va xom-ashyoni 10000 ming so’mga tanlaydi.

Bu darsda ham “Bu nimadan yasalgan?” usuli darsning boshlanishida, ya’ni hozirlik jarayonida qo’llanildi.

Mavzu : “Furnitura” mavzusi 6-sinf

Bu mavzuni yoritishda darsning mustahkamlash qismida “Bu nimadan yasalgan?” usuli orqali yupka ishlab chiqarishda qanday furnituralarni qo’llash, ularni to’g’ri tanlay olish, ishlab chiqarish jarayonida qanday vositalardan foydalanish haqida ma’lumot beradi.

Mavzu: “Osh tayyorlash” 7- sinf 16 dars-17

Darsni boshlashga hozirlik ko’rish jarayonida o’qituvchi 10 kishini 35000 so’mlik osh tayyorlab to’ydirish mumkinmi? - deb savol beradi. Bu holatda o’quvchilar o’z fikrlarini bildirishadi.

So’ng ikkiga bo’lingan o’quvchilar guruhidan ikki nafardan o’quvchi chiqib 35000 so’mga yarasha masalliq olib to’yimli osh tayyorlashgakirishadi. O’quvchilar qarorini o’qituvchi o’z daftariga baholaydi. Ammo osh tayyor bo’lgunga qadar o’qituvchi o’z qarori haqida o’quvchilarga ma’lumot bermaydi.

Osh tayyorlanib, dasturxon nafis qilib bezatilgunga qadar ketadigan xarajatlar jami 35000 so’m sarflanishi zarur.

Mavzu: “.Kasblar klassifikatsiyasi” 8- sinf 12-14

Bu dars o’quvchilarga kasbiy mahoratni oshirish, kasb tanlash va kasb haqida tushunchaga ega bo’lish ko’nikmasini shakllantiradi. Bu darsning mustahkamlash qismida yuqorida taklif qilayotgan usulimiz “Bu nimadan yasalgan?” usulini qo’lash mumkin. O’qituvchi tomindan yoritilgan yangi mavzu bo’yicha ma’lumotlar beriladi. So’ng har bir guruh uchun bir savat ishlab chiqarilgan mahsulotlar qo’yiladi. Har bir guruh a’zosi bu mahsulotlardan birini olib, u nimadan yasalganligini, o’rtacha narxi haqida ma’lumot beradiva keyingi bosqichda bu mahsulotni ishlab chiqarishda qanday kasb egalari faoliayt yuritishini aytadi.

Mavzu: “Tovar ishlab chiqarish jarayoni” 9-sinf 20-21 m

Bu mavzuda o’qituvchi Tovar ishlab chiqarish jarayonida qanday resurslar ishlatilishi haqida ma’lumot beradi. Bola tasavvur qilishi oson bo’lgan biror bir maxsulot ishlab chiqarish jarayoni va usuli “Bu nimadan yasalgan ?” usuli orqali yoritadi. Har bir guruh o’z maxsuloti yuzasidan zanjirli tartibda maxsulotlar ishlab chiqarish jarayoni bosqichlarini aytib beradi.

USULNI QO’LLASHDAN SO’NG ERISHILADIGAN YUTUQLAR:



  1. O’quvchilarda quyidagi malaka va ko’nikmalar shakllanadi:

  • Tejamkor bo’lish

  • savdo madaniyati

  • xom – ashyo zaxiralarini to’plash ko’nikmasi

  • mablag’ni o’rinli sarflash

  • tadbirkorlik qilishga qiziqish o’ygonishi

  • biznes g’oya shakllanishi

  • darsga qiziqishning kuchayishi

  • mustaqil maxsulotlar yaratish yoki mustaqikfikrlash , qaror qabul qilish

  1. O’qituvchi pedagogik mahoratining oshishi, o’quvchilar bilan yangidan-yangi g’oyalar asosida ish olib borishining kuchayishi, darslarning mukammallashuvi, muammoli mavzularning kamayishiga olib keladi. O’quvchilarga o’tilayotgan mavzularning samarali bo’lishini ta’minlaydi.

Download 20,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish