Qurbon muhammadrizo hayoti va ijodi xususida



Download 54 Kb.
Sana23.04.2022
Hajmi54 Kb.
#576332
Bog'liq
Qurbon Muhammadrizo maqola



Jumaniyozova Navbahor
(UrDu, Filologiya fakulteteti
talabasi)
QURBON MUHAMMADRIZO HAYOTI VA IJODI XUSUSIDA
Annotatsiya: Mazkur maqolada serqirra ijodkor Qurbon Muhammadrizoning hayot yo‘li va ijodi yoritiladi. Adibning asarlaridagi asosiy g‘oyalariga e’tibor qaratiladi. Uning tarjimonlik faoliyati va asarlarining xalq ijodiyoti bilan aloqasi haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar: dramaturg, Maxtumquli Firog‘iy, safarnoma, shoir, pyesa, kuy-qo‘shiq, drama, tarjima, turkman.
Shoir, dramaturg, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Maxtumquli Firog‘iy” Davlat medali sohibi Qurbon Muhammadrizo (Quronboy Matrizayev) 1938-yining 18-fevralida Turkmanistonning Toshhovuz viloyati Jomliqal’a qishlog‘ida G‘ulommirza va Gulsum ona oilasida tug‘ilgan.
Shoir otasi G‘ulommirza haqida shunday fikrlarni keltiradi:
“Otam ma’rifatli, ziyoli kishi edi. U kishi ilk ta’limni Mashhadda olgandilar. Eski o‘zbek yozuvi va fors tilini mukammal bilardi. Sho‘rolar davrida zamonga boqib, kolxozda hosilot bo‘lib ishlardi. Biroq otam sa’natni, adabiyotni nihoyatda qadrlardi. She’riyat mulkining sultoni hazrat Navoiyni, turkman mutafakkir shoiri, tasavvuf ilmining bilimdoni Maxtumquli, So‘fi Olloyor, Mullanafas kabi shoirlarning she’rlaridan yoddan aytardi va ba’zan ma’rifiy suhbatlarda do‘st-birodarlariga sharhlab berardi. Qu’roni Karimning aksariyat suralarini yod bilardi”.1
G‘ulommirza farzandlari biron-bir xato ish qilib qo‘ygudek bo‘lsa, dakki berib, shapaloq urish o‘rniga ulug‘ mutafakkirlar bo‘lmish Navoiy, Fuzuliy, Maxtumqulidan shu xatoga taalluqli bayt yoki to‘rtlik keltirib pand-nasihat qilgan. Masalan, shoirning akasi nafsning domiga ilinib, mol-dunyo, mansabga ishtiyoqi ortganida, Maxtumqulidan quyidagi to‘rtlikni misol tariqasida keltirib :
Dunyoda ming tanob bog‘laring bo‘lsa ,
Ot-yarog‘ asbob-u shaylaring bo‘lsa ,
Arja-arja to‘la mollaring bo‘lsa ,
Foydasi yo‘q . Tashlab-tashlab ketarsan ...
-deya uqtiradi.
Qurbon Muhammadrizoning bolalikdan Navoiy, Maxtumqulining tasavvufiy, axloqiy-ta’limiy baytlarini eshitib, adabiy muhitda voyaga yetishi, kelajakda yetuk adib sifatida shakllanishiga o‘ziga xos zamin bo‘lib xizmat qildi .
“Qurbonning birinchi she’ri “Bizning Vatan” Toshhovuz tumanidagi o‘sha yillarda chiqadigan ikki sahifalik “Kolxoz yo‘li” ro‘znomasida bosilib chiqqanida, u hali 7-sinfda o‘qir edi. Bir banddan iborat bo‘lgan mazkur to‘rtlikda so‘zlarining ma’nosiga uncha tushunavermaydigan oddiy qishloq bolasining fikrlari, his -tuyg‘ulari ifodalangan edi.”2
Yosh izlanuvchanuvchan shoir she’rining ro‘znomada e’lon qilinishi darsdan so‘ng yanada ko‘proq kitoblar mutoaa qilib, ijod bo‘stoni tomon qadam tashlashiga turtki bo‘lgaan. 8-sinfda o‘qib yurgan paytlarida dramatik asarlar yozishga qiziqib, “Ana xolos” deb nomlangan kichik pyesa yozgan va ustozi Piraddin aka boshchiligida maktab sahnasida sahnalashtirilgan.
Qurbonboy 1957-yil Toshhovuzdagi 5-son o‘rta maktabni bitkazgach, shu yili Xorazm Davlat pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetiga o‘qishga kiradi va uni 1962-yilda tamomlaydi. 1966-yildan Xorazm radiosida muxbir, televideniyada muharrir vazifalarida ishlaydi. 1975-yilda viloyat kinolashtirish boshqarmasi boshlig‘i, 1982-1986 yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi ma’sul kotibi, 1986-1991-yillarda Xorazm teleradiokomiteti raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Qurbon Muhammadrizoning turli nashriyotlarda “Pyesalar” (1987), “Gul va ko‘ngil” (1992) she’riy to‘plami, “Falakning gardishi” (1993) qissasi, “Yurakdagi zilzila” (1994) she’riy to‘plami, “Xorazmda bir go‘zal bor” (2004,she’rlar, qo‘shiqlar, doston), “Nurli izlar” (1994y,ilmiy-ommabop), “Jonim fido”(1995), “Maxtumquli” (2012) kitoblari, shuningdek, ikki jildlik Saylanma asarlari nashrdan chiqqan.
Shoir she’riyati o‘zining jo‘shqin, publitsistik ruhi, dolzarbligi, o‘quvchining qalbini rom qila olishi bilan ajralib turadi.
Ne zamonda ,ne makonda qolibmen men, elim yig‘lar,
Elim ko‘z yoshlarin Jayhun olib kelmish, dilim yig‘lar.
Chirik bir saksovulning kovagin o‘zga makon aylab,
Qoraqum gardini ko‘zga bosib, zor bulbulim yig‘lar.3
Shoir ushbu “Orol monologi” she’rida hozirgi kunda global muammoga aylanayotgan Orol muammosi, ya’ni Orol dengizi toboro qurib borayotganini qalamga olgan.
Qurbon Muhammadrizo dramaturg sifatida “G‘urbatda g‘arib...” (Maxtumquli ), “Munozara davom etadi”, “To‘y”, “Taxt va baxt” kabi dramalarni yaratgan.
Qurbon Muhammadrizo dramalari orasida alohida o‘rinlardan birini “G‘urbatda g‘arib... (Maxtumquli )” egallaydi. “G‘urbatda g‘arib...” janriga ko‘ra, tarixiy-badiiy drama. Mazmun-mundarijasiga ko‘ra turkman xalqining atoqli shoiri Maxtumqulining kurashlardan iborat notinch hayoti, o‘zbek, turkman, qoraqalpoq xalqining do‘stligi qalamga olingan. Drama 1964-yilda yozilgan bo‘lib, 4 parda, 6 ko‘rinishdan iborat. 1966-yilda Ogahiy nomli Xorazm musiqali drama va komediya teatri ijodiy guruhi tomonidan sahnalashtirilgan va tomoshabinlar qalbidan joy olgan.
Dramaturgning elga mashhur qilgan dramalardan yana biri “Ogahiy yoxud taxt va baxt” deb nomlanadi. Dramada Xorazm adabiy maktabining yorqin namoyondasi, shoir, mohir tarjimon Muhammadrizo Ogahiyning hayot va ijod yo‘li, o‘sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayot tasvirlangan. Ikkiyuzlamachi, hasadgo‘y saroy amaldorlarining mansab va taxt ilinjida xonga va Ogahiyga nisbatan qora niyatlari fosh etilgan.
Qurbon Muhammadrizo o‘zbek adabiyotida unutilayozgan “Sayohatnoma” janrini jonlantirgan shoir. Adib mustaqilligimizning 5 yilligi munosabati bilan 1 oydan ko‘proq muddatda O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiladi va sayohat taassurotlaridan ilhomlanib, “Safarnoma” asarini yozgan.
“U o‘z “Safarnomasi” da mamlakat poytaxti – Sharq darvozasi Toshkent shahrida yuz bergan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga yangicha nigoh tashlaydi va gullar shahri, shoir Mashrabni voyaga yetkazgan – Namangan shahri, Bobur bog‘i, Mingbuloq favvorasi haqida lavhalar berib, so‘ngra Andijon-Asaka O‘zDEU avtokorxonasini ta’riflaydi. Farg‘onadagi “O‘zsalaman” poyabzal fabrikasi, Navoiy shahar Farhodlari, Buxoro zardo‘zlari, Surxon vohasidagi beqiyos ijtimoiy o‘zgarishlarni tilga oladi.”4
“Safarnoma” asari Toshkentdan-Farg‘onaga, Gulistondan Buxoroga, Qarshidan-Termizga, Nukusdan-Urganchga yo‘nalishlati bo‘yicha qilgan sayohatlari mahsulidir. Asar to‘rtliklardan tarkib topgan bo‘lib, har bir band “ekan” radifi bilan yakunlanadi. Qurbon Muhammadrizo Toshkentdan-Farg‘onaga sayohat tasvirida Farg‘onani quyidagicha ta’riflaydi:
Farg‘onani gavhar ;dedim;
Yaypan;Quva hulkar dedim;
Qo‘qon pari-paykar ;dedim
Shohimardon tumor ekan.5
Qurbon Muhammadrizo O‘zbekistonning o‘tmishi, buguni va kelajagi haqida asarlar yaratdi. Ayniqsa, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ogahiy, Komiljon Otaniyozov kabi olim, shoir va madaniyat arboblari haqida yozgan asarlarini o‘qigan har bir o‘quvchi buyuk siymolarning ma’naviyat va ma’rifat olamidan bahramand bo‘ladi .
Sermahsul ijodkorning “Abu Rayhon Beruniy” umumiy nomi bilan ko‘p jildga mo‘ljallangan roman-trilogiyasi 2017-yilda nashr qilindi va ilm ahlining ko‘nglidan joy oldi. Shuningdek, yana shu yili taniqli sa’natkor, bastakor Komiljon Otaniyozov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan “Muhabbat olamining bulbuli” romani ham yaratilgan. Romanda Komiljonning buyuk iste’dod sohibi ekanligi, Xorazm maqom sa’nati maqomlari, kuy-qo‘shiqlari, dostonchilik an’analarini yuksak pog‘onaga ko‘tarib xalqimiz olqishiga sazovar bo‘lishidagi xizmatlari yuksak mahorat bilan tasvirlangan.
Qurbon Muhammadrizo tarjimachilik sohasida ham beqiyos ishlarni amalga oshirgan. Jumladan, Tojikistonlik shoira Zulfiya Atoyining, mumtoz turkman adabiyoti vakillaridan Kamina va Seyidiylarning, Turkmaniston xalq shoirlari, Maxtumquli nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari Gurbonnazar Azizov, Karim Qurbonnapasovning she’rlarini turkmanchadan, Qrim-tatar shoiri Oshiq Umerning qator she’rlarini o‘zbekchag tarjima qilgan.
Qurbon Muhammadrizo qo‘shiqchi-shoir. Uning ko‘pgina qo‘shiqlari Respublika xalq hofizi Soyibjon Niyozov, O‘zbekiston xalq artistlari aka-uka G‘afur va G‘ulom Eshchonovlar, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Og‘abek Sobirov, Sultonposhsha O‘dayeva va boshqa xonandalar tomonidan ijro qilib kelinmoqda.
Xulosa qilib aytganda, Qurbon Muhammadrizo hayoti va sermahsul ijodini Vatanimizning boy tarixi va taqdiri haqidagi o‘ylarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. U o‘z asarlarida Xorazm diyorida yetishib chiqqan buyuk allomalar, shoir va madaniyat vakillarining hayoti, ijodiy faoliyatlari hamda ularning ijtimoiy-siyosiy qarashlarini badiiy mahorat bilan tasvirlagan .


1 Yoshlik jurnali 7-son 2011-yil 9-bet


2 Xorazm adabiy muhiti .Urganch -1998-yil 183-bet


3 Jonim fido ...(Safarnoma ) Urganch -1996-yil 53-bet


4 Jonim fido ...Safarnoma Urganch -1996-yil 4-bet

5 O‘sha asar 61-bet



Download 54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish