Qur’on karimning ba’zi suralarining fazilatlari haqida



Download 31,5 Kb.
Sana26.02.2022
Hajmi31,5 Kb.
#471084
Bog'liq
Quron fazilatlari


Qur’on karimning ba’zi suralarining fazilatlari haqida
Yosin surasining fazilati haqida
Hazrat rasululloh (sollollohu alayhi va olihi vasallam)dan naql qilinishicha, har kimki Allohning roziligi uchunYosin surasini tilovat qiladigan bo’lsa Alloh Taolo uning gunohlarini kechadi, shuningdek o’n ikki marta butun Qur’onni tilovat qilganchalik miqdorda savob ato etadi. Yosinni o’qiyotgan odamning gunohlari kechirilishini so’rab farishtalar istig’for aytadilarki, ularning soni o’qilgan har kalimaning harflari miqdoriga tengdir. Shuningdek bu odam osonlik bilan ruhini o’lim farishtasiga topshiradi, uning uchun farishtalar (savobini unga bag’ishlab) namoz o’qishadi, janoza namozida ishtirok etishadi va uni dafn etishda ham qatnashadilar. Agar kasal odam yoki o’limi yaqinlashgan odam oldida Yosin surasi o’qilsa, u odamning oldiga Rizvon farishtasi (jannatdagi hazinabon farishta) keladi, uning qo’lida payg’ambarlar hovuzidan keltirilgan sharbat bo’lib haligi bemor odam uni ichib tashna bo’lmay izzat –ikrom bilan jonini Allohga taslim qiladi. U to jannatga kirguncha chanqamaydi (qiynalmaydi). Shuningdek Yosin surasi egasiga (uni tilovat qilganga) dunyo va oxiratdagi yaxshiliklarni keltiradi: dunyodagi balolarni daf qilib, oxirat vahshatidan asraydi. Kimki bu surani o’qisa yigirma marta hajga borganlik savobini oladi, unga quloq olganlar esa qalbi nurga iymonga , hayotiga mingta barakat va rahmat ato etiladi. Yana hazrat rasululloh (sollollohu alayhi va olihi vasallam)dan rivoyat qilinishicha, kimda-kim qabristonga borib Yosinni tilovat qilsa, usha qabrdagi mayyitlar azobi kamaytiriladi, shuningdek usha mayyitlar miqdoridagi hasanot unga yoziladi.hazrat imom Ja’far (alayhi salom)dan naql qilinadiki, kimki har kuni surai Yosinni o’qisa kechgacha Xudoning rizqi bilan Uning panohida bo’ladi. Kechasi uxlash oldidan o’qiydigan bo’lsa, Xudovand Azza va Jalla mingta farishtani uning qoshiga nozil qiladi va ular uni shaytoni rajiymdan asraydilar. Agar mabodo bu holatda o’ladigan bo’lsa, to’gridan to’gri jannatga kiradi.
Rahmon surasining fazilatlari haqida
Hazrat imom Sodiq(alayhi salom)dan naql qilinadiki surai Rahmonni tilovat qilishni hargiz yoddan chiqarmanglar. Bu surani qalbida munofiqlik alomati borlar sevmaydilar. Lekin uni sevib doimo tilovat qilib yurgan mo’minlar uchun esa Qiyomatda buyuk yengilliklar yaratiladi. Rahmon surasi Qiyomat kuni juda go’zal inson qiyofasida keladi. U Xudoning huzuriga kelganida Xudovand undan “Seni kimlar tilovat qilgan edi?”- deb so’raydi. Shunda u falonchi deb uni tilovat qilganlarni ko’rsatadi. Shunda u damlarning yuzlari to’lin oy kabi yorishadi. Alloh Taolo ularga qarata istagan odamlaringizni shafoat qilishingiz mumkin deydi. U odamlar shafoat qilishlari kerak hammani shafoat qiladilar, hatto ularning nazaridashafoat qilinishi kerak odam qolmaydi. So’ngra ularga endi jannatning istalgan yeriga kiringlar deyiladi.
Imom Sodiq (alayhi salom) aytadilarki, surai Rahmonni o’qiyotganingizda “fa bi ayyi alai robbika tukazziban” oyatini tilovat qilgandan keyin “la bi shay’in min oloika robbi ukazzibu ” deb aytinglar . agar surani uyqudan oldin o’qib sizga o’lim kelsa shahid o’limini topgan bo’lasizlar va agar kunduzi tilovat qilib o’lsangizlar shahid o’limini topasizlar.
Voqea surasining fazilati haqida
Naql qilinishicha Usmon bin Affon Abdulloh bin Mas’ud kasal bo’lganida uni ko’rishga bordi. (Abdulloh bin Mas’ud)bu kasalligi tufayli vafot etgan edi). Usmon Abdullohga qarab nimadan shikoyat qilasan? – deb so’raganida, u “gunohlarimdan”-dedi. Nimani qo’lga kiritishni istaysan?-deganida Parvardigorim roziligini –dedi. Usmon: Sen uchun tabib chaqirtiraymi?-deganida Tabib chaqiraman deganning o’zi meni kasal qildi-deb javob berdi. (Bu yerda Usmonning Abdullohni shafqatsizlarcha kaltaklaganligiga ishora qilinyapti). Usmon: Senga biron narsa hadya qilaymi?-deganida , Sendan muhtoj bo’lib so’raganimda bermagan eding, endi unga muhtoj emasligimda so’rayapsanmi?-dedi. Usmon: Beradigan bo’lsam qizlaring uchundir, ular foydalanishsin deyapman. Abdulloh ibn Mas’ud : Qizlarim sening beradigan hadyalaringga zor emaslar. Men ularga Voqea surasini tilovat qilishni o’rgatdimki, bu ish ular uchun xayrlidir. Hazrat rasululloh(sollollohu alayhi va olihi vasallam)
Dan eshitgan edimki, ul zot bunday deb marhamat qilganlar: kimda kim Voqea surasini har kecha o’qiydigan bo’lsa Parvardigori bilan muloqot qiladi. Hazra imom Ja’far (alayhi salom) dan naql qilinishicha, kimda kim jannatga mushtoq bo’lsa uni vasf qiluvchi sura Voqea surasini tilovat qilsin.
Jum’a surasining fazilati haqida
Imom Sodiq (alayhi salom) aytadiki, bizning shialarimiz payshanba kuni kechqurun juma surasini tilovat qilishlari kerakdir. Juma kuni esa namoz jum’ada Jum’a va Munofiqun suralari tilovat qilinsin. Shunday qilinsa hazrat rasululloh (sollollohu alayhi va olihi vasallam) ning sunnatlariga amal qilingan bo’lib uning ajri jannatdir.
Mulk surasining fazilati haqida
Imom Ja’far (alayhi salom) dan naql qilinishicha kimki Mulk (Taborak) surasini shom va xufton namozlarida tilovat qiladigan bo’lsa, ertalabgacha Allohning panohida bo’ladi, ertalabdan esa yana Allohning panohida bo’ladi to jannatga kirgunga qadar. Rovandiy Abbosdan naql qilishicha bir opdam qabr yonida (qabr borligini bilmasdan turib) “Tabaraka laziy biyadihi mulku” surasini (Mulk) o’qidi. Shunda qabrdan “Bu munjiydir (ya’ni najot beruvchidir)” degan ovozni eshitdi. Bu haqda janob rasululloh (sollollohu alayhi va olihi vasallam)ga aytgan edi, u hazrat “Ha, surai Taborak qabr azobidan najot beruvchi suralardandir-deb marhamat qildilar.
Naba (Amma) surasining fazilati haqida
Shayx Saduq hazrat imom Ja’far (alayhi salom)dan rivoyat qiladi: kimda kim doim Naba surasini tilovat qilib yursa har yili Baytullohi Haramni ziyorat qilganning savobini oladi. Hazrat payg’ambarimizdan (sollollohu alayhi va olihi vasallam)dan naql qilinadiki, “Amma yatasa’alun”ni tilovat qiluvchilarga Qiyomat kunida muzdekkina sharbat beriladi.
A’lo surasining fazilati haqida
Shayx Saduq imom Sodiq(alayhi salom)dan rivoyat qiladi; A’lo surasini namozlarida (farz yoki nafl namozlarida)zam qilib o’qiydigan odamga Qiyomat kunida Alloh Taolo “jannat eshiklaridan istaganing orqali u yerga kirgin”-deb aytadi.
Shams surasi fazilati haqida
Janob rasuli akram (sollollohu alayhi va olihi vasallam) shunday marhamat qilgan edilar: Shams va Qamar suralarini tilovat qiladigan odamga bu quyosh va oy nuridan bahramand bo’lgan ashyolar miqdoricha sadaqa berganlik savobi beriladi.
Qadr surasining fazilati haqida
Hazrat payg’ambarimiz (sollollohu alayhi va olihi vasallam)dan naql qilinishicha, farz namozlarida “inna anzalnahu” (qadr) surasini tilovat qiladiganlar uchun Alloh tarafidan nido bo’ladiki, Ey bandam o’tgan va kelgusi hamma gunohlaringdan kechdim, amallaringni avvaldan boshla! (Buyog’iga gunoh qilmaslikka harakat qilgin, sen onadan tug’ilgandek pok bo’lding). Shuningdek ul hazrat bunday deb marhamat qildilar: Qadr surasini to’rt marta o’qilsa bir marta Qur’onni xatm qilganchalik savob oladi.
Odiyot surasining fazilatlari haqida
Bu surani doimo tilovat qilib yurgan odam oxiratda hazrat Ali (alayhi salom) bilan birga bo’ladi.
Kafirun, Nas, Falaq va Ixlos suralarining fazilati haqida
Kafirun surasi Qur’oni karimning to’rtdan biri hisoblanadi, Ixlos surasi Qur’onning uchdan biri, manzilidan tashqariga chiqayotgan odam ikkita Qul (Nas va Falaq suralari)ni o’qisa yomon ko’z va boshqa zararlardan asraydi. Kechasi yomon tush lar ko’rib qo’rqadigan odam uxlashdan oldin bu ikki surani hamda Oyatul Kursini tilovat qilsin.
Nasr surasining fazilati
Nasr surasini (Iza ja’a nasrullohi) o’zining nafl va farz namozlariga zam qilib o’qib yuruvchi odam dushmanlari ustidan g’alaba qilishi ato etiladi.
Download 31,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish