Reja: Z. M. Bobur hayoti va faoliyati



Download 39,39 Kb.
bet1/2
Sana12.07.2022
Hajmi39,39 Kb.
#779056
  1   2
Bog'liq
1-maruza


1-mavzu: XVI-XIX asr o’zbek adabiyoti. Bobur hayoti va ijodi. “Boburnoma”
Reja:

  1. Z.M.Bobur hayoti va faoliyati.

  2. Boburning adabiy merosi.

  3. Bobur lirikasi.

  4. Bobur lirikasining janr xususiyatlari, mavzu ko‘lami.

  5. Boburning san’atkorlik mahorati.

  6. «Boburnoma» va uning o’rganilish tarixi.

  7. «Boburnoma» - ham tarixiy, hambadiiy asar.

  8. «Boburnoma» da muallif shaxsi va tarixiy shaxslar tasviri.



Tayanch tushuncha va iboralar: Andijon ,Axsi qo’rg’oni, temuriylar saltanati,“Boburnoma” , devon, g‘azal,ruboiy, tuyuq, masnaviy, qit’a, fard, “ Xatti Boburiy”, Kobul, Hindiston, Umarshayx Mirzo, Hindiston manzaralari, Xuroson, nasr taraqqiyoti, tarix va madaniyat,hasbi hol, memuar asar, Beverij xonim, Fitrat.

Bobur adabiyotimizning Navoiydan keyingi eng e’tiborli va buyuk vakilidir. U 1483 yil 14 fevralda Farg‘ona viloyatining poytaxti Andijonda tug‘ildi. Otasi ushbuviloyathokimi Umarshayx Mirzo(1455-1494) Temurbekka evara-to‘rtinchi (Abusaid Mirzo-Sulton Muhammad Mirzo-Mironshoh-Amir Temur) avlodi edi. Onasi Qutlug‘ Nigorxonimning otasi Toshkent hokimi Yunusxon esa o‘zbeklashgan mo‘g‘ul urug‘idan bo‘lib, 12 avlod bilan Chingizxonga tutashgan. Bobur uni «Chingizxonning ikkinchi o‘g‘li Chig’atoy naslidandur» deb tanishtiradi.


Unga Muhammad Bobur deb ism beradilar. «Bobur»ning arabchadagi ma’nosi sherdir. Keyinroq ulug‘larga, shohu shahzodalarga qo‘yilib aytiladigan ismi sharif sifatida «Zaxiriddin» ilova etiladi». «Zahir»ning ma’nosi ko‘p,Shulardan biri homiy, Yana biri esa sergul daraxt ekan.
Umarshayx Mirzoning uch o‘g‘li (Z.M.Bobur, Jaxongir Mirzo, Nosir Mirzo), besh qizi (Xonzodabegim, Mehrbonubegim, YOdgor Sultonbegim, Ruqiya Sultonbegim) bo‘lib, Bobur o‘g‘illarining eng kattasi edi. Onasi-o‘zidan besh yosh katta Xonzodabegim bilan bir onadan edilar.
Umarshayx Andijonning g‘arbida joylashgan Axsi (Axsikat, deb ham aytilgan, Sirdaryoning o‘ng soxilida, xozirgi Namangan viloyati, SHaxand qishlog‘i hududida xarobalari saqlanadi) shahrini poytaxt qilgan edi.
1494 yilda Toshkent hokimi Sulton Mahmudxon (Boburning tog‘asi), Samarqand podshohi Sulton Ahmad Mirzo (amakisi) ittifoq tuzib,biri Sirdaryoning janubidan, ikkinchisi shimoldan Axsi ustiga qo‘shin tortadilar.
Shu orada falokat yuz beradi. 899 yil ramazon oyining to‘rtida, dushanba kuni (1494 yil 9 iyun) Axsi qo‘rg‘onida jar yoqasida turgan Umarshayx Mirzo xobxona-yu xosxonasi bilan birga qulab, halok bo‘ladi. Ertasi kuni bu xabar Andijonga etib boradi. Taomil bo‘yicha, to‘ng‘ich o‘g‘il Zaxiriddin Bobur otasi o‘rniga hokim bo‘lib, shoshilinch Axsiga yo‘l oladi. YAqinlari, beklar yordamida yurt himoyasini tashkil qiladi. Omad yosh hukmdorga kulib boqadi. O‘ratepa, Xo‘jand, Marg‘ilonni qo‘lga olib, Qubo (Quva)ga kirgan Sulton Ahmad qo‘shni shaxarni kesib o‘tuvchi Qorasuv kuprigida toshqinga uchrab, ko‘p ot va tuya botqoq suvga cho‘kib nobud bo‘ladi. Ustiga-ustak, ot o‘lati tarqaydi. Qo‘shin vaximaga tushadi. Sulton Axmad o‘rtaga odam qo‘yadi. Sulh tuzib, orqaga qaytadi va yo‘lda vafot etadi. SHimoldan kelgan Sulton Mahmudxon Axsini bir muddat qamal qilsada, egallay olmaydi. Qaytib ketishga majbur bo‘ladi. SHaroitdan foydalanib qolmoqchi bo‘lgan Qashgar va Xo‘toen hokimi Abobakir Dug‘latning ham O‘zgand yaqinidagi xarakatlariga chek qo‘yiladi. Qo‘ldan chiqqan erlarning ko‘p qismi qaytarib olinadi. Dushman bartaraf qilingach, Umarshayx Mirzoning azasi barcha rasm-rusumi bilan o‘tkaziladi.
Shu orada Boburning ukasi Jaxongir Mirzoni shoh qilish niyati bilan Hasan YA’qub boshliq fitnachilar fosh etiladi. Akasi Sulton Axmad o‘lgach, unga tobe Samarqand va Buxoroni o‘z qo‘liga olgan Sulton Mahmud ham vafot etadi. 12 yoshli Bobur dastlab Shayx Mazidbek, so‘ng Boboquli Boboalibek, Qosim Qavchin kabi beklar yordamida hokim iyatni idora qilishga kirishadi.
1495-yil Sulton Ahmadning o‘g‘illari-Boburning amakivachchalari Sulton Mas’ud va Boysunqur Mirzolar Samarqand uchun kurash boshlaydilar. Samarqand ukalari Sulton Ali qo‘lida edi. Bobur ham baxtini sinab ko‘rgani Samarqandga yo‘l oladi. Samarqand buyuk Temurbekni poytaxti edi. Uni egallash har bir temuriyzodaning eng ulug‘ orzusi edi. Xullas, yosh Bobur qo‘shin tortib Samarqandni qamal qiladi.Biroq,Sulton Ali o‘rtaga do‘stlik, ittifoqlikni qo‘yib, odam yuboradi. Bobur mardlik, tantilik qilib orqaga qaytadi. Shunga qaramay, shaxar Boysunqur qo‘liga o‘tadi.
1497-yilda Bobur mingga yaqin kishi bilan Yana Samarqandga otlanadi. Boysung‘ur Mirzo Turkistondan - Shayboniyxondan yordam so‘raydi. YOrdam natija bermaydi. Qamal yetti oy davom etadi. Boysung‘ur Mirzo ikki-uch yuz odami bilan shaxarni tashlab, Qunduzga, Xisravshoh panohiga qochadi. Bobur shaharga kiradi. SHahar ulug‘lari, beklar uning istiqboliga chiqadilar. Bu voqea xijriy 903 yilning Rabbiul avvali oxirlarida (1497 yil noyabr) yuz beradi.
Bobur Samarqandda ko‘p bo‘lganidan ulug‘ bobosining bu shaxrini yaxshi bilardi. Bir kelganida amakisi Sulton Axmadning Oysha Sultonbegim degan qizini «beshikkerti» qilishgan edi. O‘shanda Bobur besh yoshda edi. So‘nggi kelishida mashhur Shoirlar Kamoliddin Binoiy va
Muhammad Solihni Sulton Alining elchilari xizmatida ko‘rgan edi. Navoiy bilan Binoiy munosabatlari haqida xilma-xil latifalar to‘qilgan. Binoiy keyinroq Bobur huzurida martaba ham topadi. Biroq, Muhammad Solixni boshqa ko‘rmaydi.
Boburning lirik asarlari asosan uning devoniga joylangan. Shoirning o‘z devonining ilk qo’lyozma nusxasi borligi ma’lum. Bulardan biri Parijda, ikkinchisi Hindistonda saqlanadi. Boburning lirik merosini Shu ikki qo’lyozma nusxada va «Boburnoma»dagi she’rlar tashkil etadi. Mana Shular asosida Boburning devoni bir necha bor nashr qilindi. Boburning she’rlarini 1910 yilda ingliz sharqShunosi Denison Ross to‘plab ingiliz tiliga tarjima qilib, nashr etadi. Shoirning ba’zi she’rlari 1931 yil Istambulda chiqqan «Milliy tatabbu’lar» majmuasiga ham kiritilgan. Boburning she’rlari o‘tmishda ingliz, fransuz va boshqa Evropa tillariga ham tarjima qilingan edi. Keyin 60-70 yil ichida Bobur she’rlari qayta-qayta nashr qilindi, xrestomatiyalarga, turli to‘plamlarga kiritildi va bir necha marta tanlangan asarlar tarzda bosilib chiqdi.
Bobur devoni lirik turning har xil janrlarida Yozilgan she’rlarni, jumladan, g‘azal, ruboiy, tuyuq, masnaviy, qit’a, fard va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Unda oddiy g‘azallar bilan bir qatorda g‘azali musajja’ ,qit’a, g‘azal, g‘azali xusni matla’, qo‘shaloq vaznli va qofiyali, ruboiy tarona, oddiy tuyuqdan tashqari, qo‘shaloq tajnisli tuyuq, tajnissiz tuyuq hamda tajjnisli qita’, tajjnislit fard, qofiyali fard va qofiyasiz fard shakllarini ham ko‘ramiz. g’azal, ruboiy va tuyuq Bobur lirikasining eng xarakterli janrlaridir.
Bobur aruzning hafif, ruboiy, rajaz, ramal, sare’, tavil, mutaqorib, mujtass, muzore’, munsareh va hazaj bahrlaridan hamda bu bahrlarning 25 turdagi ichki xillaridan foydalanadi. Bobur devoni, asosan, uning o‘zbek tilidagi she’rlaridan tashkil topgan. Biroq Shu bilan birga, unda fors-tojik tilida Yozilgan bir necha she’rlar ham bor. Bobur o‘z ona tiliga bo‘lgan muhabbatini bir she’rda Shunday ifodalagan edi:
Erur turk oshiq, kosh bilsam forsiy qoni,
Desam holimni bilsa, forsiydan dilbarim oni.
Bobur fors-tojik adabiy tilini ham mukammal bilar edi. Bunga Shoirning fors-tojik tilidagi she’rlari yaqqol misol bo‘la oladi. Bobur Lutfiy, Alisher Navoiy, Umar Hayyom, Hofiz singari ustoz san’atkorlarning bir qator an’analarini davom ettirdi va rivojlantirdi, ularning g‘azallariga nazira va muxammaslar bog‘ladi.
Bobur lirik asarlarining mavzu ko‘lami keng va xilma-xildir. Bobur umuman voqealikni, xususan ijtimoiy fikrni, ijtimoiy hayotni kengroq qamrab olishga harakat qiladi va bu sohada ko‘pgina yutuqlarni qo‘lga kiritadi. Kishilarning ma’naviy qiyofasi,din, tasavvuf, hokimiyat va ma’rifat masalalari, yor va unga bo‘lgan muhabbat, vatan haqidagi o‘ylar, unga intilish, zamondan norozilik, hayotni sevish Bobur lirikasining mavzulari hisoblanadi.
Bobur she’riyati - nihoyatda jozibali she’riyat. U barkamol inson qalbidagi ehtirosli tuyg‘ular ifodasi.
Bobur g‘azallari mazmunan nihoyatda boy va rang-barang, Shu bilan birga, o‘ziga xos go‘zal badiiyyati bilan ham diqqatga sazovordir.
Shoir chin insoniy sevgini ulug‘laydi, oshiqning o‘tli kechinmalarini, hissiyotlarini sodda va samimiy misralarda kuylaydi. Ma’Shuqaning go‘zalligini nafis va serbo‘yoq so‘zlar, xayoliy va hayotiy tashbehlar orqali vasf etdi. Fikrimizning dalili sifatida Shoirning ravonligi, o‘ynoqiligi, musiqiyligi bilan diqqatni jalb etadigan quyidagi g‘azali matla’iga e’tibor qilaylik:
Xatting aro uzoring sabza ichinda lola,
Ul chashmi purxumoring loladag‘i g‘azola.
Yorning mayin tukchalar bilan qoplagan yanog‘i qizilligi tufayli ko‘m-ko‘k maysalar ichida ochilgan lolaga o‘xshaydi; uning xumor qiluvchi ko‘zlari esa lola yaproqlari ichida joylashgan ko‘z shaklidagi qora dog‘larga monand. Naqadar oddiy, hayotiy tasvir!
Yanoqdagi qizillikni loladagi qizillikka, yorning xumor ko‘zlarini ohuning ko‘zlariga qiyoslash mumtoz adabiyotda uchraydigan an’anaviy tashbehlardir. Bobur an’anaviy tashbehlarni yangi mazmun, o‘ziga xos qirralari bilan boyitadi. Natijada Shoir misralari badiiy mukammallik kasb etadi.
G’azalning ikkinchi baytida xayoliy va hayotiy tashbeh orqali ma’Shuqaning afsonaviy parilarni ham lol qoldirgan chiroyi qalamga olinadi. Ya’ni, ma’Shuqaning chehrasi nihoyatda go‘zal. Atrofini o‘ragan parilar ham uning go‘zalligidan hayratda tong qotgan. Bu holat esa to‘lin oyning atrofini qoplagan gardishga o‘xshaydi:
Barcha pariylar, ey jon, girdingda zoru hayron,
Go‘yo erur namoyon oy tegrasinda hola.
Oshiq maShuqadan mehru vafo kutadi, lekin u «ag‘yor»ga iltifot ko‘rsatadi, o‘z oshig‘iga esa «javru jafoni» ravo ko‘radi. Bu go‘zallarning odati va an’anaviy tasviridir:
Mehru vafoni ag‘yor, ko‘p ko‘rdi sendin, ey yor,
Javru jafoni bisyor qilding manga havola.
Bu o‘rinda misralardagi aksariyat so‘zlarning o‘zaro ohangdoshligi, qo‘sh qofiya, tazod kabilar baytning o‘ziga xos badiiyatini ta’minlashga xizmat qilgan.
Shoir g‘azalning navbatdagi baytida insonning ruhiy holati bilan bog‘liq hayotiy tasvir yaratadi. Oshiq bo‘lib qolgan kishi tuni bilan ma’Shuqasi hajrida to‘lg‘onib chiqadi, to tongga qadar ohu nolalar chekadi, ko‘zlariga uyqu kelmaydi:
Hajringda, ey pariyro‘, ko‘zumdin uchti uyqu,
Har kecha tongg‘a degru ishimdur ohu nola.
G’azalning so‘ngi baytida Shoir chiroyli so‘z o‘yini orqali oshiqning o‘z yoriga bo‘lgan cheksiz mehru muhabbatini ifoda etadi. Ya’ni, yor yuzi «sahfasinda»gi mayin tukchalar (xatlar) har taraf yoyilgan. Ana Shu mayin tukchalar yanglig‘ Bobur ma’Shuqaning ishqida uning go‘zalligini ta’rifu tavsif etib, «bu nav’ yuz risola» bitishga tayyor:
Yuz sahfasinda xatlar boshdinki har taraf bor,
Ishqingda Bobur aylar bu nav’ yuz risola.
Umuman, Shoir devonidagi har bir she’rda insoniy kechinmalar turfa ranglarda jilolanadi, Shoir poetik mahoratining u Yoki bu qirralari o‘ziga xos shaklda namoyon bo‘ladi.
Bobur she’riyati ilm-ma’rifatni, axloq-odob kabi masalalarni ham qamrab oladi. Shoir ilmni o‘z-o‘zidan bunyod bo‘lmasligini ta’kidlar ekan, kishi faqat havas va ishtiyoq bilangina ilmga ega bo‘lishi mumkin deydi:
Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak,
O‘rgangali ilm tolibi ilm kerak,
Men tolibi ilmu tolibi ilm yo‘q,
Men borman ilm tolibi ilm kerak.
Yaxshi xulq-atvorga ega bo‘lish, kishilarga yaxshilik qilish eng ezgu xislat va olijanob fazilatdir:
Xulqingni rost etgil har sorig‘aki borsang,
«Ahsanta» der bori el, gar yaxshi ot chiqarsang...
Bori elga yaxshilik qilgilki, mundin yaxshi yo‘q.
Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig‘.
Boburning ko‘pgina she’rlarining mazmunini vatan ishtiyoqi, g‘urbat hasratlari, sog‘inch kayfiyati tashkil etadi. Bu bevosita Shoirning murakkab hayoti va kurash yo‘li, shodiyona alamli sarguzashtlari bilan bog‘liq. Bobur temuriylar saltanatini saqlab qolish Movarounnahrda yirik va mustahkam davlat qurishga intiladi.
Biroq bu orzulari amalga oshmadi. U vatanini tashlab ketdi. Undan olisda ko‘plab mashaqqatlarni boshidan kechirib yashadi. Bularning hammasi Shoir qalbida qog‘ozga ko‘chdi, she’rga aylandi:
Ko‘ngli tilagan murodga etsa kishi,
Yo barcha murodlarni tark etsa kishi.
Bu ikki na muyassar o‘lmasa olamda,
Boshni olib bir sorig‘a ketsa kishi,-
deydi Shoir. Yana Shunisi e’tiborliki, bunday kayfiyatdagi ba’zi she’rlari Shoir biografiyasi haqida ham ma’lumot beradi, ya’ni biografik asosning Shoir she’riyatidagi o‘rnini ko‘rsatib turadi.
Beqaydmenu xarobi siym ermasmen,
Ham mol yig‘ishtirur laim ermasman.
Qobulda iqomat qildi Bobur dersiz,
Andoq demangizlarki, muqim ermasmen.
Boburning vataniga qaytish orzusi ushalmadi. U yurtidan uzoqda qolib ketdi, davlati va saltanati uni umr bo‘yi chet elga bog‘lab qo‘ydi. Binobarin u:
Keldim bu sori o‘z ixtiyorim birla,
Lekin borurimda ixtiyorim yo‘qtur,- degan edi.
Bobur she’rlari orasida o‘zining vatanidan olisga ketib qolishi «xatolig‘» deb baholangan pushaymonlig‘ kayfiyati ham uchraydi:
Tole’ yo‘qi, jonimg‘a baloliq bo‘ldi,
Har ishnikim ayladim, xatolig‘ bo‘ldi.
O‘z erni qo‘yib Hind sori yuzlandim,
Yorab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi.
Demak, Bobur o‘z vatanini ishtiyoq bilan sevadi, g‘urbatdan hasrat va nadomat chekadi, bu kayfiyatni, holatini o‘z she’rlarida - g‘azal va ruboiylarida mahorat bilan ifodalaydi.
Bobur lirikasi Shoirning yuragi, his tuyg‘ulari, o‘y va orzusi, sukuti va hayajonning kitobidir. Mohir Shoir bularning barchasini lirik she’rlarida favqulodda sodda usul bilan nihoyatda ravon va ravshan, tabiiy va haroratli qilib tasvirlaydi. Lirik qahramon – Bobur timsolida biz mag‘lub va xomush, alamli va hasratli, umidsiz va istiqbolsiz shaxs bilan g‘olib va mag‘rur, shod va quvnoq, umidli va istiqbolli Bobur timsolini ham ko‘ramiz. Xuddi Shu kabi ma’Shuqa timsoli ham goh eng mehribon, vafodor, go‘zal yor sifatida gavdalanadi.
Boburning san’atkorlik mahorati badiiy san’at va tasvir vositalarini qo‘llashda ham namoyon bo‘ladi. U o‘xshatish, tazod, laf va nashr, parallelizm, mubolag‘a va boshqa turdagi usul va badiiy til vositalari orqali mavzuni, obrazni holat va his-tuyg‘uni mukammalroq yoritishga erishadi.
Xullas, Bobur lirikasi rang-barang janrlardan tashkil topgan. Uning mavzus doirasi keng. Sharq she’riyati an’analarini davom ettirgan Shoir mavjud she’riy sa’atlar va tasvir vositalaridan mahorat bilan foydalanib, o‘z san’atkorligini o‘zbek she’riyatida o‘ziga xos hodisa ekanligini namoyish qildi.

Boburning eng mashhur asari «Boburnoma»dir. U dastlab «Voqea» («Voqealar») deb atalgan. So‘ngroq «Voqeoti Boburiy», «Voqeanoma», «Tuzuki Boburiy», «Boburiy» nomlarini oldi. Oxirida «Boburnoma» bo‘lib Shuhrat topdi.


«Boburnoma» Boburning butun umri davomidagi esdaliklaridir. U 12 yoshidan hayotining so‘nggigacha bo‘lgan voqealarni qayd qilib borgan va umrining oxirlarida 1525-1530 yillarda ushbu asarni Yaratgan deb taxmin qiladilar.
Asarda 910 (1502-1505), 915 (1509-1510), 924 (1518-1519), 927 (1520-1521), 928 (1521-1522), 930 (1523-1524), 931 (1524-1525) yillarning voqealari berilmagan. Bu 15-16 yilning voqealari tushib qolganligi haqida turli fikrlar mavjud. Ayrim olimlarning fikricha, bu sahifalar jangu jadallarda yo‘qolgan. Bobur har bir yilga alohida to‘xtashni maqsad qilib qo‘ymagan, bu muallifning o‘ziga xos uslubi deguvchilar ham bor.
«Boburnoma» ning o‘ndan ortiq qo’lyozmalari bo‘lib, ular jahonning turli kutubxonalarida saqlanadi. Asarni 1857 yilda Qozonda N.I.Ilminskiy, 1905 yilda Londonda Beverij xonim nashr etdilar. O‘zbekistonda dastlab professor Fitrat 1928 yilda «Boburnoma»dan parchalar e’lon qilgan edi. Asar 1948-1949 yillarda ikki jildda nashr etildi. 1960, 1969 yillarda «Boburnoma»ning tuzatilgan nashrlari amalga oshirildi.
«Boburnoma» XVI asrdayoq turli sharq tillariga tarjima qilina boshlagan. YOdnoma Evropaga XVIII arsda kirib bordi. 1705-yilda Vitsen kitobni golland tiliga tarjima qilib, Amsterdamda nashr qildirdi. 1826 yilda J.Leyden va V.Erskin uning inglizcha tarjimasini, 1871 yilda Pave de Kurteyl fransuzcha tarjimasini nashr qildilar. XX asrda bu asarni Rashid Rahmati Orat turkchaga, Mixail Sale ruschaga tarjima qildilar. 1826-1985 yillar davomida «Boburnoma» to‘rt marta ingliz (1826, 1905, 1921, 1922) uch marta (1871, 1980, 1985) fransuz, bir marta nemis (1873) tiliga o‘girilib nashr etildi. Unga asoslanib Bobur hayoti va ijodini yorituvchi o‘nlab badiiy asarlar yaratildi. Bular orasida fransiyalik Flora Anna Stilning «Boburxon» (1940), Fernard Grenardning «Bobur», (Parij, 1960), AQSHlik Xarold Lembning «Bobur - yo‘lbars» Nyu-York (1961) romanlari, Vamber Gaskonning «Bobur va uning avlodlari Yoki Buyuk Mo‘g‘ullar» (Nyu-York, 1980) roman-esselari bor. Hindistonlik Muni Lal Bobur va boburiylar haqida oltita roman Yozgan.
O‘zbek adabiyotida P.Qodirov, B.Boyqobulov va X.Sultonovlar Boburga bag‘ishlab roman, qissa va doston yaratdilar.
O‘zbek nasri Rabg‘uziyning «Qisasi Rabg‘uziy»sidan Poshshoxoja ibn Abdulvahhobxojaning «Miftohul-adl» va «Gulzor» asarlargacha bo‘lgan katta yo‘lni bosib o‘tdi. Ayniqsa, Alisher Navoiy uni tarixiy, ilmiy, memuar asarlar bilan yangi bosqichga olib chiqdi. «Boburnoma» o‘zigacha erishilgan yutuq va tajribalarni umumlashtirib, o‘zbek nasrini jahoniy miqyoslarga olib chiqqan asardir.
«Boburnoma», avvalo, tarixiy asradir. Unda 1494 yildan, ya’ni Bobur taxtga chiqqanidan 1530 yilgacha - umrining so‘nggigacha bo‘lgan voqealar o‘z ifodasini topgan. Bu tafsilotlar Bobur tug‘ilib o‘sgan Movarounnahr, so‘ngroq o‘zi saltanat qurgan Xuroson va Hindistonda yuz bergan voqealardir. Demak, «Boburnoma» XV asrning so‘nggi va XVI asrning birinchi choragida mazkur uch mintaqada kechgan voqealarni o‘rganishda muhim manbadir.
Muallif o‘z asarida voqealar bilan cheklanmaydi. Uning ishtirokchilariga, markaziy qahramonlariga ham keng o‘rin beradi. Natijada biz Bobur zamonida yashagan va tariximiz, madaniyatimizda muhim mavqega ega bo‘lgan davlat va madaniyat arboblari bilan tanishamiz. Asarda har bir yil voqealari alohida berilgan. Dastlab o‘sha yilda yuz bergan muhim voqea hikoya qilinadi. Masalan, dastlabki, 1494 yil voqealarini hikoya qilganda, Bobur, avvalo, o‘zining «Tangri inoyati bilan Farg‘ona viloyatida 12 yoshli podshoh bo‘lgani» haqida xabar beradi. So‘ng voqea tafsilotida, tog‘asi va amakisi Andijonga qo‘shin tortib kelgani va otasining tasodif bilan fojiali halok bo‘lgani voqealariga to‘xtab, uning bosh ishtirokchilari, birinchi navbatda otasi Umarshayx haqida ma’lumot beradi. CHunonchi, uning tug‘ilgan yili, nasl-nasabi shaklu shamoyili, hulq-atvori, urushlari, viloyati, avlodi, xotinlari, ummarosi haqida to‘xtaydi. So‘ng voqealarning ikkinchi ishtirokchisi Shu 1494 yildagi urushdan qaytishda yo‘lda – O‘ratepada kasallanib vafot etgan amakisi Sulton Ahmad Mirzo haqida to‘xtaydi.
Shunday qilib, kitobda Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Badiuzzamon, Muzaffar Mirzo, Umarshayx, Sulton Ahmad Mirzo, Sulton Mahmud kabi ko‘plab taxt egalari, Alisher Navoiy, Muhmmad Solih, Kamoliddin Binoiy, Behzod, Naqqosh, Husayn Udiy kabi adabiyot va san’at arboblari haqida qimmatli ma’lumot va mulohazalar keltirilgan.
Bularning hammasi uchun muhimdir. O‘sha paytdagi shaharlar tasvirini, chunonchi, Samarqand manzaralarini olaylik. Oradan o‘tgan 500 yil ichida qo‘rg‘onlar, ajnabiy istilochilar bosqini bilan qanchadan-qancha obidalar vayron bo‘ldi. Biz buyuk sohibqiron Amir Temur nomi bilan bog‘liq muazzam Ko‘ksaroyni, Mirzo Ulug‘bekning balandligi uch metr bo‘gan muhtasham rasadxonasini va Shu kabi juda ko‘p qutlug‘ imoratlarning shaklu qiyofasini «Boburnoma» orqali tiklaymiz.
Bobur butun umri jangu jadallarda kechishiga qaramasdan tabiatan nihoyatda ziyrak va sinchkov, g‘oyat fahmli va idrokli, hamma narsaga qiziquvchan bir zot edi. U qaerga bormasin, o‘sha erning geografik joylashish o‘rnidan tortib, o‘simlik va hayvonot dunyosigacha, qiShu Yozining obi-havosidin elning urf-udumigacha hamma-hammasi bilan qiziqadi va Yozib qoldiradi. Bobur nima haqda va kim haqida Yozmasin, g‘oyat samimiydir.
O‘zining quvonchini ham, g‘amini ham hech kimdan yashirmay, ro‘y-rost aytadi. Do‘sti haqida ham, dushmani haqida ham ko‘nglidagini so‘zlaydi. To‘g‘ri, dushmanlari haqida Yozganida goho alam zo‘rlik qilib xolislikdan chekingan o‘rinlar ham uchraydi. Masalan, buni uning Shayboniyxonga va ayniqsa, uning tomoniga o‘tib ketgan Muhammad Solihning asariga bergan tanqidiy bahosida ochiq ko‘rish mumkin. Bu ham aslida tabiiy edi.
«Boburnoma» muallifning o‘ziga xos tarjimai holi, aqlini taniganidan boshlab umrining oxirigacha kechgan hayoti solnomasi, quvonch va alam, zafar va mag‘lubiyat to‘la hayotning solnomasidir. Muhimi, eng og‘ir damlarda ham u o‘zining tanti, jumard, atrofdagilarga mehribon zot sifatidagi fazilatlarini saqlab qoladi. Vataniga muhabbatini hayotining so‘nggi damlariga asraydi.
1528 yili Bobur Andijonga, Xo‘ja Kalonga Yozadi: «Bizning ehtimomimiz ul sorilar bormoqqa behad va beg‘oyatdir. Hindiston ishlari ham bir nav’ somon topib keladur. Ul viloyatlarning latofatini kishi nechuk unutkay. Ul fursatga bir qovun keltirib edilar, kesib egach, g‘arib ta’sir qildi, tamom yig‘lab edim».
Ota va o‘g‘il, shoh va shahzoda munosabatlariga Bobur hech qachon befarq qaragan emas. Ulug‘bek donishmand otasini, uning taxtini egallash uchun qatl qildirgan Abdullatifni qattiqqoralaydi. Nizomiyning «Padarkush hech qachon podshoh bo‘la olmaydi. Podshoh bo‘lganda ham olti oydan ortiq turmaydi», degan hikmatini keltirib, Abdullatifning ham juvonmarg bo‘lib ketganini aytadi, avlodlarga tanbeh beradi. Boburning o‘zi esa farzandlariga mehribonlik va talabchanlikning ajoyib namunalarini ko‘rsatadi. CHunonchi, 1528 yili Humoyun o‘g‘il ko‘rganida Bobur farzandini tabriklaydi. Murabbiy va ustoz sifatida otalik nasihatlarini beradi. Humoyunga xatlardagi imlo xatolaridan tortib yurish-turishigacha yo‘l ko‘rsatib, mehribonlik qiladi.
« ... xatlaringda yolg‘uzlik, yolg‘uzlikkim debsan, podshohlikta aybdur ... Podshohlik bila yolg‘uzlik rost kelmas. Xatingni xud tashvish bila o‘qsa bo‘ladur, vale asru mug‘laqdur... Imlong yomon emas. Agarchi xili rost emas. Iltifotni «to» bila bitibsen, kulun jni «yo» bila bitibsen. Xatingni xud tavr qilib o‘qusa bo‘ladur, vale bu mug‘laq alfozingdin maqsud tamom mavhum bo‘maydur... Takalluf qilay dersen, ul jihattin mug‘laq bo‘adur. Buning nari betakalluf va ravshan va pok alfoz bila biti, ham sanga tash vish ozroq bo‘lur, ham o‘quguchiga».
1529 yilda Humoyun kasal bo‘lganida uni Badaxshondan Dehliga Bobur yoniga yuboradilar. «Boburnoma» da o‘qiymiz: «...Tabiblar har necha dori-darmon berdilar, yaxshi bo‘lmadi. Mir Abdulqosimkim, ulug‘ kishi erdi, arzga etkurdikim, ushmundoq dardlarga darmon bo‘lurkim, yaxshi nimarsalardin tasadduq qilmoq kerak, toinki Tangri taolo sihhat bergan. Muhammad Humoyunning mendin o‘zga yaxshiroq nimarsasi yo‘q. Men o‘zum tasadduq bo‘layin, Xudoy qabul qilsin. Xoja Xalifa, o‘zga mukarrablardin arzga tegurdilarkim, Muhammad Humoyun sihhat topar, siz nechun bu so‘zni tilga keltirursiz. Hazar budurkim, dunyo molidin yaxshisini tasadduq qilmoq kerak. Bas, o‘sha olmoskim, Ibrohimning urushida tushib erdi, Muhammad Humoyunga inoyat qilib erdingiz, tasadduq qilmoq kerak. Tilga keldikim, dunyo moli aning evaziga nechuk bo‘lgay, men aning fidosi qilurmenkim, hol anga mushkum bo‘lubtur. Va andin o‘tubturkim, men aning betoqatligiga toqat kelturgaymen. O‘shal holatga kirib, uch qatlar boshidin urgulib, dediykim, men ko‘tardim har ne darding bor. O‘shal zamon men og‘ir bo‘ldum, ul sihhat bo‘lub ko‘pti. Men noxush bo‘lub yiqildim. A’yoni davlat mamlakatni chorlab, bay’at qo‘llarini Humoyun qo‘llariga berib, joynishinligiga va valiahdligiga nasb qildim. Va taxtni anga topShurdim».
«Boburnoma» da Boburning ilk she’r mashqlaridan tortib yirik asarlarigacha Yozilish tarixi, ular bilan bog‘liq voqealar haqida ma’lumot berilgan.
908 (1500-1501) yil voqealari haqida xabar berar ekan, Bobur Navoiy bilan xatlashganini, ulug‘ Shoirga ilk baytlaridan yuborganini Yozgan edi: «Bu ikkinchi navbat Samarqandni olganda, Alisherbek tirik edi. Bir navbat manga kitobni ham kelib erdi. Men ham bir kitobat yuborib erdim. Javob kelguncha tafrika va g‘avg‘o bo‘ldi».
Bobur o‘z asarining 909 (1503-1504) yil voqealariga bag‘ishlangan sahifalarida «Ushbu mahallarda «Boburiy xat»ni ixtiro qildim», deb Yozadi.
Bobur vatandan uzoqda ham ona tili ravnaqini o‘ylaydi. Uning Qobul va Hindistonda turib turkiy tilda ijod etishining o‘zi ona tiliga ulkan mehru muhabbatidan edi. Bobur bu bilan cheklanmaydi. Turkiy tildagi ijodni rag‘batlantiradi. Tilni sof saqlash uchun kurashadi. Masalan, «Boburnoma»da 1519 yil voqealari bayonida Shunday lavha bor: «CHorshanba kuni ...mutoyaba jihatidan deyildikim, har kim sortcha aytsa, bir ayog‘ ichsun. Bu jihattin ko‘p kishi ayog‘ ichti. Sunnat vaqtida chaman ustidagi tolor ustida o‘lturildi. Deyildikim, har kishi turkcha aytsa, bir ayog‘ ichsun. Bunda ham g‘alaba qilgan kishi ayog‘ ichti».
Bobur qaysi yurtga bormasin u erni obod qilishga, turli-tuman imoratlar qurishga harakat qiladi. CHunonchi, Hindistonda katta qurilishlarni amalga oshiradi. SHarafiddin Ali YAzdiy «Zafarnoma»da Amir Temurning «Masjidi sangin» imoratida Ozarbayjon, Fors, Hindiston va boshqa mamlakatlardan har kuni 200 kishi ish qilurlar edi», deb Yozgan ekan. Bobur uni tilga olar ekan, «Bir orada ushbu Agraning sangtaroshlaridan mening imoratlarimda har kunda olti yuz sakson kishi ish qilur edi. Yana Agrada va Sekrida, Biyonada, Dilpurda, Guvalyorda va Kulda ming to‘rt yuz to‘qson bir sangtarosh har kunda mening imoratimda ish qilurlar erdi».
Bobur Navoiy bilan uchrashmagan bo‘lsa-da, lekin yoshligida uning shaxsiga va ijodiga katta mehr-muhabbat bilan tarbiya topgan. Shuning uchun «Boburnoma» ning ko‘p o‘rinlarda turli munosabatlar bilan uni tilga olib, Navoiy haqida qimmatli mulohazalar bildiradi. Bobur Navoiy haqida ma’lumot berganida quyidagi masalalarga to‘xtaydi:

  1. Navoiyning kelib chiqish, temuriylarga daxldorligi darajasi: « ... begi emas edi, balki musohibi edi».

  2. Husayn Boyqaro bilan munosabatlariga: «...kichikligida ham maktab ekandurlar, xususiyat bisyor ekandur».

  3. Abdusaid va Navoiy munosabatlari, Shoirning Samarqandga borish sabablari: «Bilmon ne jarima birla Sulton Abdusaid Mirzo Xiridin ixroj qildi».

  4. Navoiy ijodiga, shaxsiga baho: «Alisherbek naziri yo‘q kishi erdi. Turkiy til bila to she’r aytibturlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytgan ermas».

  5. Navoiy ijodi, badiiy, ilmiy, asarlari, musiqaga munosabati: «Yana musiqada yaxshi nimalar bog‘labtur. Yaxshi naqshlari va yaxshi peshravlari bordur».

  6. Navoyining fe’li, tabiati:»Alisherbekning mijozi nozuklik bila mashhurdur».

  7. Navoiyning turmush tarzi: «O‘g‘il va qiz va axlu ayol yo‘q, olamni tavre fard va jarida o‘tkardi».

  8. Navoiyning ilm va hunar ahliga murabbiyligi. «Ahli fazl va ahli hunarga Alisherbekcha murabbiy va mukavviy ma’lum emaskim, hargiz paydo bo‘lmish bo‘lg‘ay».

  9. Navoiyning obodonchilik ishlari: «Muncha binoyi xayrkim, ul qildi, hech kishi mundoqqa muvaffaq bo‘lmish bo‘lg‘ay».

  10. Navoiy asarlari haqida ayrim tanqidiy fikrlar: Bobur Husayn Boyqaroga katta ixlos bilan qaragan. Uning mardlik va shijoatini, adolatini, she’riy iste’dodini qadrlagan. Husayn Boyqaro temuriy beklarni SHayboniyga qarshi birgalashib kurashish uchun maslahatga chorlaganda, Bobur birinchilardan bo‘lib bu ishga bosh qo‘shadi.

«Boburnoma» da Husayn Boyqaroning har ikki tarafdan: «ota tomonidan ham, ona tomonidan ham temuriyzoda «karimuttarafayn» (ikki taraflama ulug‘) ekanidan tortib, shaklu shamoyiligacha, axloq atvoridan tortib farzandlarigacha to‘xtaydi. CHunonchi, shaklu shamoyili: «kiyik ko‘zluk, sher andom bo‘yluq kishi edi. Belidin quyi ingichka erdi».
«Yana «Mezonul-avzon» otlig‘ aruz bitiyuur... 24 ruboiy vaznida 4 vaznda g‘alat qilibtur. Ba’zi bahrlarning avzonlarini ham yangilabtur, aruzga mutavajjih bo‘lg‘on kishiga ma’lum bo‘lg‘usidir».
Axloq va atvori: «...mafosil (revmatizm) zahmati jihatidan namoz qila olmas edi. Xarrof (ulfat) va xushhulq kishi edi, so‘zi ham hulqidek edi. Bir qatla bir o‘yog‘li bir kishini ulturgan uchun dorul qazoga yubordi. Shujo’ va mardona kishi edi. Temurbek naslidin hech kishi ma’lum emaskim. Sulton Husayn Mirzocha qilich chopmish bo‘lg‘ay.
Tab’i nazmi bor edi. Devon ham tartib qilur edi. Taxallusi Husayniy edi. Ba’zi baytlari yomon emastur, vale Mirzoning devoni tamom bir vazndadur».
«Boburnoma» Bobur kezgan yurtlar haqidagi bir qomusdir. Lekin bu qomus faqat sinchkov emas, badiiy zavqi ham baland bo‘lgan ijodkor tomonidan Yozilgan. Asarda turli fanlarga oid ma’lumotlar bilan bir qatorda go‘zal badiiy kuzatishlar, chiroyli badiiy lavhalar ham bor. Ayniqsa, Xuroson va Hindiston manzaralarini chizganda, xususan, o‘zbek o‘quvchisiga notanish urf-odatlar, o‘simlik va hayvonlar haqida hikoya qilganda Boburning badiiy iste’dodi ish beradi. Masalan, u xurmoni Shunday tuShuntiradi:
«Yana xurmodir. Agarchi xurmo Hindiston maxsusi emas. Chun ul viloyatlarda yo‘q erdi, mazkur bo‘ldi. Xurmo daraxti Lamg‘onda ham bordur, shoxlari daraxt kallasida bir erda o‘q bo‘lur. Barglari shoxlarining tubidin uchigacha ikki tarafida bo‘lur, tanasi noxamvor (notekis) va badrangdur. Mevasi uzumning xushasidek bo‘lur, xushasidin xiyli ulug‘roq bo‘lur.
Derlarkim, nabotat orasida xurmo daraxtining ikki ishi hayvonotga o‘xshar: bir ulkim, nechukkim hayvonot boshin kesarlar, hayoti munkati bo‘lur. Xurmo daraxtining ham boshi kesilsa, daraxti qurur. Yana bir ulkim, hayvonottin benar natija hosil bo‘lmas, xurmo daraxtiga ham narigi xurmondin shoxini kelturib tegurmasalar, yaxshi bar bermas. Bu so‘zning haqiqati ma’lum ermas».
«Boburnoma» da qalamga olingan 1514 yil voqealarida Shunday lavha uchraydi:
«Xo‘ja Seyorning yaqiniga etganda bir ulug‘ ilonkim, yo‘g‘onligi bilakcha va uzunligi bir kuloch bo‘lgay erdi, ulturuldi. Bu ulug‘ ilonning ichidin ingichka ilon chiqdi, g‘olibo uShul yaqinda yutub ekandur, bori a’zosi butun edi... Bu ingichka ilonning ichidin bir katta sichqon chiqti, ul ham butun edi».
Bobur ba’zi holatning ikir-chikirigacha diqqat qiladi: «Davlatxon ul qariligi bila beliga ikki qilich bog‘labtur...
... to‘rt - besh oy sochimni qirqmaytur edim, chorshanba kuni oyning yigirma ettisida sochimni qirqtim».
«SHanba kuni Alishang bilan Alangorning oralig‘idagi tog‘ni ovladuk... xili kiyik o‘ldi. Ovdin yonib, Alangorda maliklarning bog‘iga tushib, suhbat tutuldi. Ilgarigi tishimning yarmi sinib, yarmi qolur edi, bugun taom eydurgonda yarmisi ham sindi». («Boburnoma», 1960 yli, 320-bet).
«Yo‘lda borurda aning (Qosimbekning) otining qolg‘onini boqar xayol qilib, qayrildi. Tang bo‘shab ekandur, egar evruldi. Boshim bila yiqildim, agarchi uShul zamon ko‘pub otlandim, vale aqlim oqshomgacha qaroriga kelmadi» (151-bet).
Bobur bir o‘rinda «maqsud o‘zining ta’rifi emas, bayoni voqei bu edikim, tahrir etibdurman», - deb Yozadi.
Arab, fors, tarix asarlari ko‘pincha saj’ yo‘li bilan Yozilgan. Bu hol bizda xalq og‘zaki ijodi namunalarida uchraydi. «Boburnoma» saj’da Yozilgan emas. Buni yuqorida Husayn Boyqaro ta’rifi munosabati bilan keltirilgan parchada ham uchratgan edik. Boburning Hindistonda Sulton Ibrohim haqidagi fikrlarida ham buni kuzatish mumkin. Bobur unga baho berib Yozadi: «ne kelishi saranjomlik edi, ne turishi, ne yurishi ehtimomlik edi, ne urushi».
«Boburnoma» o‘zbek adabiyotida nasr taraqqiyotida juda katta iz qoldirdi. Buning yorqin namunasi Abulg‘oziy Bahodirxonning «SHajarai turk», «SHajarai tarokima» asarlaridir. «Boburnoma»ning tasvir va bayon usuli tarjimalar orqali boshqa adabiyotlarga ham o‘tdi. G’arb va SHarqning fan va davlat arboblari Boburning tarix va madaniyat oldidagi xizmatlarini belgilashda Shu kitobga asosiy manba sifatida qaradilar. Hindiston tarixini yoritishda esa, mutaxassislar fikricha, hali ham buyuk bobomiz Beruniyning «Hindistoni»dan keyingi manba «Boburnoma» bo‘lib turibdi.
Shoir, olim va shoh Boburning ijodi, faoliyati mana Shu xususiyatlariga ko‘ra ardoqlanib keladi.



Download 39,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish