Saddi Iskandariy



Download 53,97 Kb.
Sana14.06.2023
Hajmi53,97 Kb.
#951061
Bog'liq
8.садди искандарий


Saddi Iskandariy” dastanin tu’sindirip oqiw. Nawayi ko’rkem nasirin tu’sindirip oqiw.
Bu asar dunyodagi buyuk siymolardan biri, uch sohibqiron­
ning eng mashhuri - jahongir Iskandarga bag'ishlangan bo'lib,
"Xámsa” ning yakunlovchi dostonidir. Sharqda u Iskandar
Zulqarnayn ("ikki shoxli” yoki "kun chiqish va kun botish
hukmdori” ) nomi bilan mashhur. Dastlab Iskandar mavzusi
Firdavsiyning "Shohnoma” dostonida qalamga olingan. Keyin­
roq Nizomiy Ganjaviy u haqda maxsus "Iskandarnoma” degan
doston yozadi. Xusrav Dehlaviy bu dostonga javob tarzida "Oyi­
nayi Iskandariy” asarini yozgan bo'lsa, Abdurahmon Jomiy o'z
dostonini "Xiradnomayi Iskandariy” deb ataydi. Alisher Navoiy
esa bu mavzuni turkiy tilda qayta ishlab, o'z asariga "Saddi
Iskandariy” ("Iskandar devori” ) deb nom beradi.
"Saddi Iskandariy” Navoiy "Xamsa” sidagi eng yirik doston
bo'lib, 89 bob va 7215 baytdan tashkil topgan. Dostonning
muqaddimasi 14 bobni o'z ichiga oladi.
Birinchi bob an’anaviy hamd - Allohning sifatlari ta’rifiga
bag'ishlangan. Navoiy ushbu bobda tasavvuf ta’limoti asosida
olamning yaratilish tarixiga to'xtalib o'tadi: 9 qavat osmon,
sayyoralar, yulduzlar turkumining har biriga alohida ta’rif be­
radi. Yaratganning buyukligiga hamd-u sano aytadi. Bularning
barchasidan maqsad eng oliy zot - Odamni yaratish ekanligini
ta’kidlaydi:
K aram birla xalq aylagay oíame.
B u olamda maqsud anga odame.
150
d'n r a z odame anga olam tufayl,
Nrfdm g'ayri olamdur, ul ham tufayl.
'A Iml» mmiojotni o‘z ichiga oladi. Navoiy bobda Allohning
ll II Ml ml III‘I IK ligi haqida gapirar ekan, banda zoti mavjud ekan,
Hiiiioli ishlar qilishi tabiiy degan aqidani ilgari suradi:
Ilohiy, alarkim gunahkor ekin.
Sen o' tkarmagan ne gunah bor ekin?
('lill har mujrimekim, sen etting karam,
Sii'riilmas hamul ju r m ila o‘zga ham.
Личг lift) birla karam budurur.
Hurl xalqning jurm i ma’fudurur.
Miimi|ul, Ho'iigida Navoiy “ quyosh yerni o‘z nurlari bilan
mmmvviif <|llgun chog'da zarralar orasidagi farqni fahmlab
liii'ImiiKimldok, zarralarga karam qilgan chog‘ingda Navoiyga
ll....lllr znrcn kabi karam aylagil, uning gunohlarini kechirgil”
ilrli llUjo (jilndi:
Yor urda quyosh partavidin saro,
Qarhon farq o'lur fahm zarrot aro.
Qlliir nnql hii zarralarg'a karam,
Niiiuiliig'u liilf ayla hir zarra ham.
Sii/o iindlii itr jiirmii phidor erur.
Sen III X a h ) aylagannl hisob ay lama,
X atosig'a loyiq azob aylama.
I )()Ht,()iming 3-bobi “sayyid ul-mursalin” (payg'ambarlar ulug‘i)
KiiMiili iikram vasfi (na’t)dan iborat. Navoiy dastlabki bayt-
limlii piiyg'ainbarlik nuri haqida gapirar ekan, Odam Ato unga
(»*n:‘ ll, (|()lgHiilar nabira qatoridadir deydi va barcha muqaddas
к11,{)1)1тч1н uning xususiyatlari bayon qilinganligini ta’kidlaydi.
Nil’ Ida ilohiy kitoblarning nomi keltirilganligi va Allohning dini
Ho'iiggi ilohiy kitob - Qur’oni karim bilan kamol topganligining
tn’ kidlanishi bevosita “Xamsa”ning takmiliga ham ishora edi.
Nnvoiy Payg'ambar (s.a.v.)ning barcha payg'ambarlardan ustun
151
ekanliklari va muhri nubuwat bilan bog'liq baytlarni keltirar
ekan, dostonning bosh qahramoni Iskandarning dunyo hukmdori
bo'lib, barcha shohlardan ustun ekanligiga ishora qiladi.
Rasuli akramning tug'ilishi go'yo ko'kda yana bir quyosh-
ning porlashiga o'xshatiladi:
S ening tug‘mog‘ing ravshan aylab jahon,
Aningdekki, tuqqay quyosh nogahon.
An’anaga muvofiq, na’tdan so'ng me’roj tuni ta’rifi keladi.
Navoiy bu bobda payg'ambarimizning birin-ketin 9-osmonga
ko'tarilganlari, sayyoralarning bu holatni ko'rib, hayratga tush-
gani, nihoyat Lomakon olamiga sayr qilib, 70 ming qavat parda
ko'tarilib, Janobi Haq bilan diydorlashganlari jarayonini kuchli
pafos bilan tasvirlaydi. Ularning yerga qaytishlari ham falak
ahli va maloyiklar tomonidan chuqur hayrat bilan kuzatilgani
betakror badiiy san’atlar vositasida bayon qilinadi:
Falak ahli ichra alolo tushub,
M a la k xaylig‘a sho'r-u g ‘a vg‘o tushub.
M aloyik tutub y o'l boshin javq-javq,
Tamoshosida borcha ko'nglida shavq.
Jam olig'a chun ko'zlarin ochibon,
Tabaq nurlar boshig'a sochibon.
A nga nur sochmoqqa monand bu
K i, sochqay kishi Bahri U m m on g'a suv.
Dostonning 5-bobi "Xamsa” takmili (mukammal bitkazish)
xususida bo'lib, Navoiy bu bobda unda "Xamsa” yozish havasi
ancha ilgari, Nizomiy va Dehlaviy "Xamsa”larini o'qib yurgan
chog'laridayoq uyg'onganligini bayon qilib, ulug' ustozlari
ruhidan madad so'raydi:
B u vodiy aro X iz r i rohim bo'ling,
Qayon yuz ketursam panohim bo'ling.
B urundin chu ko'rguzdunguz yorliq.
Base yetti sizdin madadkorliq.
152
Kichik erkanimdin bo'lub qoshima,
U lu g ' muddao soldingiz boshima.
Oltinchi bob so'z ta’rifi, Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Deh­
laviy madhiga bag'ishlangan. Navoiy bu bobda dastlab so'zga
ta’rif berar ekan, uni o'z ahamiyati bilan inson idrok etgan
liamma narsadan yuqori deb baholaydi, uni “javhari jon” , “ obi
hayvon” degan sifatlashlar bilan madh qiladi:
Biyikrak maqom ichra aflokdin,
N e aflokdin, vahmu idrokdin...
B ash ar zotida javhari jon ham ul,
0 ‘luk jismida obi hayvon ham ul.
Navoiy so'z xazinasiga ega bo'lganlarning nodiri yaktosi
sifatida Ganjada parvarish topgan zot Nizomiy Ganjaviyni
tilga olib, kotiblarning homiysi Atorud (Merkuriy) uning xi-
zmatkoridir deydi. Shuningdek, bu bobda Nizomiy beshligiga
munosib javob bitgan Xusrav Dehlaviy ham madh etilib, unga
so'z jodugari, ilm-u hikmat bilimdoni deb ta’rif beriladi. So'z
«vjidn Nizomiy oy bo'lsa, Dehlaviy Mushtariy kabidir deyiladi:
S o 'z aojida gar ul mahi xovariy,
¡tu gar yo'q mahi xovariy, Mushtariy.
Yettinchi bob Nizomiy va Dehlaviyning nazmdagi izdoshlari
Nuriddin Abdurahmon Jomiy madhiga bag'ishlangan. Navoiy
kitobat (harf) san’ati vositasida Jomiyning taxallusiga ishora
qilib, uning nazmini "jom” va "may” deb ta’riflaydi va bu nazm-
dan yer-u ko'k eli mast-u notavon bo'lganini aytadi:
D em a jom ila mayki, nazmi ravon,
Yer-u ko'k elin ayladi notavon.
Shuningdek, Navoiy ushbu bobda Jomiyning g'azal-u masnaviy
janrlarida erishgan yutuqlariga ham to'xtalib o'tib, uning "Xamsa”
tarkibiga kiruvchi dostonlarini nomma-nom sanab o'tadi:
G 'azal dard-u so'zini, vah-vah, ne dey,
Desa masnaviy, Alloh-Alloh, ne dey...
B o 'lu b jilvagar tab’i ko'zgusida
K i, saht ayladi “X a m s a ” o'trusida...
153
B urun jilva aylab ayon “ T uh fa”si,
Berib olam ahliga jon tuhfasi.
Yana “Subha” jon rishtasin tor etib
K i, har muhra bir durri shahvor etib.
Chu Y u s u f so'zin oshkor aylabon,
Zulayho kibi elni zor aylabon.
Chekib xoma “Layliyu M a j n u n ” sari,
Y u z of at solib to g 'и homun sari.
B u damkim qiüb xomasin durfishon,
Sikandar hadisidin aytur nishon.
Bu ma’lumotlar adabiyotshunoslikdagi Jomiyning “ Xamsa”
yozgan-yozmaganligi bilan bog'liq bahslarga ham munosib javob
bo'la oladi.
Dostonning 8-bobi - “ Inoyat quyoshi vasfi va hidoyat buluti
ta’rifida” deb atalib, bu bobda Navoiy kimgaki baxt-u iqbol yor
bo'lsa, uning hamma ishida zafar bo'ladi, tikan ushlasa g'uncha,
tuproq olsa oltin bo'ladi, bularning barchasi Xudodan, shunday
ekan, unga shukrona bildirish kerak degan fikrlarni keltirar
ekan, Alloh unga nazm yozish fazilatini taqdim qilgani uchun
shukrona aytadi va nazmning turli sinf (janr)larida shuhrat
qozonganini faxr bilan bayon qiladi:
G 'azal tarzig'a avval aylab sitez,
Jahon ichra soldim ulug' rustaxez.
O 'q u r vaqti ahli salomat muni
K o 'r u b olam ichra qiyomat kuni...
H a r asnofi zikri emas sha’nima,
B ilu r har kishi boqsa devonima.
Shuningdek, Navoiy nazmdagi bu muvaffaqiyatlariga qanoat
qilmay, ulug' muddao “ Xamsa” yozish niyatida ekanini, bu
yo'lda Nizomiy va Dehlaviylarning nuroniy ruhiga, Jomiyning
ilohiy quvvatiga Qur’on tilovat qilib, fotiha o'qiyman deb yozadi:
154
A larning ravoni pu r a n v o ñ g ‘a,
B u birning dog‘i quvvati korig'a.
Qilib fotiha xatmi ixlos ila,
K o ‘zum bahrida jismi g ‘avvos ila.
'1’o‘qqizinchi bob Shoh G'oziy Husayn Boyqaro ta’rifiga
l»nK‘ ÍHlilangan. Navoiy bu bobda mubolag‘a san’ati vositasida
Miilumiiuad (s.a.v.) payg'ambarlar orasida alohida mavqeda
M»’ litn, Sulton Husayn Boyqaro ham barcha shohlar ichida shun-
Imv uui(|()iudadir deb yozadi. Shuningdek, uning janggohdagi
uiiliiit'iiUiii tasvirlar ekan, doston mazmuni bilan bog'liq ravish-
lii (luMiinuuilariga nisbatan saddi Iskandariydek g'ov chekadi,
ifíin jnliouda Iskandardek ulug'sifat zotni topish kerak bo'lsa,
tullou Ilusayndan boshqasi mos kelmaydi deb yozadi.
I )()Hlonning 10-bobi shahzoda Badiuzzamon Bahodir madhi-
l/idir. Navoiy unga donishmandlik bog'ining sarvi, zamona
ililinitig shahzodasi deb ta’rif berar ekan, zoti ham, sifati
inni umlak (farishta)ga o'xshashini aytib, tavze’ (bir tovushni
lii- iK'olui nuirta takrorlash) va takrir (bir so'zni baytda ikki
vn uudiui orl,i(| holda takrorlash) san’atlari vositasida uning
Miiiliilnu oyoíi ynxHliilik vn yaxshi xislatlardan iborat ekanligini
inyou (jllndl;
YlK'lb !/(tx»lilllQlll11-14-boblarda qadimgi fors-eron shohlarining to'rt tabaqa-
hí : peshdodiylar, kayoniylar, ashkoniylar va sosoniylar tarixi
luiqida ma’lumotlar keltiriladi.
Dostonning asosiy qismi 15-bobdan boshlanadi. Asosiy qism
o'ziga xos kompozitsiyaga ega. Uni shartli ravishda quyidagi 4
(l'iHmga bo'lish mumkin:
Iskandar voqeasi - Iskandar hayoti bilan bog'liq biror voqea
yoki hodisa bayoni;
nazariy masala - muayyan axloqiy muammoning ta’rifi;
hikoyat - shu axloqiy masalaga doir hikoyat;
hikmat - Arastu va Iskandarning suhbati.
Birinchi qism lirik xotimaga ham ega. Bu soqiy, mug'an-
niy va Navoiyga murojaat tarzidagi baytlar bo'lib, Nizomiyda
155
“Iskandarnoma” ning birinchi qismi bo'lmish “ Sharafnoma” da
soqiyga, ikkinchi qism “ Iqbolnoma” da mutribga murojaatni
ko'rsak, Dehlaviy dostonida ham soqiy, ham mutribga muro­
jaat mavjudligini kuzatamiz. Navoiyda esa soqiy va mutribdan
so'ng, o'z-o'ziga ham murojaat qilinganligi ko'rinadi. Xususan,
15-bobning lirik xotimasi quyidagicha:
A y o g ‘chi, ber ul javhari g ‘amzudo,
D em a g'amzudo, jom i motamzudo.
K i, andin sumursam g ’amim qolmasun,
A to so‘gidin motamim qolmasun.
M u g ‘anniy, qilib soz rudi nishot,
A n i n g birla tuzgil surudi nishot.
K i, s o 'z taxtida bo'ldum oromgir,
B o 'la y tahniyat bazmida jomgir.
N a v o iy , jahonning firibin yema,
X ir a d ollida naqsh-u zebin dema.
Chu davron ishi bevafoliqdurur,
Fuzun shohlig'din gadoliqdurur.
Asosiy qism voqealari Iskandarning tug'ilishidan boshlanadi.
Rum mamlakatining shohi Faylaqus Tangridan farzand so'raydi.
Bir kuni ovdan qaytar ekan, shaharga kiraverishdagi vayronada
yangi tug'ilgan chaqaloq va o'lik onani uchratadi. Shoh o'likni
dafn ettirib, chaqaloqni o'ziga farzand qilib oladi va unga Iskan­
dar deb nom beradi. Shoh Iskandarning ta’lim-tarbiyasiga katta
e’tibor beradi va Arastuning otasi Naqumojisni unga ustod qilib
tayinlaydi. Iskandar toj-taxt va boylikka emas, balki ilm-fan'va
olijanob fazilatlarga muhabbat ruhida ulg'ayadi.
Doston bilan tanishish jarayonida Navoiy shunchaki Iskan­
dar tarixini yozishni emas, balki u bilan bog'liq voqealarning
ma’nosini ochishni maqsad qilganligini ko'ramiz. Buni yuqorida
keltirganimiz muayyan axloqiy masalaning ta’rifi, hikoyatlar,
savol-javob va lirik xotimalarning o'zaro almashinib kelishidan
ham sezish mumkin.
156
Faylaqus vafot etgach, valiahd sifatida taxtni Iskandar
egallashi kerak edi, lekin u taxtga chiqishga oshiqmaydi. Xalq
uning shoh bo'lishini qattiq talab qilib turib olgandan keyingina
Arastu unga toj kiygizadi. Iskandar xalq oldiga shart qo'yib,
kimning arz-dodi bo'lsa, shohni o'zi bilan teng ko'rib, ahvolini
aytishini so'raydi:
K i, berdi manga dodgarlik Iloh,
B o r ersa xaloyiq aro dodxoh,
K elib ollima arzi hol aylasun,
0 ‘z ahvolini qiylu qol aylasun!
Iskandar taxtga o'tirgach, adolat bilan mamlakatni boshqara
boshlaydi. Xalqni ikki yillik xirojdan ozod etadi. Dostonda shu
o'rinda adolatning ta’rifi beriladi. Bu ta’rif hadislar vositasi­
da tushuntiriladi. Masalan, bir soatlik adolat farishtalarning,
dunyodagi barcha insonlarning toatidan afzal, degan hadis kelt­
iriladi. So'ng shoh Mas’udning bir kuni tushida otasi Mahmudni
nurga g'arq bo'lgan holda jannat bog'larida yurganini ko'rgani
va otasidan bu holga qanday sazovor bo'lganini so'raganida,
otasi Hindistonni egallash vaqtida elga qilgan birgina adolati
tiil’nyli Alloh unga shunday martabani loyiq ko'rgani haqida
Ho‘7,l(il) Ixirgiuiiga doir hikoyat ilova qilinadi. "Hikmat” bobida
(îH)i Inkaiidjiniiiig Arnsiti bilan adolat haqidagi savol-javobi kel­
tiriladi. Arastuning fikriclia, shoh har bir ishda adolat mezoni
asosida ish tutsa, xuiing mulk-u mamlakati obod, xalqi badavlat
bo'ladi. Xalq badavlat bo'lsa, askarlarning maoshi ham ortadi
va qo'shin hamisha g'olib bo'ladi.
Yigirma uchinchi bobdan dostonga Doro obrazi kirib keladi.
Navoiy Doroga tavsif berar ekan, uning Kayoniylar sulolasi
vakili ekanligini, jahon podshosi sifatida Kayxisra-vu Kay-
qubodlarning avlodi ekanligini, uning davlatni boshqarishida
Luhrosbning tartiblari, qo'shinida Gushtosbning qonunlari ustu-
vor ekanligini bayon qiladi. Doro va Iskandar orasidagi xiroj
mojarosi bu ikki shoh o'rtasida ixtilofning paydo bo'lishiga olib
kelganligini afsus bilan ta’kidlaydi.
Yigirma to'rtinchi bobda kishilik jamiyatida ko'p uchray­
digan hodisa - ziddiyat va ixtilof haqida mulohaza yuritarkan,
mutafakkir shoir bu hodisa inson bolasiga azaldan xos ekanli­
gi, muayyan tabaqa, jamiyat yo qatlamga tegishli emas, balki
157
barcha uchun umumiy bo'lgan muammo ekanligini qayd etadi.
Uningcha, bir kasbda mahorat hosil qilishning o'zi kishiga
kasbdoshlari orasida ziddiyat va qarama-qarshilikni keltirib
chiqarish uchun yetarli asos bo'ladi. Masalan, biror kasb yo hu­
nar ahli o'z sohasida katta malaka hosil qilib, el orasida nufuzi
oshaversa, kasbdoshlari bunga g'ashlanib qolaveradilar. Pod­
shoh bilan qaysi amaldor o'rtasida yaqinlik paydo qilsa, boshqa
amaldorlar unga dushmanlik qila boshlaydilar. Hatto gadoy va
tilanchilar ham o'z hollariga yarasha o'zaro nizo va ixtiloflarni
keltirib chiqaradilar. Ammo bularning eng qo'rqinchli va ashad-
diysi - ikki podshoh o'rtasidagi adovat va kelishmovchilikdir.
Chunki podshohlarning adovati albatta urush va xunrezlikka
olib keladiki, bu urushlar minglab begunoh odamlarning qoni
to'kilishiga sabab bo'lishi mumkin. Shu sababli, deydi Navoiy,
o'zaro do'st tutingan ikki darvesh adovatda bo'lgan ikki pod-
shohdan afzalroqdir:
R afiq ikki darvesh beishtiboh -E r u r yaxshiroqkim, aduv ikki shoh!
Fikrining tasdig'i sifatida keyingi bobda Chingizxon va
Muhammad Xorazmshoh zamonida bo'lib o'tgan bir voqea kel­
tiriladi: Chingizxon va Xorazmshoh oralariga nifoq tushgach,
mo'g'ul lashkari barcha shaharlarda ketma-ket g'alaba qozonib,
Xorazmshohni ta’qib qila boshlaydi. Navbatdagi - Shom (hozirgi
Suriya) mamlakatidagi jangda ham Chingizxon qattiq urushdan
keyin g'alaba qozongach, aholini qatliom qilishga buyuradi. Ana
shu jarayonda ikki do'st mo'g'ul qilichi damiga duchor bo'ladi­
lar. Do'stlar bir-birining ustiga o'zlarini tashlab, "oldin meni
qatl eting, do'stimning halok bo'lishini ko'rishga toqatim yo'q” ,
deb yalinadilar. Bu paytda Chingizxon uxlab yotgan bo'ladi.
Tushida bu ikki do'stning ishi ayon bo'lib, birov unga: “ Sen
Xorazmshoh bilan dushman bo'lgansan, oddiy xalqning gunohi
nima?!” deya tanbeh beradi. Chingizxon uyg'ongach, omonlik
e’lon qiladi. Ikki do'st sharofati bilan qatliom to'xtatiladi. Ush­
bu hikoyat o'z g'oyaviy mazmuni bilan “ Hayrat ul-abror”dagi
“Ikki vafoli yor” hikoyatini yodga soladi.
Urush boshlanadi. Ikki tomondan katta qo'shin saf tortadi.
Dastlab bir vaqtlar Doroga xizmat qilgan, ammo xizmatiga
yarasha qadr topmaganidan xafa bo'lib, Iskandar tomonga
158
o'tgan Boriq Barbariy maydonga chiqadi va Harron, Shayda
kabi to'qqiz pahlavon ustidan g‘alaba qozonadi. Oxiri Mag'ribiy
degan bir pahlavon chiqib, Boriqni asir oladi, ammo Doroning
oldiga keltirmasdan, noma’lum tomonga ketib qoladi.
Ikkinchi kuni Doroning noiblari xiyonat qilib, jang payti
Doroni pichoqlaydilar. Iskandar Doroni yarador holda topadi.
Doro o‘limi oldidan uch narsa - xiyonatkorlarni jazolash, ka­
yoniylar - o‘zining qarindosh-urug'lariga ozor bermaslik va qizi
Kavshanakka uylanishni Iskandarga vasiyat qiladi. Iskandar
Doroning barcha vasiyatlarini ortig‘i bilan ado etadi, Doroni
izzat-ikrom bilan dafn qiladi. Shu o‘rinda Iskandarning jahon­
gir shoh bo'lish bilan birga cheksiz mehr sohibi ekanligi ham
g'oyat mohirlik bilan tasvirlanadi.
Ushbu voqea bayonidan so'ng 28-bobda Navoiy davlatchilik
anoslari haqida o'z fikrlarini bayon etishga kirishadi. Bobda
berilishicha, olamning barcha ishlarida muayyan tartib, nizom
va uyg'unlik mavjud bo'lganidek, davlatchilikda ham bexato va
aniq ishlaydigan tizim bo'lishi lozim. Mamlakatdagi barqarorlik
va rivojlanishni ta’minlovchi asosiy masala - har bir odamni o'z
layo(|ati va vazifasiga qarab tayinlash, har bir davlat xodimining
u*'/, I h I i ' i hilan Hliiig'iillanishi va boshqalar ishiga daxl qilmasli-
|.',iE hIi II/ II !/<’ii(liir, gar a'lnun bo'ri,
Mimlnikka iiHKioiii o'ldi uyntng to'ri.
Gar ul dasht saydini aylar figor,
Valekin bu uy saydin aylar shikor.
Itning vazifasi uyni tashqi dushmanlardan himoya qilish
bo'lgani uchun eshik ortida, mushuk esa, sichqon va boshqa
xonaki zararkunandalardan tozalashi uchun uyning to'rini
makon tutadi. Bularning har biri o'z o'rnida kerakli bo'lgani
kabi, davlatchilikdagi turli muammolarning yechimi uchun layo-
qati va lavozimiga qarab xodim tanlash hamda ularga shunga
munosib maqom va martaba berish lozim bo'ladi. Xizmatlarni
rag'batlantirish va qadrlashda ham alohida yondashuv talab
qilinadi: bo'ri agar qo'zi bilan boqilsa, cho'ponning dushman-
iga aylanadi, sher agar molning qorni bilan oziqlansa, paytini
topib egasining qornini yorishi hech gap emas. Shuning uchun
159
podshohdan talab qilinadigan eng asosiy masala - odamlarning
qobiliyatini to‘g ‘ri aniqlash va shunga muvofiq ularga amal yo
martaba berish hisoblanadi. Iste’dodlining qadriga yetmaslik
yo iste’dodsiz odamni ulug‘lash - gavharning qadriga yetmas­
lik va eshakmunchoqni e’zozlash kabi bir xil ziyon keltiruvchi
ishlardan hisoblanadi.

ADABIYOTLAR:


Matn va manbalar:
1. Алишер Навоий. Садди Искандарий. Мукаммал асарлар
туплами. 20 жилдлик. - Т.: Фан, 1 9 9 3 . 11-жилд.
2 . Алишер Навоий. Хамса: Садди Искандарий. ТАТ. 10
жилдлик. - Т.: Гафур Гулом номидаги НМИУ, 2 0 1 1 . Ж .8 .
3 . N a v o iy A lish er. Saddi Iskan dariy. - T.: G’.G ’ulom nom idagi
NMIU, 2 0 0 6 .
Ilmiy-nazariy adabiyotlar: /
4 . Алишер Навоий: цомусий лугат. 1-2-жилдлар / Масъул
мух,аррир Ш.Сирожиддинов. - Т.: Sharq, 2 0 1 6 .
5 . Навоий Алишер. Садди Искандарий (насрий баёни билан).
Тах;рир х;айъати: А.К^аюмов ва бош 1 ^. - Т.: Адабиёт ва санъат, 1 9 9 1 .
6 . Бертельс Е.Э. Роман об Александре и его главной версии на
Востоке / Избранные труды. Навои и Джами. - М.: Наука, 1 9 6 5 .
7. Цаюмов А. “Садди Искандарий”. - Т.: Адабиёт ва санъат
нашриёти, 1 9 7 5 .
8. Эркинов А.С. Навоий - пейзаж устаси. - Т.: Фан, 1 9 8 8 .
9. Узбек адабиёти тарихи. Беш жилдлик. 2-жилд (XV асрнинг
иккинчи ярми). - Т.: Фан, 1 9 7 7 .

Download 53,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish