3-Mavzu. Hozirgi CAD/CAM/CAE tizimlarining loyixalashdagi tutgan o’rni.
Reja:
1. CAD tizimlari va dasturlari
2. CAM tizimlari va dasturlari
3. CAE tizimlari va dasturlari
CAD tizimlari va dasturlari
Zamonaviy korxonalar agar
eng yaxshi sifatli, tannarxi arzonroq bo`lgan
,
yangi mahsulotni qisqa vaqt oralig`ida tayyorlab chiqarishmasa, ular butun dunyo
raqobatiga bardosh bera olmaydilar. Shu sababli ular loyihalash va ishlab chiqarish
masalalarini avtomatlashtirish va bir-biriga bog`lashda grafik interfeysning ulkan
imkoniyatlaridan foydalanishga intilishmoqda. Bunda yangilikni va mahsulotni
ishlab chiqarish vaqti qisqaradi, tannarxi arzonlashadi. Bu maqsadda
avtomatlashtirilgan
loyihalash
(computer-aided
design
–
CAD),
avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish (computer-aided manufacturing – CAM)
va
(chizmalarni)
avtomatlashtirilgan ishlab chiqish yoki konstruksiyalash (computer-
aided engineering – CAE)
texnologiyalaridan foydalaniladi.
Avtomatlashtirilgan loyihalash (CAD)
– bu loyihalarni yaratish, o`zgartirish,
tahlil qilish va optimallashtirishni osonlashtirish uchun kompyuter tizimlaridan
foydalanishga asoslangan texnologiyadir . Demak, kompyuter grafikasi bilan
ishlovchi istalgan dastur, muhandislik hisoblarida foydalaniladigan istalgan ilova
kabi, avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlariga taalluqli bo`ladi. Boshqacha
aytgagnda,
CAD
ning ko`p vositalari shakllar bilan ishlash uchun mo`ljallangan
geometrik dasturlardan, to tahlil qilish va optimallashtirish uchun ixtisoslashgan
ilovalargacha yoyilgan.
CAD
ning eng asosiy vazifasi – bu konstruksiya (mexanizm
detallari, arxitektura elementlari, elektron sxemalar, binolar planlari va sh.k.)ning
geometriyasini aniqlashdir, chunki geometriya mahsulot hayotiy siklining hamma
bo`lajak bosqichlarini belgilaydi. Odatda, bu maqsad uchun, chizmalarni ishlab
chiqish tizimlari va geometrik modellashdan foydalaniladi. Shu sababli bu tizimlar
odatda avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi deb hisoblanadi. Bundan tashqari, bu
tizimlarda aniqlangan geometriya
CAE
va
CAM
tizimlarida keyinchalik
bajariladigan operatsiyalar uchun asos sifatida foydalanishi mumkin. Bu –
CAD
ning eng ahamiyatli afzalliklaridan biridir, vaqtni tejash hamda hisoblashda
har gal konstruksiyani nuldan boshlab aniqlash zarurati bilan bog`liq bo`lgan
xatoliklar sonini qisqartirish imkonini beradi. Demak, shuni ta`kidlash mumkinki,
ishchi chizmalarni avtomatlashtirilgan ishlab chiqish tizimlari va geometrik
modellash tizimlari – avtomatlashtirilgan loyihalashning eng ahamiyatli
komponentlaridir.