SAHNA NUTQI FANINI OʻQITISHDA PEDAGOGIK YONDASHUVNING
AHAMIYATI
Aydos Jangabayevich Utepbergenov
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Nukus filiali
Annotatsiya:
Ushbu maqolada sahna soʻzi fanini oʻqitishda pedagogik
mahoratning tarbiyaviy xususiyatlari haqida fikr yuritilgan. Aktyorlik mahoratida
obraz yaratishda pedagogik yondoshuvning ahamiyati katta hisoblanadi.
Kalit soʻzlar:
sahna nutqi, pedagogika, mahorat, obraz, nutq, ovoz, nazariya.
THE IMPORTANCE OF PEDAGOGICAL APPROACH IN TEACHING
STAGE SPEECH
Aydos Jangabayevich Utepbergenov
Nukus branch of Uzbekistan State Institute Arts and Culture
Abstract:
This article discusses the educational features of pedagogical skills in
the teaching of stage speech. The importance of a pedagogical approach in creating
an image in acting is great.
Keywords:
stage speech, pedagogy, skill, image, speech, sound, theory.
Aktyorlik mahorati uchun moʻljallangan fanlarni pedagogik usullardan
foydalanish orqali dars oʻtish yaxshi natija beradi. Shu nuqtayi nazardan kelib
chiqqan holda, sahna nutqi fan dasturida ilgari surilgan talablarga muvofiq
zamonaviy interfaol metodlardan foydalanish zarur. Sahna nutqi fanini mukkamal
oʻrgatishdan maqsadi - aktyorlik mahoratining pedagogik tarbiya nazariyasi, nazariy-
metodologik asoslarini ochib berish, boʻlajak aktyorlardan kasbiy bilim va
ko’nikmalarrini oshirish, chuqur oʻzlashtirilishiga erishish, talabalarga pedagogik
faoliyatni muvaffaqiyatli tashkil eta olish va malakalarini shakllantirishdan iborat.
Aktyorning vazifasi sahnaviy obraz yaratishdan iborat. Har bir sahnaviy
qahramonning o‘ziga xos fikrlash va mushohada qilish yo‘llari, uning dunyoqarashi
va jamiyatdagi o‘ngiga, ma’lumoti, madaniyat darajasiga, shuningdek, xarakteri kabi
xususiyatlariga bog‘liqdir. Qahramonning keng mushohadaga ega bo‘lishi, o‘z
navbatida, aktyorning til va talaffuzi, nutqining temporitmi va ohangi asosidagi
nutqiy manerasida o‘z ifodasini topadi. Teatr maktablaridagi sahna nutqi
mashg‘ulotlarida talabalar uzoq vaqt esda qoladigan yorqin sahnaviy obrazlar
yaratish uchun obrazli fikrlash va gapirish yo‘llarini egallab, o‘zlarining mahorat
darajalarini kundan kun orttirib borishlari kerak.
“Oriental Art and Culture” Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 2 / September 2021
ISSN 2181-063X
12
http://oac.dsmi-qf.uz
Shuning uchun u yoki bu material ustida ishlaganda maqsadga muvofiq
keladigan shunday materialni tanlash lozimki, u dialog va monologga o‘tish uchun
ma’lum bir pog‘ona, bosqich vazifasini o‘tasin. Shu ma’noda birinchi shaxs nomidan
hikoya qilish eng maqbul, maqsadga muvofiq usul hisoblanadi [1:5].
Lekin, obraz yaratish oson ish emas. Murakkab va doimo rivojlanish, ijodiy
taraqqiyotni talab qiladigan jarayon. Bu jarayonda talalabalar bilan pedagoglar
natijali ishlash tizimini shakllantirishi zarur.
Obraz yaratish jarayonida juda ko‘p obyektiv va subyekyiv omillar katta
ahamiyatga ega bo‘ladi. Sahna obrazning asosini badiiy so‘z, ya’ni badiiy adabiyot
mahsuli bo‘lgan drama, fojia, komediya matni pyesani tashkil etadi. Badiiy obraz
yaratish muammosi ham san’at qonunlari nuqtai nazaridan faqat nazariy ahamiyat
kasb etibgina qolmay, balki amaliy ahamiyatga ham egadir [2:3].
Shu sababli amaliy ishlarni tashkil etishda pedagog zimmasiga kata ma‘suliyat
yuklanadi. Talabaning dars davomida ko‘zga tashlanmagan kamchiliklarini amaliyot
davomida ham ilg‘ab olish mumkin bo‘ladi.
Aktyor о‘z ishi jarayonida syujetni, xarakterni tahlil qiladi. Muallifni о‘rganadi,
g‘oyaviy maqsadini aniqlaydi. Xarakter talqinida atrof tabiatni bir - birga
munosabatini aniqlaydi, qahramonning ichki dunyosiga kirib boradi. Sо‘z mohiyati
(harakati)ni ochish jarayoni ikkala san’at turida bir xil uslubda kechadi. Sо‘z harakati
jarayoninni aktyor spektaklni tayyorlash jarayonida о‘taydi. voqeani aniqlash ham
aktyorni, sо‘z ustasi - (ijrochi)ning ijodiy jarayoni markazida turadi. Ana shu birlik
teatr san’ati uslubiyotining, umumiyligini kо‘rsatadi. “Sahna nutqi” mashgulotlarida
badiiy sо‘z, faqat nutqiy ifodaviylikni о‘rganuvchi vositagina bо‘lmay, u kо‘rishni,
fikrlashni, munosabat bildirishni, baholashni, g’oya bilan qiziqishni, mavzuni
aniqlashni, hikoyadagi oliy maqsadni tushunishni ham о‘rgatadi.
Yutuqning asosi aktyorlik mahorati bilan sahna nutqi uslubining birligidadir.
Spektakldagi sо‘z harakati bilan badiiy sо‘z ijrosidagi umumiylik sahna nutqini
о‘rganish uslubining ham asosini tashkil etadi. Sahna nutqi darslarida hikoya, she’r
matnlaridan foydalaniladi. Sо‘z ustida ishlanganda rolni yoki hikoyani о‘qibgina
qolmay, sо‘z harakatiga erishish muhim sanaladi. Mashgulotlarda adabiy asar
mohiyatidan kelib chiquvchi aktyor psixotexnikasi unsurlari ham tarbiyalanadi [3:5].
Talabani aktyor sifatida shakllantirish, rivojlantirish yuksak natijaga erishtirish
vazifasi pedagogning mehnat mahsulidir. Jamiyatimizda pedagoglarga bo‘lgan
hurmat va ehtiromning yuqori ekanligi ham o‘z-o‘zidan emas. Aktyorni teatr
mutaxassis sifatida xalqqa tanitgani bilan, uni pedagog tarbiyalab teatrga mutaxassis
qilib shakllantiradi.
Pedagoglik faoliyati jamiyatdagi funksiyalari boʻyicha va kasbiy sifat
xususiyatlariga qarab hamda psixologik tomonlar boʻyicha yozuvchi, artist va
“Oriental Art and Culture” Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 2 / September 2021
ISSN 2181-063X
13
http://oac.dsmi-qf.uz
olimlarga tomoniga yaqin. Pedagog mehnatining xususiyatlari tabiatning eng buyuk
in’omi boʻlgan insonni o’qitish va tarbiyalash uchun moʻljallangan:
1.
Pedagogning mehnat faoliyati oʻsib kelayotgan yoshlarning insoniy
xususiyatlarini shakllantirishdan iborat.
2.
Pedagog faoliyatidagi mehnatning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki,
unda mehnat predmeti boʻlib xazrati inson hisoblanadi.
3.
Pedagogik mehnat unga har tomonlama ta’sir etuvchi omillarni boshqaruvchi
shaxsga boʻlgan ta’siridan iborat.
Bu mehnatda talabaga ta’sir etuvchi qurol boʻlib oʻqituvchining shaxsi - uning
bilimi, mahorati, sezgirligi va erkinligidir. Pedagogik jarayonning maqsadi, nafaqat
talabani tarbiyalash, oʻqitishni tashkil qilishdan iborat boʻlmay, uning oʻqitish
uslublarini va ulardagi barcha munosabatlar tizimini aniqlashdan iborat [4: 96].
Y.A.Klimov taklif etgan tasnifga koʻra pedagoglik kasbi faoliyat predmeti
boshqa bir inson boʻlgan kasblar, yaʼni “inson - inson” tipidagi kasblar guruhiga
kiradi. Pedagogik faoliyat burch va masʼuliyat hissi oʻta yuqori boʻlganligi bilan
xarakterlanadi. Pedagogik faoliyatning “inson - inson” tipidagi boshqa faoliyat
turlaridan farqli tomoni shundaki, u bir vaqtning oʻzida ham qayta oʻzgartiruvchi,
ham boshqaruvchi kasb boʻlib hisoblanadi.
Pedagog bir paytning oʻzida ham shaxsning shakllanishi va qayta oʻzgarishiga
koʻmaklashishi, ham uning aqliy, hissiy va jismoniy rivojlanish, shakllanish
jarayonini boshqarishi kerak. [5:9].
Insoning nutqiy faoliyati uch shaklda namoyon bo‘ladi. Ular: so‘zlash, mutolaa
va eshitish. So‘zlash - so‘zlovchining ma’lumot, maslahat berishi, buyurishi, o‘ziga
noma’lum narsalar haqida so‘rashi anglashiladi. So‘zlaganda so‘zlovchinnng ilmi,
madaniyati, axloqi, odobi yuzaga chiqadi. So‘zlash monologik va dnalogik
ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Monologik nutqda bir kishining mulohazalari qarshi
savollarsiz yoki javoblarsiz yuzaga chiqadi, suhbatdosh tomonidan bo‘linmaydi.
Dialogik nutqda muloqot qiluvchi shaxslar navbat bilan goh tinglovchi, goh
so‘zlovchi bo‘lib turadi.
Mutolaa o‘quvchining yozma nutq orqali asar muallifi, obrazlari bilan
muloqotidir. Mutolaa tufayli o‘quvchi yozma nutqda aks etgan voqea-hodisalardan
xabardor bo‘ladi, ular ta’sirida xulqida qandaydir o‘zgarish paydo bo‘ladi. Mutolaa
ma’lumot olishning eng muhim yo‘lidir. Kishi o‘qish orqali ma’naviy yetuklikka
erisha boradi. Mutolaa oddiy o‘qish va ilmiy o‘qish (muhim narsalarning tagiga
chizib o‘qish, parchalar ko‘chirib olish, qisqa konspekt olish, asar ustnda mulohaza
qilib o‘qish) dan iborat.
Oddiy o‘qiganda o‘quvchi uchun yozma nutq mazmuni bilan tanishuvning o‘zi
maqsad qilib qo‘yiladi.
“Oriental Art and Culture” Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 2 / September 2021
ISSN 2181-063X
14
http://oac.dsmi-qf.uz
Ilmiy o‘qishda o‘quvchi asarni tahlil qilishni, undan boshqa biror maqsad uchun
foydalanishni, uning mazmunini qayta bayon qnlish kabilarni maqsad qilib qo‘yadi.
Eshitish - boshqalarni tinglash, ularning fikrlariga munosabat bildirish sanaladi.
Zamonaviy psixologiya yaxshi tinglovchi (eshituvchi) bo‘lish muloqot jarayonining
muvaffaqiyatini ta’minlovchi asosiy omil sanaladi. Sharq mutafakkirlari o‘z
asarlarida til va nutqning ahamiyatini yoritishga alohida e’tibor qaratgan. Ayni
o‘rinda ularning qarashlaridan namunalar keltiriladi: Kayqovus (1082-1083-yillar;
«Qobusnoma» asar): ... Yaxshi so‘zlashga o‘rgan va muloyim so‘zlashdan boshqa
narsani odat qilma, negaki qanday so‘zni gapirishni istasang, til shuni gapiradi.
So‘zni o‘z joyida so‘zla, joyida aytilmagan so‘z, agar u yaxshi so‘z bo‘lsa ham
yomon ko‘rinadi.
Xalq oldida gapirganda so‘zing go‘zal bo‘lsin, bu so‘zni xalq qabul qilsin.
Xaloyiq sening so‘z bilan baland darajaga erishganingni bilsin, chunki kishining
martabasini so‘z orqali biladilar, ... kar kishining ahvoli o‘z so‘zi ostida yashiringan
bo‘ladi [6:48].
Sahna nutqi fanini chuqur oʻrganishda va aniq maqsadga erishish uchun
mutafakkirlarining qarashlaridan koʻproq foydalanish yaxshi natija beradi. Chunki,
bizning olim-u ziyoparvar mutaffakirlarimizning asarlari ma’naviy yetuk bo’lishi
bilan birga yetuk adabiy salohiyatga ham egadir. Albatta, hamma pedagogikaning
asosi xalq pedagogikasi negizida tashkil qilinadi. Sahna nutqini mukammal oʻrganish
talabaga emas, ko’piroq pedagoga bogʻliqdir. Chunki, talaba meva boʻlsa, daraxt
pedagog hisoblanadi. Sahna nutqi fanini o’qitishda pedagogik yondashuv har
tamonlama mukamallikka erishishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |