“ABDULLA QODIRIYNING SATIRIK ASARLARIDA XARAKTER YARATISH MAHORATI“
Reja: KIRISH ……… II bob. Abdulla Qodiriy asarlarida hajvning o’rni III bob. “Kalvak mahzum “ , “Toshpo’lat tajang “ asarlarida yozuvchining hajviy xarakter yaratish mahorati XULOSA……. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…….
Kirish
O`zbek adabietida hajviyotning vujudga kelishi haqida fikr yuritilganda bu ijtimoiy hodisa avvalo vaqtli matbuot hamda hajviy adabiyot bilan uzviy bog`liqligini nazarda tutish lozim. Ya`ni, hajviy publitsistikaning ko`rinishlari hali vaqti matbuot vujudga kelmagan paytlarda o`zbek adabiyotiga hajv va kulgi asarlarida namoyon bo`lgan edi. O`zbek hajviy adabiyoti va sermazmun tarixga egadir. Hajv, satira-voqelikni aks ettirishning alohida g`oyaviy-badiiy printsipi xalqining ham og`zaki va yozma adabiyotida qadimdan katta o`rin olib kelgan. Ijtimoiy illatlarning kulgili tanqidi bo`lgan satira dastavval o`zbek xalq ijodida keng tarqalgan edi. Mehnatkash xalq ijtimoiy hayotdagi adolatsizlik, zulmga qarshi norozilikni alohida bir shakli sifatida latifalar, hajviy ertaklar va qo`shiqlar yaratgan. Kal, Nasriddin afandi kabi to`qima hajviy simvolar vositasi bilan ijtimoiy illat va nuqsonlarni masxara qilib, sharmandasini chiqargan. Xalq, hajviy, satirasi va kulgisi juda qadimiy va shu bilan birlikda davomiylikka ega, bo`lib, yozma hajviy adabiyot hamda publitsistika uchun bitmas-tuganmas ijodiy oziq berib keldi. O`zbek yozma adabiyotida ham satira va yumor dastlabki davrlardan boshlaboq salmoqli o`rin olib kelgan. Birinchi adabiy yodgorliklar namunasi bo`lmish «Devonu lug`atit turk»da ham hajviy-hazil qo`shiqlar ko`p uchrashi ma`lumdir. Ulug` o`zbek shoiri va mutafakiri Alisher Navoiy ham o`zbek hajviy adabiyotining rivojiga salmoq hissa qo`shgan. O`zbek adabiyoti tarixida Turdi, Maxmur, Gulxaniy, Muqimiy, Zavqiy va boshqa shoirlar ham hajv-satira bobida o`lmas asarlar yaratib, o`z davrlaridagi zulm, haqsizlik va boshqa ijtimoiy illatlar ustidan ommaning qahr-g`azabini uyg`otdilar. Shuni alohida ta`kidlab o`tish kerakki, o`tmishdagi ilg`or, targ`aqiyparvar o`zbek hajviy adabiyoti hali matbuot vujudga kelmagan davrlarda o`zbek hajviy publitsistikasining funktsiyasini ham bajarib kelgan. Zeroki, o`zbek hajviy adabiyoti asarlarida va xususan o`zbek demokratik satirasida hajviy publitsistikaning g`oyaviy-badiiy elementlari, ayrim xususiyatlari mavjuddirki, bu hol o`z navbatida hajviy adabiyot va hajviy publitsistikaning o`zaro mushtarakligi to`g`risidagi fikrimizni yana bir bor isbotlaydi. Ikkinchi tomondan o`zbek demokratik satirasi namoyandalarining bir qator hajviy-publitsistik asarlari dastlabki o`zbek matbuot nashrlarida bosilib, o`zbek hajviy publitsistikasining bevosita paydo bo`lishida muhim xizmat qildi.
O`zbek hajviy publitsistikasining bavosita, ya`ni matbuot turi sifatida paydo bo`lishi Turkistonda vaqtli matbuot nashrlarining vujutga kelishi bilan bog`likdir. Ma`lumki, Turkistondagi birinchi matbuot nashri 1870 yildan boshlab rus va o`zbek tillarida chiqa boshlagan «Turkiston viloyatining gazetasi» edi. Turkiston general-gubernatorligining organi bo`lgan bu gazeta shu davrda O`rta Osiyoni istilo qilib, o`z hududiga qo`shib olgan rus chorizmining g`oyaviy-siyosiy manfaatlari uchun xizmat qilar edi. Rusiyaninig O`rta Osiyni qurol bilan bosib olish o`lkamizni mustamlakachilik asoratiga duchor qildi, xalq ommasi ham iqtisodiy, ham siesiy va ma`naviy zulm ostida qoldi. Turkiston Rusiya uchun arzon xomashyo ekazib beruvchi qoloq o`lkaga aylantirildi. Rus mustamlakachilarni Turkistonning moddiy boyliklarini taladilar, madaniy va ma`naviy sohalarda esa rus tartiblarini joriy qilishga keng jabhada kirishdilar. O`lkamiz xalqlari o`z tarixi, madaniyati va boshqa insoniy qadriyatlardan mahrum etildilar. Ammo chorizm Turkistonda qattiq mustamlakachilik tuzumini o`rnatgan bo`lsa-da O`rta Osiyoning istilo qilinishi o`lkaning ijtimoiy-siyosiy va madaniyma`naviy hayotida ma`lum ijobiy o`zgarishlarga olib keldi. Feodal tarqoqlik tugatildi, mahalliy hukmdorlar o`rtasidagi o`zaro tortishuv va urushlarga barham berildi, shuningdek o`lka hayotiga rus fani, texnikasi va evropacha madaniyatining qator unsurlari kirib kela boshladi. Bu jihatdan o`lkamizning dastlabki matbuot nashri bo`lmish «Turkiston viloyatining gazeti»ning chiqarila boshlanishi ham muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Garchi, gazetada asosan podsho ma`muriyatining farmoni, mahalliy axborotlar, e`lonlar asosiy o`rin tutgan bo`lsa-da va gazeta muharriri missioner N. P.Ostroumov gazeta orqali ommani chorizmga g`oyaviy tobe`likda saqlash, mahalliy ziyolilarning fikrini mustamlakachilik siyosatiga moslash uchun qanchalik urinmasin, «Turkiston viloyatining gazeti», garchi beixtiyor, bilvosita ravishda o`lkada ilm-ma`rifatning yoyilishi, dunyoni bilishga qiziqish uyg`otish va Turkiston gazetxonlarini rus fani, texnikasi va madaniyati bilan tanishtirishda muhim rol` o`ynadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |