Reja: Kon lahimlari turlari



Download 151,62 Kb.
bet1/4
Sana07.01.2022
Hajmi151,62 Kb.
#328476
  1   2   3   4
Bog'liq
kon mustaqil ish


Vertikal kon lahimlari

Reja:

1.Kon lahimlari turlari

2.Vertikal kon lahimlari

3.Kon lahmi ochish usullari

­­­


Vertikal stvol bevosita yer yuzasi bilan tutashadigan va koni ochish uchun o‘tiladigan kon lahimidir. Stvollar bosh va yordam- chi bo‘lishi mumkin. Bosh stvol shaxtadan qazib olingan foydali qazilmani yer yuzasiga chiqarish uchun xizmat qiladi. Yordamehi stvol esa yer osti ishchilarini, qurilish materiallarini, uskunalarni shaxtaga tushirish va yer yuzasiga ko‘tarish, shaxtani shamollatish uchun xizmat qiladi.
Stvollar yer yuzasi bilan tutashgan joy stvol og‘zi va uning eng paski qismi zumpf deyladi.
Yer sathiga yaqin yoki bevosita yer qobig‘ining sirtqi qismida joylashgan konni ochiq usul bilan kavlab oluvchi ishlab chiqarish korxonasi karyer deyladi.
Razrez ko‘mir qazib olish bo‘yicha ochiq kon korxonasi bo‘lib, unda yuklovchi transport, ag‘darma xo‘jaligi, ta’mirlash mexanika ustaxonalari va saralash-boytish fabrikalari mavjud.
Yer usti ochiq kon lahimlariga kopush, kanava, transheya va boshqalar kiradi.Kon lahimlari geologik qidiruv ishlarining har xil vaqtlarida o‘tiladi.Ustama jinslarni ochish uchun qo‘ndalang kesimi yuzasi (0,6 x 0,6 m) va chuqurligi (0,4 x 0,6 m) sun’iy ravishda ochilgan kon lahimi kopush deyiladi.Kanava ochiq kon lahimi bo‘lib, qo‘ndalang kesimi yuzasi kichik trapetsiya yoki to‘g‘ri burchakli uzun ariqsimon kavlan- madir. Chuqurligi, odatda, to‘rt metrgacha uzunligi bir necha o‘n metrdan bir necha yuzlab metrgacha bo‘ladi.Kanava geologik qidiruv ishlari yoki kon lahimlari suv bosib ketishidan saqlash, yomg‘ir, qor erishidan, yer osti suv sathini pa- saytirish, karyer va shaxta suvlarini yo‘qotish va boshqa maqsad- larda qo‘llaniladi.

Transheya ochiq kon lahimi bo‘lib, qo‘ndalang kesimi trapet­siya shaklida bo‘ladi, asos (tagi) bilan cheklangan va yon tamonlari qiya tekislik bilan tushgan.Qidiruv transheyalari qidiruv kanavalaridan, asosan, kattaligi jihatidan farq qiladi hamda ko‘ndalang kesimi yuzasi mustahkam- lagichsiz, yon tomonlari turg‘unlik bilan ta’minlangan bo‘ladi.Yer osti kon lahimlari ochiq kon lahimlariga nisbatan har xiligi bilan xarakterlanadi: vertikal (tik), gorizontal (tekis), qiya (ma’lum bir burchak ostida).Yer osti kon lahimlarining uzunligi taqqoslanganida baland- ligi va kengligiga nisbatan katta bo‘lsa (kichik kon lahimining ko‘ndalang kesimi yuzasi katta bo‘lsa) kamera deyiladi.

Ruda konlari yotqiziqlarini katta qismi gorizontga nisbatan o’ta qiya (tik) yoki qiya holatda yer qobig’iga joylashgan bo’ladi. Bu konlarni yuqoridan pastga yo’nalishda qazib olish ishlarini yengillatish maqsadida qavatlarga bo’linadi. Odatda, qavatlarning vertikal balandligi 60-80 metrni tashkil qiladi, ayrim hollarda esa, 20-30 m yoki 300 metrgacha bo’lishi mumkin. Ruda yotqizig’i cho’ziqligi bo’yicha qavatlar uzunligi 50-60 m bo’lgan bloklarga ajratiladi. Blok yon chegaralari bo’ylab tashish va shamollatish gorizontlarini tutashtiruvchi ko’tarmalar (vosstayushiylar) o’tiladi. har bir blok ruda qazib olinadigan mustaqil qazish birligi hisoblanadi. Gorizontal yotqiziqlar shtreklar orqali pollarga (panellarga) bo’linadi.

Ruda konlarini ochishda ruda tanasining yer qobig’ida joylashish elementlari va kon-geologik sharoitlariga ko’ra vertikal, qiya stvollar yoki shtolnyalar o’tish orqali ochish usullaridan foydalaniladi. Ruda konlarini ochishda vertikal stvollar bilan ochish usuli keng qo’llaniladi. (20.1 va 20.2-rasm). Bosh stvol, odatda ruda tanasi yotish yoni tomonida, yer yuzining surilishi mumkin bo’lgan zonasidan tashqarida joylashtiriladi. Stvolni bunday joylashtrirish uni saqlashga qoldiriladigan ruda butunliklari bo’lmasligi sababli ruda yo’qotilishini kamaytirishni ta'minlaydi.

Konni ochishda shaxta stvoli odatda yer yuzidan birinchi gorizontgacha o’tiladi va qavat kvershlagi o’tish orqali ruda yotqizig’i ochiladi. Qavatdagi ruda zaxirasi qazib olinishi borasida (davomida) stvol chuqurlashtirib boriladi va navbatdagi qavat kvershlagi o’tiladi. Shu sababli ruda konlarini qazib olishda shaxta stvollarini tez-tez chuqurlashtrish asosan navbatdagi pastki gorizont zaxiralari qazib olinadi.

Shaxtani shamollatish ishlarini amalga oshirish va boshqa kon qazish ishlarini bajarish uchun konni ochishda bosh stvoldan tashqari yordamchi stvollar ham o’tiladi. Toza havo oqimi shaxtaga bosh stvol orqali yuboriladi va ishlatilgan havo yordamchi stvollar orqali yer yuziga chiqarib yuboriladi.

Chuqurlik bo’yicha katta uzunlikka ega bo’lgan ruda tanalarini qazib chiqarishda ruda tanasining quyi gorizontlarini ochish, ko’p hollarda ko’r stvollar o’tish orqali amalga oshiriladi (6.4-rasm).

Bosh stvol ruda tanasining bor bo’yiga o’tiladi va stvol tubi tekisligida konsentratsion (yig’ma) gorizont hosil qilinadi. Yuqoridagi gorizontlardan qazib olingan ruda rudatushirgichlar orqali yig’ma gorizontga tushiriladi. .




Download 151,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish