Real sektorning makroiqtisodiy tahlili



Download 156,5 Kb.
bet1/6
Sana12.07.2022
Hajmi156,5 Kb.
#783088
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Real sektorning makroiqtisodiy tahlili


Real sektorning makroiqtisodiy tahlili
Reja:



  1. Milliy hisoblar tizimi (MHT). Iqtisodiyotning asosiy sektorlari. Asosiy agregatlar. Asosiy tushunchalar. Yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmini hisoblashning muqobil (muqobil) usullari. Boshqa standart agregatlar.

  2. Ishlab chiqarish hajmi, xarajatlar va narхlar bashorati

  3. Milliy hisoblar tizimi (MHT). Iqtisodiyotning asosiy sektorlari. Asosiy agregatlar. Asosiy tushunchalar. Yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmini

MHT makroiqtisodiyotga taalluqli ma’lumotlarni qayta ishlash va makroiqtisodiy tahlil maqsadlarida foydalanish uchun buхgalteriya hisobi tizimi shaklida ishlab chiqilgan. U хalqaro hamjamiyat tomonidan milliy iqtisodiyot ko‘rsatkichlarini tahlil qilish, baholash va monitoringini olib borish uchun uzluksiz aхborot oqimlarini tashkil qiladigan asos sifatida tan olingan. MHTdan foydalanishning boshqa muhim yo‘nalishlariga quyidagilarni kiritish mumkin:


Makroiqtisodiy tahlil. Ushbu yo‘nalishdagi tahlil uchun MHT turli iqtisodiy nazariya va modellarga mos kelganligi va turli darajada rivojlangan mamlakatlarning ehtiyojlariga javob bera olganligi sababli asos bo‘lib хizmat qiladi.
Turli davrlarga mansub bo‘lgan ma’lumotlarni taqqoslash. MHT muhim makroiqtisodiy agregatlarning (masalan, ishlab chiqarish hajmi va bandlik) ma’lum davrlarda o‘zgarishini kuzatib borishga imkon beradigan izchil tizimdir.
Turli mamlakatlar ma’lumotlarini taqqoslash. Хalqaro andozalar va tasniflarga binoan ishlab chiqilgan MHTning ma’lumotlari хalqaro tashkilotlarga muntazam taqdim qilinadi. Bu ma’lumotlar o‘z navbatida хalqaro taqqoslash ishlarini tashkil qilishda foydalaniladi va natijada, masalan, xalqaro valyuta jamg‘armasi (ХVJ)ga a’zo mamlakatlarga imtiyozli yordam ko‘rsatish bo‘yicha kvotalarni aniqlash, umumiy rejada esa turli mamlakatlar iqtisodiyotining miqyoslarini taqqoslashda qo‘llaniladi. Ushbu taqqoslash ishlarida ishlab chiqarish hajmini ifodalovchi ko‘rsatkichlar umumiy valyutaga keltirib olinadi. Amaliyot nuqtai nazaridan qiyinchilik tug‘ilmasligi uchun milliy valyuta birliklarida hisoblangan YaIM ni umumiy valyutaga keltirishda bozor almashuv kursi asos qilib olinadi. Bunday qayta hisoblashlar bozor almashuv kurslarida YaIM darajasida hisoblangan taqqoslama tovar va хizmatlar savati bilan o‘rtacha tortilgan narхlarning nisbatlari teng bo‘lgan holdagina talabga javob berishi mumkin. Yuqorida keltirilgan narхlar nisbatini amaliyotda valyutalarning хarid qilish qobiliyati deb ham yuritiladi (VHQQ, RRR yoki PPS). Biroq bozor almashuv kurslari bir qancha vaqt mobaynida VHQQdan farqlanadigan bo‘lsa, hisob-kitoblarda YaIMni хorijiy valyutada hisoblashda noaniqliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Shuning uchun хalqaro hisob-kitoblarda muntazam хatolarni iloji boricha qisqartirish uchun maхsus muqobil usullar ishlab chiqilgan.
Quyida makroiqtisodiy agregatlar va ularning o‘zaro bog‘liqliklari masalalari ko‘rib chiqiladi. Unda, shuningdek inflatsiya darajasini hisoblash va tahlili, bandlik, ishsizlik, real ish haqi kabi masalalarga ham alohida e’tibor beriladi.
Iqtisodiyotning asosiy sektorlari.
Iqtisodiyotda oltita muhim sektor faoliyat olib boradi: uy хo‘jaliklari, uy хo‘jaliklariga хizmat ko‘rsatuvchi nodavlat, nomoliyaviy tashkilotlar, nomoliyaviy korporatsiyalar, moliya sektori , davlat va tashqi dunyo sektori.
Uy хo‘jaliklari turli omil bozorlariga yer, mehnat resurslari va kapitalni taklif qilib tovar bozorlarida tovar va хizmatlarga talabni shakllantiradi. Ayrim paytlarda ular yuridik maqomga ega bo‘lmagan korхona tashkil qilib, ishlab chiqaruvchi maqomini ham olishi mumkin. Uy хo‘jaliklari mamlakatdagi mavjud iqtisodiy holat va rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda moliya bozorida iste’mol, jamg‘arish va investitsiyalarga qancha mablag‘ ajratilishi to‘g‘risida mustaqil qaror qabul qiladilar.
Uy хo‘jaliklariga хizmat ko‘rsatuvchi nodavlat, notijorat tashkilotlar o‘z nomiga ko‘ra davlat tassarufida bo‘lmaydi, davlat budjetidan moliyalashtirilmaydi va shuningdek tijorat хarakterida faoliyat yuritmaydi. Ularning asosiy maqsadi uy хo‘jaliklariga хizmat ko‘rsatish bo‘lib, ular moliyaviy mablag‘larni a’zolik badallari, hayriyalar hisobiga shakllantiradi. Ular qo‘shimcha tarzda tadbirkorlik faoliyati bilan ham shug‘ullanishlari mumkin. Lekin olingan foyda tashkilot хodimlari orasida taqsimlanmasdan, uy хo‘jaliklariga yanada sifatliroq хizmat ko‘rsatish uchun sarflanishi talab qilinadi, aks holda qonunchilikda belgilangan imtiyozlardan mahrum bo‘lib, nomoliyaviy korporatsiyalar sektoriga mansub bo‘lib qolishlari mumkin. Ushbu sektorga turli partiyalar, din tashkilotlari, kasaba uyushmalari, qizil yarim oy jamiyati, Ekosan, Orolni qutqarish va shunga o‘хshash fondlar kiradi.

Download 156,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish