Rahmatullayeva Nilufar Azamat qizi



Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana29.08.2021
Hajmi0.84 Mb.
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14


 

 

 

 

 

 

Rahmatullayeva Nilufar Azamat qizi 

101-guruh talabasi 

 

“Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan  

“Suyaklarning ochiq va yopiq sinishi” mavzusida tayyorlagan  

 

REFERATi 

 

 

 

 

 

 

 


Reja: 

I. 

Kirish 

II. 

Asosiy qism 

1.  Suyaklarning sinishi turlari va belgilari 

2.  Suyaklar sinishining tavsiflanishi 

3.  Suyaklar sinishi etiologiyasi va patogenezi 

4.  Suyak sinishida regeneratsiya 

5.  Tashxis 

6.  Suyaklar singanda birinchi yordam ko’rsatish 

III.  Xulosa 

IV. 

Foydalanilgan adabiyotlar va saytlar 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

Suyak  sinishi —  skeletning  muayyan  qismiga  uning  mustahkamligidan 

yuqori  bo’lgan  yuk  tushishi  natijasida  suyak  yaxlitligining  to’liq  yoki  qisman 

buzilishi.  Sinish  jarohat  tufayli,  shuningdek  suyak  to’qimalarining  mustahkamlik 

xususiyatlari  o’zgarishi  bilan  kechadigan  turli  kasalliklar  natijasida  sodir  bo’lishi 

mumkin. 

Suyak sinishi hayotda juda keng tarqalgan jarohat hisoblanadi. 

Odamlarda  suyak  sinishi  boshqa  umurtqali  hayvonlardagi  shunday 

jarohatlardan  ko’p  farq  qilmaydi.  Quyida  sinish  inson  tanasi  misolida  ko’rib 

chiqiladi,  ammo  skeletning  xususiyatlari  inobatga olinganda  qolgan  texnika  va 

belgilar barcha umurtqali hayvonlarga taalluqli bo’lishi mumkin. 

Yoriqlarni  davolash  muammosi  inson  uchun  ham,  jamiyat  uchun  ham 

muhimdir.  Barcha  insoniy sivilizatsiyalarda  «suyak tuzatuvchi» kasbining analogi 

— odam  va  hayvonlarning singan qo’l-oyoqlarini  qayta tiklash bilan professional 

tarzda shug’ullanadigan kasb sohibi bo’lgan. 

Shunday qilib, 36 nafar suyagi singanligi aniqlangan neandertallar skeletlari 

tahlil  qilinganida,  ularning  faqat  11  tasida  sinishning  davolanishi  natijalari 

qoniqarsiz  deb  topilgan.  Bu  shuni  ko’rsatadiki,  hatto  ushbu  rivojlanish  darajasida 

ham  suyak  sinishida  tibbiy  yordamning  samaradorligi  70%  dan  ortiq  bo’lgan, 

ibtidoiy  odamlar  bu  turdagi  jarohat  va  uni  tuzatish  haqida  ma’lumotga  ega 

bo’lishgan. 

Singan  suyaklarni  davolashning  asosiy  tamoyillari  antik  davrdan  buyon 

o’zgargani  yo’q,  biroq  zamonaviy  jarrohlik  murakkab,  parchalanib  sinishlarda, 

noto’g’ri  bitishlarda  suyaklarning  anatomik  tuzilishini  saqlab  qolish  imkonini 

ochib bergan. 

 

Sinish turlari ikkiga bo’linadi: 



Yopiq —  sinish  joyidagi  to’qimalarning  jarohatlanishi  qayd  etilmaydi  va 

jarohat  tashqi  muhit  bilan  aloqa  qilmaydi.  Yakka  yoki  bir  nechtalik  kabi 

guruhlarga bo’linadi; 

         

 



Ochiq — suyak sinishida (o’qotar qurol bilan yaralangan yoki 

yaralanmagan) yumshoq to’qimalarning shikastlanishi va tashqi muhit bilan aloqa 

qilishi qayd qilinadi. 

 

 Suyak butunligining to'la yoki qisman buzilishi va ko'pincha ular atrofidagi 



yumshoq to'qimalarning shikastlanishi sinishlar deyiladi. 

 

Suyak  sinishi  tug'ma  va  orttirilgan  bo'lishi  mumkin.  Tug'ma  suyak  sinish 



kam  uchraydi,  u  homiladorning  shikastlanishi  yoki  hamma  suyak  skeletining 

kasallanishi  natijasida  paydo  bo'ladi.  Hayotda  orttirilgan  suyak  sinish  ko'pincha 

transportda,  ishlab  chiqarishda,  jangda  va  boshqa  sharoitlarda  shikastlanish 

natijasida  zarb  bilan  urilish  oqibatida  sodir  bo'ladi.  Bunda  suyakni  o'rab  turgan 

yumshoq  to'qimalarga  zarar  yetadi.  Orttirilgan  suyak  kelib  chiqish  sabablariga 

ko'ra  tez  ta’sir  etuvchi  travmatik  agent  ta’sirida  kelib  chiqadigan  travmatik  va 

suyak kasalliklari (surunkali osteomielit, sil, tez o'suvchi va zararli shishlar) tufayli 

paydo bo'ladigan patologik sinishlar mavjud). Teri shikastlangan va jarohatlangan, 

singan  joy  bilan  qo'shilishiga  qarab  yopiq  va  ochiq  sinishlarga  ajratiladi.  Teri 

butunligi  buzilgan,  unga  raxna  yetgan  bo'lsa  (ochiq  siniq),  jarohatli  yuza  paydo 

bo'lib, unga infektsiya tushishi mumkin. 

 

Anatomik  joylashishiga  ko'ra  epifizar,  metafizar,  diafizar  sinishlar  farq 



qilinadi.  To'g'ri  ta’sir  etuvchi  kuchning  yo'nalishiga  qarab  ko'ndalang,  qiyshiq, 

spiral, uzunasiga ketgan, parchalangan, suqilib qolgan va kompressiyaga uchragan 

siniqlar  tarofut  qilinadi.  Travma  mexanizmi  va  muskullarning  qisqarishiga  qarab 

suyak  siniqlari  o'rnidan  ko'chib  qolishi,  shuningdek  ularning  orasiga  muskullar, 

paylar,  tomirlar,  nervlar  tushib,  qisilib  qolishi  mumkin.  Sinishlar  natijasida 

tomirlar, nervlar va a’zolar shikastlanishiga qarab, asoratli sinishlar farqlanadi. 

 



Sinish belgilari ikki xil bo'ladi:  

1)  Sub’ektiv  belgilar  -  bu  suyak  singandan  keyin  og'riq  paydo  bo'lishi  va 

singan qo'l-oyoqlarni harakatlantira olmaslik. 

 

2) Ob’ektiv belgilar singan sohani ko'zdan kechirishda bilinib turadi: singan 



soha shishadi, ko'karadi, oyoq-qo'llarning holati o'zgaradi. Suyak o'qlari o'zgaradi, 

ular qisqa  va  g'ayritabiiy shaklga  kirib qoladi.  Singan joyini paypaslab ko'rganda, 

bemor  qattiq  og'riq  sezadi,  suyakning  silliq  emasligini,  siniqlarning  o'tkir  qirrasi 

asta bosib ko'rilganda qirsillashini sezish mumkin. 

 

To'liq  suyak  sinishida  (ayniqsa,  qo'l  va  oyoq  shikastlanganda)  ba’zan  katta 



qon tomirlar shikastlanishi natijasida ko'p qon ketib qoladi. Barmoqlar uchi oqarib, 

sezish  xususiyati  yo'qotadi,  bu  –  organlarning  hayotiy  funktsiyasini  yo'qotishiga 

olib  kelishi  mumkin.  Qovurg'alarning  sinishi  o'pkaning  shikastlanishi  (qon 

tuflash)ga sabab bo'ladi. Orqa miyaning ezilishi natijasida qo'l yoki oyoqning falaj 

bo'lib  qolishi  umurtqa  pog'onasi  singanligining  dastlabki  belgilaridandir.  Ochiq 

suyak  sinishning  belgilaridan  biri  jarohatlangan  joydan  suyak  chiqib  qolishidir 

(lekin har doim bunday bo'lavermaydi). Shuning uchun har qanday suyak sinishda 

teri shikastlangan bo'lsa (jarohat juda chuqur bo'lmasa ham), uni ochiq suyak sinish 

deb hisoblash lozim. 

 

Suyakning  bitishi  murakkab  biologik  jarayon  bo'lib,  suyak  bo'laklarining 



yumshoq  qadoq  hosil  qiladigan  yosh  biriktiruvchi  to'qimalar  bilan  bitishidan 

boshlanadi.  Yumshoq  qadoq  keyinchalik  suyak  qadog'iga  aylanib,  suyak 

bo'laklarini  mustahkam  biriktiradi.  Suyak  bo'laklari  bir-biriga  yaxshi  jipslashgan 

bo'lib,  qimirlamay  tursa,  tez  bitadi.  Suyakning  bitish  muddati  qaysi  suyakning 

sinishiga bog'liq.  Qo'l  barmoqlarining suyaklari eng qisqa vaqtda (2-2,5 xaftada), 

son suyagining bo'yni esa ancha kech (6 oyda) bitadi. 

 



  

Singan  suyak  bo'laklarining  bir-biridan  uzoqlashib,  ular  orasiga  yumshoq 

to'qimalar  kirib  qolishi  va  suyakning  ko'p  qimirlashi  natijasida  suyak  uzoq 

vaqtgacha  yoki  umuman  bitmaydi  yoki  singan  joyda  sohta  bo'g'im  hosil  bo'ladi. 

Suyak  bo'laklari  o'rnidan  anchagina  qo'zg'alganda  ham  suyak  bitishi  mumkin. 

Lekin  bunda  qo'l  suyaklari  qing'ir-qiyshiq  bitib,  kalta  bo'lib  qoladi.  Suyaklarning 

bitish  jarayoni,  ayniqsa  ochiq  sinishlarda  buziladi,  chunki  suyakka  infektsiya 

tushub, yiring boshlashi mumkin, gangrena rivojlanishi mumkin. 

Suyak  sinishi  bir  necha  mezonlarga  muvofiq  tasniflanadi,  bu  jarohatning 

umumiy sababi yo’qligi va lokalizatsiyasi bilan bog’liq. Zamonaviy tasnifda sinish 

turlari quyidagi xususiyatlarga qarab ajratiladi: 


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat