Reja 1 Texnik vositalar ishdan chiqishi



Download 21,62 Kb.
Sana13.01.2022
Hajmi21,62 Kb.
#357311
Bog'liq
Texnik vositalarni yoki qurilmalarni ishdan chiqishi bilan bog


Texnik vositalarni yoki qurilmalarni ishdan chiqishi bilan bog’liq holatlarda amal qilinishi lozim bo’lgan xavsizlik qoidalari

Reja

1 Texnik vositalar ishdan chiqishi

2 Qurilmalar bilan ishlaganda xavsizlik qoidalari

3 Qurilmalar ishdan chiqanda amal qilinishi lozim bo’lgan xavsizlik qoidalari

Xulosa

Foydalanilgan ma’lumotlar

Har bir ishchi (brigadir, zveno boshlig’i) ish boshlanishga qadar о‘z ish joyining (brigada, zveno ish joyining) xavfsiz holatiga ishonch hosil qilishi, naryadni bajarish uchun talab etiladigan asboblar, mexanizmlar, moslamalar va saqlagich qurilmalarining sozligini tekshirishi, hamda ishni boshlash haqida qaror qabul qilishi kerak.

Har bir ishchi (brigadir, zveno boshlig’i) ishlarni bexatar bajarishga tо‘siqlik qiluvchi buzilishlarni aniqlashi bilan uni bartaraf etishga majbur, agar u buni о‘z kuchi bilan bajara olmasa, unda naryad berganga murojaat etishi, hamda keyinchalik uning kо‘rsatmasi bо‘yicha harakat qilishi kerak

. Ish joyiga kelgan ishchi ishni boshlashdan oldin zaboy, yer osti kon yо‘llarining yon shiplari, mustahkamlash inshootlarining holati, saqlovchi qurilmalarning sozligi, ventilyatorning ishlayotganligiga ishonch hosil qilishi, shuningdek ishda talab etiladigan asbob, mexanizm va moslamalarning sozligini tekshirishi kerak. Agar ishchi о‘zi bartaraf eta olmaydigan kamchiliklarni aniqlasa, ishga tushmasdan oldin ular tо‘g‘risida texnik nazorat xodimlariga xabar berishi kerak.

Odamlarga yoki korxonaga xavf solayotgan xavf-xatarni sezgan shaxtada va yuzada ishlayotgan har bir ishchi uni bartaraf etish chorasini kо‘rish bilan bir qatorda bu haqida brigadirga yoki texnik nazorat xodimiga bildirishi kerak. Uchastka boshlig‘i yoki uning о‘rinbosari va kon ustasi ishchilar almashayotganda keyingi smena ishchilarini ishdagi xavf-xatarlar ehtimoli tо‘g‘risida ogohlantirishi kerak. Ish joyida smena almashayotganda ushbu smena ishchilari keyingi smena ishchilarini ishdagi xavf-xatarlar ehtimoli tо‘g‘risida ogohlantirishlari kerak.

Mashinalar, mexanizmlar va qurilmalarning barcha harakatlanadigan ochiq qismlari (muftalar, uzatmalar, shkivlar va h.) ishonchli tо‘silgan bо‘lishi kerak.

Faoliyat kо‘rsatayotgan barcha qazilmagohlar ularning mahkamlash inshootlari, qurilmalari va uskunalarini nazorat qilish uchun nazorat xodimlari о‘rtasida qazilmaning belgilangan vazifasi va nazorat xodimlarining majburiyatlariga qarab taqsimlanishi kerak. Otkatka yо‘llarining holati, mavjud yо‘llarni ta’mirlash va yangi yо‘llarni yotqizish sifati, faoliyat kо‘rsatayotgan qazilmagohlarning ventilyatsiya qurilmalari foydalanish va ventilyatsiya bо‘yicha kon ustalari tomonidan har oyda; yer osti transporti, ventilyatsiya uchastkalari boshliqlari yoki ularning yordamchilari tomonidan har sutkada kо‘zdan kechirilishi kerak.

Qazilmagohlarning beton, sachratma-beton, tosh yoki g‘isht mahkamlash inshootlari holati uchastka boshliqlari yoki ularning yordamchilari tomonidan kamida bir oyda bir marta tekshirilishi kerak.

Mahkamlash inshootining gumbazi yoki devorlarida darz paydo bо‘lganda ularning ustidan mayoqlar yordamida muntazam kuzatuv yо‘lga qо‘yiladi. Yog‘och mahkamlash inshootlarining holati kamida bir oyda 2 marta tekshirilishi kerak.

Shtanga mahkamlash inshootli va mahkamlash inshooti bо‘lmagan qazilmagohlarda kamida bir oyda 2 marta qazilmagoh shipi va yon devorlari, qatlam holatidagi kon jinslari burmalarining mustahkamligi tekshirilishi va, zarur hollarda, mahkamlash inshooti о‘rnatilishi kerak.

Faoliyat kо‘rsatayotgan kon qazilmagohlarini kuzatish uchun nazorat xodimlari о‘rtasida taqsimlash va kon qazilmagohlarining mahkamlash inshootlari, qurilma va uskunalari holatini tekshirish natijalari «Mahkamlash inshooti va qazilmagohlar holatini tekshirish natijalarini qayd etish jurnali» ga qayd etilishi kerak.

Aniqlangan buzilishlar smena davomida bartaraf etilmagan hollarda foydalanish va ventilyatsiya bо‘yicha kon ustalari jurnalga qayd etishadi

2 Odamlar va yuklarni tushirish, kо‘tarish uchun xizmat qiladigan vertikal va qiya shaxta stvollarining mahkamlash inshootlari va armirovkasi maxsus tayinlangan shaxslar tomonidan har sutkada kо‘zdan kechirilishi kerak.

stvollarning mahkamlash inshootlari va armirovkasi vaqti-vaqti bilan, lekin kamida bir oyda bir marta, shaxta boshlig‘i yoki bosh muhandisi tomonidan sinchiklab kо‘zdan kechirilishi kerak.

Kо‘tarish idishi tomida turib vertikal stvolni tekshirish paytida tekshirishni о‘tkazayotgan shaxslar himoya zontlari ostida bо‘lishlari va saqlovchi belbog‘lardan foydalanishlari kerak.

Kо‘tarish qurilmalarining normal ishlashi buzilganda (klet yoki skip stvolda qisilib qolganda, katak yoki skip simlarda ravon harakatlanmaganda va h.) stvolning mahkamlash inshootlari va armirovkasi zudlik bilan kо‘zdan kechirilishi kerak.

Mahkamlash inshooti yoki armirovkasida xavfli buzilishlar aniqlangan stvollarda kо‘tarish ishlari darhol tо‘xtatilishi, mahkamlash inshooti va armirovka xavfsiz holatga keltirilishi kerak. Kо‘zdan kechirish natijalari «Shaxta stvollarining holatini kо‘zdan kechirish natijalarini qayd etish jurnali» ga qayd etiladi.

Faqat ventilyatsiya uchun xizmat qiladigan stvollar kamida bir yilda bir marta kо‘zdan kechirilishi, buning uchun stvollar tegishli qurilmalar (kataklar, badyalar va h.) bilan jihozlangan bо‘lishi kerak. Faoliyat kо‘rsatayotgan ventilyatsiya stvollarini bunday qurilmalar bilan jihozlash muddatlari «Sanoatkontexnazorat» Davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan holda assotsiatsiya, konsern (vazirlik) lar tomonidan belgilanadi.

Ventilyator qurilmalari yerning yuzasida germetik bekitilgan shaxta, shtolnya og‘izlari yaqinida о‘rnatilishi kerak. Shamollatish havoni majburiy yuborish, tortish yoki majburiy-tortish usullari yordamida amalga oshiriladi. Shamollatishning majburiy-tortish usulida magistral ventilyatorlarning ishlashi orqali shaxtaga kiradigan havoning miqdori tortuvchi ventilyatorlar yordamida shaxtadan chiqariladigan havo miqdoridan kam bо‘lmasligi kerak.

Asosiy shamollatish tizimining asosiy va yordamchi ventilyator qurilmalari ventilyatsiya kanallari kamida bir oyda bir marta tekshirilishi va muntazam tozalab turilishi kerak. Asosiy ventilyator qurilmalari kanallarida ularni kо‘zdan kechirish, tozalash, shuningdek havoning miqdori, depressiya va h. larni о‘lchashga imkon beruvchi yо‘llar bо‘lishi kerak.

Stvollar bilan tutash joylarda tо‘siq panjaralar о‘rnatilishi kerak.

Izoh: Qirqib olinadigan tosh qazib olinadigan shaxtalarda asosiy shamollatish ventilyatorlarini shtolnyalarning og‘izi yaqinida yer ostida, flangali shamollatish sxemasida esa quduq va shurflarning tagida joylashtirish ruxsat etiladi.

Asosiy ventilyator qurilmalari ikkita mustaqil ventilyator agregatlaridan tashkil topishi, ulardan biri zahirada bо‘lishi kerak.

Yangi va rekonstruksiya qilinayotgan qurilmalar uchun ventilyatorlar bir xil turda va о‘lchamda bо‘lishi kerak.

Gazsiz shaxtalarda zahira dvigatelli bitta ventilyator agregatini о‘rnatish ruxsat etiladi.

Asosiy ventilyator 30 minutdan ortiq vaqt mobaynida tо‘xtaganda gazsiz shaxtalardagi odamlar ushbu ventilyatorning shamollatish sxemasiga ulangan tupik kon qazilmagohlari zaboylaridan toza havo oqimiga olib chiqilishi kerak. Bu uchastkalarda portlatish ishlari tо‘xtatilishi kerak.

Asosiy ventilyator 2 soatdan ortiq vaqt mobaynida tо‘xtaganda barcha ish joylaridan odamlar yuzaga olib chiqilishi kerak. Zaboylar tegishlicha shamollatilgandan keyin va smena nazorati xodimlari tomonidan gaz analizatorlari yordamida puxta tekshirilgandan sо‘ng ishlarni davom ettirishga ruxsat etiladi.

Asosiy ventilyator qurilmalari qazilmagohga kiradigan ventilyatsiya oqimini kо‘pi bilan 10 minut ichida о‘zgartirish imkonini beradigan reversiv qurilmalar bilan jihozlangan bо‘lishi kerak. Bunda reverslangandan keyin qazilmalardan о‘tadigan havo miqdori ventilyator normal debitining kamida 60% ni tashkil etishi kerak.

Reversiv qurilmalarning sozligi bosh mexanik, energetik va chang-ventilyatsiya xizmati boshlig‘i tomonidan qazilmagohlardagi havo oqimini о‘zgartirmasdan bir oyda bir marta tekshirilishi kerak. Reversiv qurilmalarning ishlashini va ventilyatorlarning reversiyasini tekshirish, о‘zgartirilgan havo oqimini avariyalarni bartaraf etish rejasida kо‘zda tutilgan sxema bо‘yicha о‘tkazib, shaxtaning bosh muhandisi rahbarligida chang-ventilyatsiya xizmati boshlig‘i, shaxta mexanigi (energetiki) tomonidan RTKI va HKQX vakillari ishtirokida olti oyda bir marta ishdan tashqari paytda «Ventilyator reversiv qurilmalarining ishlashini tekshirish bо‘yicha yо‘riqnoma» (3-ilova) ga muvofiq amalga oshirilishi kerak.

Havo oqimini reverslash natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va avariyalarni bartaraf etish rejasiga ilova qilinadi.

Asosiy ventilyator qurilmalari kamida bir sutkada bir marta shaxtaning bosh (katta) mexanigi tayinlagan xodimlar tomonidan kо‘zdan kechirilishi kerak. Bundan tashqari, ventilyator qurilmalari kamida bir haftada bir marta shaxta bosh (katta) mexanigi yoki uning yordamchisi va ventilyatsiya bо‘yicha mas’ul shaxs tomonidan kо‘zdan kechirilishi kerak. Kо‘zdan kechirish natijalari «Ventilyator reversiv qurilmalarining ishlashini tekshirish bо‘yicha yо‘riqnoma» da keltirilgan shakldagi jurnalga qayd etilishi kerak.

3 Asosiy shamollatish tizimining har bir asosiy va yordamchi ventilyator qurilmasiga maxsus о‘qitilgan va malaka komissiyasiga imtihon topshirgan mashinist tomonidan xizmat kо‘rsatilishi kerak. Asosiy ventilyator qurilmasida mustaqil ishlash uchun mashinist kamida 5 kun mobaynida tajribali mashinist qо‘l ostida stajirovkadan о‘tgandan keyin qо‘yiladi.

Ventilyator qurilmasining mashinistsiz ishlashiga quyidagi talablar bajarilgandagina ruxsat etiladi:

a) ventilyator qurilmasi ventilyator unumdorligini va u yuzaga keltiradigan depressiyani muntazam qayd qilib boruvchi о‘zi yozadigan asboblar, shuningdek ventilyator qurilmasi ishidagi belgilangan parametrlar (unumdorlik, depressiya, podshipniklar, elektr dvigatellari va ventilyatorlarning harorati) dan og‘ishlar tо‘g‘risida uzoqdan turib boshqarish pultiga signal beruvchi qurilmalar bilan jihozlangan bо‘lishi kerak;

b) ventilyator elektr dvigatelini uzoqdan turib ishga tushirish va tо‘xtatish va ventilyatsiya oqimini uzoqdan turib reverslash ta’minlangan bо‘lishi kerak;

v) ventilyator qurilmasini uzoqdan turib boshqarish va nazorat qilish pulti dispetcherlik punktida, bunday punkt bо‘lmaganda esa shaxta tepasidagi telefon aloqasiga ega doimiy xizmat kо‘rsatiladigan statsionar qurilma xonalaridan birida joylashgan bо‘lishi, u yerda signal apparatlarining ishlashi va qabul qilinayotgan barcha signallarni jurnalga qayd qilinishi ustidan doimiy kuzatuv ta’minlangan bо‘lishi kerak;

g) ventilyator qurilmasini uzoqdan turib boshqarish va nazorat qilish apparatlari 720 soat ishlashi mobaynida dastlabki sanoat tekshiruvidan о‘tkazilishi kerak;

Ushbu ish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi va kon boshqarmasi (shaxta) bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanashi kerak.

Agar ventilyatsiya qurilmasi ishidagi barcha о‘zgarishlarni boshqaruv pultidan ustidan uzoqdan turib nazorat qilish imkoniyati ta’minlangan bо‘lsa, avtomatlashtirilgan ventilyator qurilmalarining, asosiy shamollatish tizimi qurilmalardan tashqari, «a» bandda kо‘rsatilgan о‘zi yozadigan asboblarsiz ishlashiga ruxsat etiladi.

Ventilyator qurilmasi binosida doimiy va zahira (kо‘chma yoritkichlar) yoritish tizimi bо‘lishi, ular toza va tartibli saqlanishi kerak.

Uzoqdan turib boshqarilganda ventilyator qurilmasi binosi yopiq bо‘lishi kerak. Binoda shovqindan izolyatsiyalangan kabinada shaxta tepasidagi markaziy kommutatorga bevosita ulangan chaqiruv signal qurilmasi bilan jihozlangan telefon о‘rnatilgan bо‘lishi kerak.

Havoni sо‘ruvchi ventilyatorlarning flangali joylashuvida, chiqindi va suflyarlar xavfi bо‘lgan shaxtalardan tashqari, ventilyatorlar xonasini pech bilan isitish ruxsat etiladi. Binoda ventilyatorni reverslash sxemasi, ventilyatorning individual tavsiflari va mashinist uchun ventilyator qurilmasini boshqarish pultiga xizmat kо‘rsatish bо‘yicha yо‘riqnoma osib qо‘yilgan bо‘lishi kerak.

Ventilyator uzoqdan turib boshqarilganda ventilyator mashinisti yoki boshqaruv pulti navbatchisi «Ventilyatorning ishlashini qayd qilish jurnali» ni yuritishlari shart.

Asosiy shamollatish tizimi ventilyatorini ta’mirlash uchun tо‘xtatish yoki uning ish rejimini о‘zgartirish faqat shaxta bosh muhandisining yozma kо‘rsatmasi bilangina amalga oshirilishi mumkin.

Ventilyatorlarning nosozligi yoki elektr energiyasi kelmay qolishi tufayli ular bexosdan tо‘xtab qolganda bu haqida zudlik bilan bosh muhandis, bosh (katta) mexanik va energetik, chang-ventilyatsiya xizmati boshlig‘i va shaxta navbatchisiga xabar berilishi kerak. Tо‘xtab qolish davomiyligi va vaqti «Ventilyatorning ishlashini qayd qilish jurnali» da qayd etilishi kerak.

Ishlab turgan ventilyator tо‘xtab qolganda va zahira ventilyatorni ishga tushirish imkoniyati bо‘lmaganda stvol ustidagi shlyuz bino eshiklari yoki stvol og‘zini bekituvchi qurilmalar ochilishi kerak.

Barcha shaxtalarning asosiy ventilyator qurilmalarida elektr podstansiyasi yoki elektr stansiyasidan tortib kelingan ikkita mustaqil elektr ta’minoti liniyasi bо‘lib, ulardan biri zahirada bо‘lishi kerak.

Agar elektr mashina bо‘linmasida joylashgan diffuzor va unga tutashgan kanalning germetikligi ta’minlangan bо‘lsa, gaz va chang xavfi bо‘lgan shaxtalarning tepasida ventilyator qurilmalari uchun normal tarzda tayyorlangan elektr uskunalaridan foydalanish ruxsat etiladi.

Podstansiya va elektr stansiyasi navbatchilari shaxta bosh muhandisi yoki shaxta navbatchisi (dispetcheri) ni elektr energiyasini berish tо‘xtatilishi tо‘g‘risida ventilyatorning tо‘xtashi va odamlarni tayyorlov va tozalash qazilmalaridan chiqarish zaruriyati bilan bog‘liq choralarni о‘z vaqtida qabul qilishlari uchun oldindan ogohlantirishlari kerak.



Xulosa

Ish joyiga kelgan ishchi ishni boshlashdan oldin zaboy, yer osti kon yо‘llarining yon shiplari, mustahkamlash inshootlarining holati, saqlovchi qurilmalarning sozligi, ventilyatorning ishlayotganligiga ishonch hosil qilishi, shuningdek ishda talab etiladigan asbob, mexanizm va moslamalarning sozligini tekshirishi kerak. Agar ishchi о‘zi bartaraf eta olmaydigan kamchiliklarni aniqlasa, ishga tushmasdan oldin ular tо‘g‘risida texnik nazorat xodimlariga xabar berishi kerak.



Odamlarga yoki korxonaga xavf solayotgan xavf-xatarni sezgan shaxtada va yuzada ishlayotgan har bir ishchi uni bartaraf etish chorasini kо‘rish bilan bir qatorda bu haqida brigadirga yoki texnik nazorat xodimiga bildirishi kerak. Uchastka boshlig‘i yoki uning о‘rinbosari va kon ustasi ishchilar almashayotganda keyingi smena ishchilarini ishdagi xavf-xatarlar ehtimoli tо‘g‘risida ogohlantirishi kerak. Ish joyida smena almashayotganda ushbu smena ishchilari keyingi smena ishchilarini ishdagi xavf-xatarlar ehtimoli tо‘g‘risida ogohlantirishlari kerak.
Download 21,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish