2 – sinf Oʼqish fanidan test.
1 . “Yershunos bo’laman” she’rini kim yozgan?
A ) Qambar Ota B ) Raim Farhodiy C ) Mirtemir
2 ) “Zilol suv” hikoyasida ariqqa narsalarni uloqtirgan kim?
A ) Asad B ) Tohirvoy C ) Guljamol
3 . Yomg’ir, yomg’ir, yomg’irjon,
Behisob yoqut marjon.
Shitirlab ne so’raysan,
Qay manzilni ko’zlaysan.
Bu tortlik qaysi she’rdan olingan.
A ) Zilol suv B ) Yershunos bo’laman C ) Yomg’ir
4 . “Mushuk va sichqon” ertagida sichqon mushukni nimani olib chiqaman deb kovagiga kirib ketdi?
A ) yong’oq B ) go’sht c ) pishloq
5 . “ Hakka bilan tulki” ertagi qaysi xalq ertagi?
A ) O’zbek xalq ertagi
B ) Hind xalq ertagi
C ) Eron xalq ertagi
6 . – kishilarga o’git bo’ladigan, xulosali kichik she’r yoki hikoya nima deb ataladi?
A ) Ertak B ) She’r C ) Masal
7 . Kuchugimga o’xshaydi,
Lek xilvatda yashaydi.
Ayyorligin qo’ymaydi,
Tovuqni yeb to’ymaydi.
Topishmoqni javobini toping.
A ) Bo’ri B ) Tulki C ) Ayiq
8 . “Hakka bilan tulki” ertagida tulki hakkani qanday tutib oldi?
A ) O’zini o’lganga solib
B ) Tuzoq qo’yib
C ) Aldab
9 . “ Zilol suv” hikoyasidagi Asadga nima tugamas kuch bergan?
A ) Tozza havo B ) Sport bilan shug’ullanish C ) Tog’ning zilol suvi
10 . Kelar baland tog’lardan,
Juda ham yiroqlardan.
Giyoh bitmas bepayon,
Sahrolarga berar jon.
Topishmoqni javobini toping.
A ) Quyosh B ) Suv C ) Shudring
2 – sinf Ona tili test.
1 . Nutq nimalardan tuziladi?
A ) Gaplardan B ) So’zlardan C ) Harflardan
2 . Mazmunan o’zaro bog’langan ikki yoki bir necha gap nima diyiladi?
A ) Gaplar B ) Matn C ) so’zlar
3 . Bugun bog’imizda ishladim. Harakatni bildirgan so’zni toping.
A ) bugun B ) bog’imizda C ) Ishladim
4 . Gaplar nimalardan tuziladi?
A ) Tovushlardan B ) So’zlardan C ) Harflardan
5 . Narsalarning sanog’ini bildirgan so’zni toping.
A ) Sakkiz, bir, yetti B ) Oq, sariq, chiroyli C ) yurdi, sakradi, chopdi
6 . Katta so’ziga qarama qarshi so’zni toping.
A ) kichik B ) baland C ) uzun
7 . Belgini bildirgan so’zlarni toping.
A ) sakkiz, yugurdi, ot
B ) baland, hashamatli, ko’rkam
C ) yugurdi, qalam, to’qqiz
8 . Hayvonlarga atab qo’yilgan otlar qanday harf bilan yoziladi?
A ) kichik B ) kata va kichik C ) bosh harf
9 . Tutuq belgisi bor so’zlarni bo’g’inga bo’lganda tutuq belgisi qaysi bo’g’inda qoladi?
A ) oldingi B ) kiyingi C Tutuq belgili so’z bo’g’iga bo’linmaydi
10 . Sinf so’zi necha bo’g’inli so’z?
A ) ikki B ) bir C ) uch
2 – sinf Matematika test.
1 . 8 ga qoldiqsiz bo’linadigan sonni toping.
A ) 89 B ) 72 C ) 36
2 . 240 + 320 = hisoblang.
A ) 560 B ) 540 620
3 ) Do’konga 700 kg un keltirildi. Tushgacha 450 kg un sotildi. Sotish uchun yana necha kg un qoldi.
A ) 350 kg B ) 400 kg C ) 250 kg
4 ) 690 – 500 = hisoblang.
A ) 190 B ) 290 C ) 90
5 . 438 ___ 706 sonnlarni taqqoslang.
A ) = B ) > B <
6 . Sonni raqamlar bilan ifodalang.
9 ta yuzlik, 6 ta o’nlik va 8 ta birlik.
A ) 968 B ) 986 C ) 869
7 . 283 sonida nechta o’nlik va birlik bor.
A ) 28 ta o’nlik, 3 ta birlik
B ) 20 ta o’nlik, 8ta birlik
C ) 283 ta o’nlik
8 . 75 sm – 25 sm = hisoblang.
A ) 30 sm B ) 40 sm C ) 50 sm
9 . 40 – x =15 tenglamani yeching.
A ) 20 B ) 25 C ) 35
10 . ( 65 – 25 ) : 4 = hisoblang.
A ) 10 B ) 20 C ) 40
Do'stlaringiz bilan baham: |