DAVLAT RIVOJI YO’LIDA KADR SALOHIYATI O’RNI
Qo’qon universiteti “Raqamli texnalogiyalar” kafedrasi ass
Yo’ldashev Axrorjon
Qo’qon universiteti talabasi
Mahmudjonova Sevara
Annotatsiya
Tezis orqali shunday xulosa aytish mumkunki rivojlanish yo’lida qilinayotgan har bir harakat bevosita kelajak kafolati hisoblanmish yosh avlod uchun o’rinli va samarasini ko’rsata oladigan harakatdir.Rivojlanish yo’lidagi ilk pog’onalardan biri kadrlarga qaratilgan e’tibor sanaladi.
Kalit so’zlar: Davlat; Rivojlanish; Kadr; Ilm.
Annotation
It can be concluded from the thesis that every step towards development is a movement that can be relevant and effective for the younger generation, which is a direct guarantee of the future. One of the first steps in the path of development is the focus on human resources.
Key words: government, development, cadre, knowledge
Mamlakatimiz tinchligi va osoyishtaligini ta'minlash, uning hur istiqboli uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda.Albatta, bu e'tibor zamirida mamlakatimiz yoshlarini har tomonlama kamol toptirish, ularni yuksak ma'naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan, har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishdek ezgu maqsad mujassam.Ayniqsa, yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini bilimli va bunyodkor yoshlar bilan birgalikda barpo etish, ana shu muhim yo‘nalishlarda boshlagan ishlarni davom ettirish va yangi, yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida, o’tgan 2021 yilda mamlakatimizda «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili», deb nom berishni taklif qilgani xalqimiz, ayniqsa yoshlarimiz tomonidan katta xursandchilik bilan kutib olindi.
Ta'kidlash joizki, mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma'naviyat va madaniyat, kuchli salohiyat egasi etib tarbiyalash borasidagi muhim amaliy ishlarni davom ettirishimiz zarur va asosiy maqsadimiz ham yetuk malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat hisoblanadi.Zero, yoshlar ertangi kunimizning egalari hisoblanadi. Ularni biz bugun qanchalik ilmiy, ma'naviy, ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlasak, kelajagimiz shunchalik yorqin bo‘lishiga shak-shubha yo‘q.
Hammaga ma’lumki insoniyat o’tgan uzoq yillardan hozzirgi kunga qadar erishgan yutuqlari taqsinga sazovor. Uzoq tarixga biroz tuhtalgan ekanmiz shu o’rinda aytish joizki insonda mustahkam iroda, erishish uchun qo’yilgan aniq va o’zgarmas maqsadlar, intilish yo’lidagi to’siqlardan cho’chimaslik hissi va albatta Alloh tomonidan insonga berilgan boshqa tirik mavjudotlardan farqli ongimiz bu bizning eng buyuk imkoniyatlarimizdan biridir.Agar inson o’zidagi manashu imkonyatlardan asta-sekin bo’lsada foydalana olmaganda,yoki qiyin ekanligini bilsada taslim bo’lmay harakat qilmaganida balkim hozirgi imkoniyatlar,bizga oddiy holdek tuyilishni allaqachon boshlagan atrofimizdagi qaysidir ma’noda mo’jizalar balkim bo’lmasdi. Lekin bunday bo’lmadi insoniyat buni uddasidan chiqdi ibtidoiy holatidan bugungi tobora mukammalashib borayotgan jarayonga yetib keldi.Biz buni uddaladik!
Bugungi kunda xalq, millat, davlat, butun bir dunyo tobora rivojlanib bormoqda. Tabiiki rivojlanish uchun ilm asos vazifasini tolaqonli egallagan.Ayni damda rivojlangan davlatlar: AQSH, Xitoy, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya kabi davlatlardan tajriba ortirgan holda rivojlanyotgan, ya’ni rivojlanish yo’lidagi davlatimiz O’zbekiston ham rivojlangan davlatga aylanish maqsadi ostida ta’lim sohasiga ketta e’tibor qaratmoqda.
Endilikda mavzuyimizga ilmiy jihatdan yondashadigan bo’lsak Shaxs uzluksiz ta'lim jarayonida dunyoviy, ilmiy bilimlarni o‘zlashtiradi, fan asoslarini puxta egallaydi, ishlab chiqarish sohalari bilan tanishadi, shuningdek, o‘zida ijtimoiy ta'sirlar yordamida ma'naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalab boradi. Shaxsda o‘zlashtirilgan bilim, faoliyat ko‘nikmalari va hayotiy tajriba asosida kasbiy mahorat ham shakllanib boradi. Yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlar va yuqori darajadagi kasbiy malakaga ega bo‘lish uchun shaxs o‘z oldiga muayyan maqsadni qo‘ya olishi hamda unga erishish yo‘lida tinimsiz izlanishi, o‘qib-o‘rganishi lozim. Shundagina u ijtimoiy raqobatga chidamli, malakali kadr bo‘lib shakllanadi.O‘z-o‘zini anglash tuyg‘usiga ega bo‘lish, ta'lim sohasidagi xizmatlardan to‘laqonli, samarali foydalana olish, ilmiy va kasbiy bilimlarni puxta o‘zlashtirishga erishish shaxsga yetuk mutaxassis bo‘la olishi uchun poydevor yaratadi. Inson kamoloti, eng avvalo, uning o‘ziga bog‘liqdir. Shu bois milliy dasturda shaxs va uning kamolotini shakllantirishga alohida e'tibor qaratilgan. Shaxs kamoloti nafaqat o‘zi uchun, balki davlat va jamiyat taraqqiyoti, ravnaqi uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Binobarin, fuqarolari yuksak ma'naviyatga ega jamiyat har tomonlama taraqqiy eta oladi.
Shaxs va davlatyaratilayotga o‘rtasidagi aloqa ikki tomonlama xususiyatga ega. Shu bois har qanday davlat o‘z fuqarolarining yashashi, mehnat qilishi, iqtidori va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, uni namoyon eta olishi uchun yetarli darajada shart-sharoit yaratib bera olishi lozim. Respublika ta'lim tizimida davlat va jamiyat shaxsning har tomonlama shakllanishi, o‘zligini namoyon eta olishi uchun yetarli darajada shart-sharoit yaratib berish mas'uliyatini o‘z zimmasiga oluvchi sub'ekt sifatida namoyon bo‘ladi.
Davlat va jamiyat ta'lim muassasalarining yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash yo‘lidagi faoliyatini ham uyg‘unlashtiradi hamda quyidagilarga kafolat beradi:
Fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va o‘z malakasini oshirish huquqlarning ro‘yobga chiqarilishiga;
Majburiy umumiy o‘rta ta'lim hamda akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta'lim olish yo‘nalishini tanlash huquqi asosida majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limini olishga;
Davlat grantlari yoki pulli-shartnomaviy asosda oliy ta'lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'limni olish huquqiga;
Davlat ta'lim muassasalarini mablag‘ bilan ta'minlashga;
Ta'lim oluvchilarning o‘qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalarning hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga;
Ta'lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga;
Sog‘lik va rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning ta'lim olishiga.
Uzluksiz ta'lim malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta'limning barcha turlari, davlat ta'lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi.
Qaysiki davlat rivojlangan, dunyo tan olgan darajaga yetishni hohlar ekan bu masalada avvalo e’tibor qaratishi shart bo’lgan asosiy soha malakali kadrklar tayyorlash ekanligini va har qanday holatda ham kelajagi buyuk davlatga aylantra oladigan eng ishonchli manbaa bu yosh avlod va ularga berilayotgan imkonoyat hamda ishonchekanligini unutmasligi zarur.
Xulosa:
Tezisda yoritilgan barcha ma’lumotlardan kelib chiqib hamda men ham manashu kelajak avlodning bir bo’lagi sifatida yaratilayotgan barcha sharoitlartdan unumli foydalanishim kerakligini tushundim.
Foydalanilgan adabiyotlar va internet manbaalari:
1.https://kitob.uz
2.https://uz.wikipedia.org
3.
https://apps.apple.com › uz
Do'stlaringiz bilan baham: |