Reja: Zanjirli uzatma to‘g’risida tushuncha, afzalliklari va kamchiliklari



Download 302,8 Kb.
Sana19.05.2023
Hajmi302,8 Kb.
#940672
Bog'liq
18-ma\'ruza


18-MAVZU: ZANJIRLI UZATMALAR


REJA:
1. Zanjirli uzatma to‘g’risida tushuncha, afzalliklari va kamchiliklari.
2. Zanjirli uzatmaning geometriyasi.
3. Zanjirli uzatmadagi kuchlar. Zanjirli uzatma kinematikasi va dinamikasi.
4. Zanjirli uzatmaning ishchanlik qobiliyati va ularni hisoblash mezonlari. Zanjirli uzatmaning amaliy hisobi.

Zanjirli uzatma yetaklovchi va yetaklanuvchi yulduzchalar va ularga kiydirilgan zanjirdan iborat (1-rasm).



1-rasm. Zanjirli uzatma

Zanjirli uzatma tasmali uzatmaga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:


1. Nisbatan kattaroq quvvatni uzatadi.
2. Valga tushadigan kuch katta bo‘lmaydi, chunki zanjirni tasma kabi taranglik bilan tortish shart emas.
Zanjirli uzatma quyidagi kamchiliklarga ega:
1. Uzatmaning detallarini tayyorlash murakkab va tannarxi baland.
2. Zanjir sharnirining yeyilishi natijasida zanjir uzunligi ortib ketadi. Natijada katta dinamik kuchlar xosil bo`ladi.
3. Uzatmani yuqori darajada aniqlik bilan yig`ish va uzatmaning ishi davomida texnik xizmat ko‘rsatish kerak.
Zanjirli uzatmaning geometriyasi bilan tanishamiz (2-rasm).

2-rasm. Zanjirli uzatmaning geometriyasi

Uzatmani loyixalashda avvalo zanjirning qadami t va yulduzchalar tishlarining soni z1 va z2 lar qabul qilinib, keyin qolgan o‘lchamlari aniqlanadi.


Yuiduzcha boshlangich aylanasining diametrini topamiz.
Uchburchak AOB dan: AB=t/2 va α/2=360o/(2z2)=180o/ z2
Bularni hisobga olsak:


Demak:
va
bu erda, D01 va D02 - yetakchi va yetaklanuvchi yulduzcha boshlangich aylanasi diametrlari.
Markazlararo masofa quyidagicha qabul qilinadi:
a ( 30 ... 50) t , mm
Zanjirni zvenolar soni quyidagicha aniqlanadi:



bu erda, , ,
Zvenolar soni butun juft songacha yaxlitlangan keyin markazlaro masofaning aniq qiymati topiladi:

Zanjirli uzatmaning uzatish soni quyidagicha aniqlanadi:

bu erda, ω1, ω2 - mos ravishda yetaklovchi va yetaklanuvchi yulduzchalarning burchak tezliklari.
D01, D02 - mos ravishda yetaklovchi va yetaklanuvchi yulduzchalarning o‘rta diametrlari.
Z1, Z2 - mos ravishda yetaklovchi va yetaklanuvchi yulduzchalarning tishlari soni.
Zanjirli uzatmaning asosiy parametrlarini tanlashni ko‘rib chiqamiz.
1. Zanjir qadamini tanlash.
Zanjir qadami va tezligi qancha katta bo‘lsa, unda shunchalik katta dinamik kuch xosil bo`ladi. Shuning uchun t ni kichikroq olishga xarakat qilinadi. Lekin t kichik bo‘lganda zanjir og’ir bo`ladi.
Yuqorida keltirilgan sabablarga ko‘ra zanjir qadami kichik yulduzcha uchun ruxsat etilgan aylanishlar soniga qarab jadvaldan qabul qilinadi.
2. Yulduzcha tishlar sonini qabul qilish.
Uzatmani loyixalashda yetakchi yulduzchaning tishlar sonini kichik olishga xarakat qilinadi. Lekin yuqorida aytganimizdek yetakchi yulduzchaning tishlar sonini kichik bo‘lganda zanjir tezligi yuqori bo`ladi.Bu esa yana ortiqcha dinamik kuchlarni keltirib chikaradi. Shu sabablarga ko‘ra, yetaklovchi yulduzchaning tishlari sonini tajriba yo‘li bilan aniqlangan ma‘ium tavsiyalar asosida qabul qilinadi.
Yetaklanuvchi yulduzchaning o‘lchamlari juda katta bo‘lmasligi uchun uning tishlari soni qiymati chegaralanadi.
3. Zanjirni sharnirlardagi solishtirma bosim bo`yicha tekshirish (2-rasm).
Zanjirning ishga yaroqliligi sharnirning yeyilishga chidamliligi bilan baxolanadi.



2-rasm. Rolikli zanjir

Sharnirning yeyilish darajasi esa, valik bilan vtulkaning tutash sirtidagi solishtirma bosimining miqdoriga bogliq bo`ladi. SHu sababli uzatmani loyixalashda zanjir tanlangandan keyin sharnirdagi solishtirma bosim bo`yicha quyidagi shart bilan tekshiriladi:



bu erda, P - solishtirma bosim, MPa; Ft - yetaklanuvchi yulduzchadagi aylanma kuch, N; k - nagruzka koeffitsienti S - kontakt yuzasining kuch yo‘nalishiga tik tekislikka proektsiyasi, mm2; [P]- ruxsat etilgan solishtirma bosim, MPa.
Vtulka-rolikli zanjirlar uchun:

bu erda, d - valik diametri
bbt - vtulka uzunligi


NAZORAT SAVOLLARI
1. Zanjirli uzatma afzalliklarini ayting?
2. Uzatma kamchiliklarini ayting.
3. Yulduzchalar boshlangich aylana diametri qanday topiladi?
4. Zanjir bo‘ginlari soni qanday topiladi?
5. O‘qlararo masofa qanday topiladi.
6. Yulduzcha tishlari soni qanday qabul qilinadi?
7.Uzatmaning uzatish soni qanday topiladi?
8.Solishtirma bosim bo`yicha tekshirish shartini ayting.
9.Yetaklovchi yulduzcha tishlari soni qanday qabul qilinadi?
10. Yetaklanuvchi yulduzcha tishlari soni qanday qabul qilinadi?
Download 302,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish