Reja: O’zbekistinda fudbolning rivijlanish tarixi



Download 21,46 Kb.
Sana10.08.2021
Hajmi21,46 Kb.
#143908
Bog'liq
Fudbolni jahonda va


Fudbolni jahonda va O’zbekistonda rivojlanish tarixini tahlil qilish

Reja:

  1. O’zbekistinda fudbolning rivijlanish tarixi.



1.O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligidan so‘ng  Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan barcha sohalarda o‘zgarishlar amalga oshirildi. Shu qatorda sportga ham juda katta e’tibor berilganligi sababli xozirda O‘zbekistonimizni sport orqali dunyo tanimoqda. Futbol millionlar o‘yini, shuning uchun ham Mustaqillikning ilk yillaridanoq O‘zbekiston Futbol Federasiyasi tashkil etildi va 1994 yildan FIFA xamda OFK a’zosi ga aylandi. Har bir milliy federasiyalarning hayotida muhim iz qoldiradigan tarixiy yutuqlari bo‘ladi va albatta bu yutuqlar har bir milliy federasiyaning kelajagini belgilab beradigan muhim voqealardan biri sanaladi.SHunday ekan, men ham o‘z o‘rnida 1994 yili Yaponiyaning Xirosima shahrida XII Osiyo o‘inlarida futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoamizning ana shu tarixiy g‘alabasini moziyga qaytib yana bir bor eslab o‘tishni lozim deb topdim. Chunki, o‘sha yili chempionlikni qo‘lga kiritishda o‘z hissasini qo‘shgan o‘yinchilardan Mirjalol Qosimov va Shuhrat Maqsudov hozirgi kunda O‘zbekiston chempionatlarida murabbiylik faoliyatlarini yuritib kelmoqda. Bu tarixiy g‘alaba O‘zbekiston futboli hali bundanda yuksak cho‘qqilarni zabt etadi degan xursandchilik ruhi bilan ko‘p yillar umid ila milliy termamizni jaxon chempionatiga chiqishiga ishondik. Lekin bu orzu xaligacha ushalgani yo‘q. Xar safar bir qadam qolganda mundialdan quruq qolamiz.   Uzoqqa bormaylik, 2014 yilda Braziliyada bo‘lib o‘tadigan jaxon chempionatiga chiqish uchun tayyorligimizni aytgan  sobiq O‘FF Prezidenti Mirabror Usmonov terma jamoamiz mundial yo‘llanmasidan quruq qolganidan so‘ng, albatta Rossiyaga chiqishimizga ishonaman degan so‘zlarni aytib o‘tgan. To‘g‘ri Usmonov ham jaxon chempionatiga chiqamiz deb va’da bermagan lekin termamiz shuncha yo‘lni bosib o‘tgandan keyin oxirgi pallada bu imkoniyatdan maxrum bo‘lsak juda alamli albatta. Marxum kulgu ustasi Xojiboy Tojiboyev ta’biri bilan aytganda: "bitta-bitta muzqaymoq yeb kelsa ham mayliydi" deganlar ham bor oramizda.

Shu yilning 5 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi va bu O‘zbek futbol muxlislari uchun kutilgan farmon desak adashmagan bo‘lamiz.(quyida ushbu qarordan qisqacha keltirilgan)



“Iste’dodli va salohiyatli futbolchilarni tanlash va tayyorlashning samarali tizimini yaratish, milliy terma jamoalar va professional futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini shakllantirish, xalqaro talablar va standartlar asosida futbol bo‘yicha murabbiy va hakamlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2018 yil 5 martdagi PF-5368-sonli Farmoniga muvofiq:1. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va «O‘zbekneftgaz» AJning quyidagi takliflari ma’qullansin:«Bunyodkor» stadionining butun majmuasi va inshootlari (bundan keyin — «Bunyodkor» stadioni) futbol bo‘yicha milliy terma jamoalar uchun o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarini tashkil etish va sport musobaqalari hamda boshqa tadbirlarni o‘tkazishda O‘zbekiston futbol assosiasiyasining asosiy bazasi hisoblanadi;- Joylarda yosh iqtidorli va salohiyatli futbolchilarni tanlab olish (seleksiya) va ularni professional tarzda tayyorlash hamda milliy terma jamoalar va professional futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini yaratish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari hamda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi qoshida Respublika bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasini tashkil etish;- bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalariga murabbiylarni O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bilan kelishgan holda ishga qabul qilish tartibini joriy etish;- O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi futbol bo‘yicha murabbiylar va hakamlarni tayyorlash Respublika maktabi tugatilib, murabbiylar va hakamlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish vakolatini O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga topshirish;- O‘zbekiston futbolini qo‘llab-quvvatlash Fondi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi filiallarini tugatish hamda bo‘shab qolgan mablag‘larni O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga yo‘naltirish”.

Futbolimizni xadeb yomonlasak ham insofsizlik bo‘ladi menimcha, chunki futbolimizni rivojlantirish uchun shaxsan Prezidentimizning o‘zi farmon imzoladi va xozirgi kunda futbolimizda kuzatilayotgan  o‘zgarishlar juda sezilarli tarzda amalga oshirilmoqda. 



Farmon imzolanishidan oldin O‘zbekiston Futbol Federasiyasi, O‘zbekiston Futbol Assosasiyasiga o‘zgartirildi va o‘tgan vaqt ichida milliy chempionatimizda anchagina o‘zgarishlar qilishga ham ulgurdi.Lekin manashu farmon futbolimiz rivoji uchun yana bir katta qadam va men bunga ishonaman Sababi bundan oldin qilingan harakatlar ham samarasini bermay qolmagan. 

Ya’ni  yaqin yillardan beri turli yosh toifasidagi terma jamoalarimiz nufuzli chempionatlarda munosib qatnashib O‘zbekiston nomini jaxonda tanitishda o‘z xissasini qo‘shmoqda. Misol uchun, 2012 yilgi U-16  O‘smirlar Osiyo  chempionatida O‘zbekiston bosh sovrinni qo‘lga kiritib xozirgi zamonaviy futbolimizdagi dastlabki g‘alabamizni nishonlashga sabab bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shundan so‘ng futbolimizda o‘zgarishlar ro‘y berdi va shu qatorida avlodlar almashinuvi o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatmoqda. Bu o‘zgarishlarning natijasi 2018 yilning boshlarida yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi. Aniqrog‘i 2018 yil boshlanishida U-23 yosh toifasidagi terma jamoamiz Osiyoda tengsiz deb topildi. Bu g‘alaba O‘zbekistonimiz halqi uchun unutilmas voqea bo‘ldi va butun O‘zbekiston bu g‘alabani juda katta tantana bilan nishonladi. Shunday ekan endi navbat Milliy terma jamoamizga , ular oldinda turgan musobaqalarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rib 2019 yildagi Osiyo chempionatida munosib qatnashish bilan birga 2022 yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan jaxon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan holda xalqimiz oldida yuzlari yurug‘ bo‘lishini chin qalbimdan tilayman. Chunki futbol millionlar o‘yini va O‘zbekistonimizdagi millionlab futbol muxlislari sizlarni qo‘llab-qo‘vvatlaydi
Download 21,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish