Reja: Ekstraksion fosfor kislota olishning fizik-kimyoviy asoslari



Download 179,66 Kb.
bet1/4
Sana02.01.2022
Hajmi179,66 Kb.
#308727
  1   2   3   4
Bog'liq
Nazirov NMKT loyiha


Mavzu: Ekstraktsion fosfor kislotasini ishlab chiqarish.
REJA:

  1. Ekstraksion fosfor kislota olishning fizik-kimyoviy asoslari.

  2. Ekstraktsion fosfor kislotasini ishlab chiqarishda ishlatiladigan uskunalar.

  3. Ekstraksya fosfor kislota olishning digidratli usuli

  4. Ekstraksion fosfat kislota olishning yarimgidratli va yarimgidrat-digidratli usuli


Ekstraksion fosfor kislota olishning fizik-kimyoviy asoslari.

Termik usul bilan fosfor kislotasi olishdan farqli o‘laroq tabiiy fosfatlarning sulfat kislotali parchalanishi bo‘yicha boradigan reaksiya:

Ca5(PO4)3F + 5H2SO4 + 5pH2O = 5CaSO4*pH2O + H3PO4 + HF

va keyingi bosqichda suyuq fazadan sulfatli cho‘kmani ajratib olishga asoslangan usul- ekstraksiya yoki xul usul deyiladi. Bunda olingan mahsulot ekstraksya fosfor kislota (EFK) deb yuritiladi. Bu keng tarqalgan fosfor kislota olish usuli mineral o‘g‘itlar, ozuqali va texnik fosfatlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.

Sulfat kislotali ekstraksiyalash jarayonini amalga oshirishning asosiy sharti fosfor kislotadan kalsiy sulfatning etarli darajada yirik bo‘lgan, oson ajraladigan va yaxshi yuviladigan kristallarini ajratib olishdan iboratdir. Bunga jarayonning ayrim bosqichlari uchun jihozlarni oqilona tanlash va ekstraksiyalashda belgilangan texnologik tartibni, ya’ni talab etiladigan (gips, yarimgidrat yoki angidrid) shakldagi kalsiy sulfatning cho‘ktirilishini va belgilangan konsentratsiyadagi mahsulot sifatidagi fosfat kislota olishni ta’minlovchi konsentratsiyali, haroratli va boshqa parametrlarni ushlab turish orqali erishiladi.Ekstraksiyalash jarayonida kalsiy sulfatning fosfor kislotadagi harakatchan suspenziyasini olish, uni aralashtirish va tashish mumkin bo‘lishi lozimdir. Tabiiy fosfatni konsentrlangan sulfat kislota bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashtirilganda fazalarga ajralishga amalda imkon bermaydigan quyuq suspenziya hosil bo‘ladi. Uning harakatchanligini ta’minlash uchun, <> kislota deb ataluvchi- mahsulot sifatidagi fosfor kislotaning bir qismi bilan fosfat kislotadan ajratib olingan fosfatli cho‘kma (fosfogips) ni suvda yuvishda hosil bo‘ladigan eritmaning aralashmasini retsirkulyasiyasi hisobiga suyuq va qattiq fazalarning massa nisbati (S:Q) 2:1 dan 3,5:1 oraligida ushlab turiladi.

Retsirkulyasiya bilan bog‘liq holda fosfatli xom ashyodan o‘tadigan qo‘shimchalarning eritmalarda to‘planishi ekstraksiya jarayoni uchun o‘ziga xosdir. Qo‘shimchalar konsentratsiyasi xom ashyo tarkibidan ham, suyuq, gaz va qattiq fazalar orasida taqsimlanadigan tegishli komponentlar tarkibidan ham aniqlanadi. Ishlab chiqarish eritmalarida ishqoriy metall kationlari, magniy, alyuminiy, temir kationlar va SO42-, F-, SiF62- anionlar qo‘shimchalarining mavjud bo‘lishi sulfatli cho‘kma va mahsulot kislotasining xossasini etarli darajada o‘zgartiradi.

SHunga mos holda fosfor kislotani ekstraksiyalashning uchta: digidratli, yarimgidratli va angidritli usullari bir-biridan farqlanadi. Digidratli usul keng tarqalgan bo‘lib, uni 65-80°C haroratda o‘tkaziladi va tarkibida 30-32% gacha P2O5 bo‘lgan kislota olinadi. 90-105°C haroratda amalga oshiriladigan yarimgidratli usulda 50% gacha P2O5 tutgan kislota ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Ekstraksiyalashning kombinatsiyalashgan yarimgidrat-digidratli usullari yanada kengroq tarqalmokda, unda dastlab yarimgidrat hosil qilinadi, so‘ngra, suspenziyani suyultirish va sovutish orqali uni gipsga qayta kristallantiriladi. Bunday usullar xom ashyodan unumli foydalangan holda yuqori konsentratsiyali (50% gacha P2O5 kislota olish imkoniyatini yaratadi. Angidridli rejim yuqori haroratda jihozlarning korroziyalanish xavfi katta bo‘lganligi va kalsiy sulfatning mayda kristallaridan fosfat kislota va yuvuvchi eritmaning o‘tishi qiyinligi tufayli filtrlanishning yomonlashishi sababli hozircha qo‘llanilmaydi. Bu qiyinchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha izlanishlar o‘tkazilmokda.

Ekstraksiyalashda hosil bo‘ladigan kalsiy sulfat kristallarining shakli va o‘lchami — cho‘kma qatlamining filtrlash xossasini belgilab beradi, shunday ekan, uning fosfat kislotadan yuvilish samaradorligi haroratga va kislota konsentratsiyasiga, tuyinishning pasayish darajasi va sharoitiga bog‘liqdir. Ular ham shuningdek, eritmadagi Ca2+ va SO42 ionlarining nisbatiga va magniy, alyuminiy, ftor birikmalari kabi qo‘shimchalarning konsentratsiyasiga bog‘liqdir. Ca2+ ionlari ortiqcha bo‘lganda gips uzunligi 20-80 mkm bo‘lgan yupqa ignasimon shaklda ajraladi; SO42- ionlari ortiqcha bo‘lganda esa, aksincha, gips kristallarining o’lchami eniga 100 mkm gacha va bo‘yiga bir necha yuz mikrometrgacha etadi.

Yirik kristalli bir jinsli gips cho‘kmasini olish uchun suyuq fazadagi SO3 CaO molyar nisbati imkoniyat darajasida 1,5-4,0 oralig‘ida bo‘lishi lozim. YArimgidrat kristallantirilishida u stexiometrik nisbatga yaqin bo‘lishi kerak, angidritda esa 10-15 ga teng bo’ladi. Ko‘rsatib o‘tilgan modifikatsiyalarga mos holda eritmadagi SO3 1,5-2,5; 0,8-1,2%; 2,5-4,5% bo‘lishi optimal hisoblanadi. Gipsning kristallanishini iloji boricha kam to‘yingan eritmadan kristallanishini ta’minlash lozim. Bu shart-sharoitlar suspenziyaning intensiv aralashtirilishini, uning retsirkulyasiyasini (boshlang‘ich komponentlarni kiritish qismiga qaytarish), sulfat va aylanma fosfat kislotalarni oldindan aralashtirishni va boshqa yo‘l-yo‘riqlarni amalga oshirish yo‘li bilan ta’minlanadi. Ekstraksiyalashning yarimgidrat usulida esa, aksincha ixcham sharsimon kristallar bo‘laklari hosil qilish xususiyatiga ega bo‘lgan yuqori to‘yinuvchanlik ushlab turiladi.

Kalsiy sulfatning kristallanishiga eritmadagi qo‘shimchalar ham ta’sir etadi. Kristallanishga eritmada (AlFp)(3-n)+ turidagi kompleks ionlar hosil qiluvchi alyuminiy va ftor birikmalari kabi qo‘shimchalar yanada ko‘proq ta’sir qiladi; Bu kompleks ionlari kristallarning ma’lum tomonlariga surilib, izometrik yassi gips kristallari va oltikirrali yarimgidrat prizmalari ajralib chiqishiga sabab bo‘ladi.

Suspenziyaning suyuq fazasida sufatlar miqdorini optimal darajada ushlab turish mahsulot kislotasiga yuqori darajadagi P2O5 o‘tishiga erishishda muhim sharoit hisoblanadi. Sulfatlar konsentratsiyasining pasayishi natijasida fosfat minerallarining parchalanish darajasi va tezligi kamayadi, shu bilan birgalikda SO42- va HPO42- ionlarining radiuslari yaqin bo‘lganligi sababli kalsiy sulfat kristall panjarasiga kalsiy fosfatlarning urinlashishi («P2O5 egallash») ortadi. Erkin sulfat kislota konsentratsiyasining ortishi P2O5 egallashni kamaytiradi, ammo fosfat zarrachalari sirtida diffuziyalanish va parchalanishni pasaytiruvchi kalsiy sulfatning quyqali mustahkam qatlami hosil qilib kristallanishiga olib keladi. SHuning uchun amaliyotda parchalanishga ulgurmay qoladigan xom ashyo, P2O5 egallash va cho‘kmani vakuum-filtrda to‘la yuvmaslik hisobidan minimal yo‘qotilishga erishish uchun yunaltirilgan optimal sulfatli tartib (rejim) tanlanadi.


Download 179,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish