Mavzu: Umar Xayyom kalendari.
Reja:
1. Umar Xayyom haqida maʼlumot
2. Umar Xayyom kalendarining oʻziga xos jihatlari
3. Umar Xayyom kalendari tarixi
Tahrirlash
Umar Xayyom (taxallusi; asl ism-sharifi Gʻiyosiddin Abulfath Umar ibn Ibrohim Xayyom Nishopuriy) (1048.18.5, Nishopur - 1131.4.12) — matematik, astronom, faylasuf, hakim va mutafakkir shoir.
Nishopurda boshlangich maʼlumotni olgach, Balx, Buxoro va Samarqandda tahsil koʻrgan. Malikshoh va Nizomulmulk (1019—92) daʼvati bilan 1074-yilda Isfahonda rasadxona qurdirgan va unga rahbarlik qilgan. Yulduzlar jadvali (zij), 1079-yilda yangi isloh qilingan taqvim (kalendar) tuzgan. Bu taqvim Yevropada undan 500 yil keyin joriy qilingan Grigoriy kalendaridan ham aniqroq boʻlgan.
Umar Xayyom ilmda ham, ijodda ham oʻzini shayx urrais Abu Ali ibn Sinoning hassos va sadoqatli shogirdi hisoblagan. Ibn Sino asarlarini tushunmagan kishilar ularni izohlash va sharhlashni undan soʻraganlar. U ustozining bir qator asarlarini arabchadan forschaga tarjima qilib, sharhlab bergan, uning gʻoya va qarashlarini davom ettirgan hamda targʻib qilgan. „Risolat ul-kavn vat-taklif“ („Koinot va uning vazifalari haqida risola“), „Risola fil vujud“ („Borliq haqida risola“), „Risola fi kulliyoti vujud“ („Borliqning umumiyligi haqida risola“) kabi falsafiy asarlarida Ibn Sinoning vorisi va izdoshi sifatida namoyon boʻlgan. 1077-yilda u yunon olimi Yevklid kitobidagi bir necha geometrik shakllarni sharhlab yozgan „Risola fi sharhi mo ashkala min musodarat kitob ul-Iklidis“ („Yevklid kitobi muqaddimalaridagi mushkulotlar sharhi haqida risola“) asarida butun sonlarning ildizini topish yoʻllarini koʻrsatib bergan. „Risola fil barohiyn ala masoyil al-jabr val-muqobala“ ["Algebra va muqobala (qarshilik nazariyasi) isbotlari haqida risola"], „Mushkulot ul-hisob“ („Arifmetika mushkulotlari“) asarlarida u yunon olimlarining aniq fanlarga oid fikrlarini arab tilida keng sharhlash bilan birga, ularning qarashlarini rivojlantirgan, matematik, fizik tenglamalarning modellarini topgan. XII asr fors nasrining nodir namunasi hisoblangan „Navroʻznoma“ asarida Navroʻzning kelib chiqish tarixi, Sharq xalqlarining bu bayram bilan bogʻliq anʼana va marosimlari keng yoritilgan, koʻplab hikoyat va rivoyatlar keltirilgan.Malikshoh Umar Xayyomga yil boshi Navro‘zga, bahorgi tengkunlik bilan mos tushadigan yangi kalendar tuzishni topshiradi. Umar Xayyom bu davrda qo‘llanib kelingan mashhur Yulian kalendarining xatosi 128 yilda bir kunga teng ekanligi va bu xatoni takrorlamaslik uchun, yangi kalendarning kabisa yillarini yangi kombinatsiyada tuzishni taklif qiladi. Yangi kalendar loyihasiga ko‘ra har o‘ttiz uch yillik davrning dastlabki yigirma sakkiz yilida kabisa yillari xuddi Yulian kalendaridek yetti kabisa yildan, sakkizinchi kabisa yili esa odatdagidek uch yildan so‘ng emas, to‘rt yildan so‘ng beshinchi yili qabul qilinadigan bo‘ldi. Natijada, Umar Xayyom tuzgan kalendarning yil uzunligi 365 sutka 5 soat 49 minut 5,5 sekundga teng bo‘ldi.Umar Xayyom kalendarining xatoligi aniqlangan bo‘lib, u 19,5 sekundni tashkil etdi. Bu kalendardagi xatolik 4500 yilda bir sutkani tashkil qiladi. Mazkur natija kalendar qanchalik mukammal tuzilganligidan dalolat beradi. Umar Xayyom kalendari Malikshoh tomonidan 1079-yil (hijriy qamariy 471-yil)da qabul qilindi. Umar Xayyom kalendari Eronda XIX asrning o‘rtalariga qadar qo‘llanilgan. Bu kalendar Umar Xayyom kalendari deyilishi bilan birga Malikshoh sharafiga «Jaloliy kalendari» ham deb yuritilgan. Umar Xayyom kalendaridagi kabisa sistemasi keyinchalik Fransuz burjua inqilobi davrida respublika kalendarida qo‘llanilgan, biroq kabisa yili astranomik kuzatishlar natijasida belgilangan16 Umar Xayyomning xronologiya faniga oid yana bir mashhur asari.«Navro‘znoma»dir. Asarda Quyosh kalendari tarixi batafsil bayon qilinadi. Navro‘z kunining qanday belgilangani, bayram qanday nishonlangani to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi hamda oy nomlarining lug‘aviy ma’nosi beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |