Reja. Katta yoshlilarda yurak-o`pka faoliyatini tiklash tadbirlarini o`tkazish



Download 162 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi162 Kb.
#85025

82-mavzu: “Nafas olish va yurak to'xtaganda tibbiy yordam ko'rsatish"

REJA.

  1. Katta yoshlilarda yurak-o`pka faoliyatini tiklash tadbirlarini o`tkazish

  2. Yurakni yopiq massaj qilish

  3. Kattalar va bolalarda sun'iy o`pka ventilyatsiyasini o`tkazish


Katta yoshlilarda yurak-o`pka faoliyatini tiklash tadbirlarini o`tkazish.
Agar voqea sodir bo`lgan joyda xavf-xatar bo`lmasa, birlamchi ko`zdan kechirish o`tkaziladi. Jabrlanuvchining hushi joyidaligini aniqlash uchun "Sizga yordam kerakmi» deb baland ovoz bilan so`rab, chapak chalib, trapetsiyasimon muskulini siqish lozim.

Jabrlanuvchi hushsiz bo`lsa jabrlanuvchini asta orqasiga aylantiriladi (zarur bo`lgan taqdirdagina).




Nafas yo`llarini ochib, nafas bor-yo`qligi tekshiriladi. Buning uchun boshini orqaga egib, iyagi ko`tariladi. Nafas bor-yo`qligini aniqlash uchun 5 sekund davomida ko`rish, eshitish va sezish nazoratidan foydalaniladi. Jabrlanuvchi nafas olmayotgan bo`lsa, jabrlanuvchini qattiq joyga orqasi bilan yotqizib, "Og`izdan-og`izga" ikki marta to`la puflab, jabrlanuvchining burun kataklari qisiladi. Lablar bilan jabrlanuvchining og`zini zich tutib, 2 marta to`la puflanadi. havo o`pkasiga o`tayotganiga ishonch hosil qilish uchun ko`krak qafasi ko`tarilishi kuzatiladi.

Tomir urayotgan-urmayotganligini tekshirish uchun 10 sekund davomida tomir urishi tekshiriladi.


Yurakni yopiq massaj qilish uchun:

• Barmoq bilan to`shning quyi chekkasidagi chuqurchani topib, barmoq shu erga qo`yiladi. Jabrlanuvchining tovoniga yaqin bo`lgan qo`lni ishlatish zarur.

• Boshqa qo`lning kaftini jabrlanuvchining to`shiga, barmoqlar turgan joydan yuqoriroqqa qo`yiladi.

Barmoqlarni chuqurchadan olib, birinchi qo`lning kaftini boshqa qo`ldan yuqoriroqqa qo`yiladi.

• Barmoqni ko`krak qafasiga tekizmaslik kerak.

To`shni 15 marta bosiladi. Bosishda qutqaruvchining yelkasi kaftlari ustida turishi lozim. To`sh 4 sm dan 5 sm gacha chuqurlikda 10 sekund ichida taxminan 15 marta bosiladi (1 minutda 80 dan 100 martagacha) bosiladi. Bir maromda, tikka, qo`lni doimo to`sh ustida tutgan holda bosish kerak. Muolajani o`tkazayotganda tebratuvchi harakat qilmaslik lozim. Bu bosishning ta'sirini kamaytirib, kuchning bexuda sarflanishiga olib keladi. Navbatdagi bosishni boshlashdan oldin ko`krak qafasi dastlabki holatiga qaytishiga yo`l qo`yib berish kerak.

"Og`izdan-og`izga" 2 marta to`la puflanadi. Buning uchun boshini orqaga egib, iyagini ko`tarib, nafas yo`llari ochiladi. Jabrlanuvchining burun kataklarini qisib, ikki marta to`la puflanadi, har biri 1,5-2 sekund davom etishi kerak. havo o`pkaga o`tayotganiga ishonch hosil qilish uchun ko`krak qafasi ko`tarilayotgani kuzatiladi.

To`shni bosish va puflash siklini davom ettiriladi. Buning uchun 15 marta bosish va 2 marta puflashdan iborat 3 sikl bajariladi.


Kattalar va bolalarda sun'iy o`pka ventilyatsiyasini o`tkazish

Sun'iy o`pka ventilyatsiyasi jabrlanuvchining organizmini uning hayotini saqlab qolish uchun zarur bo`lgan kislorod bilan ta'minlash maqsadida jabrlanuvchi o`pkasiga havo puflashdan iborat.

Sun'iy o`pka ventilyatsiyasi nafas olmayotgan, biroq tomiri urib turgan jabrlanuvchilarda o`tkaziladi.

Agar hodisa sodir bo`lgan joyda xavf-xatar bo`lmasa, dastlabki tekshirish o`tkaziladi. Jabrlanuvchining xushi joyidaligini aniqlash, "Sizga yordam kerakmiq" deb baland ovoz bilan so`rash lozim.

Jabrlanuvchi hushsiz bo`lsa, jabrlanuvchini asta orqasiga aylantirib (zarur bo`lgan taqdirdagina), nafas yo`llarini ochib (boshini orqaga egib, iyagini ko`taring), boshini orqaga egib, iyagini ko`tarib, bolalarda - peshonasiga asta bosib, iyagini ehtiyotkorlik bilan ko`tariladi.
NAFAS VA YURAK TO‘XTAGANDA SHOSHILINCH TIBBIY YORDAM KO`RSATISH
CHORA – TADBIRLARI:

 bemor chalqancha yotqizilishi va shu bilan til asosini nafas olish yo‘llaridan chetlatishga erishiladi;



  • havoni burun orqali tashqariga chiqib ketmasligining oldini olish maqsadida bemorning burnini qisib, og‘zidan havo yuboriladi;

  • yuborilayotgan nafas o‘rtasidagi vaqt 5 soniyani tashkil etadi, ya’ni 1 daqiqada 12 martani tashkil etadi. Yuqorida qayd etilgan qoidaga rioya qilinishi shart, chunki qilinayotgan muolajalar tabiiy nafas ko‘nikmasini hosil qilishdan iboratdir;

  • nafas oldirish vaqtidagi yuzaga keladigan me’da usti sohasidagi shishning paydo bo‘lishi yuborilayotgan havoning me’daga ketayotgashshgidan dalolat beradi;

  • yurak massajini bajarishdan oldin, bemorning istalgan tomonidan ko‘krak to‘sh suyagini 5-qovurg‘a birikadigan joydan kaftlarini bir-biriga qo‘yib bosim orqali massaj bajariladi;

  • qilinayotgan muolajalarning to`g`ri bajarilayotganligi, uyqu arteriyasida to`lqinsimon pulsning paydo bo`lishi bilan ifodalanadi.

Diqqat!!!

 


  • Agarda, tiriltirishni 1 kishi bajarayotgan bo`lsa, 2 ta nafasdan so`ng 15 marotabagacha bosim muolajalarini qilish kerak.

  • Agarda, tiriltirish muolajalarini 2 kishi bajarayotgan bo‘lsa o‘pkani ventilyatsiyasi va massaj muolajalarining bir-biriga solishtirmasi 1:5 nisbatida bajariladi.

  • Uyqu arteriyasida aniq tomir urishi tiklangandan so‘ng yurak massaji to‘xtatilib, nafas olish to‘liq tiklanguncha sun’iy nafas oldirish davom etilishi shart.

Yuqorida qayd etilgan tashqi yurak massaji o‘z o‘zidan yordam bera olmaydi, agarda
qilinayotgan muolajalar sun’iy nafas muolajalari bilan birgalikda olib borilmasa befoyda hisoblanadi.
Download 162 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish