Reja: Elektr qurilmalari materiallarining o‘ziga xos yeyilish qonuniyatlari



Download 24.57 Kb.
Sana22.01.2020
Hajmi24.57 Kb.
Ishdan chiqish oqimlari xususiyatlari. Ob’ektning xayotiy xaraktiristkasi.
Reja:
1.Elektr qurilmalari materiallarining o‘ziga xos yeyilish qonuniyatlari

2.Chidamlilik va uning ko‘rsatkichlari

3. Tasodifiy kattaliklar

4. Tasodifiy kattaliklarning taqsimlanishi
1.Elektr qurilmalari materiallarining o‘ziga xos yeyilish qonuniyatlari

I) Juda yuqori yuklamalar, aylanishlar va haroratlar sharoitida ishlaydi. Bu materiallarning ishida chegaraviy ishqalanish sodir bo‘ladi, har xil abraziv va zanglash moddalari ishtirok etadi.

Yeyilish materiallarning yuqori qismida uning pastki qismidan ko‘proq va u ellips shaklini oladi. Materiallarning devorlarining yeyilishi mexanik, molekulyar - mexanik va korrozion mexanik - yeyilishlarining natijasida paydo bo‘ladi.

Yeyilish natijalarini bartaraf qilishda quyidagi choralar ko‘riladi:

a) Ekspluatasion choralar:

b) Ta’mirlash choralari

v)Ishlab chiqarish choralari

Yeyilish natijalari: dinamik yuklamalarning o‘sishi, tirqishlarning kattalashishi, bo‘yinchalarning tirnalishi, simlarning erib ketishi va h.k.

Yeyilish jadalligini pasaytirish choralari:

- ekspluatasion choralar: tavsiya etilgan moylarni ishlatish, o‘z vaqtida va sifatli moylash, harorat, yuklama va tezlik tartibotlarini ushlash.

- ishlab chiqarish choralari: yeyilishga bardoshli materiallarni qo‘llash, maxsus termik ishlov berish, maxsus antifriksion qotishmalarni ishlatish.
2.Chidamlilik va uning ko‘rsatkichlari

Chidamlilik deb elektr qurilmalarining o‘z ishlash qobiliyatini chegaraviy holatgacha (hisobdan chiqarilguncha) saqlash xususiyatiga aytiladi. Bunda texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash ma’lum belgilangan tizim bo‘yicha amalga oshiriladi.

Chidamlilik ko‘rsatkichlari:



Xizmat muddati – elektr qurilmalarining chegaraviy holatgacha ishlash taqvimiy davomiyligini ko‘rsatadi. Elektr qurilmalarining xizmat muddati fizik va ma’naviy eskirishlari bo‘yicha aniqlanadi.

Elektr qurilmalarining fizik eskirishi natijasida ekspluatasion sarflar oshib boradi (6-rasmga qarang). Shu sababli elektr qurilmalarini o‘z vaqtida hisobdan chiqarish maqsadga muvofiq.

Elektr qurilmalarining ma’naviy eskirishi uning ishonchlilik xususiyati ko‘rsatkichlarining va samaradorligining pasayib ketishi hamda sarf-xarajatlarning o‘sib ketishi bilan bog‘liqdir.

Resurs - elektr qurilmalarining texnik xujjatlarda belgilangan chegaraviy holatigacha yuradigan yo‘li yoki buzilishlarsiz ishlash vaqtlarining yig‘indisidir.

Resurs ko‘rsatkichlari:



O‘rtacha resurs – bir xil turdagi buyumlar resurslari yig‘indisining o‘rtacha qiymati. U quyidagicha aniqlanadi:

, (1)

bunda: No- kuzatuvga qo‘yilgan buyumlar (elektr qurilmalari) soni;

Li – i -inchi buyumning chegaraviy holatgacha yurgan yo‘li;



Gamma-foizli resursagar buzilmasdan ishlash ehtimolligi R(L%)q miqdori aniq belgilab qo‘yilgan bo‘lsa (odatda 80; 90; 95), unga tegishli resurs (L%) – gamma foizli resurs deyiladi

Gamma-foizli resurs bo‘yicha hisoblangan ishga yaroqli buyumlar soni o‘rta resurs bo‘yicha hisoblanganidan ko‘p bo‘ladi. Gamma-foizli resurs bilan elektr qurilmalarining kafolat davri, texnik xiemat ko‘rsatish davriyliklarini va boshqa ko‘rsatkichlarni aniqlashda qo‘llaniladi.


3. Tasodifiy kattaliklar

Tabiat va texnikada sodir bo‘layotgan jarayonlarni ikki katta guruhga bo‘lish mumkin:

1. Funksional bog‘lanish bilan aniqlanadigan jarayonlar;

2. Tasodifiy yoki ehtimoliy jarayonlar.



Funksional bog‘lanish bilan aniqlanadigan jarayonlar

Agar ikki qiymat (X va Y) bir-biri bilan ma’lum ifoda orqali bog‘langan bo‘lib, X ning har bir qiymatiga Y ning bitta aniq qiymati to‘g‘ri kelsa, u holda Y ning qiymati X qiymatining funksiyasi xisoblanadi, ya’ni Xni bog‘liq bo‘lmagan mustaqil o‘zgaruvchan qiymat yoki argument deyiladi. Misol: yonilg‘i sarfining bosib o‘tilgan yo‘lga bog‘liqligi yqf(x).



Ehtimoliy jarayonlar ko‘pgina o‘zgaruvchan omillar ta’sirida vujudga keladi va ularning miqdorlari ko‘pincha noma’lum bo‘ladi. Shuning uchun ehtimoliy jarayonlarning natijalari har xil son miqdorlariga ega bulib, tasodifiy kattaliklar deb ataladi. Masalan, bir buzilishga to‘g‘ri keladigan o‘tilgan yo‘l miqdori, detalning dastlabki va yig‘ish sifati, unga berilgan ishlovning aniqligi, ishchilar malakasi, texnik xizmat ko‘rsatish, joriy ta’mirlash va ekspluatasion materiallar sifati, ekspluatatsiya sharoitlari va boshqalar tasodifiy kattaliklar hisoblanadi va ko‘pgina omillarga bog‘liq. Tasodifiy kattaliklar sirasiga biror nosozlikni bartaraf etishdagi mehnat hajmi, materiallar sarfi, texnik holat parametrlarining ma’lum vaqtlardagi miqdori va h.k. ham kiradi.

Elektr qurilmalari texnik ekspluatatsiyasini yuqori sifatda olib borish uchun ular texnik holati o‘zgarishining quyidagi qonuniyatlarini bilish kerak: elektr qurilmasining texnik holat parametrlarining yeyilish ko‘lami; elektr qurilmalarining butun xizmat muddati davomidagi buzilishlari soni va h.k.


4. Tasodifiy kattaliklarning taqsimlanishi

tasodifiy kattaliklarning taqsimlanish qonuni

, (2)

bu yerda: r – nisbiy buzilishlar ulushi;

m – oraliqdagi buzilishlar soni;

N – kuzatuvdagi buyumlar soni.

Tasofidiy kattaliklarning taqsimlanish qonunlari buzilishlarning kelib chiqish sabablariga bog‘liq.

Xulosa


Muhandislik topshiriqlarini yechishda, masalan, elektr qurilmalari detallari, uzellari va agregatlarini almashtirishga bo‘lgan talabni aniqlashda yoki ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni rejalashtirishda buyumlarning o‘rtacha ishlash muddatini (resursini) va ushbu o‘rtacha miqdor atrofida ayrim resurslarning qanday guruhlanishini bilish zarur.
Download 24.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
guruh talabasi
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
fanining predmeti
o’rta ta’lim
таълим вазирлиги
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
махсус таълим
Referat mavzu
Toshkent axborot
umumiy o’rta
haqida umumiy
ishlab chiqarish
vazirligi muhammad
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Fuqarolik jamiyati