Raketaning Yer atrofida aylanishi uchun zarur bo‘lgan tezlik



Download 0,92 Mb.
Sana11.12.2022
Hajmi0,92 Mb.
#883746

Yerning sun’iy yo‘ldoshlari
Tayyorladi : 831-21 guruh talabasi Amrullayev Javohir
Fan o'qituvchisi :Jumaniyozov Ibrohim
Raketaning Yer atrofida aylanishi uchun zarur bo‘lgan tezlik
Agar raketa bir necha kilometr balandlikda birinchi kosmik tezlik bilan uchsa, havoning qarshiligi va ishqalanishi tufayli qiziydi va yonib ketadi.
Havosiz bo‘shliqdagina raketa shunday katta tezlikda harakatlana oladi. Yerdan bir necha yuz kilometr balandlikdagi muhitni deyarli havosiz deyish mumkin.
Shuning uchun kosmosga uchirilgan raketalar shunday balandlikda uchib yuradi.
Raketa, masalan, h = 300 km balandlikda Yer atrofida aylanma harakat qilishi uchun birinchi kosmik tezlik qancha bo‘lishi kerak? Birinchi kosmik tezlikning υ12 = gr formulasidagi r o‘rniga r + h masofa qo‘yiladi.
Yer sirtidan balandlikka ko‘tarilgan sari erkin tushish tezlanishi g ning qiymati kamayib boradi.
Yer sirtidan 300 km balandlikda erkin tushish tezlanishi g = 9,0 m/s2 bo‘ladi.
Hisoblashlarga ko‘ra, 300 km balandlikda Yer shari atrofida aylana bo‘ylab harakat qilish uchun raketaning tezligi 7,7 km/s bo‘lishi kerak.
Inson tomonidan fazoga uchirilgan va sun’iy ravishda Yerning yo‘ldoshiga aylantirilgan raketa, kosmik kemalar Yerning sun’iy yo‘ldoshi deb ataladi.
Raketa Yerning sun’iy yo‘ldoshiga aylanishi uchun kamida 300 km balandlikka olib chiqiladi.
Buning uchun raketaga kamida 7,7 km/s tezlik beriladi.
Sun’iy yo‘ldosh eltuvchi-raketa yordamida kerakli balandlikka chiqariladi.
Ma’lum vaqt davomida raketaning tezligi birinchi kosmik tezlikkacha oshirib boriladi va bunda uning yo‘nalishi asta-sekin gorizontal holatga o‘tadi (100-rasm).
Kosmosning zabt etilishi
Insoniyat tarixida birinchi marta 1957-yil 4-oktyabrda 83 kg massali raketa quvvatli eltuvchi-raketa yordamida zaruriy balandlikka olib chiqilib, unga birinchi kosmik tezlik berishga erishilgan.
Shar shaklidagi bu raketa Yer atrofida aylana boshlagan, ya’ni sun’iy yo‘ldoshga aylangan.
1961-yil 12-aprelda birinchi marta inson kosmosga uchdi.
Yerdan ko‘tariligan «Vostok» kosmik kemasida Yuriy Gagarin sayyoramizni bir marta aylanib, Yerga eson-omon qaytib tushgan. Shu davrdan e’tiboran kosmosni zabt etish va keng ko‘lamda o‘rganish boshlanib ketdi.
Yuzlab kosmonavtlar va astronavtlar kosmik kemalarda Yer atrofini orbita bo‘ylab aylanib, turli tadqiqotlarni o‘tkazdilar.
Kosmosni zabt etishda yana bir buyuk yutuq – 1969-yil 21-iyulda astronavtlar N. Armstrong va E. Oldrin boshqargan kosmik kema Oyga yumshoq qo‘ndi, inson ilk bor Oyga qadam qo‘ydi.
Kosmosni zabt etishda o‘lkamizda tug‘ilib, voyaga yetgan kosmonavtlar ham munosib hissa qo‘shganlar. Toshkent viloyatining Iskandar qishlog‘ida tug‘ilgan uchuvchi-kosmonavt Vladimir Jonibekov 5 marta (1978, 1981, 1982, 1984, 1985) kosmosga parvoz qilib, orbitada jami 145 kun bo‘lgan.
Shu davrda ikki marta ochiq kosmosga chiqib, kosmik apparatning sirtqi qismini ta’mirlashda ishtirok etgan.
Kosmonavtika sohasidagi buyuk xizmatlari uchun ikki marta Qahramon unvoniga sazovor bo‘lgan (1978, 1981). 1985-yilda unga aviatsiya general-mayori harbiy unvoni berilgan.
O‘zbekistonlik uchuvchi-kosmonavtga Toshkentda byust o‘rnatilgan.
1998-yil 22-yanvarda xalqaro ekiрaj tarkibida Qirg‘izistonning O‘sh shahrida tug‘ilgan o‘zbek o‘g‘loni Solijon Shariрov Amerika Qo‘shma Shtatlari kosmik kemasida kosmosga uchdi. 2004-yilda S. Shariрov ikkinchi marta kosmosga parvoz qildi.
Bu gal u Rossiya kosmik kemasida uchib, uzoq muddat davomida kosmosda tadqiqot ishlarini olib borishda ishtirok etdi.
Hozirgi paytda kosmonavtika benihoya rivojlanib bormoqda. Yer atrofida turli mamlakatlarning ko‘plab Yerdan boshqariladigan sun’iy yo‘ldoshlari uchib yuribdi.
Ular yordamida koinotni tadqiq qilish bilan birga, Yer yuzining ob-havosi, Yerdagi turli jarayonlar muntazam o‘rganib boriladi.
Teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarni, uyali telefon aloqalarini Yer yuzi bo‘ylab uzatish ham sun’iy yo‘ldoshlar yordamida amalga oshiriladi (101-rasm).
Quyosh sistemasining barcha sayyoralari tomon Yerdan boshqariladigan raketalar uchirilgan.
Ular boshqa sayyoralardan turli ma’lumotlarni Yerga yetkazib turadi. Biz o‘tgan mavzularda birinchi kosmik tezlik va uning qiymatini bilib oldik.
Tezlik ortib borgan sari harakat orbitasi ham o‘zgarib borib, aylana bo‘ylab uchayotgan yo‘ldosh ellips, so‘ngra parabola deb nomlanuvchi trayektoriyalarda harakatlana boshlaydi (102- rasm).
Hisoblashlarga ko‘ra, sun’iy yo‘ldoshning tezligi υII = 11,2 km/s ga yetkazilsa, u Yer orbitasidan chiqib ketadi va Quyosh atrofida orbita bo‘ylab harakat qila boshlaydi.
Bu holda u Quyoshning sun’iy yo‘ldoshiga aylanib qoladi. Bu tezlik chegarasi ikkinchi kosmik tezlik deb ataladi.
Agar raketa Yerdan Quyosh atrofidagi orbita bo‘ylab harakati yo‘nalishida υIII = 16,7 km/s tezlik bilan uchirilsa, raketa uchinchi kosmik tezlikka erishadi va Quyosh sistemasini tark etadi. Bu tezlik chegarasi uchinchi kosmik tezlik deb ataladi.
Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish