Mavzu: Davlatning tashqi iqtisodiy siyosati va uning tarkibiy qismlari.
Reja:
1. Kirish. 2. Asosiy qism. a) Davlat tashqi iqtisodiy siyosati
c) Davlat tashqi iqtisodiy siyosatining asosiy yo'nalishlari
d) Davlat tashqi iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismlari
e) Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning bilvosita va bevosita usullari
3. Xulosa.
Kirish. Dunyo mamlakatlarining jadallik bilan rivojlanib borayot-ganligi, ular o'rtasida ishlab chiqarish aloqalarining baynal-minallashuvi va globallashuvi hamda iqtisodiy aloqalarning kuchayishi, har bir davlatdan tashqi omillardan oqilona va samarali foydalanish, milliy iqtisodiyotni tashqi ta'sirlardan himoyalashga qaratilgan tashqi iqtisodiy siyosat yuritishni talab etadi. Shu bilan birga, mamlakat iqtisodiyotining jahon iqtiso-diyoti bilan ichki bozorning tashqi bozorlar bilan o'zaro ham-korligi uchun sifat jihatidan yangi negizlarini shakllantiradigan tub bozor o'zgarishlarini amalga oshirish obyektiv ravishda tashqi iqtisodiy omillarni kuchaytirishni taqozo etadi.
Asosiy qism. Davlatning tashqi iqtisodiy siyosati — xalqaro munosabatlarda milliy manfaatlarni ta'minlash borasidagi daviat faoliya-tining yo'nalishi va sohasi, shuningdek, tegishli maqsad va vazifalarni amalga oshirishdagi aniq chora-tadbirlar yig'in-disidir. Tashqi iqtisodiy siyosatning mohiyati uning daviat va xalqning suverenitetini ta'minlashdan iborat bo'lgan, milliy manfaatlarni himoya qilish bo'yicha mexanizmining butun sa'y-harakati ijtimoiy-iqtisodiy integratsion jarayonlarda milliy, mintaqaviy va global xavfsizlikni ta'minlashda o'z ifodasini topadi.
Davlatning tashqi iqtisodiy siyosati negizida tashqi iqtisodiy aloqalarni tartibga solish va ishlab chiqarish omillarining xalqaro taqsimianishida mamlakat ishtirokini maqbullashtirish tartibini belgilashga doir bir maqsadga yo'naltirilgan faoliyatlar yotadi.
Tashqi iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismlari bo lib tashqi savdo siyosati, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va xorijdagi milliy kapital qo'yilmalarni tartibga solish borasidagi siyosat, valuta siyosatilari hisoblanadi Bundan tashqari mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash bilan bog'liq bo'lgan alohida davlatlar va mintaqalar bilan tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirish ko'rinishlari ham mavjud.
Tashqi iqtisodiy siyosat tashqi iqtisodiy faoliyatni ham tartibga soladi. Ko'plab davlatlarda mavjud bo'lgan tashqi iqtisodiy siyosat vositalarining keng doirasi ularga o'z tashqi iqtisodiy aloqalari tarkibini va ularni rivojlantirish yo'nalishlarini shakllantirishga ham, boshqa mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalari va tashqi iqtisodiy siyosatiga ham faol ta'sir etish imkonini beradi. Tashqi iqtisodiy siyosat vositalarini savdo-siyosiy mexanizm sifatida ta'riflash mumkin.
Tashqi iqtisodiy siyosatni shakllantirish uchun uning asosiy tamoyillarini aniq va ravshan belgilash lozim. Unda tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarining xatti-harakatlarini iqtisodiy-huquqiy tartibga solishga asosiy o'rin ajratilgan bo'lib, umummilliy manfaatlarga mos kelishi lozim.
Davlatlarning tashqi iqtisodiy siyosatni normativ tartibga solish negizida milliy hamda xalqaro huquq me'yorlari yotadi.
Biroq, davlatning tashqi iqtisodiy siyosat sohasidagi muno-sabatlarini tartibga solishda milliy xuquqiy mexanizmlarning ham ahamiyati katta. Bunday mexanizmlar hozirgi kunda davlatning xalqaro maydondagi strategik faoliyatini belgilashda muhim rol o'ynab kelmoqda.
Mamlakat iqtisodiy rivojlanishining har bir bosqichida davlat tashqi iqtisodiy siyosatining maqsadlari shu davrning o'ziga xos xususiyatlariga mos kelishi kerak. Ular orasida eng muhimlari quyidagilar:
- eksportni rivojlantirish va uning tarkibiy tuzilishini yaxshilash;
- importning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, ya'ni uni milliy ishlab chiqarishni zamonayiylashtirish va kengaytirishga qaratish;
-ishlab chiqaruvchi kuchlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish uchun chet el investitsiyalarini jalb etish;
- mamlkatning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash, ya'ni ma'lum darajada tashqi iqtisodiy faoliyatda eksport-import operatsiyalari, valutani olib chiqish, boshqa xalqaro bitimlar ustidan davlat nazoratini o'rnatish.
Davlatning tashqi iqtisodiy siyosati aniq belgilangan maq-sadlar va ularni amalga oshirishga qaratilgan asosiy tadbirlarni o'z ichiga oladi.
Birinchidan, respublika milliy iqtisodiyotining kuchli eks-port bo'g'inini tashkil etuvchi va uni jahon bozorida munosib o'ringa ega bo'lishini ta'minlovchi sohalarini aniqlash.
Ikkinchidan, iqtisodiyotning eksport bo'g'inida davlat tomonidan qo'llab-quwatlash usullaridan keng foydalanish. Bu usullar quyidagilardan iborat:
- eksportga yo'naltirilgan ishlab chiqarishni kengaytirish uchun imtiyozli foizlar bo'yicha uzoq muddatli kreditlar ajratish;
- milliy investitsiyalarni sug'urtalash;
- eksport qiluvchilarga milliy ishlab chiqarish va uning xorijiy raqobatchilari ishlab chiqarishi xarajatlari o'rtasidagi farqni qoplash;
- „ davlat tomonidan respublikaga ilg'or texnologiyalar, tajribalar, bilimlarni kirib kelishiga subsidiyalar ajratish;
- eksport va imported litsenziyalash yoki chetga mol chiqarishga va chetdan uni olib kelishga ruxsatnomalar berish;
-ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi, xorijdan keltiriladigan xomashyo va materiallar, asbob-uskunalar va jihozlar ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish va boshqalar.
Shu bilan birga, tashqi iqtisodiy siyosat milliy valutani mustahkamlash va uni boshqa valutalarga erkin almashuvini ta'minlashni, ichki narxlarni jahon bozori narxlariga yaqinlashtirish maqsadida baholar islohotini tugallashni, tashqi iqtisodiy faoliyatning me'yoriy va huquqiy asoslarini xalqaro talablar darajasiga yetkazishni nazarda tutadi.
Xulosa. Tashqi iqtisodiy faoliyatni oqilona tartibga solish davlat iqtisodiy rivojlanish strategiyasining muhim tarkibiy qismi sanaladi. Bu esa o'z navbatida, mamlakatning o'ziga xos ichki va tashqi sharoitlarini inobatga olgan holda, jahon bozorining salbiy o'zgarishlaridan himoya qiluvchi, unda egaUangan mavqeni saqlab qolish va kengaytirishni ta'minlovchi maqbul darajadagi protektsionizm va erkin savdo siyosati qo'llanilishini taqozo etadi. O'tish davri iqtisodiyotini boshidan kechirayotgan mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalarini kengaytirish uchun o'zini erkin bozor girdobiga tashlab qo'ya olmaydi.
Bunday sharoitda davlatning rivojlantirish kafolati sifatida faol qatnashuviga zaruriyat tug'iladi. Bozor munosabatIariga o'tishning ilk bosqichlarida tashqi iqtisodiy aloqalaming davlat tomonidan tartibga solinishi, ayniqsa, muhimdir. Bu esa, birinchi navbatda, tashqi savdo va tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqa shakllarini tartibga solish mexanizmlarini o'zgaruvchan ichki va tashqi sharoitlarga muntazam moslashtirib borishni, ya'ni oqilona tashqi iqtisodiy siyosat yurgizishni talab etadi.