Sahna
Mulozim: Olampanoh, huzuringizga valiahd shahzoda Mirzo Humoyun va ustod Qosimbek tashrif buyurmish
(qol harakati bilan kirsin ishorasini qiladi)
Humoyun va ustozi Qosimbek kiradi.
Bobur: Keling, mavlono. Sizning sharofatingiz ila dilbandimiz Mirzo Humoyun ilm-u harbda kamolga yetib, bizni behad mamnun aylamish.
Ustod: (tazim bilan) Hukmdorimiz omon bolsinlar. Davlatbaxt shahzodamiz bagoyat otkir zehn va gayrat-u shijoati ila bilan sizga har jabhada munosib farzand ekanligini isbotladilar.
Humoyun: Yaratganga behad hamd-u sanolarkim, sizning soyayi davlatingizda qaygu-alam kormay osmoqdamiz.
Bobur (Humoyunga): Ilmingiz ziyoda bolgay
Bobur(ustozga) : Albatta, sizning chekkan zahmatlaringizni munosib taqdirlagaymiz!
Ustod: Qutlug, olampanoh, qutlug
Bobur mulozimga ishora qiladi. Mulozim ton olib kelib, ustodning yelkasiga yopadi.
Bobur: Ustod Qosimbek, bu inoyatimizni farzandi arjumandimizni ilm-u kamoli uchun qilgan xizmatlaringiz evaziga deb bilgaysiz va bundan song ham uning tarbiyasi uchun masuldirsiz!
Ustod: Bosh ustiga hazratim, bosh ustiga
Bobur: Buyuramenkim, bugundan boshlab saroydagi xos kutubxonamdan ilm-u ijod uchun foydalanishingiz mumkin.
Ustod: Olampanoh, men faqirni behad sevintirdingiz! Aslida, men uchun eng buyuk inom mana shu. Ruxsat eting, hoziroq borib kutubxonangizni tamosho qilay
Bobur qoli bilan chiqaver ishorasini qiladi. (Song Humoyunga qarab) : Sizga ne inom qilay?
Bobur. Soʻylan Humyun mirzo bu kamolatingiz evaziga ne inom qilay.
Humoyun: Pushti panoho, men sizning yozganlaringizni sevib mutolaa qilamen. Ular mening har kungi ajralmas dostlarimdir. Tilagim, yana yangi sheriy asarlar yozsangiz, ularni tinimsiz mutoala qilb, zavqqa tolsam.
Bobur: Borakallo, Ilm xazinayi bebahodir. Sizning ushbu tilaging uchun, senga atab bir asar yozgum. Humyun ismiga monand u Mubayyin deb atagayman
Humoyun: Behad minnatdormen, hukmdorim. Sizdan yana bir otinchim shulki, Umringiz sahfalari kozgusi bolmish Vaqoye dan men uchun bir nusha kochirtirib bersangiz. Tokim, bul kitob menim uchun harb-u zarbda, moziy-u sanat, tibbiyot-u elparvarlikda bir dasturulamal bolgay.
Bobur: Humoyun, kozumning oq-u qorasi, Vaqoye asarim bitgan ermas. Oʻlja juda yotgan asarni kpchirib boʻlmas
Humoyun: Onglamadim? Kechiring , olampanoh,qachon bitgan
Bobur:Bu asrim bitmoq uchun mening hayotim bitmoq kerak.Bu asarimni umringni oxrigacha yozmoq niyat qilgʻanmen
Humoyun: Unday bolsa, bu asarni yana 50 yil, yana yuz yil kutishga ham roziman, hazratim!
Bobur: Sabringiz yeturmikin?
Humoyun: Tangriga qasamki, sabrim umrim yetguncha yetur.
Gulbadanbegim: Padari muborak! Hali oxiriga yetmag’an ersa-da bu kitob menga ham shunday zavq bagishladiki, kelgusida ogam(Humoyunga ishora qilib) uchun shu asaringiz ruhida Humoyunnoma yozmoqchimen.
Bobur: Borakallo, ona qizim, borakallo!
Humoyun: Qutlug, Gulbadanbegim, minnatdormen.
Farzandlarim sizlarning bu kamolatingizdan behad hursandmandan . Mening ham padari buzrukvorim ham ilm olishimga qattiq turgan erdi.Bu davrlarini doimo elas elas eslagayman minnatdormen . Bu yurtda mening jonim qolgʻondur.
Bobur:
Dunyo charxpalagi tinmay aylanar
Talato`p zamonlar o`taveradi.
Asrlar qaridan bir so`z ingranar
Anda jon qoldiku, anda jon qoldi.
Xalqim buyuk o`g`ling, buyuk shoh o`g`ling
Boburing qalbida bir armon qoldi.
Nolasi kuydirar toabad bag`ring
Anda jon qoldiku, anda jon qoldi.
Bobur: Farzandi arjumandim Humyun mirzo sizga,inilaringizga va nabiralarimga podishohlik amrim va padaribuzrukvorlik oʻtinchim bor.
Humoyun.Tinglagaymiz Hazratim va albatta bajargaymiz
Bobur
Biz qurgan bu davlat mendan kegin ham adolat tarozisini teng tutkishinglarini
Do'stlaringiz bilan baham: |