- DUNYO XALQLARI KLASSIFIKATSIYASI
R e j a: - 1.Etnoslar klassifikasiyasi: uslubi mohiyati va ahamiyati.
- 2. Dunyo xalqlari etnik tartibi va ularning klassifikasiyasi qilishning asosiy tamoyillari.
- 3. Dunyo xalqlarining yirik mintaqalar bo’yicha geografik klassifikasiyalash.
- 4. Dunyo xalqlarining til oilallari bo’yicha lingvistik (lisoniy) klassifikasiyasi.
- 5. Dunyo xalqlari diniy jihatdan klassifikasiyasiyalash. Ibtidoiy jamoa bosqichidagi diniy tasavvur shakllari
- 6. Dunyo xalqlarining antropologik (irqiy) kllasifikasiyasi.
Tayanch iboralar: - Qabila, elat, xalq, millat, Etnologiya, etnologiya, madaniy antropologiya, xalqshunoslik, innovatsiya, tarix, geografiya, antik davr, evolyutsion ta’limot, ateizm, fetishizm, totemizm, animizm, funksional maktab, ratsizm, mikroetnoslar, makroetnoslar, klassifikatsiya, assimilyatsiya, migratsiya, etnogenez va etnogeografiya, oykumena, aborigen, ekspeditsiya, eksponat, ekzogamiya, endogamiya, poligamiya, levirat, sororat.
Odatda xalqlar muayyan hududda joylashadilar. Ammo tili, maishiy-madaniy jihatdan yaqinligi bilan ajralib turgan ayrim elatlarning o'zaro milliy aralashish jarayoni doimo sodir bo'lib turgan, etnik jihatdan chegaradosh xalqlar orasida esa bu jarayon ayniqsa, kuchli bo'lgan. Hozir jahon aholisi yoz sotsial-iqtisodiy va siyosiy tuzumiga qarab, turli tipdagi etnoslardan — millat, xalq, qabilaviy birikma yoki ayrim qabilalardan iboratdir. - Odatda xalqlar muayyan hududda joylashadilar. Ammo tili, maishiy-madaniy jihatdan yaqinligi bilan ajralib turgan ayrim elatlarning o'zaro milliy aralashish jarayoni doimo sodir bo'lib turgan, etnik jihatdan chegaradosh xalqlar orasida esa bu jarayon ayniqsa, kuchli bo'lgan. Hozir jahon aholisi yoz sotsial-iqtisodiy va siyosiy tuzumiga qarab, turli tipdagi etnoslardan — millat, xalq, qabilaviy birikma yoki ayrim qabilalardan iboratdir.
- Tarixiy jihatdan eng ilk etnos tipi ibtidoiy jamoa qabilasi bo'lib, u dastlab bir necha qarindosh-urug'lardan tashkil topgan edi. Hozirgi davrdagi qabilalar o'z sotsial-iqtisodiy va madaniy darajasi bilan ulardan tubdan ajralib turadilar. Bu qabilalar bir necha yuz kishidan milliongacha yetadigan aholidan iborat bo'lib, ularda ibtidoiy tuzum elementlari sarqit sifatida saqlangan feodal yoki kapitalistik munosabatlar amal qiladi, ijtimoiy tabaqalanish belgilari sezilib turadi (masalan, Erondagi belujiylar va qashqaylar). Qabilaviy munosabatlar asosan, ko'chmanchi va yarim ko'chmanchi xalqlarda ko'proq saqlanib qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |