Reja: O`zbekistonda huquqiy demokratik davlat va qonun ustuvorligining ta`minlanishi



Download 40,5 Kb.
Sana14.06.2022
Hajmi40,5 Kb.
#666770
Bog'liq
Sud hokimiyati islohotlari-fayllar.org


Sud hokimiyati islohotlari

Reja:

O`zbekistonda huquqiy demokratik davlat va qonun ustuvorligining ta`minlanishi.

Davlat boshqaruvida sud hokimiyati tizimidagi islohotlar


O`zbekiston Konstitutsiyasi huquqiy demokratik davlat barpo etishda mustahkam zamin yaratilishi


O`zbekistonda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishda sud hokimiyatini shakllantirish muqim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham mamlakat mustaqillikka erishganidan so`ng bu borada katta ishlar amalga oshirildi.
Ma`lumki, 1991 yil 31 avgustda «O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to`g`risida» Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi.
O`zbekiston tenglar qatorida teng bo`lib dunyo davlatlari safida o`zining munosib o`rnini egalladi.
Istiqlol tufayli nafaqat siyosiy va iqtisodiy, balki tom ma`noda xuquqiy mustaqillikka ham erishildi. Sir emas: istiklolga qadar respublikamizdagi aksariyat qonunlar sobiq ittifoq qonunlari asosida qabul qilinar edi. Uzo`zidan ma`lumki, ularda xalqimizning uziga xos hayot tarzi, urfodatlari va udumlari, ma`naviyruhiy va axloqiy ehtiyojlari to`liq aks ettirilmas edi.
Endilikda vaziyat batamom o`zgardi. Davlatimiz mustaqillikka erishgan birinchi kundanoq huquqiy demokratik davlat qurmoqchi ekanligini va qonun ustivorligi ta`minlanishini ma`lum qildi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyingi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohadagi o`zgarishlar davlat mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlaydigan, yangicha ijtimoiy munosabatlarni shakllantiradigan, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qiladigan qonunlar yaratilishini taqozo etdi.
Shu bois 1992 yil 8 dekabrda demokratik huquqiy davlatchilik zaminini barpo etishning poydevori bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi.
Chinakam demokratik insonparvar jamiyat yaratish, hokimiyat vakolatlarining adolatli bo`linishi tamoyillariga asoslangan, milliylik ruhi bilan sugorilgan hamda taraqqiy etgan davlatlar tomonidan e`tirof etilgan Konstitutsiyaning qabul qilinishi mamlakatda qonunchilik tizimini barpo etish uchun asos bo`ldi.
Konstitutsiyaning 11moddasida O`zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro va sud hokimiyatiga bo`linishi belgilab qo`yildi.
Shubhasiz, hokimiyatning bunday bo`linishi tamoyilining Konstitutsiyada mustahkamlanishi mustaqillik tufayli erishilgan eng salmokli yutuqlardan biridir. Chunki ayni shunday, umum e`tirof etilgan, jahon tajribasida ko`rilgan demokratik yo`l bilangina odil sudlovni talab darajasida amalga oshirish, Konstitutsiyaga va inson huquqlari to`g`risidagi xalqaro paktlarga, ijtimoiy adolat tamoyillariga og`ishmay amal qilish mumkin bo`ladi. Fuqarolarning tinchligi va ahilligi ni so`zsiz ta`minlash qonuniylik va huquqtartibotni mustahkamlashga zamin yaratiladi.
O`tgan tarixan qisqa davrda sud hokimiyatini mustahkamlash, sud islohotlarini izchillik bilan o`tkazish masalalari hamisha davlat rahbarining diqqat markazida bo`lib keldi. Jumladan, Oliy Majlisning 1995 yil 24 fevralda bo`lib o`tgan birinchi chaqiriq, birinchi, 1995 yil 21 dekabrdagi to`rtinchi va 1996 yil 28 avgustdagi oltinchi sessiyalarida sud hokimiyati uchinchi, mustaqil va qaram bo`lmagan tarmoq ekanligiga, odil sudlov tizimini kengaytirish va demokratiyalashtirish lozimlig`iga e`tibor berildi.
«Sud islohotini chuqurlashtirish, hokimiyatning uchinchi, mustaqil va qaram bo`lmagan tarmog`i sifatida butun odil sudlov tizimini demokratlashtirish huquqiy davlatni mustahkamlashning yana bir muhim yo`nalishidir ... Sud jazolovchi organdan oddiy odamlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qiluvchi organga aylanib, haqiqatan ham mustaqil bo`lib qolishi lozim» deb uqdiradi I. Karimov Oliy Majlisning VI sessiyasida,
Ko`rinib turibdiki, sud ahamiyatining, uning obro`yining jiddiy ravishda oshirilishi zarurligi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, bu masala ayniqsa, sudlarning faoliyatida asosiy mazmunni tashkil etishi zarurligi Prezident tomonidan qaytaqayta ta`kidlandi. Sud kishilarning huquklari va manfaatlarini himoya qiluvchi hokimiyatga aylanishi zarur. Buning uchun u mustaqil harakat qilishi kerak. Xalq maslaxatchilari haqiqiy, odil, tajribali, hurmatga sazovor shaxslar b£lishi kerak.
Sud tizimi Uzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Sudi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Sudi, O`zbekiston Respublikasi Oliy xo`japik Sudi, Qoraqalpog`iston Respublikasining Oliy Sudi, Qoraqalpog`iston Respublikasining xo`jalik Sudi, viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar xo`jalik va harbiy sudlaridan iborat.
Huquqiy demokratik insonparvar davlatni barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida yangi tizim huquq tarmoqlarini birlashtirishni va ular o`rtasidagi munosabatni uyrunlashtirishni ta`minlovchi Konstitutsiyaviy Sud yuzaga keldi. Bu tizimning vujudga kelishi demokratik davlat uchun ulkan voqeadir.Konstitutsiyada sud hokimiyati mustaqilligining mustahkamlanishi odil sudlovni amalga oshirishda keng imkoniyatlar ochdi.
Shuni alohida ta`kidlash kerakki, Mustaqil O`zbekiston Konstitutsiyasi sho`rolar davri konstitutsiyalaridan keskin farq qiladi. Ularning birortasida sud hokimiyati degan so`z uchramaydi.
Mustaqil O`zbekiston Konstitutsiyasida hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro va sud hokimiyatlariga bo`linishi hozirgi zamon jahon davlatchiligining eng ilg`or tajribalariga mos keladi va xalqaro talablarga to`la javob beradi.
Chunki, ayni shunday jahon jamoatchiligi tomonidan qabul qilingan demokratik meyorlar bilangina odil sudlovni talab darajasida amalga oshirishni ta`minlash, Konstitutsiyaga va inson huquklari to`g`risidagi xalqaro paktlarga, ijtimoiy adolatga, fuqarolarning tinchligi va ahilligiga so`zsiz amal qilib, qonuniylik va huquq tartibotni mustahkamlash mumkin.
Konstitutsiyaning 106 va 116 moddalarida sud hokimiyatining asoslari aniq belgilanib, sud hrkimiyati va sudyalerning mustaqilligi mustahkamlangan. Shunga ko`ra, sud hokimiyati va sudyalar faqat qonungagina bo`ysunadilar. Bu qoida Konstitutsiyada qator kafolatlar bilan himoyalangan. Sud tizimining tuzilishi va Respublika barcha sud organlarining vakolatlari qam Asosiy qonunda belgilab berilgan.
Mustaqil sud hokimiyatini amalga oshirish mexanizmini tartibga soluvchi va uning sudyalarni saylash, tayinlash hamda ularni vazifasidan ozod qilish tartibi, sud ishlarini ko`rishda aralashganlik uchun javobgarlik va hokazolarning asosiy kafolati hisoblangan «Sudlar to`g`risida»gi Qonun 1993 yil 2 sentabrida Oliy Kengashning XIII sessiyasida qabul qilindi. Ilgariroq 1992 yil 10 dekabrda Oliy Kengashning XI sessiyasida qabul qilingan «Prokuratura to`grisida»gi Qonun uning sud bilan butunlay yangi sharoit va talablar doirasidagi o`zaro munosabatlarini belgilab bergan edi. Jinoyat protsessual, Xo`jalik protsessual va Fuqarolik protsessual to`grisidagi qonunlar qabul qilinib, ularda sud mustaqilligi tamoyillari, taraflarning tengligi, sud ishlarini yuritishda tortishuv va olil sudlovning boshqa demokratik msyorlari mustahkamlandi.
1996 yil 7 dekabrda Konstitutsiyaning to`rt yilligiga bagishlangan yubiley tantanalarida so`zga chiqib, Prezident I.Karimov davlatda huquqiy tizim har qanday vaziyatda ham aniq ishlashi lozim ekanligini alohida ta`kidladi. Shuning uchun ham haqiqiy mustaqil, kuchli sud hokimiyati sudyalarning injiqligi yoki yuqori mavqe istagi emas, balki u Konstitutsiyaning, barcha xalqning talabi hamda erkin demokratik jamiyatning o`zaklaridan biridir.
Insoniyatning ko`p asrlik tarixi davomida qonuniylikni ta`minlashning bundan o`zga mexanizmi topilgani yo`q. Sud hokimiyati mustaqilligi tamoyili bizning mamlakatimiz ham qo`shilgan juda ko`p xalqaro hujjatlarda, shu jumladan, Inson huquklari umumqahon Deklaratsiyasida ham o`z ifodasini topgan.
Uzbekiston ko`p yillar davomida totalitar tuzum sharoitida yashab, hokimiyat bo`linishi tamoyili yo`kligi uchun sud hukmron partiyaning qonunsiz da`volarining himoyachisiga, kommunistik mafkuraning jazo organiga aylanib kelgan edi.
Harbiy xay`at «O`zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligi to`grisida»gi qonun va «O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibida harbiy xay`at tashkil etish to`grisida»gi qarori bilan Oliy sud tarkibiga kiritilgan.
Ma`lumki, 70 yildan ortiqroq vaqt mobaynida harbiylarning taqdiri qanday xal bo`lishini hech kim bilmas edi. Respublika hududida xarbiy tribunal leb nomlangan sud bor edi. Biroq bunga Oliy sud va boshqa sudlarning umuman daxli yo`q edi. Endi qonundan kelib chiqib, Qurolli kuchlar harbiy sudi, garnizon sudlari va ularning ish faoliyatlarini nazorat qilish uchun Respublika Oliy sudida harbiy hay`at tashkil etildi. Harbiy hay`at raisi lavozimi bo`yicha Oliy sud Raisi o`rinbosari hisoblanadi. Ularga Qurolli kuchlar safida, chegara qo`shinlarida, milliy xavfsizlik organlarida, respublika ichki ishlar vazirligining ichki qo`shinlarida va boshqa harbiy tuzilmalarda xizmat qilayotgan, o`quv yiginlaridagi shaxsiy tarkib tomonidan sodir etilgan jinoyat ishlarini hamda Qurolli kuchlar harbiy qismlari qo`mondonlariga nisbatan harbiy xizmatchilarning da`vosi bo`yicha bo`lgan fuqarolik ishlari va ularning g`ayriqonuniy harakatlari yuzasidan tushgan shikoyatlarni ko`rish vakolati yuklatilgan.
Xozir sud islohotlarining ikkinchi bosqichi boshlandi. Oliy Majlisning 1996 yil 26 dekabrda bo`lgan VII sessiyasida Jinoyat va Jinoyatproiyessual qonunlarga jiddiy o`zgartirishlar kiritildi. Islohotlarni boshqa yo`nalishlar bo`yicha ham o`tkazish uchun ishchi guruxlar tashkil etildi.
Sud hokimiyati Konstitutsiya va xalq tomonidan sudga berilgan jinoyat, fuqarolik va ma`muriy hamda xo`jalik ishlari bo`yicha huquq va adolat, qonun ustivorligi tamoyiliga amal qilish, topshirilgan ish uchun javobgarlik asosida odil sudlovni amalga oshirish imkonini beruvchi vakolatlar majmuidir.
Shunday qilib, respublikadagi sud hokimiyatining bugungi ahvolini baholash uchun odil sudlov sifatining o`zini, sudda Konstitutsiya va qonunlar talablari hamda sudlarning hokimiyatning boshqa tarmoklari bilan o`zaro munosabatlarini amalga oshirish darajasini tahlil qilish zarur.
Umuman olganda, sudlarning jinoyat va fuqarolik ishlari bo`yicha o`tgan besh yil ichidagi ishlarining sifatini baholaydigan bo`lsak, bu ko`rsatkich ancha yaxshilandi. Sudlar dalillarni baholash masalasiga mas`uliyat bilan yondosha boshladilar. Ishlarni ko`rishda rasmiyatchilik, yuzaki yondoshish, himoya xuquqini buzish hollari kamaydi.
Jinoiy jazo choralarini tayinlash masalasida ham jiddiy o`zgarish yuz berdi. Oliy sudning 1993 yildan boshlab joylarda o`tkazgan tekshirishlari, Plenumlarda qabul qilingan tegishli qarorlar, xavfli jinoyatchilarga, uning tashkilotchilariga, jinoiy guruhlarning faol qatnashchilariga jazo tayinlash amaliyotini tubdan o`zgartirish imkonini berdi. Og`ir va o`ta og`ir jinoyatlar uchun jazo tayinlash ancha kuchaytirildi, natijada respublikada vaziyat yaxshilandi.
Uzbekiston Respublikasi Oliy sudi «Sudlar to`g`risida»gi Qonunning 4moddasida qayd etilgan va o`zlariga yuklatilgan hokimiyat vakolatlaridan kelib chiqqan holda so`nggi yillarda o`z faoliyatlarini Konstitutsiyada va boshqa qonunlarda hamda inson huquqlari to`g`risidagi xalqaro hujjatlarda bayon etilgan fuqarolarning huquq va erkinliklariga, korxonalar, muassasa va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan himoyalanadigan manfaatlariga rioya etilishini kafolatlash borasida qator tadbirlarni amalga oshirdi,
O`zbekiston Respublikasi Oliy sudida fuqarolik, jinoyat ishlarini birinchi, kassatsiya va nazorat bosqichlarila ko`rish, shikoyatchilarni tekshirish, quyi sudlar tomonidan ko`rilayotgan ishlarni qonuniy va adolatli hal etilishini ta`minlash, yo`l qo`yilayotgan xato va kamchiliklarni tuzatish, ularga amaliy yordam ko`rsatish borasida ham samarali ishlar qilindi.
Mamlakatimiz tashqarisiga tovar moddiy boyliklarni olib chiqish tartiblarini buzish jamiyatimiz uchun katta xavf tug`dirishini, bozor iqtisodiyotiga va fuqarolarning manfaatlariga jiddiy zarar keltirishi e`tiborga olinib, ularni sudda ko`rish amaliyoti o`rganib chiqildi. Yo`l qo`yilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Oliy sud 1993 yil 27 dekabrdagi Plenumida «Respublikadan tashqariga tovar moddiy boyliklarni olib chiqish va Respublikaga nakd pullarni olib kelish tartiblarini belgilovchi qonunlarni qo`llash to`g`risida» qaror qabul qilib, quyi sudlarga dasturiy ko`rsatmalar berdi.
80yillarning oxiriga kelib, Respublikadagi jinoiy muhitning keskinlashganligi va jinoyatlarning yangi uyushgan, qurollangan va giyohvand moddalar bilan bogliq turlari ko`payganligi jinoyatchilikka qarshi kurashda keskin choralar ko`rishni taqozo etdi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi 1994 yil 7 yanvarda Plenum o`tkazib, «Jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to`g`risida»gi masalani muhokama etdi va tegishli qaror qabul qildi. Unda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qonun moddalarini qo`llash choralari ko`rildi.
Oliy Sud Plenumining mazkur qarori jinoyatchilikka, ayniqsa uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda ijobiy rol o`ynadi. Avvalo, Andijon, Namangan, Farg`ona, Toshkent viloyati va Toshkent shaxrida makon qurgan «nomdor», jinoyat olamida «shuhrat qozongan» to`dalarning asosiy qismi ushlandi va tergov qilinib, sudlar tomonidan qilmishlariga yarasha qonuniy jazo belgilandi.Аdаbiyotlаr:
Kаrimоv I.А. O`zbеkistоnning o`z istiqlоl vаtаrаqqiyot yo`li. Tоshkеnt.«O`zbеkistоn», 1992.
Kаrimоv I.А. Istiqlоl yo`li: muаmmоlаr vаrеjаlаr. Аsаrlаr, I jild,336 bеtlаr.
Kаrimоv I.А. O`zbеkistоnning siyosiy, ijtimоiy vаiqtisоdiy istiqbоlining аsоsiy tаmоyillаri. Tоshkеnt. «O`zbеkistоn», 1995.
Mustаqillik to`g`risidаdеklаrаsiya. «Sоvеt O`zbеkistоni», 23 iyun, 1990.
O`zbеkistоn Rеspublikаsining Kоnstitusiyasi. Tоshkеnt. «O`zbеkistоn», 1992.
O`zbеkistоn Rеspublikаsi. Ensiklоpеdiya, 1997.
Jo`rаyеv N., Fаyzullаyеv T., Usmоnоv Q. O`zbеkistоn tаriхi. Tоshkеnt. «Shаrq», 1998.
Istiqlоlimizning tаriхiy ildizlаri. Shаrq Yulduzi, 1995, 1112sоn.
Yusupоv E. Istiqlоl yo`lidа. Tоshkеnt. «Fаn», 1996.
http://fayllar.org
Download 40,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish